Mashg’ulot maqsadi. Gidrozoylarning yakka holda va koloniya bo’lib yashovchi turlarining tuzilishi, hayot kechirishi va ko’payishi bilan tanishish.
Mashg’ulot uslubi. Jadvallardan foydalanib, gidrozoylarning tuzilishini tushuntirish, gidra va obeliyadan preparat tayyorlash va ko’rish. Savol-javob orqali talabalar bilimlarini baholash.
Kerakli jihozlar. O’quv qo’llanmalari, gidralar va dengiz gidroid polipi-obeliyaning namli preparatlari, rangli jadvallar, gidraning bo’yalgan mikropreparatlari, MBI-1 mikroskoplari, lupalar, buyum va qoplag’ich oynalar, Petri idishlari, tomizg’ichlar, to’g’rilagich ignalar, salfetkalar, qisqichlar, MBS-1 mikroskoplari.
Do'stlaringiz bilan baham: |