1. Yordamchi so‘zlarning shakliy xususiyatiga ko‘ra guruhlanishi. Yordamchi so‘zning shakliy xususiyatiga ko‘ra turlari. Yordamchi so‘z shakliy xususiyatiga ko‘ra:
a) qo‘shimchasimon;
b) sof yordamchi so‘z;
d) nisbiy yordamchi so‘z ko‘rinishiga ega.
Qo‘shimchasimon yordamchi so‘z har uchala yordamchi so‘z tarkibida uchraydi. Кo‘makchi orasida [-dek/-day],[-cha], bog‘lovchi orasida [-ki/-kim]; [-u], [-yu],[-da] affikssimon yuklama – bog‘lovchi, yuklama orasida [-mi], [-chi], [-a], [-ya], [-ku],[-oq/yoq], [-da], [-gina] kabi qo‘shimchaga o‘xshash yordamchi so‘zni uchratish mumkin. Qo‘shimchasimon yordamchi so‘z shaklan qo‘shimchaga o‘xshaydi, ammo yordamchi so‘z vazifasini bajaradi. Chunonchi, 1. Po‘latdek (kabi) dadil bir yigit bu ishdan hayiqsa, uyat bo‘ladi. (O.Mux.). 2. Shu payt o‘g‘ilchasi eshikdan yugurib keldi-da (va), dadasining quchog‘iga otildi. (Oyb.). 3. Bazmga Gulnoragina (faqat) kelmadi. (S.Ahm).
Sof ko‘makchi sirasiga [uchun], [bilan], [sari], [qadar], [kabi], [singari], [sayin], [orqali] so‘zlari; sof bog‘lovchi sirasiga [va], [hamda], [ammo], [lekin], [biroq], [balki], [yo], [yoxud], [go‘yo], [agar], [basharti], sof yuklama qatoriga [xuddi], [faqat], [axir], [hatto], [naq], [atigi] so‘zi kiradi.
Nisbiy yordamchi so‘z atamasi ostida boshqa turkumga mansub bo‘lgan so‘zning yordamchi vazifasida qo‘llanilishi ([old], [orqa], [avval], [bo‘ylab], [boshlab]) yoki tabiatida «shakldoshlik» mavjud bo‘lgan birlik tushuniladi. Masalan, (yolg‘iz) sifat turkumiga oid so‘z-yuklama o‘rnida (Yolg‘iz senga suyanaman) ishlatiladi. Yoki Vaqtida yomg‘ir yog‘adi, vaqtida qor gapida (vaqtida) so‘zining vazifasi bog‘lovchiga yaqin. Bunga o‘xshash misol nutqimizda ko‘p.
Yordamchi so‘z mustaqil so‘z hisobidan ortib boradi. Yordamchi so‘zning boyishida yana bir yo‘l – ularning ichki tomondan bir turdan ikkinchi turga o‘tishi, aniqrog‘i, «oraliq hodisa» xususiyatiga ega bo‘lgan ko‘makchi-bog‘lovchi, bog‘lovchi-yuklamaning mavjudligi. Masalan, [bilan], [deb], [deya] kabilar – ko‘makchi-bog‘lovchi. Ushbu ko‘makchining bog‘lovchi vazifasida kelishi ancha keng tarqalgan hodisa. Ammo lekin bu ishni paysalga solish yaramaydi gapida bog‘lovchi-yuklama qo‘llanilgan, ya’ni [ammo] bog‘lovchisi kuchaytiruv yuklamasi vazifasida kelgan.
Bugungi kunda yordamchi so‘zni har tomonlama o‘rganish, uni lisoniy tahlil qilish ishlari tilshunosligimizda davom etmoqda.
XULOSA.Yuqorida bayon qilingan fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, jamiyat doimo taraqqiyotda ekan, til ham taraqqiy qilib boraveradi. Jamiyatda bolgan ozgarishlar tilga tasir etmay qoymaydi. Mustabid tuzum (shoro)davri madaniyatimizga keskin tasir otkazgan edi.Ozbek tili mavqeyi pasaygan(rus tiliga etibor kuchaygan davr) bir bosqichda grammatikadagi milliy xoslikka ahamiyat berilmadi. Yaratilgan darslik, oquv qollanmalarda ilmiy qarashlar rus tili grammatik talqinlari asosida berilar edi. Jumladan, sozlarni turkumlarga ajratishda ham anana bolgan tamoyillar, miqdor (6ta mustaqil soz turkumi) kabilarga tayanildi. Zero har bir tildagi sozlar ozining grammatik belgisi va semantik xususiyatiga qarab turli guruhlarga bolinadi. Grammatik qurilishi jihatidan har xil bolgan tillardagi sozlarning semantik-grammatik xususiyatlari, qollanish doirasi, ozaro birikishi, boshqa belgilari doimo bir xil bolmaydi. Qolaversa, sozlarni turkumlarga ajratishda hamma tillar uchun umumiy bolgan yagona bir tamoyil bolishi mumkin emas. Muayyan bir tilda sozlarni turkumlash shu tilda sozning oziga xos manosi, grammatik xususiyati, soz yasalish tizimi va sozlarning ozaro birikish qobiliyati asosida ishlab chiqilishi lozim. Zeroki, hatto qardosh tillar orasida ham soz turkumlari va ularning ichki guruhlarini ajratishda ham jiddiy farq bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |