11 VARIANT
1 TOPSHIRIQ
Quyidagi savollarga yozma ravishda javob bering.
1.Matematik tasavvurlarni shakllantirishda savollar berish usulidan foydalanish
Matematik tasavvurlarni shakllantirishnint asosiy usullaridan biri bolalarga savollar berish usulidir. Pedagogikada savollarning quyidagi klassifikatsiya qabul qilingan:
- reproduktiv — mnemik (faraz qilishga oid) savollar (Qancha? Bu nima? Bu figura nima deb ataladi? Qvadrat uchburchakdan nimasi bilan farq qiladi?);
- reproduktiv — bilishga doir savollar. (Agar men yana bitta kubcha qo‘ysam, tokchadagi kubchalar qancha bo‘ladi? Qaysi son katta (kichik): to‘qqizmi yoki (etti?)
- produktiv — bilish savollari. (Doirachalar 9 tadan bo‘lishi uchun nima qilish kerak? Poloskani qanday qilib teng Qismlarga bo‘lish mumkin?).
Qatordagi qaysi bayroqcha qizil ekanini bilish uchun nima qilysh kerak?
Savollar bolalarning idrok, xotira, nutqlarini aktivlashtiradi, materialning tushunilishini va o‘zlashtirilishini taominlaydi. Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda bir qancha savollardan foydalaniladi. Bular buyumning konkret belgilarq, xossalarini, amaliy ish natijalarini tavsiflashga yo`naltirilgan, yaoni uning xususiyatlarini qayd qiluvchi eng sodda savollardan boshlab, bog‘lanishlar, munosabatlar, aloqalar o‘rnatishni, ularni asoslash va tushuntirib berishni, eng oddiy isboglashlarni talab qiluvchi murakkab savollar juda muhimdir. Bunday savollar ko‘pincha tarbiyachi namuna ko‘rsatganidan keyin, bolalar mashqlarni bajarib bo‘lganlaridan keyin beriladi. Masalan, bolalar krg‘oz to‘g‘ri to‘rtburchakni teng ikki qismga bo‘lganlaridan keyin tarbiyachi so‘raydi: «Sen nima qilding? Bu qismlar nima deb ataladi? Nega bu ikki qismning har birini yarimta deb atash mumkin? Qismlarning shakli qanday? Kvadratlar xreil bo‘lganini qanday isbotlash mumkin? To‘g‘ri to‘rtburchakni to‘rtta teng qismga bo‘lish uchun nima qilish kerak?»
Xarakteri bo‘yicha turli savollar har xil tipdagi bilish faoliyatini, yaoni o‘rganilgan materialni qayta tiklovchi reproduktiv faoliyatdan boshlab, muammo» masalalarni hal qilishga yo‘naltirilgan produktiv faoliyatlarga daovat qiladi, undaydi.
Kо‘rsatmali va og‘zaki metodlar elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda amaliy va о‘yin metodlari bilan birga qо‘llanadi. Bu ularning mohiyatini hech bir kamritirmaydi. Maktabgacha ta’lim muassasalaridakо‘rsatmali, og‘zaki va amaliy metodlarga taalluqli va bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikda qо‘llaniladigan usullardan keng foydalaniladi:
Hamma yoshdagi turuhlarda yangi harakatlar (bilan tanishtirishda kо‘rsatish о‘rinli, ammo bunda tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri taqlidni yо‘qqa chiqaruvchi aqliy faoliyatni aktivlashtirish kerak. Yangi harakatni о‘zlashtirishda, sanash, о‘lchash malakalarini shakllantirishda takroriy kо‘rsatishdan qochish kerak. Harakatni о‘zlashtirish va uni takomillashtirish og‘zaki usullar—tushuntirishlar, kо‘rsatmalar, savollar asosida amalga oshiriladi. Shu bilan bir vaqtda harakat usulining nutqiy ifodasi о‘zlashtiriladi.
Metodiy usul sifatida savollarga qo‘yiladigash talablar quyidagilar:
- aniqlik, konkretlik, go‘zallik (lakonizm);
- ifodalarning turli-tumanligi, yaoni bir narsaning o‘zini har xil so‘rash:
- mantiqiy izchillik;
- bolalarning yoshlari va o‘rganiladigan materialga bog‘liq holda reproduktiv va produktiv savollar orasidagi optimal munosabat;
- savollar bolaning fikrini uygotishi, uning tafakkurini rivojlantirish, o‘ylashga majbur qilishi, kerakli narsani ajratishi, tahlil o‘tkazishi, taqqoslashi, qarshi qo‘yishi, umumlashtirishni talab qilishi kerak;
- savollar miqdori ko‘p bo‘lmasligi, ammo qo‘yilgan didaktik maqsadga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerak;
yo‘l-yo‘riq beruvchi va alg‘ternativ savollardan foydalanmaslik kerak.
Tarbiyachi odatda savolni butun guruhga beradi, unga javobni chaqirilgan bolagina beradi. Ayrim hollarda, ayniqsa, kichik guruhlarda xor bo‘lib yalpi javob berishlari ham mumkin. Bolalarga javobni o‘ylashlari uchun imkoniyat berish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |