Mis kadmiyli kek tarkibi va chiqishini hisoblash. Ruxli eritmalarni mis va kadmiydan tozalash uchun rux changidan foydalaniladi.
Gidrometallurgik bo’linmada rux changidagi ruxning ko’pgina qismi eritmaga o’tadi va bu hisoblash vaqtida kerakli eritma miqdori. Rux changining sarfi mis-kadmiyli tozalashga keladigan eritmadagi mis va kadmiyni miqdoridan aniqlanadi aniqlanadi, mis va kadmiyni cho’ktirish uchun kerakli miqdor nazariyada odatda 2,5-3 marotaba oshadi. Biroq ohirgi yillarda ruxli eritmalarni umumiy tozalash usuli ommalashgan, ya’ni jarayonni tezlashtiruvchi qo’shimchalar qatnashuvi natijasida mis va kadmiy bilan bir vaqtda eritmadan kobalt va nikel ham cho’kadi. Tozalash uchun talab darajasida ko’rsatilgan rux changi sarfi. Amaliyotda rux changiga ruxning umumiy sarfi (rux va kadmiy ishlab chiqarishda) beriladigan rux quymasidan 4,0-6,0%ni tashkil etadi.
Hisoblash uchun eritmani mis va kadmiydan tozalashdagi rux changining sarfini 1 tonna quyma ruxdan 55 kg.ga teng deb qabul qilamiz. Ishlab chiqarish amaliyotida rux eritmasidan quyma ruxga ajralib chiqadigan ruxning yig’indisi 97-97,2%ni tashkil etadi. Hisoblash uchun 97,2% deb qabul qilamiz. Buni hisobga olgan holda
1 tonna ruxga hisoblanganda rux changi uchun rux sarfi eritmada:
55*0,972=53,46 kg,
ni tashkil etadi.
Vels-oksidi va kuydirilgan rux boyitmasini tanlab eritish hisobiga eritmadan olinadigan rux miqdori:
169,65+12,42=182,07 t/kun,
ni tashkil etadi.
Ruxli eritmalarni mis va kadmiydan tozalashga sarflanadigan rux changidagi ruxning sarfi:
182,07*53,46/1000=9,733 t/kun,
ni tashkil etadi.
Mis-kadmiyli tozalashda rux changidagi ruxning talab qilinadigan nazariy miqdori.
Misni sementatsiyasi uchun eritmadagi misning miqdori:
1,71+0,145=1,855 t/kun;
bu yerda ruxning sarfi:
65,4*1,855/63,6=1,91 t,
ni tashkil etadi.
Kadmiyni sementatsiyasi uchun eritmadagi kadmiy miqdori:
1,459+0,286=1,745 t;
bu yerda ruxning sarfi:
65,4*1,745/112,4=1,01 t,
ni tashkil etadi.
Barcha sarflanadigan ruxning miqdori:
1,91+1,01=1,92 t/kun,
ni tashkil etadi.
Rux changida ortiqcha ruxning bo’lishi nazariyaga qarshi mis va kadmiy sementatsiyasi uchun kerakli miqdori:
9,733/2,92=3,33 ga teng.
Rux kulidan mis va kadmiy sementatsiyasiga sarflanadigan 2,92 tonna rux eritmaga o’tadi. Rux changining ortiqcha miqdori mis-kadmiyli kekda qoladi.
Bu esa:
9,733-2,92=6,813 t/kun,
ni tashkil etadi.
Ishlab chiqarish amaliyotida mis-kadmiyli kek tarkibida 38-45% rux bor, shu jumladan 7-10%ga yaqin Zn ZnSO4 ko’rinishida bo’ladi. Hisoblash uchun umumiy rux miqdori 40%, shu jumladan 9,5% ZnSO4 va boshqa birikmalar ko’rinishida deb qabul qilamiz. Unda mis-kadmiyli kekdagi metallik rux miqdori 30,5%ni tashkil etadi.
Kekning chiqishi:
6,813/0,305=22 t/kunga teng.
Mis-kadmiyli kekda kadiy va misning miqdori:
Cd=(1,745/38)*100=4,6%;
Cu=(1, 855/38)*100=4,88%,
ni tashkil etadi.
Mis-kadmiy kekning tarkibi:
Zn=40%;
Cu=4,88%;
Cd=4,6%;
boshqalar=50,52%.
Zn=(22*40)/100=8,8 t/kun;
Cu=(22*4,88)/100=1,85 t/kun;
Cd=(22*4,6)/100=1,75 t/kun;
boshqalar=(22*44,97)/100=19,2 t/kun;
Pb=(19,2*0,721)/100=0,14 t/kun.
Do'stlaringiz bilan baham: |