2-savolga javob
Kompressor — havo yoki gazni siqadigan va bosim ostida uzatadigan qurilma. Tuzilishiga koʻra, porshenli, rotatsion, markazdan qochirma, uqaviy va oqimli; siqiladigan gaz xiliga qarab, havo va kislorod Kompressorlari; bosimga qarab, past (0,3—1 MYA/m2), oʻrta (10 MYA/m2 gacha) va yuqori (10 MYA/m2 dan yuqori) bosimli xillarga boʻlinadi. Havoni 12 kPa bosimgacha siqadigan mashinalar ventilyatorlar, 0,3 MPa gacha siqadigani havo puflagichlar deyiladi.Porshenli Kompressor, asosan, ish silindri va porshendan iborat. U bir va koʻp silindrli, silindrlari vertikal, gorizontal, Vintsimon va Wsimon oʻrnatilgan, bir yoqlama yoki ikki yoklama ishlaydigan, bir yoki koʻp bosqichli boʻladi. Gaz silindrning ichki devorlari bilan ilgarilanmaqaytma harakat qiladigan porshen orasida qisiladi. Rotatsion Kompressorda aylanuvchi bir yoki bir necha porshen va rotor ish organi hisoblanadi. Ularda soʻrilgan gazning xajmi rotorda ekssentrik joylashgan sirpanuvchi plastina bilan silindr orasida (plastina va vintsimon rotor orasida (vintli Kompressor) kamayadi. Markazdan qochirma Kompressorda rotorning ish gʻildiragiga aylanma harakat beradigan gaz, avval markazdan qochma kuch taʼsirida, soʻngra harakat tezligining pasayishi natijasida (halqa diffoʻzorda) siqiladi. Oʻ qa viy K.da gaz oʻqqa parallel siljiydi. Bunda gaz rotor koʻraklari bilan korpusning koʻzgʻalmas koʻraklari orasida siqiladi. Markazdan qochirma va uqaviy Kompressorni turbokompressorlar ham deb ataladi. Oqimli Kompressorlarning tuzilishi va ishlashi oqimli nasoslarga oʻxshash, ammo bosim darajasi nasosnikidan yuqori. Bunda ish muhiti sifatida, koʻpincha, suv bugʻidan foydalaniladi. Kompressorlar sanoatning koʻp tarmoqlarida ishlatiladi.
3-savolga javob
Konversiya (lotin. conversio — aylanish, o'zgarish demakdir) - datlabki gaz aralashmasining tarkibini o'zgartirish maqsadida gazlarni qayta ishlash jarayoni bo'lib, odatda, vodorod yoki uning CO bilan aralashmasini olish maqsadida gazsimon uglevodorodlar (metan va uning gomologlari) va CO konversiya qilinadi. Bu aralashmalar organikaviy mahsulotlarni sintcz qilish maqsadida va gaz-qaytaruvchilar sifatida metallurgiyada qo'llaniladi yoki toza vodorod olish uchun bu jarayon amalga oshiriladi. Ko'mir uyumlaridan ajraladigan gaz, metandan tarkib topgan bo'lib, unda uglerod dioksid, azot, oltingugurt, parafin va olefin qatoridagi gazlar ham uchraydi. Kon inshootlari havosida metan miqdori oshganda portlash xavfi kuchayadi Metan (kon gazi, botqoq gazi), SN4 — rangsiz, hidsiz gaz. Mol. m. 16,04. Suvda kam eriydi, etanol, efir, uglerod (1U)-xlorid va uglevodorodlarda eriydi. M. — to'yingan uglevodorod qatorining dastlabki vakili bo'lib, boshqa alkanlar singari radikal oʻrin almashinish reaksiyalari (galogenlash, sulfoxlorlash, sul-fooksidlash, nitratlash va boshqalar)ga kirishadi.Metan — tabiiy va kon gazlarining asosiy qismini tashkil etadi, sellyulozaning anaerob achishidan ham hosil bo'ladi.Saturn, Yupiter va uning yo'ldoshi bo'lgan Titan atmosferasining asosini tashkil etadi. M. sanoat miqyosida tabiiy gazlardan yoki krekinggazdan past temperaturali distilyasiyalash yo'li bilan ajratib olinadi. Labaratoriyada atsetatlardan, karbid yoki metallarning metilgalogenidlaridan olinadi. Metan yonilg'i, sintezgaz xom ashyosi, vodorod, atsetilen, texnik uglerod, uglerod (1U)-xlorid, xloroform, freonlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda qo'llanadi. Zaharli emas, ammo portlovchi aralashmalar hosil qiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |