Inventarizatsiya qilish va uning turlari
Buxgalteriya hisobining oldida qo‘yiladigan muxim talablardan biri uning ko‘rsatkichlarining to‘g‘riligini ta’minlash talabidir. Bu talabga javob berganda, buxgalteriya hisobining ma’lumotlari xaqiqatga to‘la-to‘kis muvofiq bo‘lishi kerak.
Hisobda aks ettiriladigan kelib tushgan yoki berilgan moddiy boyliklar – materiallar, pul mablag‘lari, tayyor mahsulot va boshkalarning soni haqiqatga olingan yoki berilgan songa to‘g‘ri kelishi, shu boyliklarning hisob ma’lumotlari bo‘yichaqoldiqlar miqdori esa ularni saqlash joylaridagi haqiqiy qoldiqlariga to‘g‘ri kelishi kerak. Vaholanki, hisob ma’lumotlari ba’zilarda haqiqatga to‘g‘ri kelavermaydi. Bu quyidagi sabablar bilan bo‘lishi mumkin.
Tabiiy sabablar – materiallarning og‘irligi yoki sifatining havoning harorati yoki namligining o‘zgarishi, ularning kemiruvchi, hashoratlar, mikborlar va boshqalar tomonidan buzulishi, ularning saqlash, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish paytida to‘kilish va shu kabilar natijasida ko‘rilgan yo‘qotishlardan iborat.
Moddiy qiymatlarni qabul qilish yoki berishdagi noaniqliklar – kam o‘lchash, xato hisoblash, kam tortish natijasida mablag‘ning boshqa miqdori yoki sifati (hajm, nav) qayd etilishidir. Moddiy boyliklarning bir navini (sifatini) boshqasi bilan aralashish xillarni almashtirish deb nomlanadi.
Hisobdagi xatolar – dastlabki hujjatlardagi xato yozuvlar, hisoblabchiqishdagi arifmetik xatolar, hisob varaqalarda hujjat ma’lumotlarini noto‘g‘ri aks ettirish va shu kabilardan iborat.
Suiste’mollar – o‘g‘riliklar, kam tortish yoki kam o‘lchash, pullar va boshqalarni berishdagi kam hisoblash hamda mablag‘larni to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zlashtirib olishdan iborat.
YUqorida yoritilgan hodisalarni ularni sodir bo‘layotgan daqiqada hisobga olib bo‘lmaydi, chunki ular hujjatlashtirilmaydi. Natijada, olingan kelishmovchiliklar (to‘g‘ri kelmasliklar) faqat vaqti–vaqti bilan o‘tkaziladigan mablag‘lar haqqiy qoldiqlqrini hisob ma’lumotlar bilan yuzaga chiqariladi. Bunday solishtirib tekshirish hisob ma’lumotlarini to‘ldirish va unga aniqlik kiritish hamda turli-tuman suiste’mollarga qarshi kurash olib borish imkonini beradi. Haqiqiy qoldiqlarni yo‘qlama (inventarizatsiya) qilish deb nomlanadigan maxsus ro‘yxatga olish yo‘li bilan aniqlanadi.
Inventarizatsiya o‘tkazish tartibi 19-BHMS «Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» bilan belgilanadi. Yo‘qlama qilish – bu hujjatlikdagi mablag‘lar to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlarini ularning haqiqatga mavjudligiga to‘g‘ri kelishini ta’minlash uchun xizmat qiladigan buxgalteriya hisobining usulidir.
Qisman yo‘qlama qilish xo‘jalik mablag‘larini biror turini o‘z ichiga oladi, masalan faqat materiallarni yoki faqat mol etkazib beruvchilar bilan hisob kitoblarni. Ular, to‘la inventarizatsiyadan tashqari, yil davomida bir necha marta hisobot ma’lumotlarning aniqligini ta’minlash, o‘g‘irliklarga va talofatlarga qarshi kurashni kuchaytirish hamda moliyaviy intizomni kuchaytirish maqsadida o‘tkazilishi kerak.
19-BHMSga ko‘ra, hisobot yilida o‘tkaziladigan yo‘qlamalar soni, ularni o‘tkazish sanasi, ularning har birida tekshiriladigan mulklar va majburiyatlar ro‘yxati, yo‘qlama o‘tkazish majburiy bo‘lmagan boshqa hollarda, korxona, tashkilotning o‘zi tomonidan belgilanadi. Yo‘qlama o‘tkazish quyidagi xollarda majburiydir:
Dorixona mulki ijaraga berilganda, davlat yoki munitsipal dorixonasotib olganda, sotilganda, hamda uni Aksiyadorlik jamiyatiga yoki shirkatlar jamiyatiga aylantirilganda;
moddiy javobgar shaxslar almashtirilganda (ishlarni qabul qilish–topshirish kuniga); o‘g‘riliklar va suiste’molliklar hamda moddiy boyliklarning buzilishi holatlari aniqlanganda;
yillik buxgalteriya hisobotini tuzishdan oldin (yo‘qlamasi yillik hisobotning 1-oktyabrgacha o‘tkazilgan mulklardan tashqari).
Imoratlar, inshootlar va boshqa harakatsiz vositalarning yo‘qlamasi har ikki-uch yilda bir marta, kutubxona ob’ektlarini esa besh yilda bir marta o‘tkazilishi mumkin. Asosiy vositalar, kapital qo‘yilmalar, tayyor mahsulot va shu kabilarning yo‘qlamasi bir yilda kamida bir marta o‘tkazilishi kerak (to‘la yo‘qlama o‘tkazilganda). Boshqa mablag‘larning yo‘qlamasi tez-tez o‘tkazib turish maqsadga muvofiqdir. Masalan, debitor kreditorlar bilan hisob kitobning yo‘qlamasi – bir yilda kamida ikki marta, byudjetga to‘lovlar bo‘yicha hisob–kitobni – har chorakda kamida bir marta, pul mablag‘larini – har oyda bir marta, banklar bilan hisob-kitobni – har oyning birinchi kuniga o‘tkazilishi lozim.
Yo‘qlama o‘tkazish o‘zining harakteriga ko‘ra rejali va to‘satdan o‘tkaziladigan yo‘qlamaga bo‘linadi.
Rejali yo‘qlama, uning maqsadga muvofiqligi va yaxshiroq o‘tkazilishidan kelib chiqqan holda, oldindan belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.
To‘satdan o‘tkaziladigan yo‘qlama, dorixonaraxbarining farmoyishi bilan tekshiruvchining, xo‘jalik faoliyatini tekshirishni o‘tkazayotgan tergov organlarining talabi bilan o‘tkaziladi. Rejadan tashqari yo‘qlama tabiiy ofatlardan (o‘t ketishi, suv toshqini) keyin hamda moddiy javobgar shaxslar almashganida o‘tkaziladi.
Nazorat savollari
1.Inventarizatsiya vazifasi, turlari va o‘tkazish vaqti?
2. Inventarizatsiyaning asosiy qoidalari nimalardan iborat?
3.Mol-mulkning ayrim turlari va moliyaviy natijalarni inventarizatsiya qoidalari qanday amalga oshiriladi?
4.Inventarizatsiya bo‘yicha solishtirish qaydnomalari qanday tuziladi?
5.Inventarizatsiyadagi farqlarni tartibga solish va inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish qanday tartibda olib boriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |