2. Gidrostatika asoslari.
Гидростатика суюқликларниш мувозанат қонунларини, гидродинамика эса - суюқлик ва газларнинг ҳаракат қонуниятларини ўргатади. Гидромеханик жараёнлар асосида гидродинамика қонуниятлари ётади ва бу қонуниятлар иссиқлик ва масса алмашиниш, ҳамда кимёвий ва биокимёвий жараёнлар самарадорлигини белгилайди.Эйлернинг мувозанат дифференциал тенгламаси Ушбу тенглама суюқлик мувозанатининг дифференциал тенгламасидан келтириб чиқарилади. Нисбий тинч қолатдаги суюқликнинг мувозанатини кўриб чиқамиз. Бу ҳолатда суюқликка массавий кучлар - оғирлик ва энерция кучлари, ҳамда сиртий кучлар — гидростатик босим кучи таъсир этади. Бутун суюклик ҳажмидан элементар, чексиз кичик dv параллелепипед ҳажмини ажратиб оламиз.Параллелепипеднинг dx, dy, dz қирралари х, у, z ўқдарга параллел жойлашган.Ўртача гидростатик босим кучи, гидростатик босимнинг параллелепипед томони юзаси кўпайтмасига тенг. p=f(x,y,z). Ушбу функционал боғлиқлик кўринишини аниқлаймиз. Бунинг учун элементар параллелепипедга таъсир этувчи ҳамма кучларнинг х, у, z ўқяардаги проекциялар йиғиндисини топамиз. х, у, z ўқлардаги массавий кучларни масса бирлигига нисбатларини X, Y, Z деб белгилаймиз.
3. Nitrat kislota ishlab chiqarish
Nitrat kislota – muhim mineral kislotalardan biri hisoblanadi. Suvsiz nitrat kislota HNO3 zichligi 1,52 g/sm3 (15OC da) bo‘lgan og‘ir suyuqlik bo‘lib, havoda tutaydi. U –47OC haroratda muzlaydi va 86OC da qaynaydi. Kislotaning qaynaganda qisman u azot(IV)-oksid hosil qilish bilan parchalanadi. Ajralib chiqadigan azot(IV)-oksid kaslotada eriydi va kislotani sarg‘ish yoki qizg‘ish rangga (NO2 miqdoriga muvofiq) bo‘yaydi.
Ammiakdan suyultirilgan nitrat kislota olish jarayoni quyidagi reaksiyalarga asoslangan: 1) Ammiakning azot(II)-oksidgacha kontaktli oksidlanishi: 4NH3 + 5O2 → 4NO + 6H2O
2) Azot(II)-oksidning azot(IV)-oksidgacha oksidlanishi: 2NO + O2 ⇄ 2NO2
3) Azot(IV)-oksidning suvga absorbsiyasi: 3NO2 + H2O → 2HNO3 + NO
Nitrat kislota sanoatda ham, xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida ham keng ko‘lamda ishlatiladi. Ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha u sulfat kislotadan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi. Ishlab chiqariladigan nitrat kislotaning ko‘p qismi o‘g‘itlar, portlovchi moddalar, raketa yoqilg‘ilari ishlab chiqarishga sarflanadi. Bundan tashqari u sulfat kislota (nitroza usuli), sintetik bo‘yoqlar, turli xil plastmassalar, nitrosellyuloza, sintetik tolalar va x.k. ishlab chiqarishda ishlatiladi. Sanoatda uch xil navdagi suyultirilgan (kuchsiz – 45-55% HNO3) va ikki navdagi konsentrlangan (97-98% HNO3) nitrat kislota ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |