1. XIX asr o’rtalarida Qo’qon xonligining siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli XIX asr boshida Norbutabiydan so‘ng uning o‘g‘li Olimxon 1801-1810 yy



Download 0,63 Mb.
bet15/47
Sana22.02.2023
Hajmi0,63 Mb.
#913932
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47
Bog'liq
3 kurs savollar O\'zbekiston tarixi(javoblari bn)

18. Musiqa, teatr, amaliy san’at.

19. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Xiva xonligining hududi, aholisi, ma’muriy-hududiy boshqaruvi va iqtisodi
Markazlashgan va mustaqil davlat - Xiva xonligi podsho Rossiyasi bosqini natijasida 1873 yil 12 avgustida podsho hukumati nomidan Turkiston General Gubernatori K.P. Kaufman va Xiva xoni Muhammad Rahimxon II (Feruz) imzolagan, 18 banddan iborat Gandimiyon shartnomasi tufayli o‘z mustaqilligini yo‘qotib, Rossiya mustamlakasiga aylandi va boshqa davlatlar bilan bevosita tashqi aloqalarni olib borish huquqidan mahrum bo‘ldi. Bu ham yetmaganidek xonning rus hukumatiga, hatto Turkiston general - gubernatoriga ham Amudaryo bo‘limi boshlig‘ining ruxsatisiz murojaat qilishi mumkin emas edi. Ya’ni, Xiva xonligi chor Rossiyasining tipik mustamlakasiga aylandi. Hujjatlarda qayd qilinganidek: "1873 yilgi Gandimiyon shartnomasiga ko‘ra,... Xiva xoni Said Muhammad Rahim Bahodir o‘zini Butunrossiya imperatorining itoatkor quli deb tan olishi bilan xonlik oldingi mustaqilligini yo‘qotdi...". Bosqinchilik, zo‘ravonlik siyosatining asosiy qoidalaridan biri bo‘lgan "Sopini o‘zidan chiqarib" boshqarish va tashqi siyosatdagi o‘z mavqeiga putur yetkazmaslik hamda 1873 yil mart oylarida Xiva xonligini egallamasligi to‘g‘risida Buyuk Britaniya hukumatiga Rossiya hukumatining bergan rasmiy va’dasini buzmaslik uchun podsho Rossiyasi Xiva xonligining ichki boshqaruvida Xiva fuqarolari ustidan xonning cheklanmagan siyosiy hokimiyatini saqlab qoldi.
Xiva xonlari arxivi va boshqa yozma manbalar hamda tadqiqotlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, Xiva xonligida ham boshqa Buxoro va Qo‘qondagi kabi yer maydoni, shu jumladan, aholi sonining aniq hisobi olib borilmagan. Shuning uchun ham Xorazm tarixining XIX asr oxiri - XX asr boshlariga oid tadqiqotlarda mualliflar, asosan, V.Girshfeld va M.N. Galkin, V.Labochevskiy, "O‘rta Osiyoni rayonlashtirish bo‘yicha materiallar" kabi to‘plamlarga tayangan holda Xiva xonligi yer maydonini 62237, 2 kv. km. va aholining umumiy sonini taxminan 400 - 900 ming kishi deb yozishadi. Hatto arxiv hujjatlarida ham Xorazm aholisining soni haqida turli xil ma’lumotlar uchraydi. 1910 yilda Xiva xonligidagi aholini ro‘xatga olish natijasida jamlangan materialllar asosida xulosa chiqaradigan bo‘lsak, xonlikda 1200000 kishi atrofida aholi istiqomat qilgan.
Xiva xonligi aholisining milliy tarkibini to‘la o‘zbeklardan hamda xonlik tobeligiga o‘tgan yarim o‘troq va chorvodor turkman, qozoq, qoraqalpoqlardan tashqari oz miqdorda bo‘lsa ham arablar, forslar, tatarlar, ruslar va boshqa xalqlar tashkil qilgan.
Xon mahkamasi tomonidan 1910 yil dekabrida tayyorlangan ma’lumotga ko‘ra, xonlik aholisi 106 ming uylik(xonadon)dan iborat bo‘lib, har uyda o‘rtacha 7 jon hisobidan 742 ming nafarni tashkil qilgan. Shundan 30 ming uyligi, ya’ni 210 ming nafari turkman urug‘lariga mansub bo‘lgan. Ular xonlik aholisining 28 foiz dan ortiqrog‘ini tashkil qilib son jihatidan o‘zbeklardan keyin ikkinchi o‘rinni egallaganlar. Turkman urug‘lari xonlikning Taxta, Oqtepa, Po‘rsi, Ilonli, Ko‘xna Urganch hududlarida istiqomat qilgan.
Xonlikdagi qoraqalpoqlar 19 ming 995 nafar bo‘lib, Chumanay, Qo‘ng‘irot va Xo‘jaeli hududlarida ixcham holatda yashab, qozoqlar esa, 17 ming 610 nafar bo‘lib, xonlikning shimoli-g‘arbiy qismida ya’ni Qo‘ng‘irot, Xo‘jaeli, Mang‘it, Qipchoq, Gurlan, Ko‘hna Urganch, Toshhovuz kabi hududlarda urug‘ bo‘lib yashab, asosan chorva bilan shug‘ullanganlar. Ularni xonlikning boshqa hududlarida alohida guruhlardan iborat holda ham uchratish mumkin.
Xonlikdagi o‘zbeklar shahar va qishloqlarda o‘troq hayot kechirib, dehqonchilik, xunarmandchilik va savdo bilan shug‘ullangan. O‘zbeklar shaharlarda aholining asosiy qismini tashkil qilib, savdo va hunarmandchilikda yetakchi edilar. Xorazm ustalari mohirlikda qadimqadimdan butun Osiyoda «Urganji» nomi bilan dong taratganlar.
XIX asr oxiri va XX asr boshlariga kelib bu mansablarning ko‘pchiligi unvon darajasiga tushib qolib, alohida siyosiy — iqtisodiy ta’sirga ega bo‘lmay qoldi. Bu haqda Muhammad Yusuf Bayoniy o‘zining

Shajarayi Xorazmshohiy” asarida shunday deb yozadi: "...Ibrohimxo‘ja bora-bora dargohi oliyda bag‘oyat muqarrab bo‘lib, xon xazratlari mextar va qushbegi dog‘i yurtning daftarlarini olib, Ibrohimxo‘jaga topshirdilar. Bularda mahzi mextar va qushbegi degan otdin boshqa nima qolmadi ...". Davlat boshqaruvida xonning xohish irodasi qonun darajasida bo‘lib, hatto shariat ham unga xizmat qilgan.

Xiva xonligi ma’muriy jihatdan XVI -XVIII asrlarda viloyatlarga, XIX asr oxiri XX asr boshlarida 27 ta ma’muriy birlikka: undan bittasi -Xiva va uning atrofi bevosita xon va bosh vazirga bo‘ysungan, hokimlar tomonidan boshqarilgan 20 ta (Anbarmanaq, G‘oziobod, Gurlan, Ilonli, Qipchoq, Qilichniyozboy, Qo‘shko‘pir, Qo‘ng‘irot, Ko‘na Urganch, Qiyot, Mang‘it, Pitnak, Darg‘on Ota, Sadvar, Porsu, Toshhovuz, Yangi Urganch, Hazarasp, Xonqa, Xo‘jayli, Shumanay (Yangiqa’la), Shoxobod) hokimlikka va 2 ta (Beshariq yoki Bog‘ot, Qiyot - Qo‘ng‘irot) noiblik hamda 4 ta turkmanlarga tegishli hududga bo‘lingan. Turkmanlar urug‘ oqsoqollari orqali boshqarilgan bo‘lib, har bir urug‘ ma’muriy jihatdan qaysidir hokimlikka biriktirilgan. Tarixiy adabiyotlarda bu ma’muriy birliklar beklik deb atalgani bilan Xorazmda asosan hokimlik deb yuritilgan. Hokim bu mansabga xon tomonidan tayinlangan bo‘lib, unga faqat barcha masalalarda o‘troq o‘zbek aholisi bo‘ysungan. Hokimlik hududidagi turkman, qozoq, qoraqalpoq aholisi o‘z urug‘ boshliqlari: vakil, katxudo, otaliq va boylar (beklar) tomonidan boshqarilgan. Ular tepasida xon tomonidan tayinlangan beklarbegi turgan. Har qanday katta yer egasi hokimlik lavozimiga tayinlanishi mumkin bo‘lsa, noiblik mansabiga o‘zbeklarning taniqli urug‘ a’zolarigina tayinlanishi va uning hukmi faqat o‘z urug‘i ustidangina bo‘lishi mumkin edi.


1920 yillarga qadar Xorazm iqtisodiyotida yerga egalik munosabatlari katta rol o‘ynagan. Xiva xonligida yer egaligining uchta turi mavjud edi: ular davlat yerlari, xususiy yer mulklari ("atoyi mulk", "yorliqli mulk", "otliq", yerlar hosildorligi va hajmiga qarab, "a’lo", "avsat", "adno"), vaqf yer egaligi ("vaqfi hayri", "vaqfi avlodi"). Davlat yerlari xon va uning yaqinlariga tegishli bo‘lib, u XX asr boshida 860 ming tanobni, ya’ni 172 ming gektar ekin ekiladigan maydonni tashkil qilgan. Bundan tashqari, xonlik yerlariga to‘qaylar, ko‘llar, qumlar ham kirar edi. Yerlarning katta qismi xon avloddari va yirik mansabdorlar qo‘lida to‘plangan. Masalan, Asqar to‘raga (Muxammad Raximxon II ning katta o‘g‘li) 7925 tanob yer tegishli bo‘lgan bo‘lsa, davlatdagi katta mansabdorlardan Matmurod devonbegi 50 ming tanob, Muxammadniyoz devonbegi 3227 tanob yerga egalik qilishgan. XX asr boshlarida Xiva xonligidagi vaqf yerlari 281 ming tanobni tashkil qilgan bo‘lib, Muxammad Aminxon madrasasiga 26 ming tanob yer tegishli bo‘lgan.
Xonlikdagi ijtimoiy tabaqalarni quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
Katta boylar, yer egalari siyosiy hokimiyatni o‘z qo‘liga olgan bo‘lib, ular xon saroyidagi qushbegi, mextar kabi yuqori davlat mansablaridan tortib, viloyat hokimligi, bek, oqsoqollikmansablarigacha egallab olishgan.
Islom dini arboblari bo‘lgan ulamolardan qozi va imomlar tayinlangan. o‘ziga to‘q oilalar o‘rtahol tabaqalarni tashkil qilgan.
Quyi tabaqa dehqonlar, chorvadorlar, hunarmandlar va kosiblardan iborat bo‘lgan. Dehqonlar quyidagi tabaqalarga bo‘lingan: o‘z yeriga ega (mustaqil dehqonlar), yersiz (batrak, diyxon, koranda, chorikor), amlok, podsholik va vaqf yerlarini ijaraga olib ishlovchi qaram (bevatanlar, vaqfchilar) dehqonlarga ajratilardi.
Xiva xonligi Rossiya vassaliga aylantirilgach, ilgaridan ma’lum soliqlarga chor hukumati tomonidan ta’sis qilingan soliqlar ham qo‘shildi: "Rusiya mustamlakachiligi natijasida mahalliy aholi soliqlari 3-4 marta, alohida hollarda esa 15 martacha ko‘tarildi". Darhaqiqat, Rossiya hukmron doiralari xalqqa solinadigan soliq va majburiyatlarni ko‘paytirish siyosatini qo‘llab keldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1889 yildan 1896 yilgacha mustamlaka ma’muriyati soliqlarni 40 foizga oshirgan. Ayniqsa rus-yapon (1904-1905 yy.) va Birinchi jahon urushi (1914-1918 yy.) yillarida soliq va majburiyatlarning turi va hajmi haddan tashqari oshgan. Soliqlarning tobora oshib borishi mehnatkash aholi turmush darajasining yanada pasayishiga, uning xon va chor hukumati yuritayotgan siyosatdan noroziligining kuchayishiga sabab bo‘ldi. Xiva xonligida norozilik harakati istibdodga qarshi shikoyatlar yozish, soliq to‘lashdan bosh tortish va qurolli chiqishlar tarzida namoyon bo‘lardi.
Xiva xonligida turkmanlar va qoraqalpoqlarning ahvoli ayniqsa og‘ir edi. Ularning orasida xonlik zulmiga qarshi kurash davom etardi. Turkman qabilalarning xonga qarshi muttasil g‘alayon qilib turishlari Xiva xonligidagi siyosiy hayotning asosiy voqealaridan biri edi. Katta ariqlar etaklarida dehqonchilik qiluvchi turkmanlar ekinlariga suv yetarlicha bormas edi. Shuning uchun ham ular Xiva xoni va uning amaldorlariga qarshi hamisha kurash olib borganlar. Xiva xonliligini Rossiya bosib olgach ham bu ahvol o‘zgarmadi. Chunki, 1873 yilgi shartnoma tuzilgan vaqtda turkmanlarning bir qismi Xiva xonligi tarkibida qoldirilgan edi. Chor hukumati shu yo‘l bilan Xivani hamisha harbiy jihatdan Rossiyaga bog‘liq qilib qo‘yishi mumkin bo‘ldi. Darhaqiqat, xon turkmanlarning g‘alayonini bostirishda ojiz bo‘lgani uchun Amudaryo bo‘limidagi rus qo‘shinlaridan yordam so‘rashga majbur edi. Bu hol Rossiyaning xonlikdagi ichki ishlarga aralashishiga ham to‘la imkon berar edi. V.Labochevskiy ma’lumotiga ko‘ra, Xiva xonligida turkmanlar 184200 kishi bo‘lib, butun aholining 28,5% ini tashkil etgan. "Xiva xonlari arxivi" nomli hujjatlar to‘plamlarida keltirilgan statistik ma’lumotlarda Xiva xonligi hududida XX asr boshlarida yashagan turkmanlar soni 200 mingdan ko‘proqni tashkil qiladi. Xonlikda aholi ro‘yxati qilinmaganligi va ba’zi turkman urug‘lari goh Xiva xonligi, goh Kaspiy orti viloyatiga ko‘chib o‘tib turganligi sababli, aniq ma’lumotlar keltirish ancha qiyin. Xiva xonligida turkmanlarning asosan yovmut, imrali, chovdur, qoradoshli, go‘klan va boshqa qabilalari istiqomat qilgan. Mazkur qabilalar o‘z navbatida urug‘larga bo‘lingan. Rossiya bosqinidan oldin va undan keyin ham xon uchun turkmanlardan soliq undirish ancha qiyin bo‘lgan. Buning uchun xon amaldorlari harbiy kuch bilan turkmanlar qarshiligini bostirishgan yoki kanallarga to‘g‘onlar qurib, ularga suv bermay qo‘yganlar. Shu sababli turkmanlar isyoni ko‘pincha suv uchun kurash tarzida olib borilar edi.
Muhammad Yusuf Bayoniyning "Shajarayi Xorazmshohiy" asarida 1880-1881 yillarda Pitnak, G‘oziobod, Anbarmanoq, Qilichboy, Toshhovuz hududlarida taka, chovdur turkmanlarining talonchilik harakatlari va uning oqibatlari haqida ma’lumot berilgan.
Tabiiy ofatlar, qurg‘oqchilik, urushlar, g‘alayonlar oqibatida sodir bo‘luvchi ocharchilik xalqning ahvolini yanada og‘irlashtirar edi. "Russkiy Turkestan" gazetasida yozilishicha: "1899—1900 yil qish juda qattiq keldi. Xonlik hududida yashovchi turkmanlar ko‘plab chorvasidan ajraldi, o‘troq aholi ekkan ekinlarni sovuq olib ketdig non qimmatlashdi. Kambag‘allarning emas, o‘ziga to‘q dehqonlarning ham ahvoli og‘irlashdi. Ko‘pgina turkmanlar 2-3 botmon jo‘xori uni yoki don uchun yosh qizlarini sotishdi". Rasmiy hujjatlarda qayd qilinishicha, 1899 yil dekabrda Xiva xoni Muhammad Rahimxon II turkmanlarning og‘ir ahvolda ekanligini va rus hukumatiga beriladigan to‘lovni kamaytirishni so‘rab, Turkiston general—gubernatoriga xat yo‘llagan. Amudaryo bo‘limi boshlig‘i Galkin bu ma’lumotni tasdiqlasa ham Turkiston general gubernatori to‘lovni kamaytirish emas, balki bir qismini xon xazinasidan to‘lashni taklif qiladi. Turkmanlardan kuch bilan soliq undirish uchun Matmurod devonbegi boshliq navkarlar jo‘natilganidan xabar topgan Amudaryo bo‘limi boshlig‘i Galkin Turkiston general- gubernatorining buyrug‘ini xonga jo‘natadi: "Har qanday sharoitda ham vujudga kelgan tartibsizliklarni tinch yo‘l bilan, rus harbiy kuchidan foydalanmasdan hal qilishingiz zarurligini Janobi oliylariga yetkazib qo‘yishni mening burchim deb bilaman". Shundan keyin, xon soliqning yarmini o‘z hisobidan to‘lashga va Matmurot Devonbegini esa ishdan chetlatishga majbur bo‘lgan. 1907 yil yanvar oyida Xiva xonligida katta tabiiy ofat suv toshqini yuz berib, uning oqibatida: “2432 xo‘jalik, 15 ming tanob yer suv ostida qolgan, 13 erkak, 4 ta ayol, 79 ta yirik shoxli qoramol, 3 ta ot, 1 ta eshak, 660 ta echki o‘lgan va bitta odamning qo‘li singan”. Xiva xonligining valiahdi Said Asfandiyorto‘ra Amudaryo bo‘limi boshlig‘iga aslida ziyon ko‘rganlarga hech qanday yordam qilinmagan holda: "... tabiiy ofatdan ziyon ko‘rganlarga o‘z vaqtida pul va don bilan yordam ko‘rsatildi", deb soxta ma’lumot yo‘llagan. Aynan shu hujjatda 1914 yil 14 avgustda Turkiston general gubernatori Xiva xonidan "Armiya uchun po‘stin sotib olish mumkinmi?" deb so‘raganda, xon tayyori yo‘q, lekin to‘rt oy ichida o‘z hisobidan ikki ming dona po‘stin tiktirib berishni aytganligi yoziladi. Xiva xoni po‘stinlardan oldin ham Rossiya – Yaponiya urushi xarajatlari uchun 15 ming so‘m jo‘natgan. Bu haqda 1904 yil 25 oktabrda Toshkentdan Peterburgga shunday xabar qilinadi: "S.Peterburg. Harbiy vazirga. Xiva xoni Toshkentga kelgan elchilari orqali Turkiston general gubernatoriga yarador jangchilar uchun 10 ming so‘m o‘z nomidan, 5 ming so‘m valiahd shahzoda nomidan berib yubordi".
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, xon va uning amaldorlari o‘z xo‘jayini – Rossiya hukumatiga yo‘q narsani ham topib berishga harakat qilish bilan o‘z xalqiga esa, bor narsani ham ravo ko‘rishmagan.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish