10 – modul: moliya bozori tahlili reja


Fundamental tahlilning salbiy jihatlari quyidagilardan iborat



Download 402,23 Kb.
bet4/10
Sana28.11.2022
Hajmi402,23 Kb.
#874055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10-Mavzu

Fundamental tahlilning salbiy jihatlari quyidagilardan iborat:
1. Tahlil bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar tomonidan o‘z hisobkitoblarida foydalaniladigan kompaniyalar rasmiy hisobot ma’lumotlarida shubhalilik, ishonchsizlik muammosi mavjud.
2. Kechikish va taqqoslab bo‘lmaslik. Kompaniyani fundamental tahlil qilish o‘tgan davr uchun hisobot ma’lumotlariga asoslanib, bu kompaniyadagi «bugungi» vaziyatdan jiddiy farq qilishi mumkin. Bundan tashqari, ko‘rsatkichlarni taqqoslash mumkinligi muammosi yuzaga keladi. Masalan, P/E ko‘rsatkichida narx bugungi, foyda esa – bulturgi bo‘lishi mumkin.
3. Fundamental tahlil «qachon?» degan savolga javob bermaydi. Hattoki adolatli narx hisob-kitobi to‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa ham, bu narxga erishish vaqtini oldindan aytish qiyin. Vaqt esa investitsiyalarda asosiy omillardan biri hisoblanadi.
4. Vaqt xarajatlari. Fundamental tahlilni sifatli o‘tkazish yetarli darajadagi katta hajmda axborot to‘plash va qayta ishlashni, tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlarini bilishni taqozo etadi, bu esa – albatta, vaqt talab qiladi.
Fundamental tahlilning ijobiy jihatlari:
1. Fundamental tahlil bozordagi har qanday harakatlarni osonlik bilan tushuntirishga imkon beradi. Odamlarga siyosat va iqtisodiyot haqida muhokama qilish, kelajak rivojlanishining turli ssenariylarini ko‘rib chiqish yoqadi, shu sababli «fundamentalistlar» tavsiyalariga talab katta bo‘lib, ko‘pchilik savdo kunini aynan fundamental tahlilchilarning tavsiyalarini ko‘rib chiqishdan boshlaydi.
2. Fundamental tahlil bevosita real iqtisodiyot bilan bog‘liq sikllar nazariyasidan foydalanib, uzoq muddatli tendensiyalarni bashorat qilishga imkon beradi. Shunday qilib, fundamental tahlil tendensiyalarni ishonchliroq bashorat qilishga olib keladi.
3. Fundamental tahlil real biznesda ro‘y berayotgan jarayonlar mohiyatini tushunishga imkon beradi.
Fundamental tahlil yordamida fundamental omillarning bozorga ta’siri baholanadi. Umuman, barcha fundamental omillar ikki nuqtai nazardan baholanadi:
– mazkur yangilik u yoki bu mamlakatning markaziy bank rasmiy hisob stavkasiga (qayta moliyalashtirish stavkasiga) qanday ta’sir etishi;
– ayni paytda iqtisodiyot qanday holatda ekanligi.
Shunday qilib, fundamental tahlilni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
– ilmiy;
– yangiliklarga oid.
Ilmiy yondashuvning asosida tahlilning turli nazariyalarni qo‘llash yotadi:
1. Iqtisodiy sikllar nazariyasi. Ushbu holatda tahlilchining maqsadi – iqtisodiyot siklning qaysi bosqichida ekanligini va kelajakka qanday bashoratlar berish mumkinligini aniqlashdir. Davriylikning 1380 xildan ortiq turi mavjud. Ularning ro‘y berish vaqtidan kelib chiqadigan sikllarni o‘rganadigan nazariyalarni uch guruhga ajratish va mos ravishda, uch xil sikllar turini aniqlash mumkin:
– «zahiralar sikli» – 2–3 yil davom etadi;
– «qurilish sikli» – 15–20 yil davom etadi;
– «uzun to‘lqinlar» – 40–60 yil davom etadi.
Zamonaviy iqtisodiyot asosan to‘rt sikl bilan ishlaydi: qisqa muddatli; o‘rta muddatli; uzun to‘lqinli; yuz yillik.
2. Bozor samaradorligi gipotezasi. Samarali bozor gipotezasi (efficiency market hypothesis, EMH) – unga ko‘ra barcha bozorlar axborot shaffofligi darajasi bo‘yicha taqsimlanishi mumkin bo‘lgan gipoteza. Gipotezaning mohiyati quyidagicha: bozor biron-bir axborotga nisbatan u darhol va to‘laligicha aktiv narxida aks etgan hollarda samarali hisoblanadi. Bu esa ushbu axborotni befoyda qilib qo‘yadi. Bu holatda fundamental tahlil ham o‘z mazmunini yo‘qotadi. YeMT g‘arb aksariyat biznes-maktablarida o‘quv rejasining ajralmas qismi hisoblanadi.
3. Aksiyalar narxining harakat nazariyalari. Aksiyalar narxining uchta asosiy nazariyasi mavjud:
– ortodoksal nazariya, uning asosiy qoidasini quyidagicha ifodalash mumkin: «Aksiyalar narx harakatining asosiy sababi korporatsiyalar daromadlarida o‘zgarishlar ro‘y berishini kutish hisoblanadi». Ya’ni kompaniya daromadlarining o‘sishi dividendlarga yo‘naltirilgan foyda ulushining o‘sishiga olib keladi, dividendlar o‘sishi esa investorlarning aksiyaga qiziqishini oshiradi va uning kursi o‘sadi. Biroq bu nazariya dividend to‘lovlari bilan bog‘liq bo‘lmagan, lekin narx dinamikasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan ko‘p sonli omillarni ko‘rib chiqmaydi;
– ishonch nazariyasi, unga ko‘ra, aksiyalar narxi harakatini belgilab beradigan asosiy omil – bu investorning kelajakdagi aksiyalar narxi, daromad va dividendlarga ishonchining o‘sishi yoki kamayishidir;
– refleks nazariyasi. Ushbu nazariyaning asoschisi hisoblangan Jorj Soros 1992 yil funt sterling kursining tushib ketishini uyushtirgan va bundan 1 mlrd dollar ishlab olgan deb hisoblashadi. Refleksivlik asosiy g‘oyasi – narx borasida kutilayotgan natijalar va narxlarning bir-biriga ta’siridir. Ya’ni aksiyalar ular xarid qilinayotgani uchun o‘sadi, lekin shu bilan bir paytda ular o‘sayotgani uchun xarid qilinadi. Biroq ushbu nazariyani qo‘llash muayyan bashorat qilish uslubiyatiga chiqish yo‘liga ega emas. J.Soros hozircha o‘zining professional sirlarini keng omma bilan o‘rtoqlashish niyatida emas.
Fundamental tahlil o‘tkazish uchun boshlang‘ich ma’lumotlar axborot kanallari bo‘yicha yangiliklar ko‘rinishida kelib tushadi. Fundamental tahlil o‘tkazishda ikkita asosiy yondashuv ajratib ko‘rsatiladi.
– «tepadan pastga» – makroiqtisodiy omillarni tahlil qilishdan boshlanib, tarmoq holatini tahlil qilishga va nihoyat, kompaniya holatini tahlil qilishga o‘tadigan an’anaviy yondashuv;
– «pastdan tepaga» – kompaniyadagi vaziyatni o‘rganishdan boshlab, tarmoqni tahlil qilishga o‘tish va makroiqtisodiy vaziyatni tahlil qilish bilan yakunlash.
Makroiqtisodiy tahlil fundamental tahlilning birinchi pog‘onasi (darajasi) bo‘lib, jahon iqtisodiyotini va mamlakat ichkarisidagi iqtisodiy vaziyatni tahlil qilishni o‘z ichiga oladi.
Fundamental tahlilning ikkinchi pog‘onasi – bu tarmoqlar tahlili. Investitsiyalarni amalga oshirish uchun o‘sish istiqboli ehtimoli eng yuqori bo‘lgan, eng samarali tarmoqni tanlash zarur.
Fundamental tahlilning yakuniy bosqichi – yetarli (munosib) baho berilmagan kompaniyalarni izlab topish.
Makrotahlil. Fundamental tahlil makroiqtisodiy yangiliklar va ko‘rsatkichlarni tahlil qilishdan boshlanadi. Shunday ekan, vaziyatni to‘g‘ri tushunish va kuzatib borish uchun bu omillar strukturasi, turlari va ta’siri bilan tanishib chiqish zarur. Yangiliklar turlari:
– tasodifiy;
– kutilmagan;
– kutilgan.
Tasodifiy va kutilmagan yangiliklar qatoriga siyosiy va tabiiy xarakterdagi yangiliklarni, bundan kamroq darajada esa – iqtisodiy yangiliklarni ham kiritish mumkin. Kutilayotgan yangiliklar qatoriga iqtisodiy va ba’zida siyosiy xarakterdagi yangiliklarni kiritish mumkin. Vaqt ko‘rsatkichi muhim rol o‘ynaydi. U yoki bu hodisa qaysi vaqt oralig‘ida ta’sir ko‘rsatishini aniq tasavvur qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda shuni esdan chiqarmaslik kerakki, bitta yangilikning o‘zi vaqt o‘tishi bilan bozorga ko‘rsatadigan ta’sirini o‘zgartirishi mumkin.
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar uch xil qiymatga ega bo‘ladi:
– kutilayotgan qiymat tahlilchilarning umumiy fikri natijasi sifatida olinadi. Bu qiymatga real qiymatning chiqish muddatiga yaqinlashish bilan tuzatish kiritilishi mumkin, chunki yangi qo‘shimcha ma’lumotlar paydo bo‘ladi. Kutilayotgan qiymat bozor uchun yo‘nalish hisoblanadi;
– real yoki dolzarb qiymat – rasmiy sifatida e’lon qilinadigan qiymat. Ko‘pchilik ko‘rsatkichlarning chiqish muddati oldindan ma’lum bo‘ladi;
– taftish qiymati yoki tuzatilgan qiymat. Ko‘pincha bitta ko‘rsatkichni navbatdagi e’lon qilish bilan birga o‘tgan davr uchun xuddi shu ko‘rsatkichning aniqlashtirilgan qiymati ham beriladi. Odatda, taftishlar bozorga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki agar real ko‘rsatkichlar o‘tgan oy yoki chorak iqtisodiyotining holatini tavsiflaydigan bo‘lsa, ma’lumotlar taftishi o‘tmishdagi yanada uzoqroq davrlarni qamrab oladi. Biroq oylik ko‘rsatkichlar uchun aniqlashtirilgan qiymatlar ham rol o‘ynashi mumkin. Indikatorlar tabiati va ularning umumiy iqtisodiy dinamika bilan bog‘liqligiga qarab, quyidagilarni ajratib ko‘rsatish qabul qilingan:

Download 402,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish