Missionerlik (missiya soʻzidan), tabshir, mubashshirlik — biror dinga eʼtiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targʻib qilish. Missionerlik, asosan, xristianlikka xos.
13—16-asrlarda xristian missionerligi Hindiston, Xitoy, Yaponiyaga kirib bordi. Katolik cherkovida missionerlik Ispaniya va Portugaliya imperiyalari tashkil topgach (15—16-asrlar), faoliyatini kuchaytirdi. Missionerlik Rim imperiyasiga yangi yerlarni oʻz taʼsiri ostiga olishda katta yordam berdi. Katolik missionerligiga rahbarlik qilish uchun papa Grigoriy XV 1662-yilda Diniy targʻibot kongregatsiyasini taʼsis etdi.
Missionerlik 19-asrda faollashdi, ayniqsa, xristian missionerlari Afrikada faoliyatlarini kuchaytirdilar va oʻz mamlakatlarining siyosatini oʻtkazishga yordam berdilar.
Oʻzbekiston Respublikasining„Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida“gi qonuni 5-moddasiga koʻra, Oʻzbekistonda har qanday missionerlik faoliyati man etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |