123
Endi dehqon o‘g‘lini turli hunarlarga o‘rgatmoqchi
bo‘libdi va uni bir kashmirining uyiga
olib boribdi, unga
shogird qilib beribdi. Kashmiri kishi o‘z hunarini birovga
o‘rgatmas ekan, shogirdlarini o‘n kun och qo‘yib o‘ldirar
ekan. Bu yigitni qamayotganda kashmirining qizi ko‘rib
qolibdi va yigitga otasidan yashirincha
yordam berib, otasi
bilgan hunarlarning hammasini unga o‘rgata boshlabdi. O‘n
kun o‘tgach, dehqon kelib o‘g‘lini olib ketibdi. Kashmiri
yigitning o‘lmaganini ko‘rib hayron bo‘libdi. Yigitning
payiga tushibdi. Yigit qizdan shunday bir duo o‘rgangan
ekanki, uni o‘qib bir dumalab, xohlagan narsasining qiyo-
fasiga kira olar ekan.
Bir kuni yigit ajoyib tulpor ot bo‘libdi, otasi
uni bozor-
ga olib borib sotibdi, chol uyiga kelsa, o‘g‘li
ham otasi-
ning orqasidan yetib kelibdi. Otasi hayron bo‘libdi. Kelgusi
bozor kuni yigit katta bir nor tuya bo‘libdi, otasi uni yana
bozorga olib boribdi, bu safar tuyani bozorda kashmiri ki-
shi ko‘rib, yigit ekanini bilibdi-da, uni
darrov sotib olibdi,
uyiga olib borib so‘ymoqchi bo‘libdi. U qizga:
– Pichoq olib chiq! – debdi. Qiz ham yigitni tanibdi.
Uyga kirib pichoqlarni berkitibdi-da:
– Topolmadim, – debdi. Otasi qiziga tuyani berib, o‘zi
pichoqqa kirib ketibdi. Qiz otasining yo‘qligidan foyda-
lanib, tuyani qo‘yib yuboribdi. Tuya kaptar bo‘lib uchib
ketibdi. Qizning otasi bir dumalab burgut bo‘libdi-da,
uning orqasidan quvlabdi. Ular quvlashib bir-biriga yet-
ay deganda, yigit baqa bo‘lib suv ostiga yashirinibdi, kash-
miri laylak bo‘lib
uni axtaribdi, ushlab olay degan ekan,
yigit bedana bo‘lib uchibdi. Chol qirg‘iy bo‘lib quvibdi.
Niho yat, unga yetay deganda yigit podshoning bog‘idagi
ochilib turgan gullari orasiga kirib gul bo‘lib olibdi, chol
qaysi gul yigit ekanini ajrata olmay, bulbul bo‘lib sayray
beribdi, shu vaqtda podshoning qizi kelib haligi gulni uzib
124
olibdi-da, otasiga beribdi. Kashmiri darrov musiqachi bo‘lib
yaxshi
kuylarni chala boshlabdi, podsho juda miriqib, bu
kuyni tinglabdi. U kishi shohdan gulni so‘rabdi, podshoh
bermab di, yana so‘rabdi, shoh yana bermabdi. Kashmiri xi-
ralik qilib so‘ray
bergan ekan, podshoh g‘azablanib gulni
yerga uribdi, gul qo‘noq bo‘lib sochilib ketibdi, kashmiri
jo‘jali tovuq bo‘lib, qo‘noqni yeya beribdi va yeb tamom
qilibdi. Podshoh kavushining ichida bir dona qo‘noq qol-
gan ekan, u qo‘noq katta olg‘ir mushuk bo‘libdi-da, haligi
jo‘jali tovuqni bir chekkadan yeb bitiribdi va bir dumalab
odam bo‘lib, podshoga ta’zim qilibdi. Podshoh yigitning
o‘rgangan
hunariga qoyil qolibdi-da, qirq kecha-yu qirq
kunduz to‘y-tomosha qilib haligi yigitga qizini beribdi,
shunday qilib yigit murod-maqsadiga yetgan ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: