1 Xonandalik san‘atining O‗zbekistonga kirib kelishi. Rus xonandalik maktabi va xonandalik san‘ati 4


Ovoz apparatining kuylash vaqtidagi ish faoliyati



Download 4,58 Mb.
bet8/48
Sana11.03.2022
Hajmi4,58 Mb.
#490434
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   48
Bog'liq
хонандалик услубиёти

Ovoz apparatining kuylash vaqtidagi ish faoliyati


Xonandalarning vokal ko‗nikmalari rivojlangani sari, vokal eshitish qobiliyati ham asta-sekin rivojlana boshlaydi. Boshlovchi xonandalarda bunday qobiliyat yo‗q. Yaxshi xonanda va o‗qituvchi bo‗lish uchun vokal eshitish qobiliyatini rivojlantirish shart. Tuyg‗ular orasida eshitish qobiliyati birinchi o‗rinda tursa, ikkinchi o‗rinda harakatlar nazoratini – mushak to‗qimalari orqali sezish turadi. Mushakli sezgilar ancha murakkab bo‗lib, ularda aniqlik topish qiyin. Sechenov mushak sezgilarini ―qorong‗u hissiyotlar‖ deb atagan. nafas, og‗iz, Til, hiqildoq, yumshoq tanglay va boshqa mushaklarning harakati - mushak sezgisini tashkil etadi. Odatda xonandadagi mushak harakatining nazorati keyingi bosqichlarda tarbiyalanadi. Rus olimi V.P.Morozov, xonandalardan katta guruh tuzib, ularning har birining qulog‗iga naushnik kiygizib, u orqali shovqin yuborgan va har bir xonandadan bironta asarni kuylab berishni iltimos qilgan. Amaliyot natijasida xonandalar ikkita guruhga bo‗lindilar:



  1. ohangni bemalol, adashmasdan kuylab berganlar;




  1. o‗zini yo‗qotib, kuyni aytib bera olmaganlar. Ushbu tajribaga tayangan holda V.Morozov mushakli sezgilarga asoslanganlarni - «mushaklilar», eshitish sezgisiga tayangan xonandalarni esa ―eshitish‖ turi deb atadi. ―Mushakli‖ turga kiruvchi xonandalar har qanday akustik holatlarda ikkilanmay qo‗shiq ayta oladilar, chunki ular ijro vaqtida faqat eshitish qobiliyati orqaligina emas,

balki mushak to‗qimalari orqali sezish bilan ovoz apparati harakatini boshqaradi. Shunday qilib, eshitish va mushak to‗qimalari orqali sezish qobiliyati rivojlagan xonandalarni a‘lo toifali xonanda deb hisoblaymiz.
Ovoz apparati ishini boshqarishda vibratsiyali va ko‗rish sezgilari ham katta ahamiyatga ega. Qo‗shiq kuylash vaqtida ko‗krakda va boshning yuz qismida rezonatsiya paydo bo‗lishi har bir xonandaga ma‘lum. Qo‗lni ko‗krakka qo‗ygan holda ko‗krakda paydo bo‗layotgan rezonatsiyani sezish mumkin. Ovoz bosh rezonator, ―maska‖ga tushganida boshning yuz qismida tebranish paydo bo‗ladi, shu paytda ovozni boshqarish harakatlari anchagina yengillashadi. Dastlabki mashg‗ulotlarda ko‗zgu yordamida o‗z harakatlarini kuzatish yaxshi samaraga ega. Ko‗zguda - og‗izning ochilishi, lablar, til, jag‗, yumshoq tanglay harakatlarini oydin kuzatish mumkin. Ularning hammasi vokal-texnik ko‗nikmalar shakllanishiga katta yordam beradi.
Xonandaning tovush kuchi, tembri va balandligi bilangina emas, balki diapazoni bilan xam xarakterlidir. Ovoz diapazoni eng past tovushdan eng baland tovush oraligidagi xajmni o‗z ichiga oladi. Odam ovozining butun diapazonini registrlarga bo‗lish mumkin.3 R ye g i s t r ovoz diapazonining bir kismi bo‗lib, tembr va tovush yo‗nalishining bir-biri bilan moyilligiga asoslanib aniqlanadi. Odam ovozining past (ko‗krakdan chiquvchi tovushlar), o‗rta (aralash) va yuqori (bosh bilan bog‗liq tovushlar) registrlarga bo‗lish qabul qilingan.
Ayollar ovozi past ko‗krakdan chiquvchi tovushlar, o‗rta (aralash) va yuqori (bosh bilan bog‗liq tovushlar) registrga bo‗linadi. Ko‗krak registri ayollar ovozida diapazonnining eng pastki notalarni o‗z ichiga olgan bo‗lib, tertsiya yoki kvinta
3 G. Muxamedova . Xonandalik uslubiyoti asoslari.T., 2007.(13-14b.)
qamrovida bo‗lishi mumkin. Bosh registri diapazonning eng yuqori notalariga boradi. O‗rta yoki aralash registr diapazonning oktava va undan ko‗proq qismini egallagan. Aralash registr diapazonning tekisligiga erishishda va yuqori notalarning to‗laqonli sadolanishida qo‗l keladi.
Ayollar ovozi registrlari, erkaklar ovozi registrlari kabi ovoz paylari ish faoliyatining o‗zgarishiga bog‗liq.
Ayollar ovozi diapazonning tekisligi ustida ishlash asosiy printsiplari huddi erkaklarniki kabi: diapazon markazida ovoz hosil qilishda aralash registrlarning ish faoliyatini benuqsonligiga erishish, nafasni astalik bilan yetkazish, yuqori notalarda O va U unlilarining yopiq ijrosi, yumshoq ovoz hujumi va ovozning erkin sadolanishi.
Erkaklar ovozi ko‗krak va bosh (faltset) registriga ega. Ovozning ko‗krak va faltset sadolanishi ovoz paylarining ish faoliyatiga bog‗liq.
Erkaklar ovozida ko‗krak registri deyarli bir yarim oktavani tashkil etadi. Ko‗krak registrida ovoz paylari chetki mushaklari butun ovoz paylari bo‗ylab bir- biriga yaqinlashib, yopiladi. Faltset ya‘ni bosh registrida ovoz paylari oxirigacha yopilmaydi va faqat chekka qismi tebranadi. Aralash (mikst) ovoz hosil qilishda ovoz paylari ko‗krak va faltset turlarida faoliyat yuritadi. Registrdan-registrga o‗tish ovoz paylari ishini o‗zgartiradi.
Bolalar ovozi ko‗krak, aralash (mikst) va bosh (faltset) registrlaridan iborat.
Bolalar ovozi uchun bosh qismining baland rezonanslanishi xosdir.

Bolalar ovoz apparatining tuzilishi va rivojlanishi xususiyatlariga qarab xar bir yosh guruxi individual registrdagi ovoz tuzilishiga ega. Kichik gurux bolalar (7 dan 10 yoshgacha) ovozining diapazoni kichik bo‗lib, yengil faltset (bosh registrdagi) sadosi bilan ajralib turadi.O‗rta yoshdagi bolalar ovozlarida (11-13


yosh), ayniqsa, o‗g‗il bolalarda ko‗krak registrdagi tovush elementlari paydo bo‗lib diapazon kengayadi. Bu yoshdagi bolalar ovozining diapazonida uchala registr (bosh, aralash, ko‗krak) ajralib tursada, kuylash vaqtida asosan mikst registri tovushlari ishlatiladi. Katta gurux yoshidagi bolalar ovozida (14-16 yoshlarda) tembr aniqligi, voyaga yetgan ovoz elementlari paydo bo‗ladi. Lekin amalda mikst (aralash) registri tovushlari saqlanadi.
T ye s s i t u r a ovoz, xor partiyasi yoki xor diapazonining bir qismi bo‗lib, asarda eng ko‗p qo‗llaniladigan tovushlar xisoblanadi.
Yuqori va past tessituralar xonanda uchun qiyinchilik tug‗diradi, chunki uzoq vaqt kuylash davomida ortiqcha kuch sarflanadi va bu ovozni charchatadi.

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish