Mavzu: Mehnat unumdorligi
10-mavzu. Mehnat unumdorligi: tushunchasi, o‘lchash omillari va rezervlari
Reja:
1. Mehnat unumdorligi va uning ahamiyati
2.Mehnat unumdorligi, samaradorligi va mahsuldorligi
3. Mehnat unumdorligini o‘lchash usullari
4. Mehnat unumdorligi to‘g‘risidagi nazariyalarning rivojlanishi
5. Mehnat unumdorligini oshirish omillari va zaxiralari
1. Mehnat unumdorligi va uning ahamiyati
Mehnat unumdorligi va iqtisodiy taraqqiyot muammosi hamisha kishilarni qiziqtirib kelgan va ushbu qiziqish ishlab chiqarishni mashinalashtirishdan boshlab yalpi tus olgan. Dastlab A. Smit, keyinroq D. Rikardo mehnat unumdorligi to‘g‘risidagi ta’limotga asos soldilar. Bu iqtisodchi olimlar tayyor mahsulot, ishlab chiqaruvchi xodimlar va ular foydalanadigan ishlab chiqaruvchi kuchlarning qudrati o‘rtasidagi nihoyatda oddiy bog‘liqliklarni aniqlab berdilar.
Hozirga qadar “mehnat unumdorligi” tushunchasiga ta’rif berish va uni hisoblash usullariga turlicha yondashuvlar saqlanib qolmoqda. Mamlakatimiz amaliyotida ijtimoiy ishlab chiqarish darajalari bo‘yicha mehnat unumdorligini hisoblashning turli tamoyillariga asoslanadigan ko‘rsatkichlardan uzoq vaqt davomida foydalanib kelindi. CHunonchi, milliy iqtisodiyotda va uning tarmoqlarida ijtimoiy mehnat unumdorligi hamda uning dinamikasi jami xarajatlar, ya’ni faqat mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan jonli mehnatgina emas, balki buyumlashgan mehnat xarajatlarini ham tejashni aks ettirar edi. Ayni vaqtda, korxonalar darajasida mehnat unumdorligi dinamikasi faqat jonli mehnat tejalishini aks ettirar edi. Bu hol ijtimoiy ishlab chiqarish darajalari bo‘yicha ko‘rsatkichlarni umumlashtirishga va xodimlarning iqtisodiy manfaatlariga kerakli yo‘nalishda samarali ta’sir ko‘rsatishga imkon bermas edi.
Jahon amaliyotida “mehnat unumdorligi”va “unumdorlik” atamalaridan keng foydalaniladi. Bu atamalar ana shu ko‘rsatkichlarni hisoblab chiqarishga asos bo‘ladigan mehnat natijalarining ta’rifi va tarkibi bilan farqlanadi. Mehnat unumdorligi atamasi faqat yaratilgan (sotilgan) mahsulot (xizmatlar) hajminigina o‘z ichiga oladi, holbuki, unumdorlik atamasi qo‘shimcha ravishda mehnat natijalarida buyumlashgan mehnatning tejalishi yoki ortiqcha sarflanishini hisobga oladi. SHu bilan birga, unumdorlikni hisoblash usullari ishlab chiqarish samaradorligi bilan etarli darajada mos keladi, deb hisoblangan va bunga uni keng moslashtirilgan: Mehnat natijalari faqat mehnat sarfi bilan emas, balki resurslar bo‘yicha hamma turdagi sarflarning o‘zaro nisbati qiymat shaklida aniqlanadi. Ko‘rinib turibdiki, “mehnat unumdorligi” va “unumdorlik” tushunchalari o‘z ma’nosi bilan bir-biridan farq qiladi.
“Unumdorlik” tushunchasi natija va unga erishish uchun qilinadigan sarflar o‘rtasidagi nisbatni ifodalaydi. SHu sababli, qator iqtisodchi olimlar uskunalar, elektr energiya, xomashyo, kapitalning unumdorligi to‘g‘risida so‘z yuritadilar. Lekin, unumdorlik to‘g‘risida so‘z ketganda resurslardan foydalanishning mahsuldorligi yoki tejamliligi haqida ham gapirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ta’kidlash joizki, ishlab chiqarilganmahsulot hajmining – mahsulot ishlab chiqarilishiga sarflangan vaqtga nisbati “mehnat unumdorligi” tushunchasinitavsiflaydi. Bu nisbat:
TM Pt
(1)
formulasi bilan ifodalanadi.
Bu erda:Pt – mehnat unumdorligi;M – ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi; T – barcha mahsulot ishlab chiqarilishiga sarflangan vaqt.
Ish vaqti sarflari bilan mehnat natijasi o‘rtasida nisbatning o‘zgarishi mehnat unumdorligining o‘zgarishiga olib keladi. Mazkur natija kamroq ish vaqti sarflab qo‘lga kiritilsa, mehnat unumdorligi oshgan bo‘ladi, xuddi shu natijani qo‘lga kiritish uchun ko‘proq ish vaqti sarflansa, mehnat unumdorligi pasaygan bo‘ladi. Binobarin, mehnat unumdorligi oshishining mohiyati ishvaqti birligi mobaynida mehnat samaradorligining ko‘payishidan yoki mehnat natijasi birligiga sarflanadigan ish vaqtining tejalishidan iborat.
Lekin, mahsulot ishlab chiqarishga mehnat, xomashyo, materiallar, energiya, dastgohlarda buyumlashgan o‘tmish mehnat ham sarflanadi. SHu sababli, qanday mehnat sarflari hisobga olinishiga qarab mehnat unumdorligining boshlang‘ich tushunchasi aniqlashtirilishi mumkin.
Mehnat unumdorligi jami (jonli va buyumlashgan) mehnat sarflari yoki ijtimoiy mehnat unumdorligiquyidagi formula yordamida hisoblanadi:
2 1 0 T T M P
(2)
Bu erda: R0 – ijtimoiy mehnat unumdorligi; T1 – jonli mehnat sarflari; T2 – buyumlashgan yoki o‘tmishda tovarga singdirilgan mehnat sarflari.
Basharti, mehnat unumdorligini hisoblab chiqish uchun faqat jonli mehnat sarflaridan foydalanilsa, bunday ko‘rsatkich individual mehnat unumdorligi 144
deyiladi. Vaqt yoki ishlaydiganlar miqdori sarflari jonli mehnat sarflari bo‘ladi. Individual (yakka) mehnat unumdorligi (Ri) quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi:
1 TM Pi
Mehnat unumdorligi mohiyatini anglash uchun “mehnat unumdorligi” va “ishlab chiqaruvchi mehnat kuchi” degan tushunchalarni aniqlashtirish kerak. Ishlab chiqaruvchi mehnat kuchini potensial (imkoni bo‘lgan) unumlik, ya’ni muayyan sharoitda mazkur vaqt mobaynida muayyan natijaga erishishni ta’minlashga qodirlik deb tushunishi kerak.
Mehnat unumdorligi haqiqiy amaliy o‘lcham, ya’ni amalga oshirilgan imkoniyat sifatida namoyon bo‘ladi. Mehnat unumdorligi – o‘zgaruvchan o‘lchamdir, unga ham intensiv, ham ekstensiv omillar ta’sir etadi. U har bir muayyan paytda ishlab chiqaruvchining mehnat kuchidan foydalanish darajasini aks ettiradi.
Mehnat unumdorligi ishlab chiqaruvchining mehnat kuchi bilan mehnat intensivligining o‘zaro bog‘liqligini ifodalab, quyidagi formula orqali aniqlanadi:
, t st t IN K P JP
Bu erda: JPt – mehnat unumdorligining indeksi; Pst – har bir muayyan vaqtda birlikka teng bo‘lgan ishlab chiqaruvchi mehnat kuchining rivojlanish darajasi; K – ishlab chiqaruvchi mehnat kuchidan foydalanish koeffitsienti; INt – o‘rtacha ijtimoiy mehnat intensivligiga nisbatan mehnat intensivligining darajasi.
Imkoni bo‘lgan mehnat unumdorligi bilan amalda erishilgan mehnat unumdorligi o‘rtasidagi farq mehnat unumdorligining oshish rezervlari deyiladi. Masalan, ishlab chiqaruvchi kuchidan foydalanish koeffitsienti - 0,8 %ga teng; mehnat intensivligi - 0,9; shunda JPt+1·0,9·0,8-0,72. Binobarin, mehnat unumdorligini oshirish borasidagi imkoniyatlarning atigi 72,0 %idan foydalanilmoqda, qolgan 28,0 %i esa uning oshish rezervidir.
Mehnat unumdorligi mohiyatini ta’riflash uchun “mehnat intensivligi” va “mehnat tig‘izligi” tushunchalariga aniqlik kiritish lozim. Iqtisodiy adabiyotlarda ushbu tushunchalarning bir-biriga nisbati to‘g‘risida aniq bir ma’noda tushuniladigan fikrlar yo‘q. Ko‘pincha, mehnat intensivligi deganda, insonning mushak va asab quvvati sarfi bilan o‘lchanadigan ishlab chiqarish jarayonidagi mehnat tig‘izligi darajasi tushuniladi. Ushbu hamda unga o‘xshash boshqa ta’riflarda «mehnat intensivligi» va «mehnat tig‘izligi» tushunchalari bir xillashtirib yuboriladi. Lekin, aslida bular boshqa-boshqa tushunchalardir.
Mehnat intensivligi - mehnat jarayonida vaqt birligi mobaynida inson organizmi sarflaydigan quvvat miqdoridir, ya’ni intensivlik quvvat sarflashning tezligi. U bir soat yoki kecha-kunduzda kaloriyalar sarflanishi bilan tavsiflanadi.
Mehnat intensivligiga jismoniy kuch-harakatlar (jumladan, joydan-joyga ko‘chiriladigan yuklarning og‘irligiga bog‘liq bo‘lgan kuch-harakatlar), asab taranglashishi, ish sur’ati, ishning bir xildaligi, mehnat sharoitlari kabi omillar ta’sir qiladi. SHu tufayli, mehnat intensivligi o‘lchovi ancha murakkab bo‘lib, u hozirgi vaqtga qadar hali uzil-kesil echimini topganicha yo‘q.
Mehnat intensivligi va og‘irligi. «Mehnat intensivligi» va «mehnat og‘irligi» tushunchalarining nisbati munozaralarga mavzu bo‘lmoqda. Ko‘pincha ular bir xil tushuniladi, chunki og‘ir mehnat va intensiv mehnat, avvalo, toliqtiruvchi mehnatni ifodalaydi. Bundan tashqari, mehnatning og‘irligi, intensivligi to‘g‘risida, odatda, kishining uni amalga oshirishga sarflaydigan quvvat o‘lchami bo‘yicha fikr yuritiladi.
Og‘ir mehnat, asosan, mushak tizimining faolligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlar bilan bir qatorda bizning mamlakatimizda ham og‘irlik jihatidan barcha mehnat turlarini shartli ravishda quyidagi to‘rt toifaga bo‘lish qabul qilingan:
Mehnat unumdorligi mazmunini aks ettiradigan matematik modelni yaratishda quyidagi talablar nazarda tutilishi kerak:
1. Agar narsa (predmet) to‘g‘risida mulohazali intuitiv evristik tasavvurlar yo‘q bo‘lsa, muvofiq keluvchi sof matematik usullarni qo‘llash doimo katta qiyinchiliklarga to‘qnash keladi18.
2. Arifmetika – matematik nazariyadir va uni boshqa har qanday matematik nazariyalar singari, sonlar xossalari moddiy olam xossalariga muvofiq bo‘lgandagina qo‘llash mumkin19.
3. Matematik nazariya yoki matematik modelning kuchi shunda-ki, u keraksiz xossalarni chiqarib tashlaydi va hodisani tushunishda zarur bo‘ladiganini ajratadi.
Bu talablar nuqtai nazaridan mehnat unumdorligining matematik modeli ikki xil tabiatni adekvat aks ettirgan taqdirdagina metodologik to‘g‘ri bo‘lishi mumkin, ya’ni
жим Э М У
Bu erda:U – mehnat unumdorligi;
Mim – unumli iste’mol mahsuloti massasi;
Ej – mehnat jarayonida inson organizmining energiya sarfi.
Bu model mehnat unumdorligi o‘sishining ikki qarama-qarshi tendensiyasini sof ko‘rinishda iste’mol mahsuloti hajmining ko‘payishini jami mehnat sarfining qisqartirilishi va uning ozod qilinishini o‘zida jamlaydi.
Bu matematik modelga ishlab chiqarish vositalarida moddiylashgan oldingi mehnat sarflarini kiritish xatodir. CHunki, oldingi mehnat bevosita endi yo‘q, u vositalangan tarzda chetdan energiya iste’mol qiladigan ishlab chiqarish vositalari orqali amalda bo‘ladi. Jonli mehnatning kamayib boradigan hajmi boshqaradigan ishlab chiqarish vositalari hajmining ko‘payishi – mehnat unumdorligining o‘sishidan farq qiladigan boshqa hodisadir va ularning yig‘indisi aynan jonli mehnat unumdorligi o‘sishining tarixiy tendensiyasini buzadi.
Amaliyotda ishlab chiqarish natijasi sifatida (formula surati) yalpi ichki mahsulot, yalpi ijtimoiy mahsulot yoki milliy daromaddan pul ifodasida, sarflar sifatida (maxraj) yoki ish vaqti fondi yig‘indisi sifatida foydalaniladi.
Bu variantlardan har biri sarf usullari hisoblanadi, chunki natija sarflar bilan aniqlanadi. Maxrajga kelganda shuni aytish kerakki, ish vaqti fondining yig‘indisi ham, ishlovchilarning o‘rtacha ro‘yxati tarkibi ham mehnat tabiatini adekvat aks ettirmaydi. SHuning uchun vaqt yoki sonning ayni bir o‘sha kattaligida kishining mehnat jarayonidagi energiya sarfi mehnat amalga oshirilayotganda mehnatning mexanizatsiyalashganlik va avtomatlashtirilganlik darajasiga va boshqa shart-sharoitlarga bog‘liq tarzda ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarish omillari nazariyasiga muvofiq, hisoblab chiqilgan mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlariga javob berish uchun tovarlarning bozor narxi elementlaridagi tarkibini ko‘rib chiqish kerak.Yiriklashtirilgan holda u (tarkib) quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
1. CHetdan olingan xomashyo, materiallar, yarim fabrikatlar, butlovchi buyumlar narxi.
2. Ishlatilgan energiya narxi.
3. Uskunalar, binolar, inshootlar narxidan amortizatsiya ajratmalari.
4. Xodimlarning ish haqi.
5. Ish haqidan ijtimoiy jamg‘armalarga ajratmalar.
6. Kapitalni foydalanishdan olinadigan foyda.
7. Er rentasi.
8. Tadbirkorlik foydasi.
Korxona xodimlarining mehnati natijasida yangi yaratilgan qiymat ish haqi hamda undan amalga oshiriladigan ajratmalar chetdan olingan xomashyo, materiallar, yarim fabrikatlar, butlovchi buyumlar hamda energiya narxining bir qismini tayyor tovarga o‘tkazadi. Mehnat sarflari o‘lchamiga kiritilgan tayyor mahsulot narxining bir qismi mehnat unumdorligi ko‘rsatkichini tashkil etadi. Lekin amalda mehnat unumdorligi hech qaerda ana shunday hisoblab chiqilmaydi, chunki ishlatilgan xomashyo, yarim fabrikatlar, butlovchi buyumlar, energiya qiymatining qaysi qismini tayyor tovarga mehnat bilan o‘tkazishi, qaysi qismini esa ishlab chiqarishning boshqa omillari bilan o‘tkazishi to‘g‘risidagi masala ancha bahslidir Ammo, bu mehnat unumdorligini aniqlashda har ikki mehnat turini hisobga olish kerak, degan noto‘g‘ri xulosa chiqariladi. Bundan keyingi xulosa “mehnat unumdorligini faqat jonli mehnat sarfidan iborat” deb bilish ijtimoiy ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlarini jadallashtirishda moddiylashgan mehnat rolini kamsitishdir degan xulosa bo‘lib, bunday qarash ham ancha sub’ektiv hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning natijasi va mahsuldorligi. Natija –birorfaoliyatining pirovard yakuni. Mahsulot – inson mehnatining natijasi sifatidagi narsa.Bu tushunchlardan ko‘pincha sinonimlar sifatida foydalaniladi. Ammo bular har xil tushunchalardir. Natija mahsulotga nisbatan umumiyroq tushuncha bo‘lib, uni tanlov natijasi deyish mumkin, ammo tanlov mahsuloti deya olmaymiz. «Natija» tushunchasida harakatning tugallanganligi, «mahsulot» tushunchasida esa inson ehtiyojini qondiradigan moddiylik ifodalanadi. Biz natija to‘g‘risida emas, ishlab chiqarilgan yoki iste’mol qilinadigan mahsulot to‘g‘risida, natija almashinuvi to‘g‘risida emas, mahsulot almashinuvi to‘g‘risida gap yuritamiz.
Iqtisodiy makonda inson ehtiyojini qondiradigan mahsulot yaratiladi. SHuning uchun natijalilikni emas, balki mahsuldorlikni iqtisodiy makon parametri deb hisoblamoq kerak. Ishlab chiqarishning natijasi faqat mahsulot emas, balki boshqa oqibatlar (masalan, atrof-muhitni ifloslantirish) ham bo‘lishi mumkin, buni esa inson ehtiyojini qondiradigan mahsulot, deya olmaymiz.
Ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriabsolyut kattalik, mahsuldorlik esa nisbiy kattalik. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotga ijtimoiy ehtiyoj mahsuldorlikni hisoblashning tabiiy bazasi hisoblanadi. SHuning uchun mahsuldorlikni quyidagi nisbat bilan aniqlash lozim bo‘ladi:
Mk=Imm /Me (7)
bunda, Mk - mahsuldorlik koeffitsienti;
Imm - ishlab chiqarilgan iste’mol mahsulotining massasi;
Meb - jamiyat ehtiyojini qondirish uchun zarur bo‘lgan (bazaviy) iste’mol mahsulotining hajmi.
Mahsuldorlik koeffitsienti iqtisodiy makonda ishlab chiqarish sohasi va iste’mol sohasi qarama-qarshiliklari birligini aks ettiradi. U mahsulotni jamiyat ehtiyojidan ortiqcha ishlab chiqarish iqtisodiy ma’nosiz ekanligini bildiradi, shuning uchun mahsuldorlik koeffitsienti birdan katta bo‘la olmaydi.
Hozirgi vaqtda mehnat faoliyatining samaradorligini oshirish eng muhim iqtisodiy vazifa bo‘lib qolmoqda. Mehnat samaradorligi deganda, nima tushunilishini aniqlash bozor sharoitida korxonalar muvaffaqiyatli ishlashini ta’minlash masalalarini hal etishdagi strategiya va taktikani ishlab chiqishda katta amaliy ahamiyatga ega.
«Samaradorlik» tushunchasi nihoyatda keng tushunchadir, u olinggan
samaraning sarflarga nisbatini aks ettiradi. Iqtisodiy adabiyotlarda mehnat samaradorligi ko‘pincha mehnat unumdorligi bilan bir xil tushuniladi. Albatta, mehnat unumdorligi mehnat samaradorligining juda muhim ko‘rsatkichidir, avvalo, mehnat unumdorligi xalq xo‘jaligi darajasidan toki ish joyigacha ishlab chiqarishning barcha darajalarida uzluksiz tusda bo‘lishi mumkinligi uchun muhimdir. Lekin “mehnat samaradorligi” tushunchasi “mehnat unumdorligi” tushunchasidan kengroqdir. Mehnat samaradorligi mehnat unumdorligidan mehnat natijalari va mehnat sarflari ko‘rsatkichi jihatidan farq qiladi. Mehnat unumdorligini ta’riflashda uning natijasi mehnat mahsuli tarzida (tabiiy yoki qiymat birliklarida) ifodalanadi. “Mehnat unumdorligi” tushunchasi faqat moddiy ishlab chiqarishga taalluqlidir. Mehnat samaradorligi esa, uning moddiy ishlab chiqarish sohasidagi, ham inson mehnat faoliyatining boshqa sohalaridagi mahsuldorligini tavsiflaydi. Mehnat unumdorligini mehnat sarflari ko‘rsatkichi sifatida aniqlashda mehnat sarf-lari yoki moddiy ishlab chiqarish sohasida ish bilan band bo‘lganlarning miqdor ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Mehnat samaradorligini aniqlashda esa uning natijalarini moddiy ishlab chiqarish sohasidagi sarflar bilangina emas, balki barcha mehnat sarflari (barcha mehnat resurslari sarflari) bilan taqqoslash, ya’ni moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida ish bilan band bo‘lganlarni, o‘qishdagilarni, uy xo‘jaligi va shaxsiy yordamchi xo‘jalikda ish bilan band bo‘lganlarni e’tiborga olish kerak bo‘ladi.
Mehnat samaradorligining ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida ko‘p jihatliligi uni baholash uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlarning muayyan tizimini talab qiladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarishning darajalari: xalq xo‘jaligi, tarmoq, mintaqa, korxona (sex, uchastka, brigada, ish joyi) darajasi kabi ishlab chiqarish miqyoslariga qarab mehnat samaradorligini aniqlashning turli darajalarini e’tiborga olish kerak bo‘ladi. Buning ustiga, hatto bir darajaning o‘zida, shuningdek korxonalar darajasida ko‘rsatkichlar tizimlari farqlanishi mumkin, chunki mahsulot ishlab chiqarish hajmlari turlicha hisoblab chiqiladi, xodimlar tarkibi tafovutli bo‘ladi, mehnat sarflarini hisobga olishning o‘z xususiyatlari mavjud. 3. Mehnat unumdorligini o‘lchash usullari
Mehnat unumdorligini o‘lchash murakkab vazifa bo‘lib, bunga bir tomondan, unumdorlik kategoriyasining ko‘pqirraliligining dinamikasi ko‘p sonli o‘sish omillariga (bevosita va bilvosita, korxona tomonidan bo‘lgan va undan tashqarida bo‘lgan omillarga) bog‘liqligi, ikkinchi tomondan esa, unumdorlikni faoliyatning boshqa muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan bog‘lash talabi sabab bo‘ladi. 70-80-yillar mehnat unumdorligini hisoblash usulini takomillashtirish sohasidagi ishlar ikki yo‘nalishda olib borildi. Birinchi yo‘nalish moddiy sarflarni mahsulot 150
qiymatidan chiqarib tashlashdan iborat edi.
Bu hol mahsulotning o‘lchamlari turlicha qiymatga ega bo‘lishi va uning mehnat unumdorligi dinamikasiga ta’sirini kamaytirish imkonini beradi, deb hisoblanar edi. Izlanishning ikkinchi yo‘nalishi korxona darajasida mehnat unumdorligi ko‘rsatkichini hisoblab chiqarish tamoyillarini makro darajada qabul qilingan hisoblash bilan identifikatsiyalashga (ya’ni, taxmin qilinayotgan dinamikani jonli va buyumlashgan mehnatning umumiy xarajatlarini tejash orqali ifodalashga) qaratilgan edi. Biroq qabul qilingan hisoblash usullari asosida sanoatning ko‘pchilik tarmoqlarida o‘tkazilgan keng ko‘lamdagi tajribalar bunday yondashuv muhim afzalliklarga ega ekanligini ko‘rsatmadi.
Xo‘jalik yuritishning bozor tuzilishiga o‘tilishi munosabati bilan milliy hisob varaqlar tizimi joriy etildi. Ana shu tizim asosida yalpi ichki mahsulot hajmlarining ko‘rsatkichlari butun iqtisodiyot bo‘yichahamda uningbarcha tarmoqlari, shu jumladan, no moddiy soha bo‘yicha ham hisoblab chiqariladi. Bu esa, mahsulot ishlab chiqarish hajmlaridan ichki iste’molni ajratib chiqarish va ko‘rsatkichlarni yiriklashtirgan vaqtda takroran hisoblashni kamaytirish imkonini berdi. Xorij tajribasi asosida makro darajada tovarlarning qat’iy belgilangan to‘plami bo‘yicha mahsulotning tabiiy o‘lchamlari asosida uningfizik hajmi indeksi hisoblab chiqarilib, shundan keyin umumiy sanoat indeksiga birlashtiriladi. Bunda ulgurji narxlar hamda mahsulot fizik hajmining indekslari tanlab olingan turli umumiy hajm va tuzilish bo‘yicha faqat mintaqalar, tarmoqlar va butun sanoat darajasidagina aniqlanadi, lekin ulardan korxonada tezkor boshqaruv chog‘ida foydalanish mumkin bo‘lmaydi. Buning oqibatida korxona darajasida mehnat natijalarini baholash yaxshilanish u yoqdatursin, balki yomonlashadi, chunki qiyosiy narxlar yo‘qligi tufayli mehnat natijalari dinamikasining xarakteristikasi yo‘qotilgan edi. SHu bilan bir qatorda, iqtisodiyotda mahsulot hajmi va mehnat unumdorligining ko‘rsatkich darajalari jamlanmaydi. Islohotdan oldingi amaliyot bilan taqqoslaganda, korxona faoliyatida iqtisodiy erkinlik kengayganligi munosabati bilan mehnat sarflarini hisobga olish muammosi juda keskinlashdi. Mazkur muammoni statistika organlari uzoq vaqt mobaynida hal qilmadilar. Bu esa, mahsulot hajmlari va mehnat sarflarini hisoblash usullarida farqlar bo‘lishiga olib keldi. Bunday holat mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlarini hisoblash imkonini bermadi. SHunday qilib, mehnat unumdorligini o‘lchashga qabul qilingan xisoblash tizimi bilan muvofiqlashtirilgan, hamma tomondan e’tirof etilgan yondashuvlar hozirga qadar ishlab chiqilmagan.
Sobiq Ittifoq statistikasi va iqtisodiyot amaliyotida ish unumi va mehnat sig‘imi mehnat unumdorliginingko‘rsatkichlari bo‘lib xizmat qilar edi. Ular bir-biri bilan proporsional mutanosiblikda o‘zaro bog‘liq bo‘lib, quyidagi formula bilan ifodalagan: 151
;(8)va (9), МХ У Х М Мм
bunda, U – ish unumi;
X – tegishli birliklardagi mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmi;
M – tegishli birliklardagi mahsulotni ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish)dagi mehnat sarflari;
Mm – mahsulotni ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish)dagi mehnat sig‘imi.
Xalq xo‘jaligi miqyosida moddiy ishlab chiqarish sohasida mehnat unumdorligi (ish unumi)ning darajasi muayyan davrdagi milliy daromad o‘lchamining ushbu davr mobaynida moddiy ishlab chiqarish sohasida ish bilan band bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatdagi o‘rtacha soniga nisbati bilan belgilanar edi. Xizmatlar ko‘rsatishsohasida mehnat unumdorligi (ish unumi) muayyan davr mobaynidagi xizmatlar qiymatining (ushbu xizmatlarni ko‘rsatishdagi moddiy sarflarning qiymatisiz) shu davr mobaynida xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi xodimlarning o‘rtacha ro‘yxat soniga nisbati bilan belgilanar edi.
Ko‘p yillik tadqiqotlar ilgari tahlil qilingan ko‘rsatkichlarning birortasi ham mehnat unumdorligini ob’ektiv ta’riflash bilan bog‘liq barcha muammolarni hal etish imkonini bermasligini ko‘rsatdi. Ana shu hol bu maqsad uchun bir va hatto bir necha mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlaridan emas, balki butun boshli ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanishini zarur qilib qo‘ydi. Bunday tizimni har bir ko‘rsatkichning xossalari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, har birining funksional vazifasini aniqlash asosida tashkil etish mumkin.
Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlarini tasniflash belgisi mehnat natijalarini ifodalash usulidan (qiymat, tabiiy va mehnat) iboratdir. Tabiiy o‘lchamlar hammadan ko‘ra sodda va yaqqol bo‘lib, mehnat natijalarini ko‘zga tashlanadigan moddiy kategoriyalarda baholaydi. Ular o‘z mohiyatiga ko‘ra iste’mol qiymatining ta’rifi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita bog‘langan, demak, mahsulot sifati o‘zgarganligini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar shakllanishi uchun potensial shart-sharoit bo‘ladi.
Tabiiy usulishlab chiqarish hajmi fizik birliklarda (dona, kilogramm, pogon metr, kvadrat metr va hokazolarda) ifodalanganda ishlatiladi. Masalan, neft sanoati korxonasi bir yilda 300 ming tonna neft va 2600 ming m3 gaz qazib oldi, elektr stansiya 20 mln kVt soat elektr energiya, qandolatchilik fabrikasi 100 t shokolad konfet ishlab chiqardi.
Bu eng aniq usul hisoblanib, uning qo‘llaniladigan sohasi g‘oyat cheklangan, chunki kamdan kam korxona bir xil mahsulot chiqarish bilan kifoyalanadi. Masalan, o‘sha neftning o‘zini olib ko‘raylik. U uglevodorod fraksiyalari, oltingugurt, suv 152
miqdori turlichaligi bilan ajralib turadi. SHu sababli, aniq gapiradigan bo‘lsak, bitta burg‘u qudug‘idan qazib olingan bir tonna neft boshqa burg‘u qudug‘idan qazib olingan bir tonna neftga teng emas. SHokolad konfetlari ham xilma-xil navli bo‘lishi mumkin, qandolatchilik fabrikasi karamel va pechene ham tayyorlab chiqaradigan bo‘lsa, bunday mahsulotning og‘irligini jamlagan holda mutlaqo hisoblab bo‘lmaydi. Keng assortimentda tovar ishlab chiqaradigan mashinasozlik yoki yog‘och ishlash korxonasining mahsulotini tabiiy ko‘rsatkich orqali ifodalab bo‘lmaydi.
Binobarin, ishlab chiqarish hajmining tabiiy o‘lchami ko‘pchilik korxonalarga to‘g‘ri kelmaydi. Bu uning jiddiy kamchiligidir. Turli buyumlarni bitta o‘lchamga keltirishga asoslangan ishlab chiqarish hajmini o‘lchashningshartli - tabiiyusulidan ham foydalaniladi. Masalan, sovunning turli navlari tarkibidagi yog‘ miqdori 40,0 % bo‘lgan yagona sovun naviga aylantirib hisoblanadi, yonilg‘ining turli navlari bir tonnasining issiqlik yaratish quvvati 106 kkal.ga teng bo‘lgan shartli yonilg‘iga aylantirib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |