shartnomasida belgilangan tartibda sug‘urtalovchiga xabar qilingan hamda buning natijasida sug‘urta qildiruvchi, naf oluvchi yoki sug‘urtalangan shaxsning mulkiy manfaatlariga yetkazilgan ziyonning (shikastning) puldagi ifodasi; yuz berishi mumkin bo‘lgan eng yuqori zarar — bir yoki bir necha sug‘urta shartnomalari shartlari bo‘yicha ularda belgilangan sug‘urta hodisalari natijasida sug‘urtalovchi yoki qayta sug‘urtalovchi ko‘rishi mumkin bo‘lgan sug‘urta zararining baholangan eng yuqori hajmi; yalpi hisoblangan sug‘urta mukofoti — hisobot sanasiga qadar oldingi o‘n ikki oy mobaynidagi, kiruvchi qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofotlarini qo‘shilgan, ushbu davrda qaytarilgan sug‘urta mukofotlarini chegirgan holdagi, biroq qayta sug‘urta qilishga berilgan shartnomalar bo‘yicha mukofotlarni chegirgunga qadar hisoblangan sug‘urta mukofotlarining umumiy miqdori; hisoblangan sug‘urta mukofoti — pul mablag‘lari qachon olinganligidan qat’i nazar, hisobot davrida hisoblangan sug‘urta mukofotlari; hisobot davri — 1-yanvardan 31-dekabrgacha bo‘lgan kalendar yil. Bunda mazkur Nizomga muvofiq hisob-kitoblar va ma’lumotlar tuziladigan hisobot davri deb, hisobot yilining 1-yanvaridan har bir choragining oxirgi kalendar kunigacha bo‘lgan davr qabul qilinadi; hisobot sanasi — mazkur Nizomga muvofiq hisob-kitoblar va ma’lumotlar tuziladigan hisobot davrining oxirgi kalendar kuni.
Sug’urtaning paydo bo’lishi va rivojlanishiga tarif bering
Sug'urta kishilik jamiyatining turli bosqichlarida mavjud bo’lgan va uzoq tarixga ega. Sug'urta insoniyat va uning mol-mulkini ishonchli himoyalashning muhim vositasi sifatida rivojlanish tarixida ikki bosqichni boshidan kechirgan. 1. Tijoratga asoslanmagan sug'urta. 2. Tijoratga asoslangan sug'urta. Tijoratga asoslanmagan sug’urta ibtidoiy jamoa, quldoriik va lcodal jamivatlariga xos bo'Iib. unda sug’urtalovchilar ittifoqi o‘z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo'yishmagan. Ibtidoiy jamoa tuzumida qabila shaklida turmush kechirgan insonlar qurg‘oqchilik va boshqa tabiiy ofatlardan saqlanish uchun oziq-ovqat, suv zaxiralarini shakllantirganlar. Keyinchalik. qo’l mehnatining takomillashishi va ishlab chiqarish jarayonida asbob-uskunalardan foydalanish (texnik, ijtimoiy xavf-xatarlar) va astasekinlik bilan tabiiy bovliklami sanoat usulida o'zlashtirilishi qo’shimcha xavfxatarlami: ishlab chiqarish, texnik omillami paydo bo’lishiga olib kcldi. Dastlab, insonlar turli tabiiy ofatlar va boshqa oldindan ko'rib bo’lmaydigan hodisalar ro‘y berishini oldini olish maqsadida xudolarga sig'inishgan. Stixiyali hodisalaming ro’y berishi, bu tabiiy hoi ekanligini anglagan insonlar quldoriik davridayoq, yong’in, qurg‘oqchilikdan saqlanish uchun natura shaklidagi sug'urta fondlarini tashkil etishgan. Tarixiy hujjatlarga ko'ra, notijorat sug'urtaning dastlabki shakllari. eramizdan 2000 yil oldin Vavilon podshohi Xammurapi qonunlarida, shuningdek. Forsko’rfazi, Qadimgi Gretsiya va Misr, Qadimgi Rimdagi savdogarlarning o’zaro tuzgan bitimlarida o'z aksini topgan. Bu bitim shartlariga muvofiq, umumiy karvon safida savdo qiluvchi savdogarlardan birortasi stixiyali hodisalar yoki qaroqchilar hujumi oqibatida zarar ko'rsa, bu zararlar boshqa savdogarlar tomonidan qoplanishi belgilangan. Bu davrlarda maxsus sug'urta tashkilotlari boTmagan va sug’urta badallari to'lanmagan. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish natijasida sug’urtaning mazmuni takomillashib, uning yangi turlari paydo bo'lgan. Xususan, Qadimgi Rimda kasbiv (savdogarlar, hunarmandlar, harbiylar) va diniy belgilarga ko'ra, o'z ustavlariga ega bo'lgan kollegiya, ittifoqlar bo'lgan. Kollegiya yoki ittifoq a’zolari sug'urta badallarini to'lashgan hamda Ustavda qayd etilgan shartlarda ko'rilgan zarami qoplash uchun qoplamalar olish huquqiga ega bo'lgan. Qadimgi Rimda birinchi bizning eramizdan 133 yil oldin Lanuviylar kollegiyasi tashkil topgan va faoliyat yuritgan. Qadimgi Rimda notijorat sug'urtaning rivojlanganligiga yana birmisol keltirish mumkin. Harbiy kollegiyaga a'zo boigan shaxslar kassaga 750 dinariy (1 dinariy 4 sistern) to‘lashgan. Bu badal bir marotaba to'liq to'lanmasdan, oy-ov to'lanishiga ruxsat etilgan. To'langan badal evaziga. kollegiva a’zosi xizmat yuzasidan ko'tarilsa. unga 500 dinariy; boshqa legionga o'tkazilganda 500 dinariy; vafot etsa. uning merosxo'riga 500 dinariy to'langan. X-XI1I asrlarda sug'urta gildiy va sexlar tomonidan arnalga oshirila boshladi. Masalan. X asrda Anglivada gildiya a'zolariga tegishli o'g'irlangan hayvonlami qoplash uchun anglosaksoniva Gildiyasi tashkil etilgan. XI asrda Danivada gildiya a’zolari. ulardan qaysi biri kema avariyasiga uchrasa yoki asirga tushsa. imga umumiy kassa hisobidan zarar qoplangan yoki asirdan qutqarish uchun sotib olingan. Keyinchalik gildiya sug'urtasi himoya qiluvchi va kasbiy gildiyalariga bo'lingan. Himoya qiluvchi gildiyalar o'z a'zolarining mol-mulkini turli xavfxatarlardan himoya qilishgan. Hunarmandchilik bilan shug'ullanuvchi shaxslar sexlarga birlashishgan. Sex o'z a’zolariga baxtsiz hodisalar ro'y berganda, qarilik tufayli mehnat qobiliyatini yo'qotganda va vafot etganda yordam ko’rsatgan. Sex halok bo'lgan a'zosining oilasini boqish majburiyatini olgan. Notijorat shaklidagi sug'urta Qadimgi Rusda ham mavjud bo'lgan. Jumladan. agar okrug hududida o'lim hodisasi ro'y berib. qotil aniqlanmasa: knyazlik erkagi uchun - 80 griven (1 griven-409,536 gr. og'irlikka ega kumush qo'vilmasi), oddiy fuqaro uchun esa - 40 griven qoplama to'langan. Tijorat sug'urtasi paydo bo'lishining birinchi bosqichida sug'urta xizmati oldisotdi obvektiga aylandi; ikkinchidan, sug'urta faoliyati shakllanavotgan bozor xo'jaligining muhim tannog'iga aylandi; uchinchidan. sug'urta bitimlari shartnoma asosida tuziladigan bo'ldi. 12 asrda sug'urta operatsiyalarini arnalga oshirish orqali fovda olish. Italivada, dengiz orqali yuk tashish amalivotida joriy etilgan. O'sha davrda O'rta yer dengizi orqali yuklami tashishda Italiya ustun mavqega ega bo'lgan. Dengiz sug'urtasi rivojlanganligini, 1393 yilda birgina notarius orqali bir haflada 80 ta sug'urta shartnomasi tuzilganligi bilan izohlash mumkin. Bu davrlarda dengiz sug'urtasi Ispaniya va Portugaliyada ham taraqqiy eta boshlagan. Birinchi sug'urta polisi 1347 yilda Barselonada berilgan. 1468 yilda dengiz sug'urtasi bo'yicha Venetsiya Kodeksi yaratildi. Keyinchalik, XVF asrga kelib dengiz sug'urtasi bo'yicha xizmatlami ko'rsatish Angliyaga ko'chadi. 1601 yilda bu yerda dengiz sug'iutasida vuzaga keladigan nizolami ko'rib chiqadigan sudlar tashkil etilgan. XVI asrda sanoat ishlab chiqarishining manufaktura shakli o'z o'mini fabrika shakliga berdi. Bu o'z navbatida, sug'urta yanada rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratdi. Tijorat sug'urtasi shakllanishining ikkinchi bosqichida mulk sug'urtasining bir shakli sifatida dengiz sug'urtasi asosiy sug‘urta turi sifatida o‘z mavqeini saqlab qoidi. Dengiz sug'urtasi bo'yicha dastlabki jamivat 1668 yilda Fransiyada tashkil etilgan. XVI asr oxirlarida Londonda xususiy sug‘urtalovchilaming uvushmasi tashkil etilgan. 1871 yilgacha ushbu uyushma “London lloydi" nomi bilan faolivat ko'rsatib kelgan. Germanivadagi dastlabki sug'urta jamiyatlari 1765 yilda Gamburg va Berlinda tuzilgan. Dengiz sug'urtasini paydo bo'lishi va rivojlanishiga stixiyali hodisalar. qurg'oqchilik ta’sir ko‘rsatgan bo'Isa, vevropa mamlakatlaridagi urbanizatsiya mulk sug‘urtasining boshqa turlarini vujudga kelishiga olib kelgan. 1666 yilda Londonda katta yong'in bo'lgan va natijada 70.0 ming kishi halok bo'lgan. Bu Yevropada yong'indan sug'urtalashni paydo bo'lishiga sharoit yaratgan. Angliyada ko'plab yongdndan sug'urtalash bilan shug‘ullanuvchi jamiyatlar barpo etilgan. Germaniyada dastlabki yongdndan sug‘urtalash bo'yicha aksiyadorlik sug'urta jamiyati 1812 yilda tuzilgan. Hayotni sug'urtasi bo‘yicha birinchi sug'urta jamiyati “Ekvitebl” nomi bilan 1762 yilda tashkil etilgan. 1830 yilga kelib, Angliyada 35 ta yirik hayot sug'urtasi bo;yicha jamiyatlar faoliyat ko'rsatgan. Hayotni sug'urtalash bo'yicha dastlabki aksiyadorlik sug'urta jamiyatlari 1787 yilda Fransiyada tashkil etilgan. Germaniyada esa 1806 yilga kelib hayot sug'urtasi bo'yicha aksiyadorlik jamiyati tuzilgan. XVI asr oxiri va XX asming boshlariga kelib sanoat ishlab chiqarilishini rivojlanishi mulkiy va shaxsiy sug'urtani taraqqiy etishini ancha tezlashtirdi. XX asr oxirlarida sanoat sohasidagi tub o'zgarishlar, xususan. ishlab chiqarishda ilmiy-texnika yutuqlaridan foydalanish, elektr energiyasidan keng fovdalanish texnologik xarakterdagi risklami keltirib chiqardi. 1776 yili Rossiyada Davlat banki huzurida sug'urta ekspeditsiyasi tashkil etilgan. 1800 yilda Imperator farmoni bilan kema va tovarlami sug'urtalash bo'yicha sug'urta jamiyati tashkil etildi, biroq uning mijozlari bo'lmaganligi uchun tugatilgan. Bu sug'urta jamiyatini qo'llab-quvvatlash uchun Rossiya hukumati unga eng asosiy gubemalarda sug'urta ishini mutloq amalga oshirish uchun 20 yil muddatga huquq bergan. 1835 yilda ikkinchi yong'indan sug'urtalash bo'yicha jamiyat tuzilgan. 1890- 1900 yillarga kelib. o'zaro sug'urtalash bo'yicha shahar jamiyatlari bo'lgan va rivojlangan. 1909 yilda markazi Peterburg shahrida bo'lgan o'zaro sug'urtalash jamiyatlarining Rossiya ittifoqi tashkil etilib, 1914 yilda uning tarkibida 300 ga yaqin sug'urta tashkiloti bo'lgan. 1894 yilda Rossiya Ichki Ishlar Vazirligiga sug'urta jamiyatlari ustidan nazorat olib borish yuklatiladi. 1917 yilga qadar, Rossiyada sug'urta ishi raqobatga asoslangan holda rivojlanishning yuqori darajasiga erishishgan edi. Yong'indan sug'urta qildirish sug'urta kompaniyalari faoliyat yurita boshlagan ilk soha bo'ldi. XVII asrda aholi gavjum bo'lgan shaharlarda aksariyat uylar yog'ochdan qurilgan cdi. Uylami isitish va ovqat tayvorlashni uchun olov, uyni yoritish uchun esa shamlardan foydalanilgan. SHu sababli shahar uylarida yong'in riski juda yuqori bo'lgan. Urbanizatsiyadan chetda qolgan qishloq joylarda hamma qo'shnilar yong'inga uchragan uyni tiklashga yordam berish uchun to'planishgan. U yerda o'zaro yordam tamoyili amal qilgan. Bundan farqli ravishda. shahar ko'chalarida masalan, to'qimachilar, etikdo'zlar. klerklar yoki baliqchilar yong'in oqibatida uvsiz qolgan kishilaming qo'shnisi bo'lishi mumkin bo'lib. ularda qo'shnilarga uyini tiklashga yordam berish uchun vaqti ham bo'lmaydi, amaliy jihatdan yordam ham ko'rsata olmaydi. Buning o'rniga ular ikkita narsa - yong'inga qarshi kurash jamoasi xizmatlarini taqdim etish (ya’ni yong'inning qo'shni binolarga o'tib ketishining oldini olish va yangi yong'inlami minimallashtirish) va sug'urta qildirgan shaxsga zarur mutaxassislar (quruvchi, duradgor va h.k.) vollash uchun vctarli miqdorda pul to'lashni va'da qilgan sug'urta kompaniyasiga sug'urta mukofoti to'lashga tayyor bo'lgan. Mulkni va javobgarlikni sug'urta qilishda u sug'urta qildiruvchiga risk ro'y bermaganda kuzatilgandagi bilan bir xilda, undan ko'p ham ernas, kam ham emas darajada moliyaviy holat ta'minlashni anglatadi. Maqsad vaziyatni go'yoki risk ro'y bennagan kabi tiklash hisoblanadi. Buning uchun sug'urta qiluvchida pul to'lovlaridan boshqa imkoniyatlar ham bor. Yong'indan sug'urta qilish bilan bir paytda havotni sug'urta qildirish bo'yicha fondlar ham vujudga kelgan. Hayotni sug'urta qildirish haqida shartnoma tovon to'lash haqida shartnoma hisoblanmagan. Ushbu shartnomadan maqsad - shartnomada ko'rsatilgan holatlar ro'y berganda belgilangan miqdordagi pul mablag'lari bilan ta’minlashdir. O'lim muqarrar ekanligiga hech qanday shubha yo'q: bir kun kelib baribir hammamiz o'lamiz. Lekin har bir alohida olingan kishi qanchalik uzoq umr ko'rishi borasida katta noaniqlik mavjud. Har vili qanchadir miqdorda odamlar o'ladi va o'limi holati yangi tug'ilgan chaqaloqlardan tortib yuz yoshdan oshgan qariyalargacha kuzatiladi (garchi ko'pchilik 80 yoshgacha yashasada). XVII asming o'rtalariga kelib, hayotni sug'urta qildirish bilan shug'ullangan o'zaro yordam jamiyatlari va sug'urta kompaniyalari vujudga keldi.