MAVZU. BOSHQA AUDITOR ISHI NATIJALARIDAN FOYDALANISH
Reja:
1.Ekspert ishidan auditorlik dalili sifatida foydalanish.
2.Boshqa auditor ish natijalaridan foydalanish.
1. Ekspert ishidan auditorlik dalili sifatida foydalanish.
Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditorga kopincha nafaqat kompyuter texnologiyasi sohasidagi, balki mijozning biznesiga bevosita aloqador bolgan, buxgalteriyaga taalluqli bolmagan maxsus bilimlar ham zarur boladi. Bunday hollarda auditorlik tekshiruvi otkazishda faqat auditorlik firmasining xodimlari emas, balki pudrat shartnomasi asosida chetdan maxsus ekspert mutaxassislar ham jalb qilinadi. Masalan, quruvchi tashkilotlar kabi, neftni qayta ishlash kompaniyalari, zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi va tibbiy xizmat korsatuvchi tashkilotlarni ham tekshirish zaruriyati paydo bolishi mumkin. Bunda mazkur muayyan soha ekspertlari yordamiga murojaat qilish zarur.
Auditorlik tashkiloti qanday hollarda va qay tarzda ekspert tayinlashi, ekspert ishlarining natijalarini rasmiylashtirishga oid qanday talablar mavjudligi va ulardan foydalanish tartiblari №16 «Ekspert ishlaridan foydalanish» nomli auditorlik faoliyatining milliy standartida bayon qilingan. Standartga muvofiq mazkur auditorlik tashkilotining shtatida turmaydigan, buxgalterlik hisobi va auditdan boshqa (tashqari) ma’lum sohalarda (ma’lum masalalar boyicha) yetarli darajadagi bilim va (yoki) tajribaga ega, ushbu sohaga taalluqli masalalar boyicha xulosa bera oladigan mutaxassis ekspert deb tan olinadi.
Ushbu standart talablari tekshiruv natijalari boyicha rasmiy auditorlik xulosasi tayyorlash kozda tutilgan barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy, auditorlik xulosasi berish kozda tutilmagan tekshiruvlar, hamda professional xizmat korsatuvchi auditorlik tashkilotlari uchun esa tavsiya tavsifiga ega hisoblanadi. Auditorlik tashkiloti muayyan topshiriqni bajarish chogida mazkur standartning majburiy talablaridan chetga chiqish holatlarida ushbu vaziyatni ozi-ning ishchi hujjatlarida aks ettirishi va mijoz korxona rahbariyatiga taqdim etadigan yozma hisobotida korsatishi shart. Auditorlik tashkilotining oz yuridik xizmati bolmagan yoki masala uning sohasidan tashqariga chiqadigan bolsa, u holda auditorlik tashkiloti yuridik shaxs hisoblangan, ixtisoslashtirilgan tashkilot xizmatidan foydalanishi mumkin.
Ekspert mijoz-korxona shtatida turmasligi munosabati bilan, auditorlik tashkiloti audit otkazish chogida uning xizmatidan faqat, tekshirilayotgan xojalik yurituvchi subyekt roziligi bilan foydalanishi mumkin.
Mijoz-korxona ekspert xizmatidan foydalanishni rad qilganida auditorlik tashkiloti otkazilgan audit natijalari boyicha salbiy auditorlik xulosasi tayyorlash masalasini korib chiqadi. Ekspert ishlari natijalari togrisidagi xulosa mazkur standart talablariga muvofiq tayyorlanishi va rasmiylashtirilishi lozim bolib, uning mazmuni va shakli ekspert xizmati korsatish shartnomasida kozda tutilishi lozim. Shuningdek, bu shartnomada ekspert xizmatlarining maqsadi va hajmi; muayyan masalalar bayoni (tafsiloti); zarur hollarda ekspert bilan xojalik yurituvchi subyekt ortasidagi ozaro munosabatlar; xojalik yurituvchi subyekt axborotlarining maxfiyligi; ekspert oz ishida maqsad qilib qoygan taxminlar va uslublar hamda ularning auditorlik tashkiloti ekspert xizmatidan foydalangan oldingi davrlarda qollanilgan taxminlar va uslublarga mos kelishi togrisidagi malumotlar ham keltirilishi zarur.
Ekspertga asosan quyidagi ishlarni bajarish uchun taklif qilinishi kerak:
mulklarning ayrim turlarini baholash (yer, binolar, mashina va uskunalar, sanat asarlari, zargarlik buyumlari, qimmatbaxo toshlar va b.);
mol-mulklar miqdori va sifatini aniqlash (konlardagi qazilma boyliklar zaxiralari, mashina va uskunalarning xizmat muddatlari va b.);
maxsus usullar va amallar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish (aktuar baholash va b.)
bajarilmagan shartnomalar boyicha bajarilishi lozim bolgan, bajarilgan ishlar va xizmatlarning hajmini olchash. Bu realizasiya qilinganligini tan olish uchun zarur;
tasis shartnomalari, meyoriy hujjatlar va yuridik baholash va interpretasiyalash (talqin qilish).
Auditorlik tekshiruvi jarayonida ekspert ishidan foydalanish togrisida auditorlik tashkiloti organishi lozim bolgan xolatlarning tavsifi va murakkabligi, ularning jiddiyligi, hamda maqsadga muvofiqligi, ushbu holatlarga nisbatan boshqa auditorlik amallarini qollash mumkinligi va ishonchliligidan kelib chiqqan holda qaror qabul qiladi.
Auditorlik tashkiloti audit otkazishda xizmatidan foydalangan ekspert tegishli maxsus malakaga ega bolib, buni tasdiqlovchi hujjat (malaka attestati, sertifikat, lisenziya, diplom va sh. o.) taqdim etishi lozim. Shuningdek, ekspert auditorlik tashkiloti xulosa olishni moljallagan soxada tegishli tajriba va obroga ham ega bolishi hamda bu tavsiyalar, muloxozalar, nashr qilingan ishlari, malumotnomalar bilan tasdiqlangan bolishi kerak.
Auditorlik tashkiloti tomonidan ishga jalb qilingan ekspert xolis bolishi lozim. Auditorlik tashkiloti qoidaga kora, quyidagi hollarda audit otkazish chogida ekspert ishidan foydalanmasligi lozim:
Agar ekspert jismoniy shaxs auditorlik tashkiloti audit otkazayotgan korxonaning rahbari yoki asosiy tasischilaridan biri hisoblansa, yoki korsatilgan shaxslar bilan yaqin qarindoshlik aloqasi bolsa (ota-onasi, er-xotin, aka-uka, opa-singil, ogil, qizi shuningdek er-xotinlarining aka-ukalari, opa-singillari, ota-onalari va bolalari) yoki auditorlik tashkiloti audit otkazayotgan xojalik yurituvchi subyektning mansabdor shaxsi yoki shtatdagi xodimi hisoblansa;
-ekspert-huquqiy shaxs auditorlik tashkiloti tomonidan audit otkazilayotgan xojalik yurituvchi subyektning tasischisi, kreditori, sugurtalovchisi hisoblansa yoki ushbu xojalik yurituvchi subyekt ekspert yuridik shaxsning asosiy tasischisi hisoblansa. Agar ekspert tayinlaganidan song yuqorida korsatilgan holatlar malum bolsa yoki vujudga kelsa, auditorlik tashkiloti ekspert xulosasini tasdiqlaydigan qoshimcha ishlarni amalga oshirishi yoki boshqa ekspert tayinlashi lozim.
Xojalik yurituvchi subyektning ekspert ishidan foydalanishni rad qilishi yozma ravishda rasmiylashtirilishi lozim. Bunday rad etish hollarida auditorlik tashkiloti otkazilgan audit natijalari boyicha salbiy xulosa tuzishi mumkin.
Auditorlik tashkiloti audit otkazishda ekspert ishidan tekshirilayotgan mijoz-korxona va ekspert tashkiloti ortasida yoki auditorlik tashkiloti va ekspert tashkiloti ortasida tuzilgan pullik shartnoma asosida foydalanadi.
Ekspert xizmati shartnomada umumqabul qilingan shartlardan tashqari quyidagilar kozda tutilgan bolishi lozim:
ekspert ishining maqsadi va hajmi;
auditorlik tashkiloti ekspert xulosasidan kutayotgan muayyan masalalarning bayoni;
ekspert tashkiloti va xojalik yurituvchi subyekt ortasida ozaro munosabatlar bayoni, agar bu talab qilinsa;
xojalik yurituvchi subyekt axborotlarining maxfiyligi;
ekspert oz ishida qollashni moljallayotgan taxminlar va usullar, ularning olidingi davrlarda qollanilgan taxminlar va usullarga mos kelishi (agar auditorlik tashkiloti oldingi davrlarda ekspert xizmatlaridan foydalangan bolsa) togrisida malumotlar.
Ekspert oz ishining natijalarini yozma shakldagi (hisobot, hisob-kitob va sh. k) xulosa korinishida taqdim etadi.
Ekspert xulosasi tajribali auditor va (yoki) boshqa ekspert tanishib chiqib, ekspert tomonidan bajarilgan ishlar togrisida tasavvurga ega boladigan darajada toliq va batafsil bolishi lozim. Xususan, ekspert xulosasida quyidagilar aks ettirilgan bolishi zarur:
xojalik yurituvchi subyektning nomi;
ish bajarilgan obyekti;
bajarilgan ish hajmi va ekspertning masuliyat chegarasi;
qollanilgan ish usullari, shu jumladan ularning oldingi davrlarda foydalanilgan usullarga mosligi (agar oldingi davrlarda auditorlik tashkiloti ekspert ishidan foydalangan bolsa);
ishni bajarish chogida ekspert tomonidan qabul qilingan taxminlar, shu jumladan ularni oldingi davrlarda qabul qilingan taxminlarga mosligi (agar oldingi davrlarda auditorlik tashkiloti ekspert ishidan frydalangan bolsa);
bajarilgan ish bilan bogliq bolgan xal etilmay qolgan xar qanday jiddiy shubxalar;
bajarilgan ishlarning natijalari.
№16 AFMSda ta’kidlanishicha, ekspert xulosasi uchta qismdan iborat: kirish, tekshirish va xotima.
Ekspert xulosasining kirish qismida quyidagilar ko’rsatiladi:
ekspert o’z ishini bajargan xo’jalik yurituvchi subyektning nomi;
ekspert tomonidan bajarilgan ishlar nomi va bu ishlarning bayoni
ekspert haqida malumotlar: nasabi, ismi-sharifi; malakasi;
materiallarning organish uchun qabul qilingan sanasi;
organish uchun qabul qilingan materiallar nomi;
audit otkazilayotgan vaziyat va xulosa berish uchun axamiyatga ega bolgan birlamchi malumotlar, ularning olinish manbalari korsatilgan xolda;
ekspert oldiga qoyilgan masalalar.
Ekspert xulosasida keltiriladigan masalalar shakli ekspert xizmati korsatish togrisidagi shartnomada qanday berilgan bolsa, shunday bolishi lozim. Ularni aniqlashtirish zarur bolganida ekspert masalani bayon qilishi, songra ozining kompitensiyasiga muvofiq vazifani qanday tushunganligini korsatadi. Agar ekspert ayrim masalalarni, uning maxsus bilim doirasidan chetga chiqishini (toliq yoki qis-man) aniqlasa, bu holni xulosada korsatadi. Ekspert masalalarni guruxlash va ularni eng maqsadga muvofiq organish tartibini taminlaydigan ketma-ketlikda bayon qilish huquqiga ega. Agar masala ekspert tashabbusiga kora ortaga qoyilsa, u ham kirish qismida bayon qilinadi.
Ekspert xulosasining tekshirish qismida izlanish jarayoni va uning natijalari bayon qilinadi, hamda aniqlangan faktlarga tushuntirish beriladi.
Ekspert tomonidan hal etilgan har bir masalaga izlanish qismining malum bolimi mos kelishi lozim. Ozaro chambarchas bogliq bolgan ikki va undan ortiq masalalarni bir vaqtning ozida organish zarur bolganida, olingan natijalar bitta bolimda bayon qilinadi. Tekshirish qismida quyidagilar bayon qilinadi:
tekshirish usullari maxsus bilimga ega bolmagan shaxslar uchun tushunarli bayon etilgan va zarur bolganda ekspert xulosalarining togriligini mazkur izlanishlarni takrorlab tekshirish mumkin bolgan darjada batafsil bolishi zarur;
taxminlarni organish chogida qabul qilingan tushuntirish va asoslashlar;
qoyilgan masalalarni had etishda ekspert tomonidan qollanilagan meyoriy hujjatlar, ularni nashr qilgan organ va sanasi korsatilgan holda;
hal qiluvchi masalaga doir xulosani asoslaydigan, tekshirish natijalarining fikr muloxazalar batafsil bayon qilingan ekspert bahosi.
Maxsus atamalarga izoh berilishi lozim. Agar qoyilgan masalalarning ayrimlariga javob berish imkoni bolmasa, xulosaning izlanish qismida ekspert buning sababini korsatadi.
Ekspert xulosasining xotima qismida kirish qismida keltirilgan masalalarning javobi tarzidagi xulosalar keltiriladi.
Qoyilgan masalalarning har bittasiga aniq javob berilgan bolishi yoki tekshirish jarayonida u yoki bu sabablarga kora uni hal etish imkoni bolmaganligi korsatilishi lozim.
Ekspert oldiga masala qilib qoyilmagan, ammo tekshirish chogida aniqlangan xolatlar togrisidagi xulosalar ekspert xulosasining songida bayon qilinadi.
Agar ekspert xulosasining xotima qismi uning tekshirish qismida bayon etilgan tadqiqot natijalarining batafsil bayonisiz tuzilishi mumkin bolmasa, xulosaning tekshirish qismiga izoh berib otish mumkin.
Ekspert xulosasida keltirilgan malumotlar aniq bayon etilgan bolib, ularning shakli va mazmuni yaqqol korinadigan hamda turlicha izohlanmaydigan bolishi lozim.
Ekspert xulosasi qogozda yoki auditorlik tashkiloti bilan kelishilgan, auditorlik tashkilotining arxivida ishchi hujjatlarni saqlash uchun belgilangan vaqt davomida, undagi malumotlarni saqlashni taminlaydigan boshqa hujjatda tayyorlanishi mumkin.
Ekspert xulosasida quyidagi majburiy rekvizitlar bolishi lozim:
hujjatning nomi;
hujjatning sanasi;
ekspertning shaxsiy imzosi va uning rasshifirovka;
yuridik shaxs hisoblangan ekspert xulosasi uning muxri bilan tasdiqlanishi lozim;
Ekspert oz xulosasini kamida uch nusxada tuzib, uning bittasini auditorlik tashkiloti tekshiruv otkazayotgan xujalik yurituvchi subyektga, ikkinchisini esa auditorlik tashkilotiga taqdim qiladi.
Ekspert ishlarining natijalari auditorlik tashkiloti tomonidan quyidagi jihatlari boyicha korib chiqilishi lozim:
ekspert xulosasi uchun asos bolgan malumotlar;
xulosa tuzishda ekspert tomonidan foydalanilgan taxminlar va usullar, shu jumladan ularning oldingi davrlarda qollanilgan taxminlar va usullarga mosligi (agar oldingi davrlarda auditorlik tashkiloti ekspert xizmatidan foydalangan bolsa);
otkazilgan auditning umumiy natijalari.
Agar auditorlik tashkiloti tomonidan ekspert ishlarining natijalarini korib chiqish chogida ekspert xulosasi va xojalik yurituvchi subyekt malumotlari ortasida jiddiy nomuvofiqliklar aniqlansa yoki auditorlik tashkiloti ekspert ishlarining natijalarini asossiz deb topsa, auditorlik tashkiloti ekspert xulosasining asosliligini taminlovchi qoshimcha auditorlik amallarini bajarishi yoki boshqa ekspert tayinlashi lozim.
Ekspert xulosasi auditorlik tashkilotining ishchi hujjatlari qatoriga qoshiladi. Agar istisno holatlarda ekspert ogzaki tushuntirishlar bersa, ular ham auditorlik tashkiloti tomonidan ishchi hujjatlarda aks ettirilishi lozim.
Qandaydir organilgan xolatlarni baxolashda ekspertning jiddiy ishonchsizliligidan, hamda xojalik yurituvchi subyekt va ekspert ortasida yoki auditorlik tashkiloti va ekspert ortasidagi yechimi topilmagan kelishmovchiliklar natijasida ekspert xulosasi olish imkoni bolmasa, auditorlik tashkiloti salbiy auditorlik xulosasi tuzish togrisida bildirishi mumkin.
Audit otkazish chogida ekspert xizmatidan foydalanish, jumladan auditorlik xulosasida bu togrida korsatib otilishi, auditorlik xulosasi uchun auditorlik tashkiloti zimmasidan masuliyatni soqit qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |