Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
Psixologiya tushunchasigi ta‘rif?
Eshitish qobiliyati turlari haqida gapiring?
Xonanda o‗zini o‗zi eshitishi uchun nimalarga ahamiyat berishi kerak?
Ovoz mashqlari qanday ahamiyatga ega?
modul. Ovoz apparatining kuylash vaqtidagi ish faoliyati.
Gavdani tik tutish.
Tovush xosil bo‗lishi ovoz apparatining harakati natijasida sodir bo‗ladi. Ushbu apparat uch qismdan iborat: 1) nafas organlari (o‗pka, bronx, traxeya- tomoqning nafas yo‗li); 2) xiqildoq (ovoz pardalari joylashgan qism); 3) rezonatorlar (yutqin, og‗iz va burun).
Ovoz apparatining xar bir qismi bir biri bilan chambarchas bog‗langan. Tovush quyidagicha xosil qilinadi: o‗pkadan chiqayotgan xavo oqimi bronx, traxeya orqali tomoqqa keladi va u yerda ovoz pardalari tusig‗iga uchraydi. Xavo bosimi ta‘sirida ovoz pardalari xarakatga kiradi, ularning takroriy ochilib yopilishi va tebranishi natijasida xavo to‗lqinlarida - tovush xosil bo‗ladi.
Tovush xosil qilish bilan bog‗lik bo‗lmagan xoldagi odatdagi nafas olish jarayonida ovoz pardalari sokin xolatda bo‗lib, xavo uch burchak shaklidagi ovoz teshigidan erkin o‗tadi. Tovush xosil bo‗lishida ovoz teshigi torayadi. Tovush baland pardalarga ko‗tarilgan sari ovoz teshigi torayib boradi va eng yuqori parda tovushlariga yetgan teshik berkiladi.
Ovoz pardalarining uzunligi va qalinligi turlicha: bas va baritonlarning ovoz pardalarinig uzunligi taxminan 22-25 mm, tenor va metstso-sopranolarniki 18-22 mm, sopranoniki 14-19 mm. Qalinligi xam xar xil bo‗lib, sopranoda 2 mmdan baslarda - 5 mmgacha boradi.
Tovush tebranishining tezligi, ya‘ni tovush balandligi ovoz pardalarining tortilish (taranglanish) darajasi bilan bog‗lik; tebranish qancha tez bo‗lsa, tovush shuncha yuqori pardalarga ko‗tariladi. Biroq pardalar xosil qiladigan tovush kuchli emas, u, asosan yuqori rezonatorlardan bug‗izning kengayishi xisobiga kuchayadi. Og‗iz va burun xam shunga yordam beradi, shuningdek, ular tovush rang (jilovdorligi) - tembrini yuzaga keltirishda xam katta rol uynaydi.
Ovoz tembrining sifati tovush o‗tuvchi ovoz pardalari tebranishi bilan rezonans bo‗shliqlariga bog‗liq. Tomoq va ovoz pardalarining xarakati mushaklar va tog‗aylar sistemasining o‗zaro ta‘siri natijasida yuzaga keladi. Mushaklarning ayrimlari qisqarib, pardalarni taranglashtiradi, ayrimlari ularni birlashtiradi va bir- biridan uzoqlashtiradi. Agar ovoz pardalari uzining butun massasi bilan tebransa, ko‗krak registridagi tovush, ovoz pardalari faqat chekkasi bilan tebransa yuqori registrdagi tovush yuzaga keladi.
Ovoz hosil qiluvchi organlarga quyidagilar kiradi: hiqildoq, og‗iz va burun bo‗shliqlari, kekirdak va o‗pka (5-rasm).
Undan tashqari, ovoz hosil qilishda markaziy nerv sistemasi ham qatnashadi, u ashulachilik jarayonini boshqaradi. Xiqildoq – ovozning ilk tovushi paydo bo‗ladigan joy, kuychan hislatga ega: balandligi, kuchi, kuylovchi tembrining vibratosi ro‗y beradigan joy.U uch xil faoliyatini bajaradi: nafas olish, himoya qilish va ovoz chiqarish. U ichidan shilimshiq parda bilan qoplangan va to‗rta tomoq tog‗ayidan iborat: qalqonsimon, ikkita yassisimon va uzuksimon tog‗aylar. Ular o‗zaro bog‗langan va mushaklar bilan ta‘minlangan.Tomoq tog‗aylari
yoshiga qarab asta-sekin qattiqlashib suyakka aylanib boradi. Bo‗g‗izning yuqori bo‗limi–ustki boylam bo‗shlig‗i soxta tovush boylamigacha cho‗zilgan. Morganlar oshqozoni nomini olgan, ikki tomonlama chuqurlashgan qism, yolg‗on tovush boylamidan haqiqiy tovush boylamigacha cho‗zilgan.
Yu t q i n - esnash jarayonida og‗iz bo‗shlig‗iga havo uriladigan makon.
B u r u n yu t q i n - yutqin va burunni bir-biri bilan bog‗lovchi qism. U orqali burundan olingan xavo ichkariga boradi.
Artikulyatsion organlar - tovushni hosil qiladi va talaffuzga o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi.
T i l - asosiy artikulyatsion organdir.
K ye k i r d a k va b r o n x l a r tashqaridan kirgan havoni o‗pkaga o‗tkazadigan organlar. Nafas olayotganda barcha muskul paylari qatnashadi.
D i a f r a g m a - ko‗krak qismini qorindan ajratib turadigan chandirlardan iborat.
rasm. Ovoz apparatining tuzilishi:
1 – peshana bo‗shlig‗i; 2 – yuqori chuqurcha (rakovina); 3 – o‗rta chuqurcha (rakovina); 4 – ostki rakovina; 5 – qattiq tanglay; 6 – yumshoq tanglay; 7 – til osti suyagi; 8 – hiqildoq qopqog‗i; 9 – qalqonsimon tog‗ay; 10 – haqiqiy tovush boylamlari; 11 – kekirdak; 12 – asosiy bo‗shliq; 13 – Yevstaxiy trubaning xalqum teshigi; 14 – tanglay bodom bezlari (mindalinasi); 11, 15 – bo‗yin umurtqasi; 16 – uzuksimon tog‗ay; 17 – ovqat o‗tish yo‗li.
Do'stlaringiz bilan baham: |