2- rasm. Paxta terish apparatining sxemasi:
1-shox ko‘targich va yo‘naltirgichlar; 2-shpendilli baraban; 3-qabul kamerasi; 4-apparat eshigi; 5–8-ajratkichli baraban; 6-shpindell; 7-ajratish zonasidagi ichki tasma; 9-siquvchi prujina; 10-barabanlarni ushlab turuvchi prujina; 11-terish zonasidagi tashqi tasma; 12-tasmani mahkamlovchi prujina.
Shpindel 6 larning ustki uchiga ponasimon tasmalar bo‘ylab yumalab yuradigan g’altaklar kiydirilgan (3 - rasm).
Ma’lumki, terim oldi defoliatsiya o‘tkazilib, g’o‘za barglari quritiladi va sun’iy to‘kiltiriladi. Ammo, bargsiz qolgan tupdagi biologik jarayon davom etish sababli, shpindel tishlari tirnagan shoxlardan o‘simlik shirasi chiqib, shpindel sirtini chirklanishiga olib keladi. Chirklangan shpindel paxtani chanoqdan sug’urib olaoladi, ammo ushlab turaolmaydi, paxta yerga ko‘plab to‘kiladigan bo‘ladi. Mashinani dala chetiga chiqarib, terish apparati ishga tushirilib (albatta, ventilyatorni to‘xtatib qo‘yib), shpindellar yuviladi, tozalanadi. Yuvilgan shpindellar to‘liq quritilganidan so‘ng, mashina ishni davom ettiradi. Shpindellar tez – tez chirklanmasligi uchun, ba’zan, shpindel quvurchasiga arrasimon tishli lentadan yasalgan spiralsimon qobiq kiydiriladi. Qobiq uzluksiz dirillab turishi hisobiga yopishayotgan chirkdan o‘zi tozalanadi.
Mashinaning texnologik ish jarayoni quyidagicha:
Mashina g’o‘za qator oralarida harakatlanganda shox ko‘targichning yo‘naltiruvchi chiviqlari g’o‘za tupini shpindelli barabanlar 2 orasiga (ish tirqishiga) yo‘naltiradi. Baraban sirtining chiziqli tezligi mashinaning tezligidan katta bo‘lganligi uchun g’o‘za tuplari engashtirilmasdan ishchi tirqishga tortib kiritiladi.
Vertikal shpindel, terish apparatining ish tirqishida siqilib turgan g’o‘zapoya shoxlarining orasiga kirmasdan, faqat ularning sirtini sidirib o‘tishi tufayli, и pishmagan ko‘saklardagi xom tolani sug’irib ololmaydi.
|
Shpindel g’altagi zonasida tashqi qo‘zg’almas ponasimon tasmalar 11 yumalanishi natijasida u baraban yo‘nalishiga teskari aylanib, ochilgan paxtani tishi bilan ilib, o‘ziga o‘rab oladi. Baraban aylanishini davom etib, shpindelni ish zonasidan ajratish zonasiga olib boradi. U yerda shpindel g’altagi ichkari tomondan qo‘yilgan ponasimon tasmalar bo‘ylab yumalab shpindel aylanishi yo‘nalishini teskari tomonga o‘zgartiradi va undagi paxtaning asosiy qismi inersiya kuchlari ta’sirida yechiladi. Ajratgich 5 cho‘tkalarini qillari shpindel tishlariga 1,5 mm gacha kirib turganligi sababli, qolgan paxta tolalarini shpindellardan ajratib olib qabul kamerasi 3 ga tashlaydi va shu bilan bir vaqtda shpindel tishlarini qisman chirklanishdan tozalaydi. Qabul kamerasidagi paxtani ventilyator 5(1- rasm) quvurlar orqali so‘rib olib, chiqarish quvuri yordamida bunker 6 ga tashlaydi. Qabul kamerasi 3 ning tubi ochiq bo‘lganligi uchun, og’ir jismlar (kesak, tosh, ochilmagan ko‘sak va boshqa) bunkerga o‘tmasdan, yerga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |