1.Zaryadli zarralarning tartibli harakati, ya’ni oqimi …… deb ataladi.
a)Kuchlanish; b)Elektr toki; c)Elektr maydon; d)Eletron.
2. Kondensatorlar qanday ulanganda umumiy elektr sig‘imi alohida kondensatorlar sig‘imlarining yig‘indisiga teng?
a)Parallel; b)Ketma-ket; c)Aralash; d)TJY.
3. O‘zidan elektrni o‘tkazmaydigan moddalar nima deb ataladi ?
a)Elektrotlar; b)Neytronlar; c)Dieletriklar; d)Dipol.
4. Qo‘zg‘almas zaryadning yoki zaryadlar to‘plamining maydoni ……. deb ataladi.
a)elektrostatik maydon; b)statik maydon; c)elektr maydon; d)dinamik maydon;
5. Elektr zaryadlarini to‘plash uchun mo‘ljallangan asbob nima deb ataladi.
a)Elektrometr; b)Eletroskop; c)Dinamometr; d)Kondensator;
6) Tok manbayi qutblaridagi yoki zanjirning biror qismidagi kuchlanish qanday asbob yordamida o‘lchanadi?
a)Voltmetr; b)Ampermetr; c)Elektrometr; d)Kondensator;
7. Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni ifodasini ko’rsating?
a) b) c) d)TJY;
8. Iste’molchilar qanday ulanganda, har bir iste’molchidan o‘tayotgan tok kuchlari bir xil bo‘ladi.
a)Parallel; b)Ketma-ket c)Aralash; d)Hech qachon;
9. Qarshiligi 440 Ω bo‘lgan elektr lampochka 0,5 A li tokda yonmoqda.Lampochka qisqichlaridagi kuchlanish qancha?
a) 440V; b) 220 V; c) 44 V d) 105 V;
10.To‘rtta bir xil lampochka ketma-ket ravishda 220 V kuchlanishli tarmoqqa ulangan.Har bir lampochka qanday kuchlanish ostida yonadi? a)110 V; b) 220 V; c) 55 V; d)22 V;
11) …….– jismlarning elektrlanganligini sezish, kuzatish uchun qo‘llaniladigan asbob.
a) Elektroskop; b)Voltmetr; c)Ampermetr; d)Taxometr;
12.Qaysi olim tajriba asosida atom tuzilishining modelini kashf etdi.
a) Ernest Rezerford; b) Demokrit; c)Beruniy; d)Ibn Sino;
13. Xalqaro birliklar sistemasida zaryad miqdorining asosiy birligi qilib ……. qabul qilingan.
a)Kulon; b)Nyuton; c)Hz; d)Faradey;
14.Elektr doimiysining son qiymati yozing?
a) 6.65×10-11 C2/N⋅m2; b) 8.85×10-12 C2/N⋅m2; c) 8.85×10-11 C2/N⋅m2; d)10-11 C2/N⋅m2;
15. Eng sodda galvanik elementni kim kashf etgan?
a)Alessandro Volta; b)Galeley: c)Nyuton; d)Faradey;
16. Bitta elektronning zaryadi qiymatini toping?
a) −1,6 ⋅ 10–31 C; b) −1,6 ⋅ 10–19 C; c) 1,6 ⋅ 10–19 C; d) 9.1⋅ 10–31 C;
17. Elektr zanjirdagi lampochkadan o‘tayotgan tok kuchi 0,5 A ga teng. Lampochka spiralidan qancha vaqtda 300 C zaryad o‘tadi? a) 10 min; a) 4 min; a) 12 min; a) 30 min;
18. Kuchlanishning asosiy birligi qilib ……. qabul qilingan?
a)Volt; b)Nyuton; c)Hz; d)Faradey;
19. Ampermetr elektr zanjirdagi tok kuchi o‘lchanadigan iste’molchi bilan qanday ulanadi?
a)Parallel; b)Ketma-ket; c)Aralash; d)TJY.
20. Cho‘ntak fonari lampochkasi 4,5 V kuchlanish ostida 0,3 A tok olib yonadi. Shu lampochka spiralining qarshiligi qancha?
a) 15Ω; a) 25Ω; a) 12Ω; a) 0.12Ω;
Do'stlaringiz bilan baham: |