10.2. Amir Temur va temuriylar davrida
me’morlik, bog‘ tuzish san’ati
Amir Temur va temuriylar davridan bizning kungacha saqlanib qolgan
muhtasham san’at obidalari o‘z davrida Sohibqiron “Tuzuklar”ida
homiyligida
mamlakatda
me’morlik
va
shaharsozlik
g‘oyat
rivojlanganligidan dalolat beradi. Bu davrda me’morlik ayniqsa ravnaq topdi.
9
Sohibqironning bunyodkorlik haqidagi gaplariga quloq bering: “Har bir
shaharda masjidlar, madrasalar, xonaqohlar qurishni, yo‘lovchi musofirlar
uchun yo‘l ustida robotlar bino qilishni, daryolar ustiga ko‘priklar qurishni
buyurdim”.
Sohibqironning me’moriy bunyodkorligi sohasidagi beqiyos ishlarini
SHahrisabz, Samarqand, Buxoro, Toshkent va Turkiston shaharlarida
hozircha saqlanib qolgan noyob va nodir obidalar misolida ko‘rish mumkin.
Temuriylar davridagi bunday ulkan bunyodkorlik jarayoni natijasida keng
ko‘lamda me’morlik mo‘jizalari yaratilgani fikrimiz dalilidir.
O‘sha davrlarda ham shahar mahallalardan iborat bo‘lib, bir qanchasi
guzarlarga birlashgan. SHaharda me’moriy majmualar shakllanishi
temuriylar davrining eng katta yutug‘i bo‘ldi. Me’morlik taraqqiyotning
yangi bosqichiga ko‘tarildi. Bu jarayon muhandis, me’mor va naqqoshlar
zimmasiga yangi vazifalarni yukladi. Amir Temur davrida gumbazlar
tuzilishida qirralar oralig‘i kengaydi. Ikki qavatli gumbazlar qurilishida
ichkaridan yoysimon qovurg‘alarga tayangan tashqi gumbazni ko‘tarib
turuvchi poygumbazning balandligi oshdi. Mirzo Ulug‘bek davrida gumbaz
osti tuzilmalarining yangi xillari ishlab chiqildi.
Aniq fanlardagi yutuqlar me’morlik yodgorliklarida ham yaqqol
namoyon bo‘ldi. Ularning old tomoni va ichki qiyofasi rejalarini tuzishda
me’moriy shakllarning umumiy uyg‘unligini belgilovchi handasaviy
tuzilmalarning aniq o‘zaro mutanosibligi bo‘lgan bezak va sayqal ishlari ham
bino qurilishi jarayonida baravar amalga oshirilgan.
Temuriylar davrigacha va undan keyin ham Movarounnahr hamda
Xuroson me’morligida bezak va naqsh bu qadar yuksalmagan edi. Amir
Temur va Mirzo Ulug‘bek davri me’morchiligida bezakda ko‘p ranglilik va
naqshlar xilma- xilligi kuzatiladi. Xattotlik san’atini mukammal egallagan
ustalar binoning maxsus joylariga epigrafik bitiklarni olti xil usulda yozgan.
Koshin qoplamlarida tasviriy mavzular ham uchraydi. Oqsaroy
peshtoqlaridagi sher bilan quyoshning juft tasviri ramziy ma’noga ega. Bu
davrdagi bino ichining bezagi ham xilma-xil bo‘lgan. Devor va shift, hatto
gumbaz ham naqsh bilan ziynatlangan. Amir Temur davrida qurilgan
binolarda ko‘k va zarxal ranglar ustun bo‘lib, dabdabali naqshlar ishlangan.
Mirzo Ulug‘bek davrida esa, Xitoy chinnisiga o‘xshash oq zamindagi ko‘k
naqshlar ko‘p uchraydi.
Amir Temur va temuriylar davlatining qudrati ayniqsa, me’morchilikda
namoyon bo‘ldi. Oqsaroy peshtoqiga bitilgan: “Agar bizning quvvat va
qudratimizni bilmoqchi bo‘lsang, qurgan imoratlarimizga boq”, degan yozuv
Amir Temur saltanatining siyosiy maqsadini ham anglatar edi. CHunki, barpo
etilayotgan inshootlarning ulug‘vorligi siyosiy vazifalardan biri edi. Bu
davrda Movarounnahr shaharlari qurilishida mudofaa devorlari, shoh
ko‘chalarni tartibga solish, me’moriy majmualarni qurish avj olgan.
Ilk o‘rta asrlardagi shaharning asosiy qismi bo‘lgan “SHahriston”dan
birmuncha farq qiluvchi xisor qurilishini Samarqand va SHahrisabzda
10
kuzatish mumkin. Amir Temur davrida Kesh (
SHahrisabz
) shahar qurilishi
yakunlanadi. Xisorning janubi-g‘arbida hukumat binosi Oqsaroy va atrofida
rabotlar qurilib, bog‘-rog‘lar barpo etildi.
Amir Temur vatanini ―
Do'stlaringiz bilan baham: |