10-Amaliy mashg’ulot.
Gidrometalurgik jarayonlarning miqdor va suv-shlam sxemalari.
Neytrallangan eritmani va undan ajratib olingan rux, mis va kadmiyni miqdorini hisoblash. Tanlab eritish jarayonida nafaqat rangli metallar, hattoki eritma tufayli yo‘qotilgan sulfat kislota va kalsiy, qo‘rg‘oshin va boshqa metall sulfatlari bilan aralashmagan H2SO4 yo‘qotilishi.
Amaliyotda barcha yo‘qotilgan H2SO4 ni o‘rnini to‘ldirgan oltingugurt sulfatini va kuyindi bilan yo‘qotilgan oltingugurt sulfatini, jarayondagi suvning kelishi yo‘qotilganiga tenglashtiriladi. Bunday holatlarda hisoblash uchun tanlab eritish jarayonidagi sulfatlar (H2SO4 ni hisoblashda) va suvlarni tenglashtiriladi deb qabul qilish mumkin.
Tanlab eritish maydonchasida yoki bo‘linmasida qayta ishlanadigan kuydirilgan rux boyitmasining miqdori:
109500:365=300 t/kun
ni tashkil etadi. Bundan kelib chiqib kuyindida kuniga:
Zn=300*0,65=195 t/kun;
Cd=300*0,0064=1,92 t/kun;
Cu=300*0,0072=2,16 t/kun;
Pb=300*0,0172=5,16 t/kun.
Amaliy mashg‘ulotlardan kelib chiqib hisoblash uchun yo‘qotishlarni hisobga olib quyindidan chiqarib olingan netral eritma:
Zn=87%;
Cd=76%;
Cu=72% ni tashkil etadi.
Tanlab eritish vaqtida kuyindidan neytral eritmaga t/kun. Hisobida o’tadi:
Zn=195*0,87=169,65;
Cd=1,92*0,76=1,459;
Cu=2,16*0,79=1,71.
Ruxni eritmaga o’tkazish uchun:
98*169,65/65,4=254,21 t. kislota,
kadmiyni eritmaga o’tkazish uchun:
98*1,459/112,4=1,272 t. kislota,
misni eritmaga o’tkazish uchun:
98*1,71/63,6=2,635 t. kislota,
talab qilinadi.
Umumiy talab qilinadigan kislota miqdori:
254,21+1,272+2,635=258,117 t/kun.
Kuydirilgan rux boyitmasini tanlab eritishda hosil bo’lgan eritma miqdori:
258,117*1000/130=1985,5 m3/kun.
Vels-oksidi(kuyindisi)ni tanlab eritishda eritma bilan jarayonga keladigan rux, mis va kadmiy miqdorini hisoblash. Hisoblashda velslab qayta ishlanadigan rux kekini va u bilan olinadigan vels-oksidini va uni keyinchalik tanlab eritishni qabul qilamiz.
Rux kekini qayta ishlash natijasida olingan rux va kadmiy miqdorini aniqlaymiz.
300 t/kun. kuydirilgan rux boyitmasini tanlab eritishdan so’ng:
300*0,29349=88,047 t/kun,
rux keki olindi(0,29349 – hosil bo’lgan kek).
Mexanik yo’qotish bilan velslashga:
88,047*0,96=84,525 t/kun,
qabul qilinadi.
Unda:
Zn=(84,525*16,23)/100=13,72 t/kun;
Cd=(84,525*0,43)/100=0,363 t/kun;
Pb=(84,525*4,0052)/100=3,4 t/kun;
Cu=(84,525*0,65)/100=0,549 t/kun bor.
Velslash vaqtida vels-oksidiga Zn=93,5% va Cd=94% ajralib o’tadi deb qabul qilamiz. Vels-oksidida:
Zn=13,72*0,935=12,83 t/kun;
Cd=0,363*0,94=0,341 t/kun olinadi.
Hisoblash uchun tanlab eritish vaqtida vels-oksididan eritmaga Zn=96,8% va Cd=83,8% ajralib o’tadi deb qabul qilamiz.
Vels-oksidini tanlab eritishdan eritmaga:
Zn=20,4*0,968=19,75 t/kun;
Cd=0,543*0,838=0,455 t/kun o’tadi.
Vels-oksidlarini tanlab eritishdan hosil bo’lgan eritma xlordan tozalashda uni Cu2Cl2 ko’rinishida cho’kishiga yo’liqadi va jami mis 1 g/l deb qabul qilamiz.
Vels-oksidini tanlab eritishdan hosil bo’ladigan eritma miqdorini aniqlaymiz.
Ruxni eritmaga o’tkazish uchun:
98*12,42/65,4=18,61 t. kislota;
kadmiyni eritmaga o’tkazish uchun:
98*0,286/112,4=0,25 t. kislota,
kerak bo’ladi.
Umumiy talab qilinadigan kislota miqdori:
18,61+0,25=18,86 t/kun.
Vels-oksidini tanlab eritishdan olingan ruxli eritma miqdori:
18,86*1000/130=145 m3/kunga teng.
Vels-oksidini tanlab eritish jarayonida eritmaga kelgan mis miqdori:
145*0,001=0,145 t/kun.
Eritmaning aniqlangan miqdori:
145+(98*0,145)/(63,6*130)=145 m3/kun.
Do'stlaringiz bilan baham: |