10 – modul: moliya bozori tahlili reja


Tuzatish kiritish darajasi bo‘yicha



Download 402,23 Kb.
bet5/10
Sana28.11.2022
Hajmi402,23 Kb.
#874055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10-Mavzu

Tuzatish kiritish darajasi bo‘yicha:
– kuchli tuzatish kiritilgan;
– kichik tuzatish kiritilgan indikatorlar.
Asosiy indikator – YaIM bilan bog‘liqlik bo‘yicha:
O‘zib ketuvchi indikatorlar (leading) – burilish nuqtalari butun iqtisodiyotdagidan ko‘ra tezroq keladigan ko‘rsatkichlar.
– ish haftasining davom etish uzunligi;
– yangi korxonalar soni;
– boshlangan uy-joy qurilishlari;
– fond bozori indekslari;
– korporatsiyalar foydasi;
– pul massasining o‘zgarishi;
– zaxiralardagi o‘zgarishlar.
Mos keladigan indikatorlar (coinciding)
– YaIM;
– ishsizlik darajasi;
– sanoat ishlab chiqarishi;
– shaxsiy daromadlar;
– ishlab chiqaruvchilar narxlari;
– rasmiy foiz stavkalari;
– reklamaga talabnomalar.
Kechikuvchi indikatorlar (lagging)
– uzoq muddat ishlamayotganlar soni;
– yangi korxonalar va ishlab chiqarish vositalariga xarajatlar.
Bitta yo‘nalishdagi barcha indikatorlar harakatini hisobga olish uchun quyidagilar foydalaniladi:
– o‘zib ketuvchi indikatorlar murakkab indeksi LEI;
– mos keladigan indikatorlar murakkab indeksi;
– kechikuvchi indikatorlar murakkab indeksi.
Shuningdek, odatda, mustaqil tashkilotlar va institutlar tomonidan hisoblab chiqiladigan turli iqtisodiy indekslar ham mavjud bo‘ladi. Bu, masalan, quyidagilar bo‘lishi mumkin:
– ishlab chiqarish faolligi indekslari;
– iste’molchilar kayfiyati indekslari;
– biznesning ishonch indekslari;
– kutilayotgan iqtisodiy natijalar turli indekslari va h.k.
Turli iqtisodiy indikatorlar makrotahlili
– Qayta moliyalashtirish stavkasi, yoki rasmiy hisob stavkasi davlat pul-kerdit siyosatining asosiy vositalaridan biri va fundamental tahlilning asosiy indikatori hisoblanadi. Rasmiy hisob stavkasi markaziy bank boshqa banklarga qanday foiz ostida kreditlar berishini ko‘rsatadi. Rasmiy hisob stavkasidan tashqari ko‘pincha REPO lombard stavkasi ham foydalaniladi. Qayta moliyalashtirish stavkasining oshirilishi davlat monetar siyosatining qattiqqo‘llik darajasi ortishi va iqtisodiy o‘sishning sekinlashuviga olib keladi, lekin, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotiga chet el investitsiyalari oqimining o‘sishiga ham sababchi bo‘ladi. Shunday qilib, qisqa muddatli istiqbolda rasmiy hisob stavkasi qiymatining ortishi milliy valyuta kursining o‘sishiga olib keladi, uzoq muddatli istiqbolda esa yuqori stavkalar iqtisodiy rivojlanishga to‘sqinlik qiladi va milliy valyuta kursining tushib ketishiga sababchi bo‘ladi. Biroq, agar o‘sish kutilayotgan darajada bo‘lsa, bozor uni kotirovkaga kiritib bo‘lgan bo‘ladi va shu sababli qarama-qarshi javob berishi mumkin.
Qayta moliyalashtirish stavkasining pasaytirilishi butun iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatadi. Stavkalarning pasaytirilishi qisqa muddatli istiqbolda iste’mol sektorini ham, ishlab chiqarish sektorini ham kreditlashning o‘sishiga olib keladi. Iqtisodiy o‘sish sur’ati kuchayadi, aholining iqtisodiy va investitsion faolligi ortadi. Lekin qayta moliyalashtirish stavkasini pasaytirishning salbiy oqibatlarini ham esdan chiqarmaslik kerak.
Xususan, uzoq muddatli istiqbolda stavkalar pastligi inflyatsiya sur’atining o‘sishiga va milliy valyuta kursining kuchsizlanishiga olib keladi. Buning ustiga, moliyaviy «pufak»lar paydo bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Bunga misol qilib 2001 yil 11 sentyabrda ro‘y bergan terrorchilik xurujidan so‘ng AQSh ko‘chmas mulk bozorida yuzaga kelgan vaziyatni keltirish mumkin. Iqtisodiy retsessiya xavfining oldini olish uchun Federal zaxira tizimi a’zolari navbatdan tashqari yig‘ilishda foiz stavkasini pasaytirish haqida qaror qabul qildilar. Natijada ushbu qaror uy-joy bozorida «kredit shov-shuvi»ga olib keldi va iqtisodiyotning shu sektorida ulkan moliyaviy «pufak» shakllanishiga xizmat qildi.
Biroq 2008 yil moliyaviy «pufak» yorildi va butun jahon iqtisodiyotini inqiroz yoqasiga olib keldi. – Markaziy banklar rahbariyati vaqti-vaqti bilan iqtisodiyotni tartibga solish masalalarini muhokama qilish uchun majlislarda yig‘ilib turadi. Bunday majlislar yangiliklar va tahliliy sharhlarda «meeting» atamasi ostida beriladi (masalan, BoJ meeting yoki ECB Meeting). Buyuk Britaniyada bunday majlislar MPC meeting (Monetary policy committee meeting – monetar siyosat bo‘yicha qo‘mita majlisi) deb ataladi. AQShda bunday majlislar FOMC meeting (FEDERAL Open Market Commitee meeting – ochiq bozorda operatsiyalar bo‘yicha Federal qo‘mita majlisi) deb nomlanadi. Turli mamlakatlarda bunday majlislar davriyligi farq qilishi mumkin, lekin qoidaga ko‘ra, ular bir oyda bir marta bo‘lib o‘tadi. Moliya bozoridagi ko‘p narsa ularning qarorlari natijalariga bog‘liq. Masalan, hisob stavkasining 0,25% AQSh dollariga o‘sishi 10–15 daqiqa ichida AQSh dollarining 100 pips (punkt) va undan ortiq o‘sishiga olib kelishi mumkin.
Tarmoq fundamental tahlili maxsus bilimlar talab qiladi. Barcha tarmoqlar turlicha bo‘lib, ularni o‘zaro taqqoslash qiyin hisoblanadi, ularning har biri o‘ziga xos ishlab chiqarish va sotuv xususiyatlariga, shuningdek, o‘zining rivojlanish ko‘rsatkichlariga ega. Masalan, gaz riteyl va qazib chiqarish tarmog‘ini qanday qilib taqqoslash mumkin? Hech qanday.
Tarmoq tahlili natijasida quyidagi savollarga javob olinishi lozim:
– Tarmoq bo‘yicha o‘rtacha foyda me’yori qanday va u bozor bo‘yicha o‘rtacha me’yor bilan qanday nisbatda?
– Tarmoq uchun qaysi iqtisodiy tavsifnomalar asosiy ahamiyatga ega?
– Tarmoqdagi o‘zgarishlarni harakatga keltiruvchi kuch nima?
– Tarmoqda qaysi raqobat kuchlari ta’sir etadi va ular qanchalik kuchli?
– Qaysi kompaniyalar kuchliroq/kuchsizroq raqobat pozitsiyalariga ega?
– Kim kelgusi raqobatda shunga o‘xshash tarzda harakat qiladi?
– Raqobatdagi muvaffaqiyat yoki mag‘lubiyatni qaysi asosiy omillar belgilab beradi?
Odatda, tadqiq etiladigan ko‘rsatkichlar qatoriga quyidagilar kiradi:
1. Uzoq muddatli o‘sish tezligidagi o‘zgarishlar (u investitsiyalar haqida qarorlarga, yangi firmalar uchun jalb etuvchanlik darajasiga kuchli ta’sir qiladi. O‘sish tezligidagi o‘zgarishlar yetkazib beruvchi va xarid qiluvchi tarmoqlar, kirish va chiqish o‘rtasidagi muvozanatni buzadi).
2. Tovarlarni kim xarid qilishi va ular qanday foydalanilishi borasidagi o‘zgarishlar (bu o‘zgarishlar qo‘ldan chiqarilmasligi lozim bo‘lgan yangi imkoniyatlar yaratadi, lekin firmalarni qayta qurish, masalan, servis xizmati tashkil qilish va h.k.ni taqozo etadi).
3. Mahsulotlardagi innovatsiyalar.
4. Texnologik o‘zgarishlar.
5. Marketing innovatsiyalari (yangi sotuv usullari, mahsulotlar differensiatsiyasi, qiymatga oid differensiatsiya).
6. Tarmoqdagi asosiy firmalar kirishi yoki chiqishi.
7. Xalqaro raqobatning kuchayishi.
8. Qiymat va samaradorlikdagi o‘zgarishlar.
9. Iste’molchilarning standart tovarlardan differensiatsiya qilingan tovarlarga o‘tishi.
10. Qonunchilikdagi o‘zgarishlar ta’siri.
11. Ijtimoiy, demografik vaziyat va turmush tarzining o‘zgarishi.
12. Biznesda risk va noaniqlikning pasayishi.

Download 402,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish