2. 2002 vilning 5-aprelida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilgan ’’Sug’urta faoliyati to'g‘risida"gi Qonunning 3-moddasida sug‘urtaga qo'yidagicha ta'rif berilgan: ‘‘Sug’urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to’laydigan sug‘urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug’urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug'urta pulini) to‘lash yo’li bilan ulaming manfaatlarini himoya qilish tushuniladi”. Bu ta’rifda ta’kidlanishicha. sug’urtadan maqsad sug'urta hodisalari (tabiiy ofatlar) natijasida yetkaziladigan zararlami qoplash uchun pul fondlarini. ya'ni sug'urta fondlarini tashkil etishdir. Jismoniy va yuridik shaxslar hisobidan shakllanidigan bu fondlami hosil qilishda sug’urta tashkilotlari bilan sug'urtalanuvchilar o'rtasidagi munosabatlar sug'urta shartnomasida aks ettiriladi. Jismoniy va yuridik shaxslar to’laydigan sug’urta mukofotlari hisobidan shakllanadigan sug'urta fondlari ulkan miqdorlami tashkil etadi. Sug'urta fondi mablagiari sug'urta hodisalarining yuz berishi oqibatida yetkazilgan zararlami qoplashga va ular miqdorlarini kamaytirish maqsadida ogohlantirish choratadbirlariga sarflanadi. Sug'urta tushunchasiga
berilgan bu ta'rif iqtisodiy nuqtai nazardan emas, balki huquqiv jihatdan ahamiyatli ekanligini ta'kidlash o'rinlidir. Rossiyalik iqtisodchi olim B.Serbinovskiy fikricha: “sug'urta — yuridik va jismoniy shaxslar to'laydigan sug'urta badallari (mukofotlari)dan shakllanadigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug'urta hodisasi) ro'v berganda ushbu shaxslaming mulkiy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha munosabatlar tizimidir”24. Ammo shuni yoddan chiqarmaslik zarurki, sug'urta nafaqat yuridik yoki jismoniy shaxslaming mulkiy manfaatlarini himoya etuvchi vosita, balki jismoniy shaxslaming hayotiga, sog'lig'iga baxtsiz hodisalar sodir bo'lishi natijasida shikast yetkazilganda ularga sug'urta to'lovlarini berish vo'li bilan himoya etuvchi vosita hamdir. Darhaqiqat. sug'urta fondi ko'pchilik jismoniy va yuridik shaxslaming to‘laydigan sug'urta mukofotlari hisobiga shakllanib, ushbu fondni shakllantirishda ishtirok etgan shaxslaming mulkiy manfaatlariga tabiiy hodisalar ro'y bcrishi natijasida zarar yetganda. ushbu fonddan sug'urta qoplamasi beriladi. Lekin, hammaga emas. Yana bir marta ta’kidlash lozimki. laqat shu fondni tashkil ctishda qatnashgan shaxslargagina beriladi. ya'ni bir shaxs ko'rgan zarar ko'pchilik o'rtasida taqsimlanadi. Sug'urta bozor iqtisodiyoti infrastrukturasining tarkibiy qismi va ishlab chiqarish munosabatlarining muhim tashkil etuvchi unsurlaridan biridir. Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish bilan bevosita bog'liq. Shunday ekan, ishlab chiqarishga ta’sir qiladigan zararlar bozor iqtisodiyoti yo'nalishlarini chetlab o'tmaydi. Shu munosabat bilan sug'urta ko'p ukladli xo'jaliklaming har birini sug'urtalashda, ulaming mol-mulklarini bud saqlashda alohida ahamiyatga ega bo'ladi. Shunday qilib bozor iqtisodiyotiga o'tish asosida: