10-mavzu. Dinamikani statistik о‘rganish usullari reja



Download 212,59 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana04.11.2022
Hajmi212,59 Kb.
#860270
  1   2   3
Bog'liq
10-mavzu maruza matni



10-MAVZU. DINAMIKANI STATISTIK О‘RGANISH USULLARI
Reja: 
10.1. Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar dinamikasini о‘rganish ahamiyati va uni statistik 
tadqiq qilish zarurligi. 
10.2. Dinamika qatorlari mohiyati va turlari. 
10.3. Dinamika qatorlarini tahlil qilish kо‘rsatkichlari. 
10.4. Dinamika qatorlarida о‘rtachalarni hisoblashning о‘ziga xos xususiyatlari. 
10.5. Dinamika qatorlarida asosiy tendensiyalarni aniqlash usullari. 
10.6. Dinamika qatorlarida trend tenglamasini tuzish va uni ishonchliligini 
baholash masalasi. 
10.7. Dinamika qatorlarida mavsumiy tebranishlarni statistik о‘rganish usullari. 
10.8. Dinamika qatorlari о‘rtasidagi bog‘lanishni о‘rganishda korrelyatsion-
regresion tahlilni qо‘llanishi. 
Adabiyotlar: 2, 4, 7, 11, 13, 14, 15, 16, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26 
Tayanch iboralar: 
Tendensiya, mavsumiy va konyunkturaviy tebranishlar. 
Dinamika qatorlarida asosiy tendensiya mavjudligi tо‘g‘risidagi farazni Foster-
Styuart usuli yordamida baholash. Dinamika qatorlarida asosiy tendensiyani 
aniqlash usullari: davrlarni uzaytirish; oddiy va tortilgan sirg‘anchiq о‘rtacha 
darajalarni hisoblash; о‘rtacha о‘sish sur’atlarini hisoblash; analitik tekislash.
Ijtimoiy hodisa va jarayonlar doimo harakatda, о‘zgarishda va rivojlanishda 
bо‘lib, taraqqiyot esa oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga eskidan yangiga 
qarab boradi. Statistika ijtimoiy hodisalarini faqat mavjud holatda olib qaramay, 
balki ularning vaqt ichida о‘zgarishini ham о‘rganadi. Ijtimoiy hodisalarning vaqt 
ichida о‘zgarishi statistikada 
dinamika
deb, shu jarayonni ta’riflovchi 
kо‘rsatkichlar qatori esa 
dinamika qatorlari
deb yuritiladi.
Dinamika qatorlari quyidagi ikki unsurdan: xronologik momentlar (sanalar), 
davrlar rо‘yxatidan va о‘rganilayotgan hodisaning soni, hajmi, miqdorini 
tavsiflovchi darajalardan tashkil topadi. Dinamika qatorlarida vaqt kо‘rsatkichi 
sifatida ma’lum bir moment (sana) yoki davr (oy, yil) olinishi mumkin. Bulardan 
tashqari analitik maqsadlar uchun hisoblangan о‘rtacha va nisbiy miqdorlar ham 
dinamika qatorlarida keltirilishi mumkin.
Dinamika qatorlarini tuzishda ma’lum shart-sharoitlarga rioya qilish lozim.

dinamika qatorlarining darajalari bir xil о‘lchov birliklarida berilishi kerak. 


Agar birinchi had sо‘mda о‘lchangan bо‘lsa, qolgan hadlar ham shu о‘lchov 
birlikda baholanadi; 

hadlarning hisoblangan aniqlik darajasi bir xil bо‘lishi, (0,1, 0,01,0,001 va h.k.) 
zarur. 

hamma kо‘rsatkichlar bitta metodologiya bilan aniqlangan bо‘lishi kerak. 
Masalan, aholi dinamikasini о‘rganmoqchimiz. Ma’lumki, aholi mavjud aholi
doimiy aholi, vaqtincha yashovchilar va boshqa toifalarga bо‘linadi. Demak, 
qatorning birinchi hadida doimiy (yoki boshqa toifadagi) aholi soni berilsa, 
qolgan hadlarda ham faqat shu toifadagi aholi soni berilishi kerak; 

dinamika qatorlarining kо‘rsatkichlari hudud bо‘yicha ham taqqoslama bо‘lishi 
shart. Masalan, Buxoro viloyati bо‘yicha keyingi 30 yilda erishilgan natijalarni 
tahlil qilish uchun dinamika qatorlari tuzildi. Bu tuzilgan qator hadlarini 
taqqoslash mumkin emas, chunki keyingi 30 yil ichida Buxoro viloyatining 
hududi о‘zgardi, ya’ni undan Navoiy viloyatiga qarashli tumanlar ajralib chiqdi, 
qо‘shildi va yana ajraldi. Demak, 30 yil uchun tuzilgan hadlarni taqqoslash 
uchun ularni hammasini Buxoro viloyatining yoxud yangi, yoxud eski hududi 
bо‘yicha hisoblash kerak; 

dinamika qatori kо‘rsatkichlari davrning uzun va qisqaligi bо‘yicha ham bir xil 
bо‘lishi kerak. 
Statistik kuzatish natijalari ikki turdagi mutlaq miqdorlar bilan ifodalanadi. 
Birinchi turdagi miqdorlar hodisalarning aniq sanadagi, momentdagi holatini 
tavsiflaydi. Masalan, aholi soni, omonat kassalaridagi pul qо‘yilmalari va shunga 
о‘xshashlar, odatda yil boshiga yoki yil oxiriga nisbatan hisoblanadi. Bunday 
kо‘rinishdagi mutlaq miqdorlar asosida tuzilgan qatorlar 

Download 212,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish