1. Yordamchi so‘zlarning shakliy xususiyatiga ko‘ra guruhlanishi


[I~F]= SB LSQining mohiyati va nutqiy voqelanishi



Download 84,56 Kb.
bet5/23
Sana20.04.2022
Hajmi84,56 Kb.
#567742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Oraliq HO\'AT

6. [I~F]= SB LSQining mohiyati va nutqiy voqelanishi.
I-F] LSQsi uzvlari o’zaro hech qanday morfologik vositalarsiz bog’langan bo’lib, bunday unsurlarda birikuvning joylashuv omili kuchayadi, shakliy oml o’ta kuchsizlanadi. Ma‘noviy omil esa birikuvni ta‘minlovchi ustuvor omil maqomida bo’ladi: MJSH-MJSH. [I-O] LSQsining mazmuniy jihati birikuvchi unsurlarning ma‘noviy munosabatlarini umumlashtirish asosida lisoniy mazmunga ega bo’ladi, LSQni yaxlit holda [I-O=sifatlovchi-sifatlanish] tarzida ta‘riflash mumkin.
Ma‘lum bo’ladiki, LSQlardan sintaktik shakllargina joy oladi. Lug’aviy shakllar esa LSQ uchun ahamiyatsiz bo’lib, ikkiyoqlama tabiatga ega bo’lgan lug’aviy sintaktik shakllar (nisbat shakllari, ravishdosh, sifatdosh) qolip uchun ahamiyatli vositalar sifatida lug’aviy shakllar tizimining chekkasidan joy oladi.
7. Yuklamalarning nutqiy va lisoniy xususiyatlarini qiyoslang.
Yordamchi so‘zning funktsional belgisi - “bog‘lash”. Shu belgi asosida ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama so‘z va gapni bir-biriga bog‘lash uchun xizmat qiladi. Ammo bu vazifa bog‘lovchi va ko‘makchi uchun o‘zgarmas, barqaror. Yuklamaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular so‘z yoki gapga so‘roq, ta’kid, kuchaytiruv, ayirish-chegaralash, o‘xshatish kabi qo‘shimcha ma’no beradi va funktsional “bog‘lash” belgisiga nisbatan beqaror, o‘zgaruvchan sanaladi, ya’ni “bog‘lash” belgisi unda bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin. Chunonchi, [na-na] yordamchisi teng bog‘lovchining bir turi sifatida inkor bog‘lovchisi sanalib kelgan. Tilshunos G‘.Abdurahmonov esa uni inkor bog‘lovchi deb atash bilan birga, yuklamalik xususiyatiga ham egaligini ko‘rsatadi. Haqiqatan ham, bu yordamchi ham bog‘lovchilik, ham yuklamalik vazifasini bajaradi. Bog‘lovchi vazifasida kelganda ayrim teng huquqli bo‘lak (komponent)larga inkor ma’nosini berib, ularni bog‘laydi: Na so‘zlarida ma’no bor, na ishlarida hayo. (Oyb.) Bu yordamchi so‘z yuklama vazifasini bajarib, mazmunidan inkor anglashilgan gaplar tarkibida keladi va inkor ma’nosini ko‘rsatadi: Raisning erkatoy o‘g‘li na o‘qiydi, na biror joyda ishlaydi.[Go‘yo] yordamchisi mazmunidan o‘xshatish yoki chog‘ishtirish ma’nosi anglashilgan sodda va qo‘shma gap tarkibida ishtirok etadi. Sodda gapda ko‘proq yuklamaga yaqin turadi: Tursunoy go‘yo qalbi bilan ashulaga jo‘r bo‘lar edi. (A.Mux.) Kampirning yuzida go‘yo kulgiga o‘xshagan bir narsa aks etdi. (A.Qah.) [Go‘yo] yordamchisi qo‘shma gapda sodda gap qismlarini biriktiruvchi grammatik vositaning biri sifatida xizmat qiladi, ya’ni qo‘shma gapda sodda gapdagi vazifasidan farqli o‘laroq, faqat yuklamagina emas, balki bog‘lovchi-yuklama sanaladi: Ertaga nikoh bo‘ladi, go‘yo men uning xotini. (Oyb.) SHunday baqirdiki, go‘yo butun xona larzaga kelgandek bo‘ldi. (A.Qah.) Aytdimi, qiladi. Qo‘ydi-da, chiqdi gaplarida ham [–mi], [-da] qo‘shimcha yuklamalarning bog‘lovchilik xususiyatini kuzatish mumkin. Demak, yuklamaning qo‘shma gap tarkibiy qismini o‘zaro bog‘lash vazifasi keng uchraydigan hodisa va bu tilshunosligimizda ma’lum darajada o‘rganilgan.
Yuklamaning tuzilish turlari. Ko‘pgina leksoid yordamchi so‘zning affiksoid ko‘rinishi mavjud, bu yuklamaga ham tegishli: [ham], [-am/-yam]; [uchun], [-chun]; [-u], [-yu]; [bilan], [-ila], [-la] shular jumlasidan. Yuklama shakliy jihatdan uch xil ko‘rinishga ega:
Qo‘shimchasimon yuklama ([-mi], [-chi], [-a], [-ya]).
2. Sof yuklama ([xuddi], [faqat], [axir]…).
3. Nisbiy yuklama ([yolg‘iz], [ba’zan], [tanho], [bir]…).
Yuklamaning shakliy va vazifaviy turlari. Yuklama vazifaviy jihatdan quyidagi ma’no turiga bo‘linadi:
1. So‘roq yuklamasi: [-mi], [-chi], [-a], [-ya], [nahotki]. Bu yuklama turli so‘z turkumiga qo‘shilib, so‘roq ma’nosini bildiradi. Ba’zan, so‘roq ma’nosidan tashqari, taajjub, hayrat ma’nocini ham ifodalaydi.
[-mi] yuklamasi o‘zidan oldingi so‘zga qo‘shib yoziladi, [-chi], [-a], [-ya] yuklamaci esa o‘zidan oldingi so‘zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi: 1. Kiyganingiz ipakmidi, kimxobmidi, Sevganingiz bizlardan ham ortiqmidi? 2. Opang-chi? Sen-chi? Men-a? Meni-ya? 3. Nahotki shu gaplarga ishongan bo‘lsangiz.
2. Ayirish-chegaralash yuklamasi: [faqat/faqatgina], [-gina/-kina/- qina].
Bu yuklama ayrim narsa va hodisani boshqacidan ajratish, harakatni chegaralash uchun qo‘llanadi. [-gina] affiks yuklamasi o‘zidan oldingi so‘zga qo‘shib yoziladi: 1.To‘yga SHeraligina kelmadi, xolos. 2.O‘ktam indamadi, faqat yuragida to‘lqinlangan mehr bilan onasiga tikildi. [Faqat] yuklamasining o‘rnida [yolg‘iz] so‘zini ham qo‘llash mumkin. Sifat so‘z turkumiga oid bu so‘z nisbiy yuklama hisoblanadi: Sobir, yolg‘iz senga suyandim (Sobir, faqat senga suyandim).
Ta’kid yuklamasi ([-ku], [-da], [-u], [-yu]) gapda ifodalangan biror voqeani ta’kidlash uchun qo‘llaniladi: Sobir-ku keldi, Mahmud kelmadi-da!
4. Kuchaytiruv yuklamasi: [axir], [hatto], [hattoki], [-oq/-yoq].
[-oq/-yoq] affiks yuklamasi o‘zidan oldingi so‘zga qo‘shib yoziladi. Harakatning birin-ketin tezlik bilan davom etishini, boshlanish paytini, ta’kidlashni ko‘rsatadi: Gullarni ko‘riboq ko‘ngli yorishdi. [Axir], [hatto], [hattoki] yuklamaci ham fikrni kuchli ta’kidlash, avvalgi voqeani eslatishni ifodalaydi: Axir do‘stimsan-ku!
5. O‘xshatish-qiyoslash yuklamasi: [xuddi], [naq], [go‘yo], [go‘yoki]. 1.Bahorda bu bog‘lar go‘yoki kelindek yasanadi. 2.CHirildoqlarning mayin musiqasi hamma yoqni to‘ldirgan, go‘yo kechaning o‘zi kuylaydi kabi gapda yuklama-bog‘lovchi vazifasini bajaradi.
6. Inkor yuklamasi: [na]. Takror holda ishlatilib, inkor ma’nosini ifodalaydi:
Na ko‘kning fonari o‘chmasdan,
Na yulduz sayr etib ko‘chmasdan. (Uyg‘.)
1. Ko‘makchi, bog‘lovchi va yuklama nutqimizning cheksiz imkoniyatini boyroq, ifodalarimizning yanada aniqroq va go‘zalroq bo‘lishini, jumlalarning rang-barangligini ta’minlovchi muhim vositalardan.
2. Yordamchi so‘z til tizimida mohiyatan mustaqil so‘z bilan qo‘shimcha oralig‘ida turadi..
3. Bog‘lovchi-yuklama, ko‘makchi-bog‘lovchi, ko‘makchi-yuklama kabilar – til tizimida yordamchi so‘z turkumiga xos bo‘lgan “oraliq uchinchi”.
4. Tilimizda nisbiy ko‘makchi, nisbiy bog‘lovchi, nisbiy yuklama sirasi mustaqil so‘zning yordamchilashishi evaziga boyib bormoqda.
6. Yuklama o‘z mohiyati bilan modalga yaqin. SHu tufayli bu ikkisi ko‘pincha birgalikda tasvirlanadi. Ammo modal so‘z bilan yuklamani tenglashtirib bo‘lmaydi. Yuklama:
1) rang-barang ma’noni ifodalaydi, shulardan ba’zilarigina modal ma’noga yaqin keladi;
2) ko‘pincha mustaqil ishlatilmaydi, biror so‘zga tirkalib keladi. Modal so‘zlar esa:
a) gap tarkibida gap modalligini kengaytiruvchi, murakkablashtiruvchi vosita sifatida ro‘yobga chiqadi. Boshqacha qilib aytganda, xilma-xil vosita bilan ifodalanadigan tasdiq/inkor, taxmin, gumon, shubha, ishonch, shart, qat’iylik, istak, imkoniyat kabi ma’nolar gapning boshqa bo‘laklari bilan tobe-hokimlik munosabatiga kirishmaydigan modal so‘z, tasdiq/inkor so‘zi vositasida kengaytiriladi: Kanizak, aftidan, shuni aytmoqchi edi…(A.Qah.)
b) mustaqil ravishda yakka o‘zi bitta gap bo‘lib kela oladi va modal so‘z-gap deb yuritiladi. Bunday so‘z-gapning barchasida kesimlik kategoriyasi ma’nosi so‘zning lug‘aviy ma’nosida mujassamlangan bo‘ladi: Kelasizmi? - Albatta.
yuklama morfologiyada yordamchi so‘z guruhida, modal so‘z-gap doirasida o‘rganiladi;
4) boshqa so‘z guruhi kabi modal ham, yuklama ham o‘ziga xos morfologik, sintaktik, ma’noviy belgiga ega. Modal bilan yuklamaning o‘zgarmasligi ularning morfologik belgisiga kiradi. Sintaktik jihatdan esa modal ajraluvchilik (ya’ni kirish so‘z vazifasida kela oladi), yuklama esa muchalanmaslik (gap bo‘lagi bo‘la olmaslik) belgisiga ega. Semantik jihatdan modal so‘z fikrning voqelikka munosabatini ifodalaydi va butun gapga taalluqli bo‘ladi. Yuklama esa ta’kid, o‘xshatish, kuchaytirish kabi qo‘shimcha ma’no ifodalaydi. Yuklama ifodalagan ma’no butun gapga bevosita taalluqli bo‘lmay, avvalo, o‘zi tirkalib kelgan bo‘lakning ma’nosini bo‘rttirishga xizmat qiladi va shu bo‘lak orqali butun gapga taalluqli bo‘ladi.

Download 84,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish