10. Ishlab chiqarish xarajatlari



Download 0,5 Mb.
bet7/9
Sana15.11.2022
Hajmi0,5 Mb.
#866807
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10 mavzu Ishlab chiqarish xarajatlari

Garchi o’rtacha umumiy xarajat odatiy birlik narxini ko’rsatsada, u ishlab chiqarish darajasi ortganida umumiy xarajatning qanday o’zgarishini ko’rsatmaydi. 2-jadvalning oxirgi ustuni firma ishlab chiqarish hajmini bir birlikka oshirgandagi umumiy xarajatning ortgan miqdorini ko’rsatadi. Bu miqdor chekli xarajat deyiladi. Masalan, Konrad ishlab chiqarishni 2 piyoladan 3 piyolaga oshirsa, umumiy xarajat 3.80$dan 4.50$ga ko’tariladi. Shunday qilib uchinchi piyolaning chekli xarajati 4.50$-3.80$ yoki 0.70$ hisoblanadi. Jadvalda chekli xarajat ikki chiziq orasida tasvirlangan, chunki u ishlab chiqarish hajmining miqdori bir darajadan boshqasiga almashganida umumiy xarajatdagi o’zgarishni ifodalaydi.

  • Garchi o’rtacha umumiy xarajat odatiy birlik narxini ko’rsatsada, u ishlab chiqarish darajasi ortganida umumiy xarajatning qanday o’zgarishini ko’rsatmaydi. 2-jadvalning oxirgi ustuni firma ishlab chiqarish hajmini bir birlikka oshirgandagi umumiy xarajatning ortgan miqdorini ko’rsatadi. Bu miqdor chekli xarajat deyiladi. Masalan, Konrad ishlab chiqarishni 2 piyoladan 3 piyolaga oshirsa, umumiy xarajat 3.80$dan 4.50$ga ko’tariladi. Shunday qilib uchinchi piyolaning chekli xarajati 4.50$-3.80$ yoki 0.70$ hisoblanadi. Jadvalda chekli xarajat ikki chiziq orasida tasvirlangan, chunki u ishlab chiqarish hajmining miqdori bir darajadan boshqasiga almashganida umumiy xarajatdagi o’zgarishni ifodalaydi.
  • Bu quyidagi ta’riflarni matematik izohlashda yordam berishi mumkin.
  •  
  • Ortacha umumiy xarajat=Umumiy xarajat/Miqdor
  •  
  • ATC=TC/Q
  • va
  • Chekli xarajat= Umumiy xarajatdagi o’zgarish/Miqdordagi o’zgarish
  •  
  • MC=∆TC/∆Q
  •  

XARAJAT EGRI CHIZIQLARI VA ULARNING SHAKLLARI

  • XARAJAT EGRI CHIZIQLARI VA ULARNING SHAKLLARI
  • O`tgan boblarda biz talab va taklif chizmalarini ko`rib chiqqan edik, ya’ni bozor faoliyati tahlilida, firmalar faoliyatini tahlil qilishda o`rtacha va chekli xarajatlarning foydali tomonlarini o`rgandik. 4-chizma 2-jadvaldan foydalangan holda Konradning xarajatlarini aks ettiradi. Gorizontal kesim firmaning mahsulotlari miqdorini va vertikal kesim chekli va o`rtacha xarajatlarni aks ettiradi. Grafik 4 egri chiziqdan iborat: o`rtacha umumiy xarajat (ATC), o`rtacha o`zgarmas xarajat (AFC), o`rtacha o`zgaruvchan xarajat (AVC) va chekli xarajat (MC).
  • Xarajat egri chiziqlari Konradning qahva do`koni misolida aks ettirilgan va iqtisodiyotda ko`pchilik firmalar uchun zarur bo`lgan asosiy xususiyatlarga ega. Keling ushbu uchta jihatlarni tahlil qilamiz: chekli xarajat egri chizig`i shakli, o`rtacha umumiy xarajat egri chizig`i shakli va chekli va o`rtacha umumiy xarajat o`rtasidagi bog`liqlik.
  • RASM
  • Konradning o`rtacha va chekli xarajatlari egri chiziqlari
  • Bu chizma Konrad qahva do`koni uchun o`rtacha umumiy xarajat (ATC), o`rtacha o`zgarmas xarajat (AFC), o`rtacha o`zgaruvchan xarajat (AVC) va chekli xarajat (MC)ni aks ettiradi. Ushbu hamma egri chiziqlar 2-jadval asosida shakllantirilgan. Bu xarajat egri chiziqlari ko`pchilik firmalar uchun alohida xususiyatga ega bo`lgan uchta jihatga ega: 1) Chekli xarajat mahsulot hajmi o`sishi bilan o`sadi; 2) O`rtacha umumiy xarajat U-shaklidagi egri chiziqni aks ettiradi; 3) Chekli xarajat egri chizig`i o`rtacha xarajat egri chizig`ini minimum umumiy o`rtacha xarajat egri chizig`ida kesib o`tadi.
  • Xarajat
  • Mahsulot miqdori
  • O`sib boruvchi chekli xarajat. Konradning chekli xarajatlar u ishlab chiqargan mahsulot soniga qarab ortadi. Bu kamayib borayotgan chekli mahsulotlar narxida aks etadi. Konrad oz miqdorda qahva ishlab chiqarsa, uning ishchilari oz bo’ladi va uning ko’p stanoklari ishlatilmaydi. Chunki u mazkur ishlatilmayotgan resusrlarni osongina muomalaga kirita oladi, qo’shimcha ishchining ehtiyojsiz mahsuloti ko’p va qo’shimcha qahvaning narxi past. Aksincha Konrad ko’p qahva ishlab chiqarganda uning do’koni ishchilar bilan to’ladi va uning barcha stanoklari to’laligicha ishlatiladi. Konrad ishchilar qo’shish orqali ko’p qahva ishlab chiqara oladi, lekin bu ishchilar shovqinli olomon ichida ishlashiga va stanoklarni ishlatish uchun kutib qolishiga to’g’ri kelishi mumkin. Shuning uchun, qachonki, ishlab chiqarilgan qahva miqdori yuqori bo’lganda, qo’shimcha ishchining ahamiyatsiz mahsuloti oz bo’ladi va qo’shimcha piyola qahvaning narxi baland bo’ladi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish