1. Yangi ochilgan viruslar Mega virusi tuzilishi Mega virusi uning xususiyatlari


Fitovirusologiyaning zamonaviy muammolari



Download 62,11 Kb.
bet3/18
Sana25.06.2022
Hajmi62,11 Kb.
#704127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
27talik

Fitovirusologiyaning zamonaviy muammolari.
Reja:

  1. Fitovirusologiyaning zamonaviy muammolarini tasnifi.

  2. Fitovirusologiyaning zamonaviy muammolarini insonyat hayotidagi o`rni

Fitogelmintlar o’zlarining hayotini yoki uning ma’lum bir davrini o’simliklar bilan yaqin munosabatda bo’lishi hamda uning hisobidan oziqlanishi va ma’lum bir nematodoz kasalligini paydo bo’lishida asosiy sababchi bilan boshqa ekologik guruh nematodalaridan farq qiladi.
Tadqiqot ishlari olib borilgan hududda sabzavot ekinlari nematodafaunasi tarkibidagi turlarning 21 tasi fitogelmintlarga mansub bo’ldi. Fitogelmintlar o’zlarining oziqlanish usuli, oziqa turi va yashash joyiga ko’ra 3-ta kichik guruhlarga, ya’ni zamburug’ miseliylari bilan oziqlanuvchilar yoki mikogelmintlar, ektoparazit fitogelmintlar va endoparazit fitonemtodalarga ajratiladi;

  1. Parazit mikogelmintlar turli – tumanliligi va nisbatan keng tarqalganligi bilan xarakterlanadi. Ular eng avvalo politrof nematodalardir. Karam, sabzi va bulg’or qalampiri nematodafaunasi tarkibida ushbu kichik guruh 7 ta turdan, ya’ni Aphelenchus avenae, Aphelenchus cylindricaudatus, Aphelenchoides bicaudatus, Aphelenchoides kühnii, Aphelenchoides limberi, Aphelenchoides zeraphschanicus va Ditylenchus intermedius kabilardan iborat bo’ldi. Masalan, javdar nematodasi (Aphelenchus avenae) mikogelmintlar orasidan eng ko’p uchraydigan tur hisoblanmoqda. Ushbu turni sabzining barcha vegetativ a’zolarida va rizosfera tuprog’ining ikkala qatlamida, karam va bulg’or qalampirining ildiz sistemalarida va rizosfera tuprog’i qatlamlarida tarqalganligi aniqlandi.

Mikogelmintlardan Aphelenchoides bicaudatus ham keng tarqalgan turlar qatoriga kiradi. Ushbu tur karam, sabzi va bulg’or qalampirining rizosferalari tuprog’i qatlamlaridan hamda sabzi va bulg’or qalampirining ildiz sistemalarida qayd qilindi. Ditylenchus intermedius esa sabzavot ekinlarining faqat rizosferalari tuprog’i qatlamlarida uchratilgan bo’lsa, qolgan mikogelmintlar esa faqat ma’lum bir sabzavot ekini faunasi uchun xos tur hisoblandi. Masalan, Aphelenchoides limberi karamning ildizi va rizosfera tuprog’ida; Aphelenchoides zeraphschanicus – bulg’or qalampirining rizosferasi tuprog’i qatlamlarida; Aphelenchoides kühnii – sabzi ildizida va rizosfera tuprog’ining 0-10 sm li qatlamida, Aphelenchus cylindricaudatus esa karamning rizosfera tuprog’i qatlamlarida uchrashi qayd qilindi. Ushbu ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki parazit mikogelmintlarning aksariyati individlari rizosfera tuprog’i qatlamlarida tarqalganligi ma’lum bo’lmoqda.
2. Ektoparazit fitonematodalar kichik guruhiga ham 7 tur, ya’ni Tylenchus davainei, Aglenchus agricola, Helicotylenchus multicinctus, Rotylenchus robustus, Tylenchorhynchus bucharicus, Merlinins dubius va Paratylenchus macrophallus kabilar mansub bo’lib, ularning og’iz bo’shlig’i kuchli va yirik sanchib – so’ruvchi organi (stiletga) aylangan. Ushbu organ yordamida nematoda ildiz atrofida joylashib olib, o’simlik ildizini teshib, shirani so’rib oladi. Ayrim hollarda o’simlikning ichki to’qimalariga kirib, parazitlik bilan oziqlanishini davom ettiradi.
Karam, sabzi va bulg’or qalampiri nematodafaunasi tarkibidan joy olgan ektoparazit fitonematodalarning deyarli barchasi rizosfera tuprog’i qatlamlarida uchratildi, lekin ayrim turlari ma’lum bir sabzavot ekinining ildiz sistemasiga kirib borganligi ham qayd etildi. Bunday turlarga Paratylenchus macrophallus ni ko’rsatish mumkn, chunki uning ayrim individlari bulg’or qalampirining ildizida va sabzining yer usti vegetativ a’zolarida qayd etildi.
Ektoparazit fitonematodalarning sabzavot ekinlari maydonlarida ham tarqalish darajasi turlicha bo’ldi. Ular orasida eng ko’p tarqalgan va sabzavot ekinlari nematodafaunasi tarkibida mavjud bo’lgan tur Helicotylenchus multicinctus bo’ldi. Eng siyrak tarqalgan turlardan esa Tylenchorhynchus bucharicus hisoblanadi. Qolgan turlari sabzavot ekinlari faunasi tarkibidagi turlarning o’rtacha darajada uchrovchi nematodalar guruhiga qo’shiladi.
3. Endoparazit fitonematodalar kichik guruhini tashkil etuvchi nematodalar ham 7 turdan, ya’ni Paraphelenchus pseudoparietinus, Aphelenchoides parietinus, Ditylenchus destructor, Ditylenchus dipsaci, Paratylenchus pratensis, Paratylenchus tumidiceps, Meloidogyne hapla kabilardan iborat bo’ldi.
Endoparazit fitonematodalarning xarakterli xususiyatlari shundan iboratki, ular haqiqiy parazitlar sifatida o’simliklarning turli vegetativ va generativ a’zolarida o’rnashib, «Xo’jayinlari» hisobida oziqlanib, uning tanasida ancha chuqur va sezilarli o’zgarishlarni paydo bo’lishiga sababchi bo’ladilar, ham boshqa guruhlarning vakillari singari karam, sabzi va bulg’or qalampirida turlicha tarqalish xarakteriga ega bo’lishi aniqlandi. Lekin ushbu kichik guruhning shunday vakillari ham qayd qilindiki barcha sabzavot ekinlari nematodafaunasi tarkibida asosiy va keng tarqalgan hamda o’simlik bilan juda yaqin biosenotik bog’langan parazitlardan Paraphelenchus pseudoparietinus (soxta afelenx), Aphelenchoides parietinus (oddiy afelenx), Ditylenchus dipsaci (poya nematodasi) va Paratylenchus pratensis (maysa pratilenxi) kabilar obyekt qilib olingan sabzavot ekinlarining deyarli barchasining vegetativ a’zolarida va rizosfera tuprog’i qatlamlarida uchrashi aniqlandi. Hatto ushbu turlarning individlari rizosfera tuprog’idagi nisbatan ildiz sistemasida ikki – uch barovar ko’p bo’lishi ham qayd qilindi. Masalan, sabzining ildiz sistemasida oddiy afelenxning individlari tuproq qatlamlaridan 2-3 barobar ko’p bo’lganligini ko’rsatish mumkin. Bunday tarqalish holatini soxta afelenx va poya nematodasining tarqalishida ham ko’rish mumkin.



Download 62,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish