Bugungi kunda prozelitizm harakati g‘oyaviy-mafkuraviy tahdid sifatida namoyon bo‘lmoqda. Mazkur harakat dunyo miqyosida din va diniy konfessiyalar o‘rtasidagi keskinlik va qarama qarshiliklarni keltirib chiqarishga sabab bo‘layotganligi tobora oydinlashmoqda. Bu esa, g‘oyaviy-mafkuraviy tahdid sifatida namoyon bo‘layotgan prozelitizm to‘g‘risida jiddiy fikrlashni taqozо etmoqda. Zero, mazkur harakat aksariyat hollarda turli din va diniy konfessiyalar o‘rtasidagi hamjihatlikka nifoq solish orqali diniy adovatlarga zamin yaratmoqda. Bu haqda fikr yuritganda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev qayd etganidek: “Bu illatlar davlatni yemirib, jamiyatni parchalab, radikal guruh va oqimlar uchun mafkura bazasiga aylanmoqda. Аna shunday murakkab vaziyatda mamlakatimizda turli millat va dinga mansub insonlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlash biz uchun borgan sari muhim ahamiyat kasb etmoqda”,- deya taʼkidlagani ayni haqiqatdir. Аynan, prozelitizm harakati tufayli jahonda milliy va diniy adovatlarni avj olishi diniy asnodagi urushlarni vujudga keltirmoqda. Natijada, mazkur holatlar dunyo miqyosida bir qator salbiy holatlarni keltirib chiqarmoqda.
2-javob
Konstitutsiya, din yoki e’tiqod erkinligini, hamda hukumat va dinning alohida bo’lishini ta’minlaydi. BMTning din yoki e’tiqod bo’yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahidning barcha o’n ikkita tavsiyalarini bajarish uchun may oyida parlament diniy erkinlik bo’yicha «yo’l xaritasini» tasdiqladi. Bu diniy tashkilotlarni ro’yxatdan o’tkazish qoidalari va ularning hisobot berish talablarini soddalashtirdi. Hukumat, 17 ta taniqli diniy guruh bilan muammolarni muhokama qilish uchun, platforma sifatida maslahat organi – E’tiqodlar kengashini tuzdi. Prezident afvi tufayli, hukumat diniy ekstremizmda ayblanib sudlangan 185 nafar mahbusni ozod qildi. Sentabr oyida O’zbekiston Musulmonlar diniy boshqarmasi, imom Parpiyevni hukumat tomonidan tasdiqlangan diniy o’qituvlarni rad etgani uchun o’z lavozimidan bo’shatdi. Hukumat sakkiz yil ichida birinchi marotaba Toshkent yaqinida joylashgan Chirchiq shahridagi Presviterian diniy jamoasi tomonidan boshqariladigan Svet Miru cherkovini ro’yxatga oldi. Iegova Guvohlari esa, o`z a`zolariga nisbatan militsiya xodimlarining ta’qiblari sezilarli darajada kamayganini ma’lum qilishgan
3-javob
Missionerlik va prozelitizmning mazmun-mohiyati. Missionerlik so‘zi asli
lotincha bo‘lib, «yuborish», «vazifa topshirish» degan ma’nolarni anglatadi. Missionerlik bilan yonma-yon ishlatiladigan prozelitizm esa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri biron bir dinga ishongan fuqaroni o‘z dinidan voz kechishga va o‘zga dinni qabul qilishga qaratilgan harakatlarni anglatadi. U o‘z mohiyatiga ko‘ra missionerlikning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyodagi umumiy missionerlarning 2/3 qismini xristian
missionerlari tashkil etadi. Dastlabki xalqaro xristian missiyalari, 1910 yilda SHotlandiyaning Edinburg shahrida paydo bo‘lgan edi. Bugungi kunda yuzlab shunday maqomga ega missiyalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularni yanada rivojlantirish, etarli moddiy, ma’naviy va inson resurslari bilan ta’minlash juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
4-javob
O’zbekistonda mustaqillikning ilk yillaridanoq missionerlik va prozelitizmning salbiy oqibatlarga olib kelishini hisobga olgan holda bu borada tegishli qonuniy asoslar ishlab chiqildi. Qonunlarda missionerlik harakatlari taqiqlandi.
Ma’lumki, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonun (yangi tahriri) kishilarning vijdon erkinligini huquqiy kafolatlash bilan birga diniy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishga xizmat qiladigan hamda davlat va din munosabatlarini tartibga soladigan muhim hujjat hisoblanadi. Qonunga binoan «Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi. Ushbu qoidaning buzilishiga aybdor bo’lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar» (5-modda, 3-band).
Mazkur moddadan kelib chiqib, «O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi»ga noqonuniy diniy xatti-harakatlarning oldini olish bilan bog’liq bir qator moddalar kiritilgan. Jumladan:
diniy mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki tarqatish;