1 variant Psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Мулоқот ҳақида тушунча.Мулоқот турлари, функциялари ва тузилиши



Download 433 Kb.
bet45/55
Sana08.07.2022
Hajmi433 Kb.
#756785
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55
Bog'liq
falsafa yakuniy to\'liq 1

Мулоқот ҳақида тушунча.Мулоқот турлари, функциялари ва тузилиши.

Milliy dasturda e’tirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni kamol toptirish, uning chuqur bilimlar sohibi bolib yetishishi, barkamolligini kafolatlovchi shart-sharoitlar orasida yangi pedagogik texnologiyalarini ta’lim va tarbiya jarayonlariga tadbiq etishda pedagogikaning oz uslub va qoidalari yetarli bolmaydi. Shuning uchun ham psixologiya u bilan hamkorlikda yosh avlod ongining ta’lim olish davrlaridagi rivojlanish tendensiyalaridan tortib, toki yangicha oqitish texnologiyalarini bola tomonidan ozlashtirilishi va undagi aqliy hamda intellektual qobiliyatlarga nechoglik ta’sir korsatayotganligini organish asosida ta’lim-tarbiya ishini tashkil etish psixologiyadagi metodlarni didaktik metodlar bilan uygunlashtirishni taqozo etadi. Ayniqsa, ma’naviy barkamollik tamoyillarini maktabda va yangi tipdagi ta’lim muassasalarida joriy etish ham shaxs psixologiyasini teran bilgan holda oqitishning eng ilgor va zamonaviy shakllarini amaliyotga tadbiq etishni nazarda tutadi.
4. Tabiiy fanlar: biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va b.q. psixik xodisalar va jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning kechishi qonuniyatlarini ob’ektiv organish uchun material beradi. Ayniqsa, bosh miyaning hamda markaziy asab sistemasining psixik faoliyatlarini boshqarishda va ularni muvofiqlashtirishdagi rolini e’tirof etgan holda psixologiya fani tabiiy fanlar erishgan yutuqlar va ulardagi tadqiqot uslublaridan omilkorona foydalanadi. Masalan, shaxs qobiliyatlarini diagnostika qilish uning tugma layoqatlari hamda orttirilgan sifatlarini bir vaqtda bilishni taqozo etgani sababli, osha tabiiy layoqatning xususiyatlarini aniqlashda psixofiziologiyaning qator usullaridan (miya assimetriyasi qonunlari, miya bioritmlarini yozib olish, neyrodinamik xodisalarni aniqlash, qon aylanish va tana haroratini olchash metodlari) oz ornida foydalanadi va biologiya, anatomiya, fiziologiya, neyrofiziologiya kabi fanlarning shu kungacha erishgan yutuqlaridan foydalanadi. Shuning uchun tabiiy fanlar sohasida erishilgan barcha yutuqlar psixologiyaning predmetini mukammalroq yoritishga oz hissasini qoshgan.
5. Kibernetika fani sohasidagi yorishilgan yutuqlar psixologiya uchun ham ahamiyatli va zarur bolib, u inson shaxsining oz-ozini boshqarish va psixik jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi va kibernetika tomonidan qolga kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus dasturdan oz ornida foydalanadi. Ayniqsa, ma’lumotlar asri bolgan XX va har bir alohida ma’lumotning qadr-qimmati oshishi kutilayotgan XX1 asrda informatsion texnologiyalar va modellashtirish borasida psixologiya hamda kibernetika hamkorligining salohiyati yanada ortadi. Masalan, oddiy muloqot jarayonini yanada takomillashtirish, har bir sozning shaxslararo munosabatlardagi ta’sirchanligini oshirish maqsadida hamda ana shunday ijtimoiy faoliyat jarayonida shaxs tizimini takomillashtirishda turli kibernetik modellaridan orinli foydalanish zamonaviy psixologiyaning jamiyatdagi orni va rolini oshiradi, maxsus kompyuter dasturlarining keng qollanilishi inson miyasi va ruhiy olami sirlarini tez va aniq organishni kafolatlaydi.
6. Texnika fanlari bilan psixologiyaning ozaro aloqasi va hamkorligi ayniqsa, asr oxiriga kelib yaqqol sezilmoqda. Bir tomondan murakkab texnikani boshqaruvchi inson ongi muammosini yechishda, ikkinchi tomondan, psixik hayotning murakkab qirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati bu ikki yonalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi. Masalaning yana bir alohida tomoni ham borki, u ham bolsa, texnika progressiga intilayotgan bir vaqtda murakkab texnika va mashinalar bilan «muloqot» qilayotgan shaxs faoliyatini yanada mukammallashtirish va uning imkoniyatlariga moslash masalasi ham ana shu hamkorlikda hal qilinishi lozim bo`lgan masaladir.
7. Iqtisodiyot bilan psixologiyaning ozaro aloqasi va hamkorligi ham yangilik bolib, ayniqsa, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich otish sharoitida iqtisodiy ong hamda iqtisodiy xulqning oziga xos namoyon bolish qonuniyatlarini organishda ikkala fan teng xizmat qiladi. ¤zbekiston Prezidenti I. A. Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq fuqarolarda, birinchi navbatda, yoshlarda yangicha iqtisodiy tafakkur shakllanishining jamiyat iqtisodiy taraqqiyotidagi ahamiyatiga e’tiborni qaratgan edilar. Demak, yangi davr shaxsini tarbiyalash va uning jamiyatga moslashuvi masalasida psixologiya iqtisodiyot fanida qolga kiritgan yutuqlar, yangiliklar va iqtisodiy samaraga erishish omillarini hisobga olsa, iqtisodiyot oz navbatida iqtisodiy islohotlarning ob’ekti hamda sub’ekti bolmish inson omilidagi barcha psixologik ozgarishlarni aniqlash, taxlil qilish va shu asnoda bashorat qilish vazifasini yechishi Psixologiyaning tarmoqlari. Psixologiyaning alohida tarmoqlarini differensiatsiya qilish eng avvalo ishlab chiqarishdagi inson faoliyati kechadigan sohalar va ularning vazifalaridan kelib chiqadi. hozirgi davrga kelib psixologiyani inson shaxsi xaqidagi eng muhim fanlardan biri sifatidagi ahamiyatini hamma tan olmoqda. Inson shaxsining esa bevosita kirib bormagan sohasini topish qiyin. Psixologiya iqtisod, pedagogika, falsafa, mantiq, sotsiologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqador fan hisoblanadi. Chunki hamma sohada inson shaxsi faoliyat korsatar ekan, har bir sohada ishni samarali tashkil etish, olib borish uchun kishilar psixologiyasini, shaxslararo munosabatlar psixologiyasini, odamlarning turli vaziyatlardagi xulq-atvor normalarini bilish va shunga kora ish olib borish muhimdir. Shuning uchun xozirgi davr mutaxassislari psixologik bilimlardan boxabar bolishlari lozimdir.
Psixologiyaning 300dan ortiq tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi hozirgi kunda psixologiyaning fanlar tizimida yanada mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi: masalan,
umumiy psixologiya — psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari va ularning oziga xos jihatlarini organadigan maxsus sohasi;
pedagogik psixologiya — kishiga ta’lim va tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini organishni oz predmeti deb biladi;
yosh davr psixologiyasi — turli yoshdagi odamlarning tugilgandan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va ozaro munosabatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda ozgarishi tamoyillarini organadi;
ijtimoiy psixologiya — odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish faoliyatlari natijasida ularda hosil boladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarini organadi;
mehnat psixologiyasi — kishi mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini, qonuniyatlarini organadi;
muxandislik psixologiyasi — avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari operatorining faoliyatini, odam — texnika ortasida funksiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyatlarini organadi;
yuridik psixologiya — huquq sistemasining amal qilishi bilan bogliq masalalarning psixologik asoslarini organadi;
harbiy psixologiya — kishining harbiy harakatlar sharoitida namoyon boladigan xulq-atvorini, zobitlar bilan oddiy askarlar ortasidagi munosabatlarning psixologik jihatlarini organadi;
savdo psixologiyasi — jamiyatda tijoratning psixologik shart-sharoitlari, ehtiyojning individual, yoshga, jinsga oid xususiyatlarini, xaridorga xizmat korsatishning psixologik omillarini aniqlaydi. Bu sohadan ajrab chiqqan, modalar psixologiyasi inson didi va uning xulqda aks etishi kabi qator masalalarini organadi;
tibbiyot psixologiyasi — shifokor faoliyati psixologiyasini, bemor xulq-atvorining psixologik jihatlarini organadi.



Download 433 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish