10-Mavzu: Amir Temur va temuriylar davri madaniyati Reja



Download 214,63 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/26
Sana29.04.2022
Hajmi214,63 Kb.
#593319
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Bog'liq
10 mavzu matni (pdf)

Oqsaroy 
― SHahrisabzdagi me’moriy yodgorlik bo‘lib, uni 1380-
1404 yillarda Amir Temur qurdirgan. Bir zamonlar muhtasham, hashamatli 
bo‘lgan bu saroyning bizgacha emirilib, xaroba holga kelgan ulkan peshtog‘i, 
ikki chekkasidagi minorasi, saroy poydevorining bir qismigina saqlangan. 
Oqsaroyning hozirgi ko‘rinishi ham salobatli va go‘zaldir. 
Bu salobatlilik va go‘zallikka g‘ishtlarning yaxlit bo‘lib ko‘rinishini 
ta’minlash ― old va shimoliy devor yuzasini sirkor parchinlar bilan bir 
tekisda ishlash tufayli erishilgan. Peshtoq ravog‘ining eni 22,5 metr, 
balandligi 40 metr, umumiy balandligi 50 metrdan oshadi. Peshtoq 
minorasining ichidagi aylanma zina orqali yuqoriga chiqilgan. 
Yozma manbalarga ko‘ra Oqsaroy turar-joy va jamoat binosi sifatida 
qurilib, xonalar xovli atrofida joylashgan. Zaxiriddin Muhammad Bobur 
ma’lumotlariga ko‘ra, hovli o‘rtasida hovuz, to‘rida gumbazli katta xona ― 
devonxona, yonlarida maslahatchilar uchun kichik xona, hashamatli ravoqli 
bostirmalar, ichki tomonda haram va amirning xonasi joylashgan. Devonxona 
peshtoqida Sher va Quyoshning juft tasviri va AmirTemur davlatining 3 
halqa shaklidagi nishoni bo‘lgan. 
Gumbaz ichi va yonlariga, burchaklardagi minoralarga koshin-
g‘ishtlardan qalqon shaklidagi girih naqshlar ishlangan. Bu naqshlar 
silliqlangan g‘isht va feruza rangli sirkor parchindan yozilgan kufiy xatlar 
zamini yo‘g‘on ko‘k belboqqa o‘xshash mujassamotni tashkil etgan. Oqsaroy 
devorlaridagi ranglar jilosi tarixiy, falsafiy va diniy mavzudagi, kufiy, suls 
yozuvlari, koshinkori bezaklar, islimiy, girih naqshlarning o‘zaro uyg‘unligi 
binoga ajoyib va sehrli mazmun bag‘ishlagan. Ranglarning oy yorug‘ida 
jilolanib oqarib ko‘rinishidan bino Oqsaroy deb nomlangan. 
Ispaniya elchisi Rui Gansales de Klavixo sinchikovlik bilan yozib 
qoldirgan taassurotlar me’morlik tarixi uchun yagona guvoh ― hujjat bo‘lib 
qolmoqda. Elchi saroy ichkarisidagi zebu ziynatli bezaklar haqida hayrat 
bilan yozadi: «Bu eshik orqali chorsu ko‘rinishli xonaga kiramiz: devorlari 
oltin va lojuvard koshinlar bilan bezatilgan, shifti butunlay zarxallangan. Bu 


13 
erdan elchilar yuqori qavatga olib chiqiladi. Xonaqohning hamma tarafi 
zarhal bo‘lgani uchun, ularning biri haqida mufassal so‘zlab berish kifoya». 
Saroyning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ― tom tepasiga ishlangan 
hovuzdir. Hovuzga suv Taxtiqoracha dovonidan qo‘rg‘oshin quvurlar orqali 
oqib kelib, undan sharshara hosil qilib, pastga tushirilgan. 
Peshtoqning mahobatiga mahliyo bo‘lgan Zahiriddin Muhammad Bobur 
«Muncha oliy toq olamda kam nishon berurlar. Derlarkim, Kisro toqidan bu 
buyukroqdir», ― degan edi. CHindan ham, Markaziy Osiyo me’morligida 
bunday buyuk bino bo‘lmagan. Oqsaroy Markaziy Osiyo me’morligida xalq 
me’morlari ijodining eng yuksak cho‘qqisi sifatida so‘nmas iste’dod va 
me’morligida izlanishlar namunasi bo‘lib qoladi. 

Download 214,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish