Matnni tinglovchiga to‗g‗ri yetkazish va kuylayotgan so‗zlarni aniq talaffuz etish - professional xonandalikning asosiy shartlaridan.
Kuylayotganda nutq ravon (talaffuz aniqligiga erishish), tabiiy - ya‘ni kuylashda tovushni buzmaydigan, ifodali (o‗ziga ifodali nutq elementlari jamlagan), kuychan (kuychan unlilar asosida).
Talaffuz kuylayotganda nutq kabi ravonlik va undoshlarni aniqligi asosida bo‗ladi. Undoshlarning aktiv talaffuzi, bo‗rttirib aytilishi, kuyni buzmasligi uchun ularni tez talaffuz etib navbatdagi unliga bog‗lab kuylash kerak: Ya-va-slyu-blyu yoki me-nsi-zni se-va-rdim.
Juda ko‗p tajribasiz xonandalarning asosiy hatolari: bu so‗z oxiridagi undoshlarning talaffuzi, to‗g‗rirog‗i ularni tushirib qoldirishlaridir. Xuddi shunga o‗xshash hatolarning yana biri labning bo‗shashgan holati, bu hato mashqlar orqali bartaraf etiladi.
Undosh harflarning aniq talaffuzi navbatdagi unlilarning hatosiz kuylanishi garovidir.
Kuylaganda so‗zlar ichida toza va aralash unlilar uchraydi. Toza unlilar so‗zda urg‗uli bo‗ladi, qolganlari o‗tkinchi. Masalan: Bog‗im-g/a/ k/u/y il-/a/ yor k/e/l, quvnoq /o/voz il/a/ /yo/r k/e/l.
Kuylash nutqining tabiiy bo‗lishi uchun qo‗shiqda so‗zlash ohangini va urg‗ularni to‗g‗ri ishlatish bilimi ahamiyatga ega, bu esa so‗zni ifodali qiladi.
Qo‗shiqdagi aniq, tabiiy va ifodali so‗zlar kuychan bo‗lmog‗i lozim, ya‘ni: ovozning tekis, egiluvchan, ifodali ohangiga singdirilgan.
Kuylayotganda nutq tabiiy chiqishi uchun, ko‗shiqqa so‗zlashish ohangini singdirish kerak, bu o‗rinda bo‗g‗inlarni kuylash shartlariga rioya etish talab etiladi, masalan unlilarni nota uzunligi davomida to‗liq,«ushlabturish»,- kuylash.
Ovoz tarbiyalashning fonetik uslubi
Kuylash-musiqiy san‘atning, ijro, kuylash vaqtida matnni ifodali yetkazib berish zarurligiga chambachas bog‗liq bo‗lgan yagona turidir.
Kuylash asosan unlilar yordamida amalga oshiriladi. Ovozning kuychanligini rivojlantirishda fonatsiya bilimiga tayangan holda to‗g‗ri unlilarni tanlash kerak (so‗zning ichidan).
―I‖-unlisi pozitsiya jihatdan «yuqori» bo‗lib sadolanishda «yaqin» va yorqindir. Unlilar orasida eng yuqori farmantaga ega, shuning uchun jarangdor, yorqin, yaqin va yig‗inchoq deb qabul qilinadi. Boshda rezonatsiyalash hisini uyg‗otadi.
―Ye‖ – unlisiham ―yorqin‖ va ―yaqin‖ sadolanadi. ―I‖ga qaraganda tarqoq yangrasa, ―A‖, ―O‖ va ―U‖larga nisbatan kengroq yangraydi.
Til og‗iz bo‗shlig‗ida erkin joylashadi va u og‗izni keng ochishga imkoniyat beradi. ―Ye‖-tovushi o‗rtacha impedansga ega bo‗lib, erkaklar ovozning yuqori registrini shakllanishi uchun qulaydir. U yana tovush hujumining aktiv bo‗lishiga qulay, hiqildoq sust ishlaganda ko‗l keladi.
―A‖ unlisi-tilning tinch holatida hosil qilinadi, yutqin toraygan, og‗iz esa keng ochilgan bo‗ladi. Bu harf jarangli bo‗lgani uchun ijro etish ortiqcha harakat talab etmaydi. Uning yorqin va jarangli, yaqin sadolanishi ovoz teshigi ish faoliyati va hiqqildoqqa tepa ovoz paylarining tashkillanishiga bog‗liq. Agarda hiqildoqda
yuqori obertonlar yaxshi hosil qilinmagan bo‗lsa «A» tovush sifatida xira va uzoq sadolanadi. ―A‖ harfini «yopiqroq» kuylash lozim.
―O‖ unli tovushi-―A‖ tovushining barcha hislatlariga ega, lekin tembr jihatdan to‗qroq (hiraroq) sadolanadi va katta impedansga ega. Aynan shu sifati erkaklar ovozi diapazoning yuqori qismidagi tovushlarini yopiqroq bo‗lishi uchun ishlatiladi.
―O‗‖ unli tovushi eng chuqur, to‗q rangli sadolanuvchi ―uzoq‖, ―baxmal‖ tovush.
―U‖-katta impedansga ega, undan ham erkaklar ovozi diapazoni yuqori qismini yopish uchun ishlatsa bo‗ladi.
Fonetik uslub tovush birikmalarini to‗g‗ri tanlashga yordam beradi, bu esa ovozning go‗zal sifatlarini namoish etishga yordam berishi aniq.
Do'stlaringiz bilan baham: |