2. Boshqa auditor ish natijalaridan foydalanish Boshqa auditor - asosiy auditor tomonidan tekshiriladigan xojalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotiga kiritiladigan bolinmaning moliyaviy axborotini tekshiradigan va mazkur axborotga doir hisobotni tuzganlik uchun javobgar boladigan auditor;
Asosiy auditor - moliyaviy hisobot boshqa auditor tomonidan tekshirilgan xojalik yurituvchi subyektning bir yoki undan ortiq bolinmalari boyicha moliyaviy axborotni oz ichiga olgan hollarda, xojalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti boyicha auditorlik xulosasini tuzganlik uchun javobgar boladigan auditor;
Bolinma - faoliyati togrisidagi moliyaviy axborot asosiy auditor tomonidan tekshiriladigan moliyaviy hisobotga kiritiladigan bolim, filial, shuba korxonasi yoki boshqa xojalik yurituvchi subyekt.
Quyidagi omillar tasiri oqibatida asosiy auditorni tayinlash zarurati tugiladi:
-asosiy auditor tomonidan tekshirilayotgan moliyaviy hisobotga kiritilgan bolinma moliyaviy axborotining hajmi;
-asosiy auditorning bolinma faoliyatiga oid bilim darajasi;
-xojalik yurituvchi subyekt bolinmalari moliyaviy axborotini jiddiy buzib korsatishlar xatari.
Asosiy auditor boshqa auditor ishining natijalaridan foydalanishni rejalashtirayotganda, boshqa auditorning tekshirilayotgan sohadagi kasbiy bilimdonligini baholashi kerak. Buning uchun asosiy auditor:
-taqdim etilgan malumotlarga kora boshqa auditor tanlovini otkazishi;
-boshqa auditor auditorning malaka sertifikatiga ega ekanligiga ishonch hosil qilishi;
-bolinma faoliyati haqidagi bilimini baholash maqsadida boshqa auditor bilan suhbat otkazishi kerak.
Asosiy auditor ozining boshqa auditor bilimdonligiga tegishli xulosalari haqida malumotnoma tuzadi, unga oid malumotlar bilan birga u ish hujjatlariga qoshiladi.
Asosiy auditor boshqa auditorni quyidagilardan xabardor qiladi:
a) auditorlik tekshiruvi chogida uning mustaqilligi haqida va bu haqda yozma majburiyat oladi;
b) boshqa auditor hisobotini tuzish hamda auditorlik tekshiruvi chogida ularning harakatlarini muvofiqlashtirish boyicha tegishli taomillarni otkazish tartibi haqida. Asosiy auditor boshqa auditorni alohida etibor talab etiladigan masalalar, shuningdek auditorlik tekshiruvi vaqtining tugashi haqida xabardor qilishi lozim.
Asosiy auditor quyidagi taomillarni bajarishi shart:
a) boshqa auditor bilan qollaniladigan auditorlik taomillarini muhokama qilish;
b) boshqa auditorning reja va dasturini korib chiqish va tasdiqlash;
v) boshqa auditorning ish hujjatlarini korib chiqish;
g) xojalik yurituvchi subyekt bolinmasi (bolinmalari) mamuriyati bilan boshqa auditor tekshiruvi natijalarining muhokamasida ishtirok etish;
d) xojalik yurituvchi subyekt bolinmasi (bolinmalari) moliyaviy axborotini qoshimcha tekshiruvdan otkazish yoli bilan boshqa auditor ishining sifatini nazorat qilish. Boshqa auditor asosiy auditorga malum bolgan hamda boshqa auditor tomonidan tekshirilayotgan moliyaviy axborotni togrilash va oshkor etishni talab etadigan boshqa bolinmalarning bitim hamda operasiyalariga taalluqli sorovlar qilishi mumkin.Boshqa auditor xojalik yurituvchi subyekt bolinmasi (bolinmalari) moliyaviy axboroti tekshiruvining borishi haqida asosiy auditorni muntazam xabardor qilib turadi.Asosiy auditorga boshqa auditorning sorovnomasi yozma shaklda bayon etilishi, sana qoyilishi va asosiy auditorga tilxat orqali berilishi lozim. Sorovnomada asosiy auditor boshqa auditorga javob qaytarishi kerak bolgan muddat korsatiladi. Asosiy auditor boshqa auditordan sorovnoma olgan taqdirda boshqa auditorning sorovnomasida korsatilgan muddatni hisobga olgan holda yozma shaklda javob yollashi lozim. Asosiy auditorning boshqa auditorga javobi aniq bolishi lozim. Asosiy auditorning maktubiga sana qoyilishi va boshqa auditorga tilxat orqali berilishi lozim. Asosiy auditor tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobot togrisidagi auditorlik hisobotiga xojalik yurituvchi subyekt bolinmasi (bolinmalari) moliyaviy axborotiga taalluqli boshqa auditorning hisobotiga kiritilgan axborotlar ham qoshiladi. Asosiy auditor tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobot togrisidagi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini boshqa auditor ham imzolaydi. Boshqa auditor xojalik yurituvchi subyekt bolinmasi (bolinmalari) moliyaviy hisobotiga taalluqli oz hisobotining haqiqiyligi uchun javobgar boladi. Agar asosiy auditor boshqa auditorning ishidan foydalanib bolmaydi degan xulosaga kelgan bolsa, asosiy auditorning ozi esa boshqa auditor tomonidan tekshirilgan xojalik yurituvchi subyekt bolinmasi (bolinmalari) moliyaviy hisobotiga taalluqli qoshimcha taomillarni bajara olmasa, u auditorlik tekshiruvi hajmining cheklanganligi tufayli belgilangan tartibda auditorlik xulosasini tuzishdan voz kechadi.