1. XIX asr o’rtalarida Qo’qon xonligining siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli XIX asr boshida Norbutabiydan so‘ng uning o‘g‘li Olimxon 1801-1810 yy



Download 0,63 Mb.
bet20/47
Sana22.02.2023
Hajmi0,63 Mb.
#913932
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47
Bog'liq
3 kurs savollar O\'zbekiston tarixi(javoblari bn)

24. 1916-yilgi milliy – ozodlik harakati.
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida imperiya ma’murlari Turkistondagi mahalliy aholining milliy-ozodlik harakatlarini shafqatsizlik bilan bostirib turgan bo‘lsa-da, o‘lkadagi norozilik harakatlari va qo‘zg‘olonlar to‘xtamadi. Chunki, 1910-1914 yillarda Turkiston o‘lkasi aholisi o‘rtasida milliy o‘zlikni anglash jarayoni kuchaya boshlagan edi. Undan tashqari, 1914 yilda Rossiyaning birinchi jahon urushiga qo‘shilishi, shu yilning 26 iyulida Turkiston o‘lkasi “favqulodda muhofaza holatida” deb e’lon qilinishi vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Bu e’longa ko‘ra, har qanday tashviqot va targ‘ibot ta’qiqlanib, tartbni buzganlarga Maxsus qo‘mita tomonidan 500 rublgacha jarima yoki o‘n oy muddatga qamoq jazosi belgilandi.
Birinchi jahon urushi yillarida o‘lkadagi mavjud mustamlaka tuzumidan norozilik mahalliy ishchilar va hunarmandlar orasida ham kuchayib bordi. Xususan, arxiv hujjatlari ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi O‘zbekiston hududlarida joylashgan 425 ta sanoat korxonasidan 220 tasi paxta tozalash, 76 tasi ko‘n-teri ishlab chiqarish, 32 tasi pilla quritish zavodlari bo‘lib, ularda jami 18 ming nafar ishchi ishlagan. Ishchilar juda og‘ir sharoitlarda kuniga 12-14 soatdan mehnat qilganlar.
Temir yo‘l ishchilari orasida mahalliy millat vakillari 4,5-5 ming ishchini tashkil etgan. Aynan temir yo‘l sohasidagi qora ishlardagi, qurilishlardagi va malakali ishlardagi mahalliy ishchilar inqilobiy va tuzumdan norozi kayfiyatdagi, turli islohotlar tarafdorlari bo‘lgan harakatlar ta’siri ostida o‘z haq-huquqlarini tanib, milliy o‘zligini anglay boshlagan edilar. Toshkent Bosh temir yo‘l ustaxonasidagi goh yashirin, goh oshkora kurash jarayonida tajribaga ega bo‘lgan o‘zbek ishchilari, ularning yo‘lboshchilari bo‘lganligi haqida ko‘plab arxiv manbalari ma’lumot beradi.
Birinchi jahon urushi yillarida Turkiston o‘lkasidagi hunarmadlarning soni 100 mingdan oshiq bo‘lib, ularning ham ahvoli ancha og‘ir edi. Xususan, o‘lkada to‘xtovsiz kirib kelayotgan rus sanoati mahsulotlarining raqobati ko‘pchilik hunarmandlarni xonavayron qilib, boshqa kasb-hunarga o‘tishga majbur qilar edi. Undan tashqari, hunarmandchilik sanoati mahsulotlarining qiymati esa, Turkiston o‘lkasi fabrika va zavodlari mahsulotlari qiymatining 22 foizi tashkil qilgan xolos.
Birinchi jahon urushi Turkiston o‘lkasining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga asoslangan iqtisodiy hayotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Buning natijasida urush davrida o‘lka aholisining 90 foizini (XIX asr oxirida 80 foiz bo‘lgan) tashkil etgan dehqonlar va chorvadorlarning ahvoli yanada og‘irlashdi. Xususan, 1916 yildan boshlab ilgarigi yillarga nisbatan chorva mollari sonining kamayib ketishi, o‘lkaning asosiy ekini bo‘lgan paxta maydoni ham, hosildorligi ham kamayib ketishi oddiy xalq ahvolini yanada mushkullashtirdi.
Undan tashqari, bu davrda dehqonlardan olinadigan soliqlarning hajmi ham tobora ortib bordi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Turkistonda yer solig‘i 1914 yilda 6 859 021 rubl bo‘lgan bo‘lsa, 1916 yilga kelib bu raqam 14 311 771 rublni, ya’ni, ikki barobar ko‘p miqdorni tashkil etgan edi. Arxiv ma’lumotlariga asoslangan yangi adabiyotlarda berilishicha, 1915 yilda o‘lka aholisidan maxsus harbiy soliq olinib, bu soliq paxtakorlar uchun har pud paxtadan 2 rubl 50 kop.ni tashkil etgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 1915 yilgi bu soliqlarning umumiy miqdori 38 329 000 rubldan iborat bo‘lgan.
E’tibor berish lozimki, urush yillarida mustamlakachilar Rossiya to‘qimachilik sanoati manfaatlarini himoya qilib, bozor iqtisodiyoti qonunlariga xilof ravishda paxtaning har bir pudiga qat’iy narx – 24 rubl belgilagan edi. Natijada, paxtakor dehqonlar bir yil ichida 60 mln rubl zarar ko‘rdilar. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1915 yilda paxtaning narxi 50 foizga oshirilgan bo‘lsa, boshqa zarur mahsulotlar narxi 400-500 foizga, nonning narxi esa 6 baravarga ko‘tarilib ketdi. Natijada, chayqovchilik va sudxo‘rlik avj olib, oddiy mehnatkash aholining noroziligi kuchayib bordi.
Zamonaviy adabiyotlarda berilishicha, imperiya mustamlakachilari birinchi jahon urushi yillari Turkistondan 59 mln.pud paxta, 8,5 mln.pud paxta yog‘i, 950 ming pud pilla, 2.925 ming pud teri, 300 ming pud go‘sht, 229 ming pud sovun, 474 ming pud baliq olib ketishgan. Undan tashqari frontga yordam uchun aholidan 70 ming ot, 12 mingta tuya, 38 ming kvadrat metr gilamnamatlar, 2400 ming naqd pul yig‘ib olingan.
Buning ustiga kundalik ehtiyoj mahsulotlarining narxi nihoyatda oshib ketgan bir sharoitda rus imperatorining mardikorlik to‘g‘risidagi farmoni mehnatkash xalq bo‘ynidagi iqtisodiy asoratlar ustiga og‘ir yuk bo‘lib tushdi.
Birinchi jahon urushi ishtirokidagi ko‘plab qurbonlar hamda yo‘qotishlar Rossiya imperiyasini tobora holdan toydirib bordi. Imperiya ma’murlari qanday qilib bo‘lsa-da, vaziyatni yengillashtirish choralarini izlay boshladilar. Rossiya Oliy Bosh qo‘mondonlik shtabi harbiy vazirlikdan “armiya ehtiyojlari uchun salmoqli miqdorda kuch ajratishni” zudlik bilan talab qildi. Harbiy vazirlik esa bu masalani mustamlakalar hisobidan hal qilishga qaror qildi. Natijada 1916 yil 25 iyun kuni imperator Nikolay II ning «Imperiyadagi rus bo‘lmagan erkak aholini harakatdagi armiya rayonida mudofaa inshootlari va harbiy aloqa yo‘llari qurish uchun olib boriladigan ishlarga, shuningdek, davlat mudofaasi uchun qilish zarur bo‘lgan boshqa har qanday ishlarga safarbar qilish haqidagi” farmoni e’lon qilindi.
Ushbu farmonga ko‘ra, Sibir, O‘rta Osiyo, Qozog‘iston, Kavkaz orti xalqlari aholisidan 19 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan 400 ming erkak front ishlariga, ya’ni, mardikorlikka safarbar qilinishi lozim edi. Turkiston general-gubernatori A.N.Kuropatkinga zudlik bilan farmonni amalga oshirish buyurilib, Sirdaryo viloyati zimmasiga 87 ming, Samarqandga 88 ming, Farg‘ona viloyati zimmasiga 50 mnig kishi yuborish majburiyati yuklandi.
1916 yil 2 iyulda Toshkentda, general-gubernatorlik qoshida kengash chaqirilib, oliy amaldorlar doirasida podsho farmonining ijrosi muhokama qilindi. Ushbu kengashda Farg‘ona viloyatining paxta yetishtirishga mo‘ljallangan tumanlari ko‘p bo‘lganligi bois, bu viloyatdan mardikorlikka o‘lkaning boshqa viloyatlariga nisbatan olti baravar kam olishga kelishib olindi. Farg‘ona viloyatining o‘sha paytdagi harbiy gubernatori A.Gippius vaziyatni to‘g‘ri anglab, turli yo‘llar bilan xalq orasida tushuntirish ishlari olib bordi, isyonlar va g‘alayonlarning oldini olishga harakat qildi. U hatto, podshoning mardikorlikka olish haqidagi farmonini Farg‘ona viloyatida vaqtincha to‘xtatib turishga ko‘rsatma berdi.
Ammo, imperiya ma’murlari vaziyatga to‘g‘ri baho bera olmadilar. A.Gippius zudlik bilan vazifasidan ozod etilib, o‘rniga o‘ta ketgan shovinist P.Ivanov tayinlandi.
Podsho farmonining ijrosi boshlanishi bilanoq nohaqliklar va adolatsizliklar, quyi ma’muriyatning o‘zboshimchaligi va yuqori ma’muriyatning zo‘ravonliklari yuzaga chiqdi. Samarqand harbiy gubernatori N.S.Likoshin rus hokimiyati vakillarining noqobilligini shunday ta’riflagan edi: “Norozilik harakati ko‘tarila bordi, goh u yerda, goh bu yerda ur-yiqitlar hamda o‘ldirishlar sodir bo‘ldi. Mahalliy amaldorlarning tushuntirishlari va ogohlantirishlari xalqqa ta’sir qilmadi. Ma’muriyatlarning so‘zlariga xalqning mutlaqo ishonchi qolmadi”.
“Xalq ishonchini qozonish” hamda “podsho farmonini tinch yo‘l bilan bajarish” uchun harakat qilgan A.Gippius adashmagan edi. Mardikorlikka olishga qarshi isyonlar dastavval Farg‘ona viloyatida boshlandi. 1916 yilning 4 iyulida Xo‘jandda qo‘zg‘olon ko‘tarilib, 7 ming kishilik olomon politsiya mahkamasiga hujum qilgan bo‘lsa, 9 iyulga kelib Qo‘qon madrasasi talabalri mirshablar bilan to‘qnashdilar. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1916 yilning 10 iyulidan 15 iyuliga qadar Farg‘ona viloyatining Eski Marg‘ilon, Qo‘qon, Namangan, Andijon, Chust uezdlarida katta g‘alayonlar bo‘lib o‘tib, safarbarlikka qarshi oshkora chiqishlar boshlanib ketdi. 12-15 iyul kunlari Fayzobod, Hazratsho, Rishton, Yaypan, Bachqir qishloqlarida aholining katta-katta g‘alayonlari bo‘lib o‘tdi. Xullas, 1916 yilning iyulida qo‘zg‘olonlar butun Farg‘ona vodiysiga yoyildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, vodiyning 17 ta joyida mahalliy aholining harbiy qismlar bilan qurolli to‘qnashuvlari bo‘lib o‘tgan. Bu to‘qnashuvlar natijasida yuzlab begunoh kishilar haloq bo‘lib, minglab kishilar jarohatlandi.
Mardikorlikka qarshi qaratilgan milliy-ozodlik harakatlari o‘lkaning markazi bo‘lgan Toshkentda ham bo‘lib o‘tdi. Qo‘zg‘olonchilar 11 iyulda Beshyog‘och politsiya idorasiga hujum qildilar. To‘plangan xalq yordamga yetib kelgan podpolkovnik Saviskiy boshliq praporщiklar rotasidan ham hayiqmay, ularga qarshi jang qildilar. Yovuzligi va razilligi bilan nom qozongan pristav Mochalov qo‘zg‘olonning faol ishtirokchisi, o‘zbek ayoli Ro‘zvonbibi Ahmadjonovani o‘z qo‘li bilan otib tashladi. 13 iyulda To‘ytepa bo‘lisida mingga yaqin aholi mardikorlik majburiyatini bajarishdan bosh tortdilar. Toshkent tumaniga yuborgan polkovnik Afanasevning jazo otryadi isyonchilarni shafqatsizlarcha jazoga tortdi.
Qo‘zg‘olonning ko‘lami tobora kengayib borayotganidan xavotirga tushgan mustamlakachi ma’murlar bu vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlay boshladilar. Natijada, podsho Nikolay Iining farmoni bilan 1916 yil 17 iyulda Turkiston harbiy okrugida harbiy holat joriy etilib, boshqaruv to‘la ravishda harbiy qo‘mondonlik ixtiyoriga topshirildi. Jazo otryadlari tuzilib, harbiy dala sudlari tashkil etildi.
Shunga qaramasdan qo‘zg‘olonlarning ko‘lami va ta’sir doirasi pasaymasdan, aksincha, kengayib bordi. Bu qo‘zg‘olonning eng kuchli markazi Jizzax edi. Milliy ozodlik harakati Jizzaxda shunchalik kuchli bo‘lgan edi-ki, hozir ham adabiyotlarda bu kurashni “Jizzax qo‘zg‘oloni” yoki “Jizzaxdagi mardokorlikka qarshi qo‘zg‘olon” deb nomlash uchrab turadi.
Jizzax shahridagi mehnatkash aholi 1916 yil 13 iyulda podsho farmoniga ko‘ra tuzilgan safarbarlikka chaqirilganlarning ro‘yxatini talab qilib shahardagi oqsoqol va mingboshining mahkamasiga to‘plandilar. Bu to‘qnashuvda tumanboshi podpolkovnik Runin, bosh oqsoqol Yo‘ldoshev, pristav va tilmochlar o‘ldirildi. Mingboshi mahkamasi vayron qilinib, mardikorlar ro‘yxati topib olinib, yoqib yuborildi. Qo‘zg‘olonni bostirish uchun yuborilgan jazo otryadi qattiq zarbaga uchradi.
18 iyulga kelib ushbu milliy-ozodlik harakatining ko‘lami yanada kengayib ketdi. Shu kuni kurashchilar Nazirxo‘ja eshon boshchiligida yangi shaharga tomon yurdilar. Jazo otryadi bilan qo‘zg‘olonchilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar natijasida har ikkala tomondan ham ko‘plab qurbonlar berildi. G‘azablangan qo‘zg‘olonchilar temir yo‘l stansiyalaridagi neft zahiralarini yoqib yubordilar. Aloqa simlari uzib tashlanib, Obrucheva, Kuropatkino, Rostovsevo stansiyalari, 6-temir yo‘l ko‘prigi buzib tashlandi. Bir paytning o‘zida Abdurahmon Jevachi boshchiligida Bag‘dod volostida ham g‘alayonlar bo‘lib o‘tdi. Podpolkovnik Afanasevning jazo otryadi Jizzaxdagi qo‘zg‘olonlarni bostira olmadi.
Vaziyatdan tashvishga tushgan Turkiston general-gubernatori 21 iyul kuni Jizzaxga polkovnik I.Ivanov boshchiligidagi katta jazo otryadini yubordi. Uning tarkibida 13 rota askar, 3 rota kazaklar, 3 rota sapyorlar, 6 ta to‘pli batareya – jami bo‘lib 2,5 ming kishilik jazo qo‘shinlari bor edi. Bu jazo otryadi Jizzaxdagi qo‘zg‘olonni shafqatsizlarcha bostirdi. Eski Jizzax ayovsiz to‘pga tutilib, yondirib yuborildi. Mahalliy aholidan 1810 desyatina hosildor yerlar tortib olinib, ularning egalari cho‘lga quvg‘in qilindi. Mingdan ortiq kishi qamoqqa olinib, ularning ko‘pchiligi qatl etildi va surgun qilindi.
General–gubernatorning imperatorga yo‘llangan maxfiy axborotida Jizzaxdagi qo‘zg‘olon paytida 97 ta rus askari o‘ldirilib, 86 tasi yarador bo‘lgani, 76 ta askar bedarak yo‘qolgani, 7 ta rus amaldori, rus aholisidan 2326 kishi o‘ldirilib, 1384 kishi yo‘qolgani haqida ma’lumot berdi. Ammo, general-gubernator o‘n minglab qurbon bo‘lgan mahalliy aholi hisobi haqida hech gap aytmagan.
1916 yilgi mardikorlikka qarshi olib borilgan milliy-ozodlik harakatlarida qoraqalpoqlar ham faol ishtirok etgan edilar. Xususan, 24 iyulda Sho‘raxon volostining To‘rtko‘l bo‘limida qoraqalpoq ayollari volost boshqaruvchisi Qozoqboy Abdukarimboevdan mardikorlikka olinganlar ro‘yxatini va o‘z erlari hamda o‘g‘illarini safarbarlikdan ozod qilishni talab qilganlar. Bunday harakatlar 26 iyulda Xo‘jaev jamoasida, 27 iyulda Eshim volostida, 29 iyulda Saribiy volostida, To‘rtko‘l volostida, Chimboy shahrida, 4 avgust kuni Mo‘ynoqda ham bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpoq qo‘zg‘olonchilariga qarshi Kaspiy orti viloyatining 4Sibir o‘qchi polki jo‘natildi. Mustamlaka ma’murlari ularning chiqishlarini qurol kuchi bilangina bostirishga erishdilar. Natijada, qo‘zg‘olonlarda ishtirok etganlardan 103 nafari, jumladan 18 ta ayol qamoqqa olindi. Qo‘zg‘olon rahbarlarining bir qismi osib o‘ldirildi, bir qismi esa turli muddatlar bilan Sibirga surgun qilindi. Bo‘riboy Salmanov, Olloniyoz Xudoynazarov, Davlat Eshimbetov, Jabbor Qo‘shiq, Sulton Jabborberganov, Avaz To‘ti Orazbeygamova, Oygul Mambetova, Gulzoda Tangriberganova, Salima mullo Shalimova, Jumon Mametqulov kabilar qo‘zg‘olonning faollari edilar.
Umuman olganda, mustamlaka ma’murlari Turkistondagi 1916 yilgi qo‘zg‘olonni bostirish uchun katta kuchlarni safarbar etgan edilar. Ma’lumotlarga ko‘ra, buning uchun o‘lka bo‘ylab xalqqa qarshi urush tajribasini ortirgan malakali harbiylardan jami 15 ta batalon, 42 ta to‘p, 69 ta pulemyotga ega 32 ta rotasi jangga tashlangan edi. Shuning uchun ham, 1916 yil 13 dekabrda IV Davlat Dumasida so‘zga chiqqan noib A.F.Kerenskiy “Urush frontlariga yangi bir front – Turkiston fronti qo‘shildi”, deb vaziyatga jiddiy va xolisona baho bergan edi.
1916 yilgi milliy-ozodlik harakati nihoyatda og‘ir qurbonlar bilan kechdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1 mln. Kishining mol-mulki talon–taroj qilingan. Aholi xo‘jaligidagi otlarning 50 foizi, sigirlarning 39 foizi, tuyalarning 55 foizi, qo‘y-echkilarning 50 foizi o‘lgan yoki musodara qilingan. Bu holat oddiy mehnatkash aholi ahvolining yanada og‘irlashuviga olib keldi.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish