10-Amaliy mashg’ulot: Paxta yigʻishtirish mashinasi ishchi qismlari



Download 0,72 Mb.
bet4/5
Sana18.03.2022
Hajmi0,72 Mb.
#500097
1   2   3   4   5
Bog'liq
10-amaliy

4- rasm.Ajratkich sxemasi:
1 — cho‘tkalar; 2 — podshipniklar; 3 — separator; 4 — val; 5 — shesterna.

Ajratkichning ishchi qismi cho‘tkali barabanni tashkil qiluvchi cho‘tkalar 1 dan iborat. Cho‘tkali baraban apparatning yuqorigi va pastki panellariga o‘rnatilgan podshipniklar 2 da aylanadi. Cho‘tkalar separator 3 ning tutqichlari orqali val 4 ga mahkamlangan. Ajratkich shesterna 5 vositasida aylantiriladi. Barabanni pastki qismiga qo‘yilgan tishli plankalar qillarni yulinishdan saqlaydi. Cho‘tkaning pastki qismi, odatda, tezroq yeyiladi, shuning uchun cho‘tkalarning xizmat muddatini oshirish maqsadida, ularning yeyilgan qismini yuqoriga o‘girib qo‘yish mumkin.


Apparatlarni osish mexanizmi, ularni mashina ramasiga biriktirish, ish va transport holatiga tushirish hamda ko‘tarish uchun xizmat qiladi.
Sharnirli val tarqatish reduktoridan apparat reduktoriga aylanma harakat uzatadi. Sharnirli valda saqlash muftasi bo‘lib, u apparatga begona narsalar tushish yoki biror nuqson oqibatida zo‘riqish paydo bo‘lganda apparat shpindellari va boshqa detallarning sinishini oldini oladi.
Paxta terish mashinasining pnevmosistemasi markazdan qochirma tipdagi ventilyator, havo so‘rish va haydash karnaylaridan tashkil topgan. Uzatilayotgan paxtaning chigiti sinmasligi yoki ezilib yorilmasligi uchun, karnaylarning egilish shakli va ventilyatorning tuzilishini, paxta ularga zarb bilan urilmasligini ta’minlashga qaratish lozim. Buning uchun ayrim mashinalarda paxtani bunkerga ventilyatorning ichidan o‘tkazilmay ejeksiya hisobiga uzatiladi.


Gorizontal shpindelli apparatning tuzilishi. Shpindelli baraban 10 ning sirti bo‘ylab 10–12 tadan kassetalar teng joylashtirilgan (5- rasm) bo‘lib, har bir kassetaga uzunligi 70–120 mm gacha bo‘lgan 12–16 dona konussimon shpindel 12o‘rnatilgan. Shpindelning bir tomoni kassetaga qotiriladi, ikkinchi tomoni konsol tarzida bo‘ladi. Shpindel sirtida esa balandligi 0,5 mm gacha bo‘lgan bir necha qator tishlar kertiladi.
Kasseta 1 pastki 13 va yuqorigi 2 tayanch podshipniklari atrofida aylana oladigan qilib o‘rnatiladi (287- rasm). Shpindelni baraban radiusiga nisbatan kerakli holatda (burchak ostida) ushlab turish uchun har bir kassetaning ustiga krivoship 3 kiydirilgan, uning g’altagi 4 yo‘naltiruvchi yo‘lakcha 5 ichida joylashtirilgan bo‘ladi. Dvigateldan kelayotgan harakat Z1 shesternasi orqali baraban vali 6 ni aylantiradi. Baraban bilan birgalikda kasseta ham uning vali 6 atrofida aylanib turadi. Qo‘zg’almas yo‘naltiruvchi yo‘lakcha 5 murakkab shaklga ega bo‘lib, tuxumsimon ko‘rinishga ega bo‘ladi. Shu sababli uning ichida siljib harakatlanayotgan g’altak aylanayotgan barabanning sirtiga goh yaqinlashib, goh uzoqlashib, krivoship orqali kassetani vaqti-vaqti bilan o‘z o‘qi atrofida o‘ng yoki chapga buradi. Yo‘naltiruvchi yo‘lakchaning shaklini tanlashda g’o‘zapoyaga shpindelni deyarli tik holda kiritib, bir joyda aylantirib turish ko‘zda tutiladi. Agar bu shart bajarilmasa, kassetadagi shpindel qo‘zg’almas g’o‘zapoyaga nisbatan oldiga yoki orqaga siljiydigan bo‘lib, g’o‘za shoxlarini sindirib ketadi. Shunday qilib, terish zonasidagi 4 – 5 kassetaning shpindellari bir-biriga deyarli parallel holatda bo‘ladi.
Barabanning aylanma harakati Z1 shesternadan Z2, Z3, Z4, Z5 va Z6 shesternalari orqali kasseta ichidagi Z7 va Z8 konussimon shesternalarga uzatiladi.
Shpindel o‘z navbatida Z1 dan kelayotgan harakatni Z7 va Z8 konussimon shesternalari orqali olib, bir yo‘nalishda uzluksiz

5- rasm. Gorizontal shpindelli apparatning sxemasi.
1,9– kassetalar; 2,13– kassetaning ustki va pastki podshipniklari; 3– kasseta krivoshipi; 4 – krivoship g’altagi; 5 – yo‘lakcha; 6 – baraban vali; 7 – ajratgichga harakat uzatuvchi shesternalar; 8 – namlagich yostiqchasi; 10 ajratgich likopchasi; 11 ajratgich vali; 12 shpindellar.

aylanib turadi. Ammo kasseta yo‘lakcha ta’sirida o‘z o‘qi atrofida o‘ng tomonga burilsa, Z8 shesternasi o‘zgarmas tezlikda aylanayotgan Z7 tishlari bo‘ylab shpindel aylanayotgan tomonga yumalanib o‘tadi. Natijada shpindelning aylanishi tezlashadi, agar kasseta chap tomonga burilsa, shpindel tezligi kamayadi. Z7o‘zgarmas tezlikda aylansa ham kassetaning tebranishi hisobiga shpindel o‘zgaruvchan tezlik bilan aylanadi. Shpindel aylanish tezligining o‘rtacha qiymati 2100–2400 ayl/min atrofidadir.


Terish zonasidan paxtani o‘rab chiqayotgan shpindelning aylanish tezligi yo‘lakcha ta’sirida kassetaning burilishi hisobiga ortadi va uning tishlari paxtaga yaxshiroq botib, uni kamroq to‘kadi. Shpindelga o‘ralgan paxtani ajratgich 10 yordamida yechib olishni yengillashtirish uchun birinchidan, ajratish zonasida shpindel tezligi biroz kamaytiriladi, ikkinchidan, yo‘lakcha yordamida kassetaning qisman burilishi hisobiga shpindel ajratgich likopchalariga uzoqroq tegib turadi. Ajratgich valiga rezinadan yasalgan bo‘rtiqli likopchalar 10 kiydirilgan bo‘lib, ular kassetadagi shpindellar soniga teng bo‘ladi.



Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish