1. Yevrosiyo materigini tabiiy geografik rayonlashtirish. Arktikaning yevrosiyo sektori Shimoliy yevropa



Download 66,03 Kb.
Sana15.06.2022
Hajmi66,03 Kb.
#672317
Bog'liq
yevrosiyo materigi geograsfik ulkasiga tasnif


YEVROSIYO HAR BIR GEOGRAFIK
O`LKASINING UMUMIY TA`RIFI
Reja:
1.Yevrosiyo materigini tabiiy geografik rayonlashtirish.
2.Arktikaning yevrosiyo sektori
3.Shimoliy yevropa,
YEVROSIYO MATERIGINI TABIIY GEOGRAFIK RAYONLASHTIRISH

Yevrosiyo maydonining kattaligi, geologik-tektonik va orografik tuzilishining murakkabligi, okeanlarning doimiy va mavsumiy ta’siri, shimoliy yarim shardagi barcha geografik va iqlim mintaqalarida joylashganligi materik landshaftlarining makonda murakkab tarkibga ega bo’lgan zonal-regional differentsiatsiyalanish imkonini yaratadi.
Materik landshaft komplekslarining hozirgi shakllardagi ko’rinishi, turli xil taksonomik birliklar o’lchovi tizimida namoyon bo’lishi xilma-xil geografik jarayonlar, tabiiy geografik sharoit, uzoq davom etgan geologik va tektonik rivojlanish tarixining hamda inson xo’jalik faoliyatining natijasidir

Yevrosiyo g’arbiy qismi tabiatining shakllanishida mo’tadil dengiz iqlimini vujudga keltirgan Atlantika okeanining ta’siri kuchli. Materikning O’rta dengiz suvi bilan kuchli parchalangan janubi-g’arbiy qismi o’ziga xos morfostruktura tiplaridan tarkib topgan. Yevrosiyoning shimoliy qismidagi tabiiy landshaftlarning shaklanishida Shimoliy Muz okeanidan keladigan sovuq Arktika havo massasining roli katta. Materikning sharqiy va janubi-sharqiy qismlarida mo’tadil subtropik va tropik mintaqalarining musson iqlimi ta’sirida vujudga kelgan landshaftlar hukmronlik qiladi. Janubda esa subekvatorial va ekvatorial iqlim mintaqalariga qarashli hududlarda ekvatorial havo massalari ta’siri natijasida o’ziga xos tabiiy sharoit va landshaft zonalari shaklangan. Materik ichkarisida arid iqlim sharoitida hosil bo’lgan cho’l, chala cho’l va dasht landshaftlari hukmronlik qiladi. Bularning hammasi Yevrosiyo hududida bir-biridan farq qiluvchi yirik rayonlarni va tabiiy geografik o’lkalarni vujudga keltiradi.
ARKTIKANING YEVROSIYO SEKTORI

Shimoliy Muz okeanining Yevrosiyodan shimoli-g’arbda va shimolida joylashgan orollari tabiati bir qancha umumiy belgilarga ega bo’lib, bu umumiylik ularning arktika va subarktika iqlim mintaqalarida joylashganligi bilan bog’liq. Bu hudud tabiatining tafovutlari esa ularning paydo bo’lishi, tarkibi va relefi, shuningdek, qaysi sektorda joylashganligi bilan bog’liq holda yuzaga kelgan. Arktikaning Atlantika sektori Shimoliy Atlantika oqimi tarmog’ining ta’siri tufayli iqlimning nisbatan yumshoq ekanligi bilan ajralib turadi. Sharqqa tomon iqlimning kontinentalligi va arktika tabiiy sharoitining og’irligi (qahraton sovuqligi) orta boradi. Arktikaning Yevrosiyo sektorining g’arbiy qismiga Islandiya, Novaya Zemlya, Shpitsbergen va Frants Iosif yeri orollari kiritilsa, sharqiy qismiga Severnaya Zemlya, Novacibirsk va Vrangel orollari kiritiladi

Shpitsbergen arxipelagi. Arxipelag 76,5° va 80,5° sh.k. lar orasida joylashgan orollar to’plamidan iborat bo’lib, maydoni 62000 km2 ni tashkil qiladi, u asosan G’arbiy Shpitsbergen oroli, Shimoli-Sharqiy yer oroli va bir qancha kichik bir-biriga yaqin joylashgan orollardan iborat, tor bo’g’izlar orqali ajralib turadi. Ularning hammasi paydo bo’lishiga ko’ra materik orollar bo’lib, kaynozoy erasining ikkinchi yarmiga qadar Yevropani Grenlandiya bilan tutashtirib turgan quruqlikning qoldiqlaridan iborat. Arxipelagning 800 sh.k. parallel yaqinida joylashganligi, yillik radiatsiya balansining iyulga yaqinligi, qutb kechasining uzoq davom 336

etishi bu yerda qoplama muzliklarning, muzdan holi yerlarda ko’p yillik muzloqlarning hosil bo’lishiga, sohillar yaqinida tundra o’simliklari, tog’larda esa sovuq sahrolar o’simliklarining tarqalishiga sharoit tug’diradi.
Orollar relefi qadimgi qoplama muzlanishlar ta’siri, sovuqdan nurashning keng tarqalganligi, katta yer yoriqlarining mavjudligi va muzlanishdan keyingi vaqtlarda ro’y bergan ko’tarilishlar bilan bog’liq. Arxipelagning shimoli-g’arbi va shimoli-sharqida tog’ tizmalarining o’tkir cho’qqilari hamda qirralari 1500-1700 m gacha balandlikka ko’tarilgan,
SHIMOLIY YEVROPA
Fenoskandiya. Yevropaning eng shimolida joylashgan tabiiy geografik o’lka bo’lib, o’lka Skandinaviya va Kola yarim orollaridan, Finlandiya va Kareliyadan tarkib topgan. Fenoskandiya o’lkasining katta qismini Yevropada eng yirik bo’lgan Skandinaviya yarim oroli tashkil etadi. O’lka hududi 71° va 55° sh.k. lar oralig’ida shimoli-sharqdan janubi-g’arbga tomon cho’zilgan, maydoni 1,5 mln. km2, Fenoskandiya sohillarida orollar va arxipelaglar keng tarqalgan. Shulardan eng yiriklari janubi-sharqda Gotland, Eland va Bornxolm orollari hamda shimoli-g’arbdagi Vesterolen va Lofoten arxipelaglaridir. O’lkaning g’arbiy sohillarida ko’plab mayda orollar joylashgan bo’lib, shimoliy va shimoli-g’arbiy qirg’oqlari fordlar bilan kuchli parchalangan bo’lsa, shimoli-sharqiy qismidagi Kola yarim orolining qirg’oqlari esa aksincha kam parchalangan. O’lkaning qirg’oqlarini Atlantika okeanining Boltiq va Shimoliy dengizlari, Shimoliy Muz okeanining Norvegiya, Barens va Oq dengizlari o’rab turadi. Fenoskandiya o’lkasi hududi uchun tabiiy sharoitining qattiqligi, qadimgi kristall jinslarning keng tarqalganligi va ularning yer yuziga chiqib qolganligi, oxirgi materik muzligi izlarining yaxshi saqlanganligi, landshaft komplekslari tarkibida tayga o’rmon landshaftlarining va tog’ tundra landshaftlarining hukmronlik qilishi xarakterlidir. Skandinaviya tog’larining eng baland nuqtasi uning janubiy qismida joylashgan Yutinxeymen (Galxyopiggen, 2468 m) massivi bo’lib, butun Fenoskandiya o’lkasining eng baland nuqtasi hisoblanadi. Skandinaviya yarim orolining shimoliy chekka qismida tog’lar pasayib Finmarken (1000m) yassi tog’ligi bilan tugaydi. Yassi tog’likning o’rtacha balandligi 300-400 m ni tashkil etadi. Kola yarim orolida Xibin tog’i (1191 m), Lavozero tog’i (1120 m) joylashgan.

Mamayoqubov Sherbek
Download 66,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish