1. XIX asr o’rtalarida Qo’qon xonligining siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli XIX asr boshida Norbutabiydan so‘ng uning o‘g‘li Olimxon 1801-1810 yy


Rossiya imperiyasi tomonidan O’rta Osiyoga nisbatan harbiy harakatlarning boshlanishi



Download 0,63 Mb.
bet3/47
Sana22.02.2023
Hajmi0,63 Mb.
#913932
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
3 kurs savollar O\'zbekiston tarixi(javoblari bn)

6. Rossiya imperiyasi tomonidan O’rta Osiyoga nisbatan harbiy harakatlarning boshlanishi.

Rossiya imperiyasi XIX asr boshlaridanoq Turkistonni hududiy – geografik, harbiy-siyosiy, ilmiy o’rganishga jiddiy kirishdi. 1803 yilda Ivanov boshchiligidagi dastlabki missiya xonliklar orasida harbiy, siyosiy, iqtisodiy jihatdan katta kuchga ega bo’lgan Buxoroga yetib keldi va amirlik haqida birqancha ma’lumotlarni qo’lga kiritdi. 1920 yilda A.F.Negri boshchiligida o’z tarkibida olimlardan G.Meyendorf, E.Eversman, Budrinlarga ega bo’lgan ikkinchi missiya amirlik haqida ko’proq ma’lumot yig’ish uchun keldi. G.Meyendorf kelajakda rus qo’shinlarining Buxoroga harbiy bosqinchilik bilan kelganlarida foydalanishlari uchun butun tafsilotlarni o’zida mujasam etgan xaritalar tuzish bilan shug’ullandi. 1834 yilda Buxoroga yangi missiya yuborildi. Bu missiya mutlaqo josuslik maqsadidagi topshiriqlarni bajardi. Bu missiyaga turkiy tillarni va bu xalqlarning tarixini yaxshi bilgan qozon universitetining Sharqshunoslik fakulteti talabasi P.CH.Demizon rahbarlik qildi. Unga tatar mullasi Mirza Ja’far nomi bilan soxta pasport va diplomatligini tasdiqlovchi hujjat berildi. Unga yuklatilgan vazifa o’ta muhim bo’lib, Rossiya bilan Xiva o’rtasida urush kelib chiqsa Buxoro bunga qanday munosabatda bo’lishini aniqlashdan iborat edi. 1835 yilda praporshik Vitkevich maxfiy ko’rsatmalar bilan Buxoroga jo’natildi. 1839 yil aprelda Buxoroga muhandis – geolog, kapitan Kovalevskiy boshchiligidagi ekspeditsiya yuborildji va unga Turkistondagi mavjdu oltin va boshqa ma’dan konlarini xaritalashtirish topshirildi. SHuningdek Buxoro amirligining geologik tuzilishi, Buxoroda oltin buyumlar bilan savdo qilishning ahvoli va amirlikning tashqi savdo munosabatlari haqida statistik ma’lumotlar to’plash vazifasi yuklatilgan edi. 1841 yil Buxoroga N.Xanikov boshchiligidagi missiya o’z tarkibida N.Zalesov, Leman kabi olimlar bilan birgalikda keldi va O’rta Osiyo flora va faunasini o’rganishga kirishdi. 1843 yilda N.Xanikov o’z safar natijalari haqida hisobot to’plab tashqi ishlar vazirligiga topshirdi va shu yiliyoq hisobt tegishli idoralar uchun yo’llanma sifatida «Opisanie Buxarskogo xanstva» nomi bilan kitob holida nashr etildi. Bu kitob O’rta Osiyoga yurish qiladigan qo’shinning zobit va askarlariga tarqatish uchun Orenburg general – gubernatorligiga jo’natildi. Kitobda Buxoro xaritasi, Samarqand shahri plani ilk marta e’lon qilindi. 1842 yilda Buxoro amirligiga yuborilgan K.Butenevga yanada maxfiy topshiriq berildi. U bu topshiriqlarni qoyil qilib bajardi. Rus hukumatiga «Buxoroga qo’shin tortib borish imkoniyatlari» deb atalgan maxfiy ish topshirdi. Unda amirlikni bosib olish mumkinligi aniq tavsiflab berilgan. Hukmuatni va rus generallarini amirlikni tezroq bosib olishga undadi. Xuddi shunday missiyalar Xiva va qo’qon xonliklariga nisbatan ham amalga oshirilgan. 1820 yilda kapitan Muravьyov boshchiligidagi missiya Xiva xonligini bosib olish Rossiya uchun Buxoro va Hindistonga yo’l ochadi va butun O’rta Osiyoni Rossiya ta’sirida ushlab turish imkoniyatini beradi degan xulosaga keladi va bu xulosalarga tayangan hamda Muravьyovning maslahatlariga amal qilgan graf Perovskiy rus hukumatining roziligini olib, 1839 yil Xivaga yurish qiladi va to’la mag’lubiyatga uchraydi. Yurish ishtirokchisi M.Ivanin «Opisanie zimnego poxodav Xivu (1839-1840gg)» nomli asarida Xiva xonligi ustidan tamomila o’lim hukmini chiqarish va unga xatto kerak bo’lsa eklogik urush e’lon qilish, ya’ni, Amudaryoni Kaspiy dengiziga burib yuborish takliflarini kiritadi. Bu g’oyalari bilan rus mustamlakachilari shafqatsizlik borasida Chingizxondan ham o’tib ketgan edilar. 1858 yil O’rta Osiyoga yuborilgan polkovnik Ignatьev boshchiligidagi missiya o’z ishini tugatar ekan, «O’rta Osiyo xonliklari bilan teng asosdagi savdo va boshqa aloqalar foyda bermaydi. Elchilarni kutish va jo’natishga ketadigan barcha harajatlarni harbiy yurishglarga sarflab, bu hududlarni bosib olishkerak» – mazmunidagi o’ta shovinistik va bosqinchilik ruhi yaqqol namoyon bo’lib turgan xulosalarni chiqaradi. Yuqoridagi kabi missiyalar va ekspeditsiyalar, elchiliklar yordamida Rossiya imperiyasi O’rta Osiyo xonliklari to’g’risida ko’plab qimmatli ma’lumotlarga ega bo’ldi. Xonliklar orasida birlikning yo’qligi, ular o’rtasida davom etib turgan qonli nizolardan foydalanib tezroq xonlik ularni bosib olish rejasini ishlab chiqa boshladi va ularni amalga oshirishni eng tajribali rus generallariga topshirdi.


Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish