1. XIX asr o’rtalarida Qo’qon xonligining siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli XIX asr boshida Norbutabiydan so‘ng uning o‘g‘li Olimxon 1801-1810 yy


Turkison o’lkasining xom ashyo manbaiga aylantirilishi



Download 0,63 Mb.
bet18/47
Sana22.02.2023
Hajmi0,63 Mb.
#913932
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47
Bog'liq
3 kurs savollar O\'zbekiston tarixi(javoblari bn)

22. Turkison o’lkasining xom ashyo manbaiga aylantirilishi.
Rossiyada kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining taraqqiy etishi asosiy qatlami qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan Turkiston o‘lkasi mahalliy xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy turmush tarzini o‘zgartirib yubordi. Bu dehqonchilikda savdo munosabatlarining o‘sishiga hamda o‘lkada paxta maydonlari kengayib, paxtachilikning rivojlanishiga olib keldi. Turkistonda yetishtiriladigan boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga nisbatan paxtachilik uchun berilgan barcha imtiyozlar, o‘lkani metropoliya markazi bilan bog‘lovchi temir yo‘llar qurilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad, birinchi navbatda, jadal sur’atlarda rivojlanayotgan Rossiya yengil sanoatining paxta xom ashyosiga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdan iborat edi.
Rossiya yengil sanoatini arzon xom ashyo bilan ta’minlashga qaratilgan Turkiston qishloq xo‘jaligida paxtachilikni rivojlantirish siyosati o‘lkada savdoga ixtisoslashgan dehqonchilikning paydo bo‘lishi va o‘sishiga turtki bo‘ldi. Markaziy Rossiyada sanoatning rivoji va chekka mustamlakalarda savdo dehqonchiligining o‘sishi natijasida yangi bozorlar yuzaga keldi. Mustamlaka ma’muriyati Turkistonda qayta ishlab chiqarish sanoati taraqqiyotiga sun’iy to‘siqlar qo‘yib, barcha choralarni qo‘llash orqali paxtachilikni rivojlantirib bordi.
Hukmron doiralar o‘zlarining bu siyosatini Rossiyada to‘qimachilik sanoatining misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib borganligi bilan izohlashdi. 1890 yildan 1900 yilgacha bo‘lgan o‘n yil mobaynida kalava ip yigirish hajmi 7.394 ming puddan 14.605 ming pudga yoki 97,5 foizga ko‘paydi. To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi esa 6.671 ming puddan 11.703 pudga o‘sib, 75,4 foizni tashkil qildi.
Rossiya yengil sanoatning xom ashyoga bo‘lgan ehtiyoji kuchayib, o‘lkada paxtachilikning sanoat darajasida taraqqiy etishiga sharoit yaratdi. Podsho hukumati va rus savdo-sanoati doiralari chetdan keltiriladigan Amerika paxtasidan ko‘ra arzon xom ashyoga ega bo‘lish maqsadida Turkistonda turli yo‘llar bilan paxtachilikni rivojlantirishga katta e’tibor berdi. Turkiston paxtasi nihoyatda arzon bo‘lishi bilan birga, sifati jihatidan Amerika paxtasidan qolishmasdi. Taqqoslash uchun Turkistonda yetishtirilgan mahalliy paxta navining bir pudi 3 rubl 50 kopeekdan 5 rublgacha baholangan bo‘lsa, xalqaro bozorda Amerika paxtasining har pudi 6 rubldan kam bo‘lmagan.
Turkistonda paxtachilikning rivojlanishidan rus sanoatchilari va mahalliy boylargina emas, balki podsho hukumati ham katta daromad oldi. Zero, XIX asrning 80-90-yillarida hukumat amerika paxtasi uchun har yili 90 mln. rubl (tilla hisobida) to‘lab kelgan, keyingi yillarda bu ko‘rsatkich 100-105 mln. rublga yetgan.
1908-1909 yillarda Turkistonda taftish ishlarini olib borgan K.K.Palen o‘z hisobotida quyidagicha xulosa beradi: “Turkiston o‘lkasida paxtachilikning jadal rivojlanib borishi Rossiya yengil sanoatining Amerika paxtasiga bo‘lgan qaramlikdan ozod etib, o‘z xom ashyo zahirasiga ega qildi”.
Rossiya to‘qimachilik sanoatining Turkiston paxtasiga bo‘lgan talabi chetdan keltiriladigan xom ashyoga nisbatan tinimsiz o‘sib bordi. Oqibatda Turkistonda yetishtirilgan paxta dastlabki vaqtda rus to‘qimachilik sanoatining xom ashyoga bo‘lgan ehtiyojini 23,8 foizga, 1900 yilda 38,2 foiz, 1910 yilda 50,8 foiz va Birinchi jahon urushi arafasida 70 foizga qondirgan. Rossiya to‘qimachilik sanoati tomonidan 1910 yilda 22.085 ming pud paxta tolasi qayta ishlangan bo‘lsa, shudan 11.239 ming pudini O‘rta Osiyo paxtasi tashkil qilgan. Turkiston o‘lkasida paxtachilikning rivojlanishi rus to‘qimachilik sanoati vakillarining Osiyo bozoridagi mavqeini yanada mustahkamladi.
Turkistonda paxta yetishtirishning o‘sib borishi rus yengil sanoati doiralarini chet el paxtasiga qaramlikdan ozod qilgan. Chunonchi, 1908-1909 yillarda rus yengil sanoati uchun zarur paxta xom ashyosining 56 foizi chetdan olib kelinib, 44 foizi Turkiston paxtasi hisobidan qoplangan bo‘lsa, 1914-1915 yillarga kelib, o‘lkada yetishtirilgan paxta umumiy ehtiyojning 70 foizini qondirgan.
Turkistonda paxtachilikning keng ko‘lamda rivojlanib borishida boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarga nisbatan paxta ekiladigan yer maydonlari va undan olinadigan hosilga berilgan imtiyozlar katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1891 yil 11 iyunda qabul qilingan qonunga ko‘ra paxta ekilgan yer maydonlaridan undiriladigan soliq miqdori boshqa ekinlarga belgilangan, yalpi daromadning 10 foizi miqdorida to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqdan ancha kam bo‘lgan. Mazkur qonunga asosan paxta ekiladigan yerlarning imtiyozli soliqqa tortilishi vaqtinchalik chora sifatida 6 yil muddatga belgilangan edi.
Turkistondan metropoliyaga yetkazib berilgan paxta xom ashyosi uchun AQShdan keltirilgan paxtadan ko‘ra kam, ya’ni har pudiga o‘rtacha 2 rubl 38 kopeek haq to‘langan. 1891-1896 yillar mobaynida bojxona tomonidan amerika paxtasi uchun o‘rtacha 8 rubl 88 kopeek, Turkiston paxtasiga esa 6 rubl 50 kopeek narx belgilangan edi. Natijada rus ishbilarmon doiralari 26 mln. pud Turkiston paxtasidan 61.88 mln. rubl tejab qolishdi. Bundan tashqari, 1899 yilda har desyatina yerdan olingan umumiy yalpi daromad amerika paxta navidan 120 rubl, mahalliy navdan esa 20-50 rublni tashkil qildi.
Shunday qilib, amerika paxta navi o‘zining qator qulayliklari va iqtisodiy jihatdan serdaromad ekanligi bois, keng yer maydonlarini qamrab bordi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 1888 yilda Turkiston o‘lkasining uchta viloyatida, ya’ni Sirdaryoda – 15.745 desyatina, Samarqandda – 1000 desyatina va Farg‘onada 20.483 ming desyatina yerga amerika paxta navi ekildi. Shu yili amerika navidan olingan umumiy hosil 563.000 ming pudni tashkil qildi. Viloyatlar bo‘yicha bu ko‘rsatkich Sirdaryoda 270.000, Farg‘onada 278.000, Samarqandda 15.000 ming pudga to‘g‘ri keldi. O‘z navbatida, mahalliy paxta navi ekilishi birmuncha qisqardi. 1888 yilda Sirdaryo, Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida jami 48.299 ming desyatina maydonga paxta ekilib, 525.000 ming pud hosil olindi.
Paxta maydonlarining kengayishi tabiiy sharoit noqulay kelgan yillarda aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini qiyinlashtirgan. Misol uchun, 1911 yilda ob-havoning noqulay kelishi oqibatida viloyatning ko‘plab joylarida aholi iste’moli uchun yetarli non bo‘lmagan. Hatto chorva mollarini boqish uchun na tog‘larda, na tekisliklarda o‘t-o‘lanlar topilmagan. Shunday sharoitda mahalliy aholi makka ildizidan un olinib, undan go‘ja tayyorlab jon saqlashga majbur bo‘lgan edi.
Paxta maydonlarining oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa boshoqli ekinlar hisobiga kengayib borishi mahalliy mehnatkash aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga salbiy ta’sir o‘tkazishi mustamlaka hukmron doiralarini umuman tashvishga solmagan. Ularning fikriga ko‘ra paxta yetishtirish borasida barcha imkoniyatlar hali ishga solinmagan. Bu masaladagi muammo, birinchidan, sug‘oriladigan yer maydonlarining chegaralanganligi bo‘lsa, ikkinchidan, paxtachilikning barqaror rivoji yo‘lidagi asosiy va jiddiy to‘siqlardan biri dehqonlar uchun mayda va arzon kreditlarning yo‘qligida ekanligi ta’kidlanadi.
Paxtachilik Turkiston o‘lkasi aholisining asosiy tirikchilik manbaiga aylanib qoldi. Bu davrda, yuqorida ta’kidlanganidek, o‘lka viloyatlari ichida Farg‘ona asosiy paxta markaziga aylanib ulgurdi. Paxta hosili va unga belgilangan narx-navo tufayli viloyat aholisining iqtisodiy barqarorligi ta’minlandi. Ushbu mahsulotning to‘qimachilik sanoatidagi ahamiyati yuqoriligi bois, chet el, xususan, AQSh paxtasiga qaramlikdan qutilish yo‘lidagi yagona chora sifatida paxta ekin maydonlarini kengaytirishga zo‘r berildi.
Paxta sanoat o‘simligi sanalib, faqatgina mahalliy shart-sharoitlar bilangina tartibga solinmasdan, birinchi navbatda, jahon bozori talablariga bo‘ysunadi. Biroq, paxta maydonlarining kengayishi yoxud qisqarib borishini faqatgina jahon bozori talablari bilan izohlash to‘g‘ri emas. Buning boshqa asosiy va doimiy sabablari ham mavjud bo‘lib, u paxtachilik masalasiga bevosita o‘z ta’sirini o‘tkazib kelgan. Og‘ir mehnat talab qiluvchi paxta ekiladigan yerlarga ishlov berish uchun dehqon qo‘lida zaruriy mablag‘ning yo‘qligi va oziq-ovqat narxlarining keskin oshib ketganligi shunday omillardan biri edi deyish mumkin. Shu bilan birga, har yili dehqonlar tabiiy sharoitning noqulay kelishi, chigirtka kabi hashoratlar yetkazgan zarar tufayli katta ziyon ko‘rishgan. Mazkur omillar paxtachilik sohasida vujudga kelgan muammolar bo‘lib, ular mehnatkash aholi turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Turkiston o‘lkasi va metropoliya hukmron doiralari paxtachilikdagi mavjud muammolardan to‘la xabardor bo‘lsa-da, ularni hal etish borasida hech qanday chora-tadbir ko‘rmadi. Muammolar ijobiy yechimini topmagan bo‘lsa ham paxta o‘zlashtirilgan serhosil yerlar hisobiga kengayib boraverdi.
Paxtachilikning rivojlanishi oqibatida o‘lkada, jumladan, paxta yetishtirish markazi bo‘lgan Farg‘ona viloyatida yersiz va qarzdor dehqonlar soni tinimsiz o‘sib bordi. Misol uchun, yersiz xo‘jaliklar Marg‘ilon uezdida 22, Andijonda 15,4 va Namangan uezdida 10,9 foizni tashkil etardi.
Paxta maydonlarining kengayishi bilan bir qatorda, olinadigan hosil miqdori ham o‘sib borgan. Agar 1888 yilda 1,1 mln. pud paxta hosili olingan bo‘lsa, 1915-1916 yillarda 18,5 mln. pud hosil yetishtirilgan. Ya’ni 28 yil ichida paxta hosildorligi 17,4 barobarga o‘sgan.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish