1. XIX asr o’rtalarida Qo’qon xonligining siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli XIX asr boshida Norbutabiydan so‘ng uning o‘g‘li Olimxon 1801-1810 yy


Adabiyot, matbuot va jurnalistika



Download 0,63 Mb.
bet14/47
Sana22.02.2023
Hajmi0,63 Mb.
#913932
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47
Bog'liq
3 kurs savollar O\'zbekiston tarixi(javoblari bn)

17. Adabiyot, matbuot va jurnalistika
Turkiston bosib olinib, bu yerda mustamlakachilik tartib-qoidalari o‘rnatilgach, o‘lkada o‘ziga xos murakkab tarixiy-ijtimoiy vaziyat yuzaga keldi. Bunday vaziyat, hukmronlik muhiti birinchi navbatda madaniyat, fan, san’at, adabiyot, ijtimoiy-siyosiy fikr, xalq turmush tarziga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. O‘lkada yevropacha turmush tarzi bilan xalqning asriy an’analari yuzma-yuz keldi. Ularning birqancha sohalari ziddiyatli to‘qnashgan bo‘lsa, ba’zilarida yaqinlashuv jarayoni kuzatildi. Bu voqea va tarixiy hodisalar XIX asrning oxiri – XX asr boshlarida rivojlanib bordi. Bunda mustamlakachi tabaqalar o‘z mavqei, sinfiy-siyosiy maqsadlari bilan bir qutbni, mahalliy xalqlar ikkinchi bir qutbni egalladilar.
Bir tomondan mustamlakachi hukumat mafkurasi o‘lkadagi milliy madaniyat rivojiga qarshi bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, Turkiston hududidagi johil va mutaassib kuchlar ham Yevropaning ilg‘or fan va madaniyatiga salbiy munosabatda bo‘ldilar va milliy madaniyatning rivojiga to‘sqinlik qildilar. Aksincha, har ikki tarafning ilg‘or kuchlari esa ilm-fan va madaniyatning o‘lkada umumiy rivojlanishiga katta hissa qo‘shdilar. Mazkur kuchlar haqiqiy baynalmilallik jabhasida turib umumbashariy madaniyat ravnaqi yo‘lida halol xizmat qildilar. Bundan holis va toza niyatli taraqqiyparvar ziyolilar xalq hurmatini qozonishdi.
Rus xalqi orasidan yetishgan ko‘plab olimlar oddiy xalq hurmatini qozondilar. Rus olimlari esa o‘znavbatida o‘lka xalqlarining boy tarixini, o‘tmishdagi yuksak madaniyatini e’tirof etdilar va o‘z esdaliklarida bu haqda ko‘p martalab qayd etdilar. Biroq, shunday bo‘lsa ham bu olimlar birinchi navbatda mustamlakachi rus hukumatiga xizmat qildilar.
Umuman olganda ikki madaniyatning to‘qnashuvi natijasida ularning o‘zaro ta’siri, ikki aholi turmush tarzida ham sekinlik bilan bo‘lsa-da yaqinlashuv jarayoni boshlandi. Ayniqsa Yevropa madaniyati ta’siri sezilarli darajada ko‘zga tashlana boshladi. Ilg‘or ziyolilar dunyoqarashida bu o‘zgarishlar o‘zining sezilarli ifodasini topdi. Bu adabiyotga ham ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi.
Adabiyotning mazkur davrda buyuk so‘z ustalari Alisher Navoiy, Lutfiy, Nizomiy Ganjaviy, Abdurahmon Jomiy, Turdi, Mahtumquli va Ogahiylar davom ettirgan insonparvarlik g‘oyalariga sodiq qolganligini ko‘ramiz.
Adabiyot xalq ongini uyg‘otuvchi eng muhim vosita bo‘lib, uning atoqli namoyandalari soha rivojlanishiga katta ulush qo‘shib, ijtimoiy adolat tantanasi, yomonlik, jabr-zulmning barham topishi uchun kurashdilar. Ijobiy hodisalarni, taraqqiyotga xizmat qiluvchi omillarni qo‘llabquvvatlab, chirkin illatlarning har qanday ko‘rinishini ayovsiz ochib tashladilar.
Ana shunday jabhada qalam tebratgan taniqli shoir, satira va yumor janri ustasi Muhammad Aminxo‘ja Mirzaxo‘ja o‘g‘li (1850-1903) Muqimiydir. Shoir Muqimiy xalq hayotini chuqur bilib, ularning og‘ir ahvoli, boy tabaqalarning aksincha, to‘kin-sochin, maishatda hayot kechirishi voqea-hodisalarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, ularni haqqoniy tasvirlagan. Shoir ko‘rgan-kechirganlarini shoirona yuksak mahorat bilan talqin qiladi. Natijada bir tomonda Farg‘ona vodiysi go‘zalligi uning qalamidan sayqal topsa, ikkinchi tomonda achchiq xalq hayoti haqqoniy ochiladi.
Ilg‘or g‘oyalar tarafida turgan shoirlardan yana biri (Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqatdir(1858—1909). U o‘z davrining iste’dodli lirik shoiri, publitsisti bo‘lib yetishdi. U jaholat va nodonlikka, qoloqlikka qarshi kurashdi.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida o‘lkadagi adabiy muhitda o‘z o‘rniga va ovoziga ega bo‘lgan adib, taraqqiyparvar guruhning faollaridan biri Sadriddin Ayniydir (1878–1954). U o‘z asarlari va maqolalarida o‘rta asr turg‘unlik muhitining Buxoro amirligi rivojiga asosiy to‘siqligi, shunga ko‘ra Buxoro amirligi boshqaruvini demokratik islohotlar bilan yangilash, ilg‘or davlatlarga tenglashtirish zarurligini dadil ilgari suradi. Bu jihatdan S. Ayniy Ahmad Donish izidan bordi.
XIX asr boshlarida Hamza ham taraqqiyparvar ziyoli adiblar safiga kelib qo‘shiladi (1889— 1929). U maktablar ochdi, o‘zi dars berdi, qo‘llanmalar yaratdi. Bid’atchilar qarshiligiga qaramay yoshlarni ma’rifatga chorladi. Dunyo ahvolotlaridan xabardor bo‘lish uchun Afg‘oniston, Hindiston, Arab, Eron, Rossiya kabi mamlakatlarga safar qildi. Ilm-fan kuch-qudratini yanada ongli idrok etib, Vataniga qaytib qizg‘in pedagogik faoliyat ko‘rsatdi, dramaturgiya, she’riyat, musiqa va bastakorlik sohasida sermahsul ijod qildi. Pedagog, shoir, musiqashunos, aktyor sifatida butun vodiyda, keyinchalik Turkistonda tilga tushdi.
Adolatsizlikka qarshi kurash tyg‘yoni Anbar otin (1870—1906) ijodida ham yaqqol sezildi. Haq, adolat tarafida turib ijod qilgan va ko‘plab she’rlar bitgan shoira Anbar otinning xalqni g‘aflatda yotmay faollikka undagan.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish