Ilmiy-texnikaviy faoliyat sifatidagi standartlashtirish bilan ob’ekt tavsifnomalarining majmui sifatidagi sifat tushunchasining o‘zaro bog‘liqligi standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilingan ushbu atamalarning yuqorida keltirilgan ta’riflariga asoslanadi. Standartlashtirish real mavjud bo‘lgan vazifalarning hal qilinishiga, sifat esa - belgilangan ehtiyojlarning qondirilishiga qaratilgandir. Bunda mahsulotlar, jarayonlar, ishlar, xizmatlarning ularning funksional maqsadlariga muvofiqligi darajasining oshirilishi standartlashtirish bo‘yicha faoliyatning eng muhim natijalari hisoblanadi. 7.Standartlar kategoriyalari va ularning turlariStandartlar kategoriyalari va ularning turlari DSt standartlarning quyidagi kategoriyalarini nazarda tutadi: ГОСТ, OSt, StP. Davlat standartlari barcha tashkilotlar va muassasalar uchun ular amal qiladigan soha doirasida majburiy hisoblanadi. Tarmoq standartlarini faqat ushbu tarmoq tashkilotlari va korxonalari ishlatishadi, korxonalar standartlari esa - faqat mazkur standartni tasdiqlagan korxonalar uchun moljallangan. Muvofiqlik standartini quyidagilar tasdiqlaydi: ГОСТ ni – O’zR Davstandarti. OSt ni - ushbu turdagi mahsulotning ishlab chiqarilishiga etakchilik qiladigan vazirlik (idora). StP ni - korxonalar rahbariyati. ГОСТ lar asosan ommaviy va yirik seriyada ishlab chiqariladigan mahsulotlarga, davlat attestatsiyasidan o‘tgan buyumlarga, eksportga yuboriladigan tovarlarga nisbatan talablarni belgilaydi, shu munosabat bilan umumiy texnikaviy, tashkiliy-uslubiy qoidalar va normalarni, buyumlarning aniqligi normalarini, ularni nazorat qilish uslublarini, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi normalarini, fizik birliklar tizimlarini, o‘lchovlarning yo‘l qo‘yiladigan nuqsonlarini, konstruktorlik, texnologik, ekspluatatsion va ta’mirlash hujjatlari, texnik-iqtisodiy axborotlar tizimlarini o‘z ichiga oladigan davlat standartlashtirish ob’ektlarini ko‘rsatish mumkin.shuningdek, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish sohasidagi normalarga tegishli bo‘ladi va ular davlat tarmoq standartlarida nazarda tutilgan detallar, materiallarning qo‘llaniladigan nomenklaturasi bo‘yicha cheklashlarni belgilashi mumkin. Ob’ektlarga va standartlarning mazmuniga qarab standartlar quyidagi turlarga bo‘linadi: texnik shartlar; o‘lchamlar parametrlari; tiplar; markasi; sortamentlar; konstruksiyalar; qabul qilish qoidalari;
Do'stlaringiz bilan baham: |