Bog'liq 3 kurs savollar O\'zbekiston tarixi(javoblari bn)
7. Rossiya imperiyasi tomonidan O’rta Osiyo bosib olish jarayonida Buxoro–Rossiya urushlari. XIX asrning 50 – yillariga kelib Rossiya mohiyatiga ko’ra adolatsiz va bosqinchilik xususiyatiga ega bo’lgan mustamlakachilik yurishlarini qo’qon xonligiga qarshi faollashtirib yubordi va xonlikka qarshi rosmana urush harakatlarini boshlab yubordi. Deyarli o’rta asrlarga xos qurollanishga ega bo’lgan qo’qon xonligi zamonaviy quro-yarog’larga ega bo’lgan va Yevropadagi urushlarda katta tajriba orttirgan dahshatli dushmanga qarshi urushga kirdi. Bu vaqtga kelib qozog’iston hududlarini egallab olgan Rossiya imperiyasi harbiy qo’shinlari qo’qon xonligi hududlariga ikki yo’nalishda Orenburg harbiy okrugi va /arbiy Sibir harbiy okrugi tomonidan harbiy harakatlarni boshlab yubordi. 1851-1852 yillarda polkovnik Karabashev boshchiligidagi harbiy otryad Ili daryosidan kechib o’tib, To’ychibek qal’asini bosib oldi, Orenburg yo’nalishida mayor Engman Yoqubbek Badavlat boshchilik qilgan qo’qon xonligi sarbozlarini mag’lubiyatga uchratdi va yordamga yetib kelgan polkovnik Blaramberg otryadlari yordamida qushqo’rg’on, CHimqo’rg’on va Kumushqo’rg’on istehkomlarini qo’lga kiritib, vayron qildi. 1852 yilda xonlikning Oqmachit qal’asiga qilingan dastlabki hujumda mag’lubiyatga uchragan rus qo’shinlari 1853 yilda general-ad’yutant Perovskiy rahbarligida Oqmachitga ikkinchi marta hujum qildi. Shiddatli o’tgan janglardan so’ng Oqmachit qal’asi bosib olindi va unga “Perovskiy forti”deb nom berildi. qo’qon xonligi Oqmachitni qaytarib olish uchun 1853 yil avgustida ikki marta Toshkent hokimi SHabdonxo’ja boshchiligida qo’shin jo’natadi, biroq, bu qo’shinlarning barcha harakatlari muvaffaqiyatsi ztugaydi. 1854-1855 yillarda Kaskelen daryosi bo’ylarida Uzun eg’och mudofaalarida ham shiddatli janglar bo’lib o’tadi. Bu janglarda Sulton Kenasarining o’g’li Sulton Sodiq katta jonbozlik ko’rsatib, ruslarga qarshi qaqshatqich zarbalar beradi. SHu vaqtda Ili vodiysini egallab olgan ruslar avvalgi Olma-Ota o’rnida Verniy istehkomini ko’radilar. 1858-1860 yillar davomida podpolkovnik Peremilьskiy, polkovnik TSimerman boshchiligidagi otryadlar To’qmoq va Pishpek qal’alarini bosib oldi va vayron qildi.1861 yil podsho Aleksandr II ishtirok etgan saroy kengashida qo’qon xonligiga qarshi hujum harakatlarini kuchaytirish va uning ichkari hududlarga kirish masalalari ko’rib chiqildi. Xonlikni bosib olish uchun yanada ko’proq harbiy kuchlar safarbar etiladi. Natijada shu yilning o’zidayoq Oqsuv, Pishak, Choldevor qal’alari ruslar tomonidan bosib olinadi.
1864 yilga kelib harbiy harakatlari yanada shiddatli tus oldi. Xonlikning ichkari hududlariga suqulib kirayotgan rus mustamlakachilari oldida Avliyoota, Turkiston, CHimkent, Toshkent kabi qudratli harbiy kuchga va muhim strategik ahamiyatga ega bo’lgan shaharlar turardi. 1864 yil 1 may kuni Avliyootaga yetib kelgan polkovnik Chernyaev otryadlari shaharlarga qarshi shiddatli janglar olib bordi. Vatan himoyachilarining qattiq qarshiligiga qaramay shu yilning 4 iyunida ruslar tomonidan bosib olindi. 4 iyulda CHinoz, 11 iyulda esa Manket bosib olindi.Orenburg yo’nalishi bo’yicha harakat qilayotgan polkovnik Verevkin otryablari 1864 yil Turkiston shahrini qamal qildi. Qattiq janglardan so’ng 12 iyunda Turkiston shahri ham ruslar tomnidan bosib olindi. Navbatdagi shahar Chimkent edi. Chimkent shahri ikki yo’nalishni birlashtiruvchi nuqta sifatida ham muhim ahamiyatga ega bo’lsa, vatan himoyachilari uchun xonlikning ichkari hududlariga ruslarning kirib kelishiga to’siq bo’luvchi so’nggi kuchli tayanch edi. Vatan himoyachilari rus bosqinchiligiga qarshi kurashlarga rahbarlik qilgan eng mahoratli sarkarda Mullo Aliquli Amirlashkar boshchiligida ruslarga qaqshatqich zarba beradi va 22 iyul kuni mag’lubiyatga uchragan rus qo’mondonlari sulh so’rab Aliquli Amirlashkargi murojaat qiladi. Amirlashkar ularga Oqmachit, Avliyoota, Turkiston shaharlarini qaytarish va 200 ming tillo tovon to’lash sharti bilan omonlik beradi. Biroq ruslar ikki oy davomida qaytadan kuch to’plab, Chimkentga qayta hujum qiladi. Shiddatli kechgan muxorabada ruslarning zamonaviy qurollari ustunlik qilib, himoyachilarni mag’lubiyatga uchratadi. 22 sentyabr kuni Chimkent bosib olinadi. 1864 yilning kuzida qo’qonga qaytgan Aliquli davlat ishlari mashg’ul bo’ladi. 1 oktyabrda general Chernyaevning Toshkentga hujum qilganligi haqidagi habar qo’qonga yetib borishi bilanoq 10 ming kishilik qo’shin bilan Toshkent mudofaasiga otlanadi. Bu vaqtda esa toshkentliklar Kushparvonachi va Mirzo Axmad boshchiligida ruslarga qattiq zarba berib, ularni Chimkentga qochishga majbur qiladi. Toshkentga yetib kelgan Aliquli Amirlashkar bu yerda birmuncha vaqt bo’lib, Toshkent qal’asini mustahkamlash va ta’mirlash ishlarini amalga oshiradi. 4-6 dekabr kunlari esa ruslarni g’aflatda qoldirib, 10 ming kishilik qo’shin bilan bu vaqt ruslar qo’lida bo’lgan Turkistonga qarashli Ikonga yurish qilib, yuzboshi Serov boshchiligidagi otryadni mag’lubiyatga uchratadi. Aliqulining bu yurishi rus generallari tomonidan urushlar davridagi eng ajoyib harbiy san’at sifatida e’tirof etilgan edi. Keyingi oylarda Amirlashkar tashqi siyosat va elchilik ishlari bilan mashg’ul bo’lib turgan vaqtda rus harbiylari Toshkentni bosib olishga tayyorgarlik qurayotgan edilar. Avvalgi mag’lubiyatdan alamzada bo’lgan rus generali M.G.CHernyaev 1865 yilning aprelida Toshkent bekligiga qarshili vas haharni suv bilan ta’minlovchi Niyozbek qal’asiga hujum qiladi. Ruslar bilan hozirgi qibray tumanidagi Do’rmon, Uymovut atroflarida bo’lib o’tgan qisqa to’qnashuvlardan so’ng Niyozbek qal’asi bosib olinadi. Bu voqea 29 aprelda sodir bo’lgan va bunda shaharlik ayrim xoin kimsalar ruslarga yordam ko’rsatgan edilar. Bosqinchilar shaharga kiradigan suvni Chirchiq daryosiga burib yuboradilar. Bu habar qo’qonga yetishi bilanoq Aliquli Amirlashkar barcha harbiy kuchlarni olib Toshkent mudofaasiga otlanadi. U Toshkentning Mingo’rlik mavzesiga 8 may kechasi yetib keladi va ortiqcha tayyorgarliklarsiz 9 may erta tongdanoq ruslarga qarshi janglarni boshlab yuboradi. Salor arig’i atroflarida bo’lib o’tgan jangda mudofaachilar dastlab ruslarga qattiq zarba berib ularni chekinishga majbur qiladilar, kunning o’rtalariga yaqin ruslar zambaraklardan o’q otib jangni boshlaydilar. Aliquli ham keyingi yillarda takomillashtirilgan xonlik zambaraklarining ruslarga qarshi o’q otishlarini shaxsan o’zi boshqarib boradi. Shu vaqtda uning yaqinida ruslarning zambarak snaryadi portlaydi va Amirlashkar og’ir yarador bo’ladi. Kunning ikkinchi yarmida u vafot etadi va bundan habardor bo’lgan fitnachi qirg’iz va qipchoq sarbozlari jang maydonini tashlab ketadilar. Mudofaa ishlarining butun og’irligi shahar aholisi ustiga tushadi. Shahar ulamolarining sa’y-harakatlari bilan Buxoro amridan so’ralishi ham natijasiz tugaydi. Shaharliklar bosqinchilarga qarshi qattiq kurash olib boradilar. Biroq kuchlarning teng emasligi, oziq-ovqat va suvsizlik, qurol-yarog’larning kamligi mudofaachilarning mag’lubiyatiga sabab bo’ladi. Ruslar 1865 yilning 16-17 iyunь kunlari shiddatli janglar qilib, Toshkent shahrini bosib oladilar. Ruslar tomonidan bosib olingan joylarning barchasi Rossiya mulki eeb e’lon qilindi.