3.Aqldan ozmoq, aqli kirmoq, aqlini yemoq, aqlini tanimoq iboralarini semantik tahlil qiling.
1.Aqldan ozmoq Iborasi 1 ta ma'noda qoʻllanadi-jinni bo'ldi, tеlba bo'ldi, esi og’di degan ma’noni ifodalash uchun qoʻllaymiz Aqli kirdi iborasi 2 xil ma’noni ifodalaydi 1)Aqli kirdi-es- hushli bo’ldi 2)Aqli kirdi-angladi, tushundi
aqlini yemoq iborasi 1 ta ma’noda keladi miyasi ishlamay qоldi, fikrlash qоbiliyatini yo’qоtdi ma’nosida.
Aqlini tanimoq iborasi 1 ma’noni esli hushli boʻldi degan ma’noni anglatadi.
18-variant
Soddalashgan va tublashgan leksemani qiyoslang.
Hosilasining lison va nutqqa munosabati jihatidan so‘z yasash qolipi ham farqlanadi. Ularni unumsiz (tarixiy) va unumli (zamonaviy) so‘z yasash qolipi sifatida farqlash lozim.Nutqiy yasama so‘zning lisoniy sathga ko‘tarilishi bir necha bosqichda kechadi. Uni nutqdan lisonga siljishi, lisoniylashishi darajasiga ko‘ra quyidagicha tartiblash mumkin:1) ixtisoslashgan leksema;2) soddalashgan leksema;3) tublashgan leksema. Soddalashgan leksema yasama so‘zlar lisoniylashuvining yanada yuqoriroq bosqichi. Soddalashish bu ma’lum bir so‘z yasash qolipining hosilasida o‘zak va qo‘shimchaning o‘zaro birikib ajralmas holga kelishi, so‘zshakldagi grammatik vositaning qotib qolishi natijasida yangi ma’no ifodalashidir. O’zbek tilidagi [oldin], [keyin], [tashqari], [ichkari], [yuqori] kabi yuzlab so‘z soddalashgan yasama so‘z - leksema. So‘z birikmalarining sintaktik qolipdan uzilish holati sifatida (boshning og‘rigi – [boshog‘riq], belning bog‘i – [belbog‘]) misollarini ko‘rsatish mumkin.Tublashgan leksema shunday leksemalashgan yasama so‘zki, ularning yasalishini, tarkibini etimologik ma’lumotsiz aniqlab bo‘lmaydi. Masalan, [sin] fe’lining o‘zagi [si], [tingla] fe’lining o‘zagi [ding], [to‘q] so‘zi o‘zagining [to‘] ekanligini til tarixi bo‘yicha chuqur ma’lumotga ega bo‘lmasdanbilib bo‘lmaydi.
Leksemaning okkazional ma’nolari haqida ma‘lumot bering. Okkazional ma’no leksemaning tildagi ma’nosiga xos bo'lmagan, ayrim shaxsning (muallifning) nutqiy vaziyatdan kelib chiqib, shu leksema mazmuniga yangicha «tus» berishi natijasida yuzaga keltirilgan sun’iy ma’nodir. U individual xarakterda bo'ladi va faqat kontekstda anglashiladi.«Ichak uzar hangomalar»dan keltirilgan quyidagi di.alogga e’tibor beraylik: gul leksemasining to'g'ri («o'simlik guli») va ko'chma («yigitlarning guli», «qizlarning guli») ma’nolari borligi ma’lum, ular shu leksemaning uzual ma’nolari (leksik ma’nolari) sanaladi, chunki gul so'zining bu ma’nolari shu leksemaning semantik tarkibidan barqaror o'rin olgan:Shoh qiz, shakarqiz, qizlarning guli,Qoshlaringni ko'rsatgil, men uning quli.Biroq gul leksemasining fan arboblariga nisbatan metaforik qo'llanishi odat bo'lmagan, atoqli yozuvchi Oybekning quyidagi misralarida esa bu so'z ayni shu ma’noda ishlatilgan, demak, uning mazmun mundarijasiga okkazional ma’no tusi berilgan: Fan, san 'atning gul lari butun, To 'plangandsuhbati uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |