10-Mavzu: Go’daklik va ilk yosh davrida psixik rivojlanish Reja



Download 28,58 Kb.
bet1/5
Sana17.07.2022
Hajmi28,58 Kb.
#811057
  1   2   3   4   5
Bog'liq
mustaqil pisixologiya


10-Mavzu:Go’daklik va ilk yosh davrida psixik rivojlanish
Reja



  1. Go’daklik davrida psixik taraqqiyot

  2. Ilk yoshdagi bola psixikasining rivojlanishi

  3. O’yin va ta’limiy faoliyat davomida muloqot doirasining kengayishi.

Tayanch tushunchalar: Go’daklik davrida psixik rivojlanish. Jonlanish kompleksi. Ilk yoshdagi bola nerv sistemasining rivojlanishi, senzitiv davr. Ilk yoshda miyaning rivojlanishi. Ilk yoshdagi bola psixikasining rivojlanishi. Ilk yoshda sezgi, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, xayolning rivojlanishi. Nutqni egallashi va tushunishining senzitiv davri. Vaziyatli nutq. O’yin va ta’limiy faoliyat davomida muloqot doirasining kengayishi. Ilk yoshdagi bola psixikasining rivojlanishi.




1.Go‘dak bolalar psixikasining rivojlanishi, birinchidan, analizatorlarning takomillashuvi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, mustaqil harakatlarining o‘sishi bilan bog‘liqdir. Analizatorlarning tez takomillashuvi natijasida bola uch oylik bo‘lganidan so‘ng unda dastlabki shartli reflekslar yuzaga kela boshlaydi. Demak, ana shu davrdan boshlab bola psixikasi tez rivojlanish yo‘liga kiradi. Dastavval bolada harakat analizatorlari bilan bog‘liq bo‘lgan, undan so‘ng eshitish va ko‘rish analizatorlari bilan bog‘liq bo‘lgan shartli reflekslar yuzaga keladi. Ana shu tarzda barcha analizatorlarga nisbatan har xil murakkablikda shartli reflekslar tobora ko‘plab yuzaga kela boshlaydi. Shartli reflekslarning yuzaga kelishi bola psixikasining rivojlanishi uchun moddiy zamin bo‘ladi Keyinchalik, ya’ni ikki-uch oylik bolalarda analizatorlar faoliyatining takomillashuvi natijasida ta’sir qilayotgan qo‘zg‘atuvchilarni farqlash qobiliyati yuzaga kela boshlaydi. Dastavval turli ovozlarni, so‘ngra ayrim yorqin ranglarni, ta’mlarni, farqlay boshlaydi. Nihoyat, uch oylik bola atrofidagi juda ko‘p narsalardan odamni farqlaydigan va odamga nisbatan qandaydir boshqacha reaksiya qiladigan bo‘ladi. Uch oylik bola oldiga kelgan odamga tikilib, emotsional munosabatda bo‘la boshlaydi. U odamga uzoq vaqt tikilib qaraydi. Lablarini harakatlantirib, tilini aylantirib, go‘yo odamning nutqiga taqlid qilmoqchi bo‘ladi. Ana shu davrdan boshlab bolalar bilan imkoni bo‘richa mehribonlik ohangida gaplashib turish kerak. Ana shunday munosabatlar natijasida bolada qandaydir faollik, kattalarga talpinish reaksiyasi yuzaga keladi. Psixologlar bolalarda kattalar bilan bo‘lgan munosabatdan yuzaga keladigan emotsional reaksiyalarni jonlanish kompleksi deb ataganlar. Bu kompleksda bola o‘zi bilan munosabatda bo‘layotgan odamga muloyim tikilib, jilmayadi, qo‘l va oyoqlari bilan talpinib, qandaydir ovoz chiqaradi. Bolada qandaydir kuchli mamnunlik hissi yuzaga keladi. Lekin shuni unutmaslik kerak-ki, agar bolalar bilan keragidan ortiq darajada munosabatda bo‘lib, ularda jonlanish kompleksini yuzaga keltiraverilsa, ular kattalarga o‘rganib qoladilar va o‘yinchoqlarga qaramay qo‘yadilar. Go‘dakning nutqni egallashi. Bolaning atrofidagi katta odamlar – onasi, otasi, akasi, opasi kabilar qaysi tilda gaplashsalar, bola ham shu tilni o‘rganadi. Nutqni egallashdek juda ham qiyin jarayonni bola qisqa muddat davomida uddasidan chiqa boshlaydi. Yangi tug‘ilgan bolada nutqi bo‘lmasada ularda qandaydir ovoz chiqarish, ya’ni yig‘lash xususiyati bo‘lib, bu xususiyat tashqi va ichki muhitdan keladigan signallarga (ochlik, tashnalik) bog‘liq bo‘ladi. Ortiqcha qattiq tovushlar ham bolani cho‘chitib yuboradi. Bola 2–3 haftalik bo‘lgach, unda tovushlarga nisbatan elementar tarzda bo‘lsa ham reaksiya yuzaga kela boshlaydi. Undan keyingi davrda esa, ya’ni bola 2–3 oylik bo‘lgach tovush bilan tovush chiqarayotgan manba o‘rtasida assotsiatsiya maydonga keladi. Bunda bola tovush eshitilayotgan tomonga qarab boshini buradigan bo‘ladi.
Bolaning ilk yoshdagi davrida ham nerv sistemasi tez rivojlanishda davom etadi. Bu davrda bosh miyaning hajmi va vazni anchagina ortadi. Masalan, bola bir yoshdan ikki yoshga kirguncha bosh miyasining vazni 940 g dan 1025 g ga ortadi. Ikki yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davrda esa bola miyasining vazni 1025 g dan 1112 g ga ortadi. Bu davrda bola miyasi vaznining ortishi bilan birga miyaning ichki qismlarida ham jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Miya po‘stidagi nerv hujayralarining (neyronlarning) tuzilishi murakkablashadi, ya’ni neyronlarning shoxsimon o‘simtalari tobora orta boradi. Bosh miya po‘stidagi nerv hujayralarining takomillashuvi turli assotsiatsiyalarning (muvaqqat aloqalarning, shartli reflekslarning) yuzaga kelishini osonlashtiradi va tezlashtiradi. Ilk yosh davridagi bola nerv sistemasining rivojlanishida ham nerv tolalarining miyelinizatsiyalanishi davom etadi. Bu davrda asosan bosh miya yarimsharlaridagi nerv hujayralarini bir-biri bilan bog‘lovchi nerv tolalari miyelin pardasi bilan qoplanib, bir-biridan ajratiladi. Bola psixikasining rivojlanishida buning ahamiyati g‘oyat kattadir. Chunki shu munosabat bilan, ya’ni miyelinizatsiya orqali nerv tolalarining bir-biridan ajratilishi bilan turli taasurotlar (qo‘zg‘alishlar) nerv sistemasida tezroq tarqaladi va ravshanroq aks ettiriladi. Nerv hujayralarini bir-biri bilan bog‘laydigan juda ham nozik nerv tolalarining miyelin pardasi bilan qoplanib, bir-biridan ajratilishi butun nerv sistemasining tobora uyg‘un va puxta ishlashiga yordam beradi. Bu miya po‘sti nerv sistemasidagi barcha quyi boblar faoliyatini asta- sekin o‘ziga bo‘ysundira boradi. Shu tariqa bolaning butun hayotida oliy nerv faoliyatining roli orta boradi.

Download 28,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish