Nominal va real daromadlar. Nominal daromad - bu soliq va narxlarning o’zgarishiga bog’liq bo’lmagan daromad darajasi. Real daromad - bu narxlarni va boshqa to’lovlarning o’zgarishini hisobga olgandagi daromad. Real daromadni aniqlashda umumiy daromaddan soliq va boshqa to’lovlarni ayirib, uni narxlar o’zgarishiga (inflyatsiyaga) ko’ra qayta hisoblaydi.
Ish haqi - ishchi kuchidan foydalanganligi uchun to’lanadigan qiymat. Ish haqi stavkasi ham ish haqining bir turi bo’lib, ishchi kuchi mehnatidan foydalangan bir birlik vaqt uchun to’lanadigan ish haqi (bir soatlik, bir kunlik, bir oylik).
Iqtisodiy renta - cheklangan resursdan foydalangani uchun to’lanadigan narx.
Do'stlaringiz bilan baham: |