GLOSSARIYLAR
(ma‘ruza matnida uchraydigan asosiy tushunchalarning o‗zbek , rus va ingliz
tillaridagi sharhi)
ABBASSAMENTO DIVOSE - ovoz tovushini susaytirgan holda
A VOSE PIENA - yakka ovoz uchun, yakkaxon
AGOGIKA (yunon. agoge –chekin, chetlashtirish) – musiqiy ijro ifoda vositalaridan biri, tekis sur‘at va aniq ritm yaxlitligini saqlagan holda ulardan qisqa muddatli chekinishlar. A. o‗zining muayyan qonuniyatlariga ega. Masalan, kulminatsiya sari intilishda ayrim musiqiy tuzilmalarda sur‘at tezlashishi yoki yakunlovchi kadanslardagi sekinlashishlar. So‗zlarning urg‗uli bo‗g‗inlari talqinida ma‘no jihatidan ahamiyatli tovushlar ba‘zan ―cho‗zishlar‖ evaziga alohida ta‘kidlanadi.
ADDOLORANDO - tovushni yumshatib, muloyim tovushda
AKADEMIK – 1) Faxriy unvon; yetakchi teatr va musiqiy jamoalarga beriladi (mas., A.teatr, A.xor kapellasi). 2) Atama professional xorga nisbatan qo‗llanilganda odatda xalq qo‗shiqlarini kuylovchilardan farqini ko‗rsatish uchun foydalaniladi.16
AKADEMIK USLUB (san‘atda) – mumtoz (klassik) namunalar izidan boruvchi uslub. Akademik ijro, shakl mukammalligiga intilish va me‘yordagi qat‘iy did naqdligini ko‗zlaydi.
AKADEMIK XOR – Mumtoz musiqa, zamonaviy kompozitorlar asarlarini butun diapazonda bir tekis, akademik uslubida, ya‘ni kuylash usuli niqobdor
16 B.Shamaxmudova. Xor lug‘ati. T., 2009.
holda bo‗lib, tovush ravon, ovozlar xor partiyalariga aniq bo‗lingan bo‗lib, ijro etadigan asosan professional, ba‘zangina badiiy havaskorlik xor jamoalarining nomi.
A CAPELLA (a kapella, ital. alla cappella– kapella uslubida) – cholg‗u asboblar jo‗rligisiz xor bo‗lib kuylash. Xor ijrochiligining yuksak uslubi bo‗lganligi bois, unda xor to‗liq mustaqilligi va tugallanganligini namoyon etadi. Xalq ijroligida ham uchraydi. Professional xor san‘ati uslubi sifatida A s. O‗rta asrlar diniy polifoniyasida rivojlandi, dunyoviy xor janrlari yuzaga kelgan Uyg‗onish davrida yuksaldi. Niderland polifoniyachi – kompozitorlar G.Dyufai, J.Benshua, Ya.Okegem, Ya.Obrext, J.Depre, O.Lassolar ijodida ayniqsa taraqqiy etdi, J.Palestrina, K.Monteverdi, A.Lotti va b. italyan kompozitorlari asarlarida mumtoz ko‗rinishga ega bo‗ldi. A s. rus xor san‘atida yuksak cho‗qqiga erishdi (M.Berezovskiy, D.Bortnyanskiy, S.Taneev, A.Kastalskiy, S.Raxmaninov, P.Chesnokov, V.Kalinnikov va b.). XX asr xor musiqasida K.Debyussi, M.Ravel, P.Xindemit, D.Shostakovich, G.Sviridov, R.Shchedrin va b. asarlari alohida o‗rin tutadi. O‗zbekistonda A s.. xor uslubiga XX–a.ning 50 y.larida M.Burhonov asos soldi. Uning O‗rta Osiyo xalq qo‗shiqlari zaminidagi nomi ―Oltita xor‖ va bunga yorqin misoldir. Keyinchalik M.Burhonov afg‗on, eron va Sharq xalqlari folklori asosida xorlar yozdi. A.Muhamedov, S.Boboev, I.Akbarov, B.Umidjonov, M.Nasimov, M.Bafoev, N.Zokirov, B.Lutfullaev, D.Omonullaeva va b. tomonidan xor A s. asarlari yaratildi. Tajribali xormeysterlar S.Valenkov, V.Knyazyatov, A.Vasileva, Ye.Nechaev, N.Sharafieva va b. tomonidan qayta ishlagan xalq qo‗shiqlari va original A s. asarlari ham diqqatga sazovordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |