1 variant Psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


variant 1. Psixik jarayonlar va shaxsning individual psixologik xususiyatlari



Download 433 Kb.
bet2/55
Sana08.07.2022
Hajmi433 Kb.
#756785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
falsafa yakuniy to\'liq 1

2 variant 1. Psixik jarayonlar va shaxsning individual psixologik xususiyatlari. Psixologiya nafaqat psixik jarayonlar va holatlarning umumiy qonuniyatlari va qonuniyatlarini o'rganadi. Biz hammamiz bir-biridan farq qiladigan, o'ziga xos va betakrormiz, shuning uchun insonning individual psixologik xususiyatlarini bilish barcha odamlarga xos bo'lgan psixikaning mexanizmlari va jarayonlaridan kam emas. Ushbu sohani o'rganadigan psixologiya bo'limi differensial psixologiya yoki individual farqlar psixologiyasi deb ataladi. 2. Psixologiyada ong tushunchasi va uning mazmuni. Ong — psixik faoliyatning oliy shakli. U faqat insonga xos fenomendir. Ong, uning mohiyati masalasi eng qadimgi muammolardan biri. Ongni dastlab diniy va mifologik karashlar doirasida tushuntirishga uringanlar. Ongni liniy tushuntirish uni iloxiy hodisa, xudo yaratgan moʻʼjiza tarzida talkin qilishga asoslanadi. Koʻpgina dinlarda inson ongi buyuk ilohiy aqlning namoyon boʻlish shakli tarzida tavsiflanadi. Ongning mohiyatini izohlashda 2-yoʻnalish — bu ong moddiy olamni inson miyasida aks etishi deb tushunish, uni inson tanasi faoliyati bilan bogʻlab talqin etishdir. Ayni vaqtda materialistik yoʻnalish nomini olgan bunday yondashuvlar doirasida ongning mohiyatini buzib talqin qilish hollari ham paydo boʻldi. Aslida ong tarixi insonning inson boʻlib shakllana boshlashi tarixi bilan bogʻliqdir. Inson ham biologik, ham ijtimoiy mavjudot ekan, demak, ong ham biologik va ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir. Ong insonning fikr va hislari, sezgilari, tasavvurlari, irodasi va karashlaridan tashkil topgan. Oʻz-oʻzini anglash, xotira, iroda, nutq ongning asosiy jihatlaridir. 3. Hissiyot va emotsiya tushunchalarining mazmuni. Hissiyot - tuyg’ularimizni o’ziga xos aks ettirish jarayoni bo’lib, bunda narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonida bizda tug’iladigan ichki kechinmalar va munosabatlar ifodalanadi. Emotsiya – shaxsning voqelikka o’z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog’liq bo’lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir. Hissiyot — shaxsning voqelikdagi narsa va hodisalarga, kishilarga hamda o’z-o’ziga bolgan munosabatlardan kelib chiqadigan kechinmalari. Shaxs tirik mavjudot boʻlishi bilan birga jamiyat aʼzosi hamdir, shuningdek, yakka inson sifatida teva-rak-atrofdagi narsa va hodisalarga munosabatini xolisona aks ettiradi. Inson munosabatlari uning miyasida his-tuygʻular, emotsional holatlar, yuksak ichki kechinmalar tarzida aks etishi hissiyotni yuzaga keltiradi. Hissiyot tushunchasi kundalik gurmushda va ilmiy manbalarda har xil maʼnolarda qoʻllanadi. Kun-dalik turmushda hissiyot tushunchasi oʻrniga sezgilar, anglan-magan mayllar, xohishlar, tilaklartalablar, maqsadlar atamalaridan foydalaniladi. Ilmiy manbalarda esa, shaxsning ehtiyojini qondiruvchi va unga monelik qiluvchi narsalarga, kishilarga nisbatan oʻz munosabatini miyasida aks ettirish maʼnosida qoʻllanadi. Hissiyot bilan emotsiya bir xil maʼnoda ishlatilish holatlari ham uchrab turadi. Kishi tana aʼzolarida ranglarning oʻzgarishi, lablarning titrashi, kulgi, yigʻi, gʻamginlik, ikkilanish va boshqa emotsiya ifodasi hisoblanib, vatanparvarlik, javobgarlik, masʼuliyat. vijdonsevgi kabi yuksak xislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish gʻayritabiiy hodi-sa hisoblanar edi. Ushbu hissiy kechinmalar oʻzining mohiyati, kuch-quvvati, davomiyligi, taʼsirchanligi, yoʻnalganligi bilan bir-biridan keskin farq qiladi. Shu bois ularning muhim farqi shundaki, birinchisi (hissiyot) ijtimoiy, ikkinchisi (emotsiya) xususiy ahamiyat kasb etadi. Shaxsning faoliyati, xulq-atvori, muo-malasi hamda jamiyat uchun ahamiyatli hisoblangan narsa va hodisalarni aks ettiruvchi munosabati hissiyotda mujassamlashadi. Emotsiya faqat insonlarga emas, mavjudotlarga ham taalluqli ruhiy holatdir.
3 variant 1. Mustaqil fikrlash – sog’lom ma’naviyatning mezoni sifatida. Mustaqil fikrlash – ijtimoiy-psixologik hodisa. Har bir shaxs o’zidagi tafakkur va fikrlash jarayonlarining о’ziga xos tomonini bilgan xolda uni о’stirish yо’llarini bilishi kerak. Oxirgi yillarda psixologlarning о’tkazgan tadqiqotlari va kuzatishlari shuni kо’rsatdiki, fikrlash jarayonlarini guruh sharoitida, dars paytida ham о’stirish va bunga qisqa yо’llar bilan erishish mumkin ekan. Ularning fikricha, guruhdagi hamkorlikdagi faoliyat idrok va xotiraning о’sishiga ijobiy ta‘sir kо’rsatib, fikrlashjarayonini tezlashtiradi va faoliyatni samaraliroq qiladi. Ayrim juda jiddiy va murakkab ijod daqiqalarini inobatga olmaganda, yaxshi tashkil etilgan dars jarayoni, undagi faoliyat shakli individual tafakkurning ham rivojlanishiga ijobiy ta‘sir kо’rsatadi. Shu narsa isbot qilinganki, jamoada ishlash kо’plab nostandart fikrlarning tug’ilishi, ularning ichidan eng yaxshilarining saralanishiva yangidan yangi g’oyalarning paydo bо’lishiga sabab bо’larkan. Ana shunday samara beruvchi metodikalardan biri «breynstorming» deb atalib, uning lug’aviy ma‘nosi «miyani zabt etish»dir («mozgovaya ataka» ruscha - «brain storming» ingl.). Uni о’tkazish quyidagi tamoyillarga asoslangan: Ba‘zi intellektual masalalarni yechishda bitta yechim bilan cheklanib bо’lmaydi va shu maqsadda ijodiy fikrlovchilar guruhi tashkil etiladi va bu jarayonda «gruppaviy effekt» bо’lishi kutiladi. Guruh ishi tez va optimal qarorlar qabul qilishga qaratilgan bо’ladi va bunda alohida ayrim individual qarorlarga ta‘sirlanishga yо’l qо’yilmaydi. Guruhga shunday kimsalar kiritiladiki, ular bir-birlaridan fikrlash uslublarining noyobligi bilan farq qiladilar. Masalan, kimdadir mantiqiylik ustun, kimdir kreaktiv, kimdir tanqidchi va shunga о’xshash. Guruhda shunday ijodiylik ruhi bо’lishi kerakki, har kim xoxlagan fikrini bemalol aytaveradi, u yoki bu fikr tanqid qilinishi mumkin, lekin uning egasi tanqid qilinmaydi. Bunday sharoitda о’rtacha intellektual darajaga ega bо’lgan shaxs ham shunday fikrlar izxor qila boshlaydiki, ular alohida qolgan paytida sira ham miyaga kelmagan bо’lardi. Bu jarayon oliy о’quv yurtlarida darslarda hamqо’llanilishi mumkin, faqat uning yuqoridagi tamoyillari inobatga olinishi va guruhda о’zaro hamjihatlik muhiti bо’lishi kerak. Shaxs о’z fikrini bayon etishi, boshqalarni tushunishida tafakkur muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun tafakkurning turlari: mantiqiy, nazariy. amaliy, konvergent, divergent, produktiv, reprodukti,kо’rgazmali harakat, kо’rgazmali obrazlini bilish, tafakkur shakllari: tushunchukm, xulosalarni bilish, tafakkur operatsiyalari: analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, mavhumlashtirishni bilish zarur. Mustaqil fikrlash – talaba-yoshlarda atrof-borliq tо’g’risida xolis va obyektiv tasavvurlarning shakllanishi uchun psixologik shart-sharoit bо’lib, yoshlarda mustaqil fikrlash qobiliyatini о’stirish va erkin fikrlashni tarbiyalash muhimdir. 2 . Idrok haqida tushuncha va uning turlari. Idrok sezgi bilan o’zaro bog’liq bo’lib analizatorlarning joylashuviga ko’ra ko’rish idroki ,eshitish idroki xid bilish idroki ,tam bilish idroki tuyish, va xlokazolarga bulinadi.Faolligiga kura ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo’linadi. Idrok ixtiyorsiz va ixtiyoriy degan xillarga xam ajraladi. Ixtiyorsiz idrokda narsalar odamning ongida avvaldan maqsad kuyilmagan xolda aks ettiriladi. Odatda narsa va xodisalarning tashqi xususiyatlari, kishining xis-tuygulariga ta’sir etishi ixtiyorsiz idrokni vujudga keltiradi. Ixtiyoriy idrokda odam uz oldiga muayyan maqsad, vazifa kuygan bo’ladi. Ixtiyoriy idrokda odam shunchaki eshitmaydi, balki tinglaydi, shunchaki kuzdan kechirmaydi, balki sinchiklab kuradi. Ixtiyoriy idrok kup xollarda Biron faoliyatning tarkibiga kirgan bo’ladi. Kuzatish ixtiyoriy idrokning turlaridan biri xisoblanadi 3. Tibbiyot psixologiyasi haqida tushuncha. Tibbiyot psixologiyasi klinik psixologiyaga qaraganda kengroq ma’no kasb etuvchi fan bo‘lib, u tibbiy yo‘nalishdagi barcha fan-larni o‘z ichiga qamrab oladi, ya’ni deontologiya, etika, psixodiagnostika, psixoterapiya, tibbiy-psixologik ekspertiza, psixogigiena, psixoprofilaktika va h.k.Tibbiyot psixologiyasini shartli ravishda 2 ga ajratish mumkin: umumiy tibbiyot psixologiyasi va xususiy tibbiyot psixologiyasi yoki klinik psixologiya. Umumiy tibbiyot psixologiyasi quyidagi muammolarni o‘rganadi: Tibbiy xodimlar (vrach, hamshira) va bemorlar orasidagi o‘zaro munosabatlarni; Odamning psixologik shakllanish bosqichlarini (bolalik, o‘smirlik, katta va qarilik davri psixologiyasini); Temperament, xarakter va shaxs muammolarini; Deontologiya va etika tamoyillarini;

Download 433 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish