5. Metodika birlashmalari va ularning faoliyatini tashkiletish yo‘llari.
3- variant.
1. Shaxs” tushunchasivashaxsrivojlanishiningo‘zigaxosxususiyatlari. «Shaxs» – odamning ijtimoiy xususiyatlarining yaxlit majmui bo‘lib, ijtimoiy taraqqiyot va individning faol xatti-harakati hamda muomalasi vositasida ijtimoiy munosabatlar tizimiga qo‘shilishining mahsuli hisoblanadi. Falsafa shaxsni faoliyat sub’yekti, ong va ijodiyot sifatida tutgan o‘rni, nuqtai-nazaridan qarab chiqadi. Ruxshunoslik - shaxsni ruxiy jarayonlar, xususiyat, qobiliyat, iroda sifatlari va boshqa jihatlardan barqaror yaxlit holda o‘rganadi.
Sotsiologik yondashuv shaxsning sotsial-tipik jihatini ajratadi. Shaxs sotsiologik nazariyasining asosiy masalasi shaxsning shakllanish jarayoni va uning ehtiyojlarini qondirish, sotsial birlikda rivojlanishi va amal qilishi, jamiyat bilan shaxs aloqalari, shaxs va guruhlar, shaxsning sotsial fe`l-atvorini, tartibga solish qonuniyatlarini o‘rganish bilan chambarchas bog‘langan. Bu yerda, sotsiologiyada shaxsni o‘rganishga ayrim umumiy tamoyilar nuqtai-nazaridan yondashuv ifodalangan. Sotsiologiya shaxsga oid ko‘pgina nazariyalarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ular bir-birlaridan qat’iy metodologik ko‘rsatmalar orqali farq qiladilar.Insonning qaysi jihati shaxs tushunchasida nomoyon bo‘ladi? «Shaxs» – odamning ijtimoiy xususiyatlarining yaxlit majmui bo‘lib, ijtimoiy taraqqiyot va individning faol xatti-harakati hamda muomalasi vositasida ijtimoiy munosabatlar tizimiga qo‘shilishining mahsuli hisoblanadi. Falsafa shaxsni faoliyat sub’yekti, ong va ijodiyot sifatida tutgan o‘rni, nuqtai-nazaridan qarab chiqadi. Ruxshunoslik - shaxsni ruxiy jarayonlar, xususiyat, qobiliyat, iroda sifatlari va boshqa jihatlardan barqaror yaxlit holda o‘rganadi. Sotsiologik yondashuv shaxsning sotsial-tipik jihatini ajratadi. Shaxs sotsiologik nazariyasining asosiy masalasi shaxsning shakllanish jarayoni va uning ehtiyojlarini qondirish, sotsial birlikda rivojlanishi va amal qilishi, jamiyat bilan shaxs aloqalari, shaxs va guruhlar, shaxsning sotsial fe`l-atvorini, tartibga solish qonuniyatlarini o‘rganish bilan chambarchas bog‘langan. Bu yerda, sotsiologiyada shaxsni o‘rganishga ayrim umumiy tamoyilar nuqtai-nazaridan yondashuv ifodalangan. Sotsiologiya shaxsga oid ko‘pgina nazariyalarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ular bir-birlaridan qat’iy metodologik ko‘rsatmalar orqali farq qiladilar.Insonning qaysi jihati shaxs tushunchasida nomoyon bo‘ladi?
2 SAVOL.TA’LIM MAZMUNINI BELGILAB BERUVCHI ME’YORIY HUJJATLAR.
3. O‘quvchilarningilmiydunyoqarashinishakllantirishningasosiyvositalari.
АҚЛИЙ ТАРБИЯ Дунёқараш ҳақида тушунча. Дунёқараш табиат, ижтимоий жамият, тафаккур ҳамда шахс фаолияти мазмунининг ривожланиб боришини белгилаб берувчи диалектик қарашлар ва эътиқодлар тизимидир. Мазкур тизим доирасида ижтимоий-ғоявий, фалсафий, иқтисодий, табиий-илмий, маънавий-ахлоқий, эстетик, ҳуқуқий ва экологик билимлар негизида шаклланган эътиқодлар асосий таркибий унсурлар сифатида намоён бўлади. Энг муҳими инсоннинг оламга муносабати, дунёдаги ўрни, моҳияти, ҳаётий йўналишини, ўзлигини англаш каби саволларга жавоб беради. Шунингдек, дунёқараш «дунёни тушунтириш», «дунёни ҳис қилиш», «ифодани идрок қилииш» каби тушунчалар билан яқин маънодош эканлигини айтиш жоиз. Дунёқараш инсониятни ўтмиш мероси, ҳозирги ҳаёт ва бундаги шароитлар, тизимларнинг англаб олинганлиги, қадриятдир. Дунёқараш кишиларнинг турмуш тарзи, ҳаёти, ахлоқ-одоби, маданиятини янада ўзида мужассамлаштирган тасаввурлар, билимлар йиғиндисидир. Шахсда дунёқараш изчил, тизимли, узлуксиз ҳамда мақсадга мувофиқ ташкил этилаётган таълим-тарбиянинг йўлга қўйилиши, унинг турли йўналиш ва мазмундаги ижтимоий муносабатлар жараёнида фаол иштирок этиши, шунингдек, ўз-ўзини тарбиялаб бориши натижасида шаклланади. Ёш авлод дунёқарашининг шаклланишида таълим муассасаларида ўқитилиши йўлга қўйилган табиий, ижтимоий ва гуманитар фанлар асосларининг улар томонидан пухта ўзлаштирилиши муҳим ўрин тутади.Шахснинг маънавий-ахлоқий қиёфаси, ҳаётий ёндошувлари, унинг учун устувор аҳамиятга эга бўлган қадриятлар ҳамда ахлоқий тамойиллар моҳияти у эга бўлган дунёқараш мазмунини ифодалайди. Ўз навбатида дунёқарашнинг бойиб бориши шахснинг шахсий сифат ва фазилатларининг тобора барқарорлашувини таъ минлайди. Ўз мазмунида эзгу ғояларни ифода этган дунёқараш шахс қиёфасида намоён бўлаётган ижобий фазилатларнинг бойиб боришига ёрдам беради. Дунёқараш ўз моҳиятига кўра, илмий (муайян фалсафий тизимга эга) ва оддий (муайян фалсафий тизимга эга бўлмаган) дунёқараш тарзида фарқланади. Илмий дунёқараш асосида узлуксиз, изчил равишда мавжуд фанлар асосларини пухта ўзлаштириб бориш, ижтимоий муносабатлар жараёнида фаол иштирок этиш натижасида барқарорлик касб этган ғоялар ётади. Шахс дунёқарашини шакллантириш узоқ муддатли, динамик хусусиятга эга мураккаб жараён саналади.Еътиқод дунёқараш негизида акс этувчи ижтимоий-фалсафий, табиий, иқтисодий, ҳуқуқий, маънавий-ахлоқий, эстетик ҳамда экологик билимларнинг такомиллашган кўриниши; муайян ғояга чексиз ишонч бўлиб, унинг шаклланиши бир неча босқичда кечади. Биринчи босқичда улар беқарор ва вазият тақозосига кўра ўзгарувчанлик хусусиятини касб этади. Иккинчи босқичда маънавий-ахлоқий қарашларнинг барқарор тамойилларига айланади. Мавжуд талаб, жамият томонидан тан олинган ахлоқий қоидалардан четга чиқиш қийин, зиддиятли вазиятларда онгли ҳаракатни ташкил этиш, иродавий сифатларга таянган ҳолда иш кўриш тақозо этилади. Учинчи босқичда, эътиқод барча вазиятларда ҳам устувор маънавий-ахлоқий тамойил бўлиб қолади. Ўқувчи томонидан ўзлаштирилган илмий билимлар ҳаётий муносабатлар жараёнида кенг қўлланилганда, уларнинг асл моҳияти чуқур ҳис қилинган ва англангандагина эътиқодга айланади.Ўқувчиларнинг илмий дунёқарашини шакллантиришнинг асосий воситалари. Агар унинг қарашлари тизими онг бирлигига таянса, инсон дунё ҳақида бир бутун тасаввур ҳосил қилади. Бундан келиб чиқадики, дунёқарашни шакллантириш шахснинг интеллектига, иродасига, ҳис-туйғусига, унинг амалий фаолиятига таъсир кўрсатиш билан боғлиқ.Ўқувчиламинг илмий дунёқарашини шакллантиришнингасосий воситалари: интеллектуал таркибий қисм, ижобий эмосионалҳолат, амалий фаолият соҳаси, фанлараро алоқадорлик,педагогнинг ижтимоий ва касбий позисияси.Дунёқарашнинг интеллектуал таркибий қисми борлиқни бевосита ҳиссий акс эттиришдан, абстракт тушунчали фикрлашгача бўлган ҳаракатни талаб этади.
4.MEHNAT TARBIYASI MAQSAD VA VAZIFALARI. Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Mehnat tarbiyasini shunday tashkil etish kerakki, inson mehnat jarayoni va uning natijasidan qanoatlanishini tarkib toptirishga ko‘maklashsin. Mehnat tarbiyasining provard maqsadi shaxs xarakterining asosiy xislati sifatida uning mehnatga bo‘lgan ehtiyojini shakllantirishdir.O‘quvchilarning ijtimoiy rivojlanishini ta'minlashda mehnat tarbiyasi muhim shartlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Uning amalga oshirilishi davlat tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy siyosat mazmuni bilan belgilanadiO‘zbekistonda, bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllantirishning asosiy tamoyillari jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlarning asosi sanaladi.Hozirgi davrda texnika va texnologiyalar rivojlanishini yuksak bosqichga ko‘tarish uchun ishlab chiqarishni keng ko‘lamda kompyuterlashtirish, iste'mol mahsulotlarini jahon standartlari darajasida ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish talab etilmoqda.Bularning barchasi yuksak intellektual va jismoniy kamolotga ega bo‘lish, ishlab chiqarish jarayonlarining ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy asoslaridan to‘laqonli xabardor bo‘lish, mehnatga ongli, ijodiy munosabatda bo‘ladigan yoshlarni tarbiyalashni taqozo etadi. Bu esa, o‘z navbatida, ta'lim muassasalarida mehnat ta'limi va tarbiyasini tashkil etishga nisbatan ulkan talablarni qo‘yadi. Mehnat tarbiyasining maqsadi o‘quvchilarda mehnatga ongli munosabatni shakllantirishdir. Mazkur maqsadga erishish yo‘lida quyidagi vazifalarni ijobiy hal etish maqsadga muvofiq: yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ularni zamonaviy ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga tayyorlash;
o‘quvchilarda umumjamiyat manfaati yo‘lida mehnat qilish ehtiyojini hosil qilish; ularning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish; o‘quvchilarning mavjud bilimlarini uzluksiz ravishda takomillashtirib borishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratish; ularda mehnat ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish; o‘quvchilar faoliyatida yuqori madaniyat, maqsadga intilish, tashkilotchilik, mehnat intizomi, tadbirkorlik, tejamkorlik, ishni sifatli bajarish, moddiy boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, hayotiy faoliyat yo‘nalishini belgilash malakalarini shakllantirish; o‘quvchilarda davlat iqtisodiy siyosati mazmuniga tayangan holda ular yashab turgan hududlar ishlab chiqarish xususiyatlariga muvofiq kasblarni egallashga bo‘lgan qiziqishni oshirish; o‘quvchilarni kasbga yo‘llash, ularni mehnat faoliyatining barcha turlari, shuningdek, ular yashayotgan hududda ehtiyoj mavjud bo‘lgan mutaxassisliklar bilan tanishtirish
5.Aqlizaiflikningpsixologik-pedagogikxususiyatlari, uning paydo bo‘lishi sabablari. Ma'lumki har bir fan o'zining yuzaga kelish, rivojlanish, taraqqiy qilish tarixiga, qonuniyatlariga ega. Shu singari aqli zaif bolalar psixologiyasi fani ham
ma'lum rivojlanish tarixiga ega. Aqli zaif bolalarni o'rganishning mumkinligi va
zarurligi, ularni o'qitish,tarbiyalash kerakligi, tibbiyot, xususan psixiatriyaning
rivoji bilan uzviy bog'liq. 18 asr ohirlari 19 asr boshlarida aqli zaif bolalarni
davolash, tarbiyalash, o'qitishga oid ma'lum ijobiy qarashlar yuzaga keldi va
shakllana boshladi. Inson ruxiyatini o'rganish nixoyatda murakkab. Diagnostika ishlari uchun,yordamchi maktablarni butlash uchun bolalar ruxiyatini o'rganish juda zarur
hisoblanadi, chunki yordamchi maktablardagi ta'lim-tarbiyani samarali olib borish
uchun bu boradigi ma'lumotlar kerak. Inson ruxiyatini atroflicha o'rganish kishidan
har tomonlama bilim va malakalar bo'lishi talab etilishi bilan bir qatorda bilim,
yetarlicha hayotiy tajriba ham talab etiladi. Aqli zaif bola ruhiyatining o'ziga xos xususiyatlarini bilish asosida ular bilan olib boriladigan o'quv tarbiyaviy ishlar mazmun-mohiyati belgilanadi. Aqli zaif bolalarning shaxsiy hujjatlari bilan tanisha borib, o'qituvchi, tarbiyachi bolaning kasallik tarixi, kasallik qoldirgan asorat xususiyatlarini tahlil qiladi. Aqli zaif bolalarni o'rganish yuzasidan ko'plab olimlar tomonidan izlanish va o'rganishlar olib borilgan. Bu borada L.S.Vigotskiy, T.A.Vlasova, L.V.Zankov, G.E.Suxaryova, M.S.Pevzner, L.S.Rubinshteyn kabi yetuk psixolog va olimlarning olib borgan izlanishlari, tadqiqodlari va ular tomonidan yaratilgan metodikalaridan hozirgi kunda keng foydalanib kelinmoqda. Olimlar tomonidan aqli zaif o'quvchilarning idrok, tafakkur, xotira, diqqat, nutq kabi psixologik xususiyatlari atroflicha o'rganilgan.8 Fazoviy buzilishlar aqli zaif bolalarda kuzatiladigan eng ko'p tarqalgan va eng ko'p uchraydigan nuqsonlardan biridir. T.N.Belovinaning ta'kidlashicha, fazoni idrok etish har xil nuqsonli a'zolarning turli hil intermodal aloqalariga asoslanadi. Fazoda komponentning to'liqligi ko'zga ta'sir etayotgan turli funktsichlarga bog'liq: uning o'tkirligiga, pertseptiv maydoniga, ko'z o'lchagichga, negaki aqli zaif bolalar bu darajagi yetmaydi.Aqli zaif bolalarga xos bo'lgan uyatchanlik va xarakatlar koordinatsiyasining kamligi, bolaga nisbatan yaqinda turgan narsalar bilan ko'rib tanishishning shakllanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Aqli zaif bolalarga maqsadsiz xarakatlanish va ortda qolishlari xos bo'ladi.Maktabgacha bo'lgan davrda ruxiyat xususiyatlari fazoviy idrok qilish
shakllanishining barcha bosqichlarida muhim bo'lib, u aqli zaif bolalarda kam
8 Spetsialnaya psixologiya. Pod.red. V.I.Lubovskogo. M.2005. ifodalangan. T.N.Golovina va I.A.Groshenkov tomonidan o'tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki aqli zaif bolalar ob'ektlarning tasvirlashganda, ularning kattaligini sezilarli kattalashtirib yuboradilar, ularni chapga yoki o'ngga surib yuboradilar. T.N.Golovina aqli zaif o'quvchilar umumiylikni differentsatsiyalashda, alohida va birgalikda, tekshiruvni davom ettirishda, shakllarni ajratishda qiynalishadi, ularga flagmentarlik, idrok etishning kambag'alligi, analiz jarayonlarining sust yo'nalganligi va taqqoslanmaslikka xos -deb ta'kidlaydi. I.M.Soloev, E.S.Beyn, K.I.Veresotskaya, E.A.Evlaxova kabi olimlar tomonidan aqli zaif o'quvchilar orasida ko'ruv idroki bo'yicha o'tkazilgan tadqiqodlar ko'pgina muxim daliliy faktlarni beradi. Bu ilk oligifrenopsixologik tekshiruvlar bo'lib, ular keyingi ishlarga asos slogan
4- Variant
1.Pedagogik fanlar tizimi.Pedgogikani boshqa fanlar bilan aloqasi.Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash ma’lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo‘lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma’lumki, pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo‘lib, uning umumiy mohiyatini to‘laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqati nazardan pedagogika fani bilan quyidagi fanlar o‘rtasida yaqin aloqadorlik mavjud:1. Falsafa – shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g‘oya, qarash hamda ta’limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi.2. Iqtisod – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘quv binolarini qurish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularni moddiy-texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat qiladi.3. Sotsiologiya – ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida ma’lumotlarga ega bo‘lish asosida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.4. Etika – shaxs ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma’naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o‘rin tutuvchi nazariy g‘oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o‘rin tutadi.5. Estetika – shaxs tomonidan go‘zallikning his etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo‘nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi.6. Fiziologiya – o‘quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarini inobatga olinishi uchun boshlang‘ich asoslarni beradi.7. Gigiena – o‘quvchilarning salomatligini muhofazalash, ularni jinsiy jihatdan to‘g‘ri shakllantirishda nazariy va amaliy g‘oyalari bilan yordam beradi.8. Psixologiya – shaxsda ma’naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy-irodaviy sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi.9. Tarix – pedagogika fani taraqqiyoti, ta’lim-tarbiya jarayonlarining dinamik, dialektik xususiyatlarini inobatga olish, shuningdek, xalq pedagogikasi g‘oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo‘naltiriladi.10. – o‘quvchilarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat asoslari haqidagi tasavvurni shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.11. Tibbiy fanlar – shaxsning fiziologik-anatomik jihatidan to‘g‘ri rivojlanishini ta’minlash, uning organizmida namoyon bo‘layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etishga amaliy yondashuv, shuningdek, nuqsonli bolalarni o‘qitish hamda tarbiyalash muammolarini o‘rganishda ko‘maklashadi.
Pedagogika fanlar tizimi. Pedagogika fanining tadqiq qilish ob’ekti, va u o‘rganadigan sohalari yildan-yilga ortib, kengayib va rivojlanib bormoqda. Natijada uning tarmoqlari ham bir necha guruhlarga ajralmoqda va mustaqil soha sifatida o‘rganilmoqda. Ular pedagogika fanlari tizimi deb nomlanadi.Pedagogika fanini ulkan katta daraxtga qiyoslash mumkin.Har bir fan o‘z rivojlanishida, o‘z nazariyalarini boyitadi, o‘zining ichki amaliy yo‘nalishlariga tayanib takomillashib boradi.Hozirgi vaqtda pedagogika fani o‘z fanlari tizimida:
Umumiy pedagogika (insonga, shaxsga ta’lim-tarbiya, ma’lumot berish shakli, mazmuni, usullari va ularni shakllantirishning, tarbiyalashning umumiy qonuniyatlarini tadqiq qiladi va amaliyotda qo‘llashga o‘rgatadi). Yoshlar pedagogikasi (turli yoshdagi kishilarga ta’lim tarbiya berish, shaxsni shakllantirishning o‘ziga xos tomonlarini o‘rganadi).
1.Maktab pedagogikasi (maktab yoshdagi o‘quvchilar ta’lim-tarbiya sohasining o‘ziga xos tomonlarini o‘rganadi).2.Maktabgacha tarbiya pedagogikasi (maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitish, tarbiyalashning o‘ziga xos tomonlarini o‘rganadi). 3.Pedagogika tarixi (turli tarixiy davrlarda maktablar ta’lim tarbiyasi, pedagogik g‘oyalarning mazmuni, rivojlanish masalalarini o‘rganadi). 4.Maxsus pedagogika (DefektologiY. Bu quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1) kar-soqov bolalarni tarbiyalash va o‘qitish masalalari bilan surdopedagogika; 2) ko‘zi Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarni tarbiyalash va o‘qitish masalasi bilan tiflopedagogika; 3) axloq jihatdan qoloq bolalarni tarbiyalash va o‘qitish masalalari bilan oligofrenopedagogika; 4) duduq va tili yassi bolalarni tarbiyalash va o‘qitish masalalari bilan esa logopediya shug‘ullanadi). 5.Metodika (ta’limning umumiy qonuniyatlarini muayyan predmetlaridan (ona tili, adabiyot, tarix, fizika, ximiya, matematika, jismoniy tarbiya) dars berishda qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlarini, usullarini tadqiq qiluvchi sohasi).6.Oila pedagogikasi (oila muhiti, a’zolari, sharoiti, ta’lim tarbiyasining umumiy masalalarini o‘rganadi).
2.Darsga qo’yiladigon talablar.
3.Tarbiya metodlari.Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Maqsad, mazmun, shakl, metod va vositalar kabi tushunchalar tarbiya jarayonining mohiyatini ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lgan yana bir tushuncha ham mavjud, bu tarbiya metodlari tushunchasidir. Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta'sir etish usullari. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta'sir etish usullaridir.Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi yetmaydi.Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi.Metodning ijobiy va salbiysi bo‘lmaydi, tarbiya jarayonida ma'lum yo‘lni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qo‘llanilayotgan sharoit nuqati nazaridan baholash mumkin.Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog‘lik.Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Tarbiya maqsadi va mazmuni metodlarni to‘g‘ri tanlashga imkon beradi. Maqsad qanday bo‘lsa, unga erishish metodlari unga muvofiq bo‘lishi zarur. Tarbiyaning mazmuni shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bog‘lash g‘oyat muhimdir. Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlari. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Yosh xususiyatlarimuayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlardir. Aytaylik, mas'uliyat tuyg‘usini boshlang‘ich ta'lim, o‘rta ta'lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida ta'lim olayotgan o‘quvchilarda ham shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish borasida turli metodlar qo‘llaniladi. Xalq pedagogikasida tarbiya metodlari.Xalq pedagogikasi o‘zbekona axloq, odob va tarbiyaning barcha qirralarini o‘zida mujassamlashtirgan.Xalq pedagogikasida turlicha tarbiya metodlari hamda vositalaridan foydalaniladi. Bu metod va vositalar nihoyatda rang-barang bo‘lib, ko‘p jihatlari bilan ilmiy pedagogikadan ustunlik qiladi. Binobarin, ushbu metodlar ilmiy pedagogikaning shakllanishiga ham o‘z ta'sirini o‘tkazgan.Xalq pedagogikasida qo‘llanilgan xilma-xil tarbiya metodlarini quyidagi tarzda umumlashtirish mumkin.
4.Ma’naviy axloqiy tarbiya.Ахлоқ ва маънавият тушунчаси. Ахлоқ ва маънавият чуқур ички ўзаро алоқадорликка эга. Зеро, маънавият индивид мансуб бўлган гуруҳлар ахлоқи таъсирида юзага келади, ахлоқ эса, ўз навбатида, гуруҳ аъзолари бўлган индивидлар маънавиятининг ўзаро туташ оммавий муносабатларида намоён бўлади.Ахлоқ - маънавиятнинг таркибий қисми сифатида шахс камолотининг юқори босқичи саналади. Зеро, ахлоқ, ахлоқий меъёрларсиз шахснинг руҳий ва жисмонан этуклигининг мезони бўлган маънавий камолотга эришиб бўлмайди. Шунинг учун ҳам маънавий-ахлоқий тарбияда узвийлик, алоқадорлик диалектик характерга эга бўлиб, шахснинг маънавий-ахлоқий шаклланишида муҳим саналади.Ахлоқ - ижтимоий онг ва тарбиявий таъсир этиш шакли сифатида. Ахлоқ - маънавиятнинг таркибий қисми сифатида шахс камолотининг юқори босқичи саналади.Ахлоқ (арабча - хулқ-атвор маъносини билдиради) ижтимоий онгшаклларидан бири бўлиб, ижтимоий муносабатлар ҳамда шахс хатти-ҳаракатини тартибга соладиган қонун-қоидалар мажмуидир.Зеро, ахлоқ, ахлоқий меъёрларсиз шахснинг руҳий ва жисмонан этуклигининг мезони бўлган маънавий камолотга эришиб бўлмайди. Ахлоқ - шахс ёки гуруҳ фаолиятини баҳолаш орқали жамиятдаги муносабатларни бошқариш механизми. Ахлоқ шунчаки муносабатларни тартибга келтириш учунгина эмас, балки уларни уйғунлаштириш учун ҳам зарур. Муносабатларни бошқариш икки хил усул билан амалга оширилади: хулқ-атворни рағбатлантириш ва жазолаш. Ахлоқ жамиятдаги муносабатларни тартибга солади ва ижтимоий ривожланиш эҳтиёжлари ифодаланадиган мақсадларни илгари суради.Ахлоқ тушунчалари умумий характерга эга, улар алоҳида муносабатларни эмас, ҳамма соҳасидаги муносабатларни қамраб олади. Бундай тушунчалар ахлоқий категория деб аталади.Езгулик, тартиблилик, ҳаққонийлик, ростгўйлик, адолатлилик, меҳнатсеварлик, жамоавийлик каби сифат ва хусусиятларни ўзида бирлаштирган шахс тавсифи ахлоқий тамойиллар деб аталади.Ҳаётда қоида сифатида қабул қилинган талаблардан кишилар о ъзларига одамлар орасидан намуна танлайди. Бу ахлоқий идеал деб аталади.Ахлоқнинг асосий қирралари (тамойиллари) - бирдамлик (шахсий манфаатларнинг умумийликнинг юқори кўриниши сифатидаги ижтимоийликка бўйсундирилиши) ва инсонпарварлик (шахсга ўз-ўзича қадрият ва якуний мақсад сифатида муносабатда бўлиш). Ахлоқий онгнинг ўзига хос тушунчалари сифатида яхшилик ва ёмонлик, бурч, виждон, шаън, қадр-қиммат кабиларни келтириб ўтиш мумкин. Юқорида айтилганларни эътиборга олиб, ахлоқнинг, жамият аъзоларининг фаолиятига йўналганлиги ва уни бошқарилиши маъносида, фаолиятли тавсифини кўрсатиб ўтиш тўгри бўлади.Ахлоқий меъёрлар ҳар бир инсон ва жамият уйғунликда мавжуд бўла олишига интилган кишилик жамиятининг кўп асрлик тажрибаси натижасидир.Инсоният ҳамиша энг муҳим мақсадлардан бири сифатида кишиларнинг ҳамкорликдаги яшашида уйғунликка интилиб келган. Ахлоқ меъёрлари инсоннинг яхшилик ва ёмонликни чегаралаш, эзгулик нима эканини аниқлашга интилишлари натижасида юзага келган.Ахлоқ меъёр ва қадриятлардан иборат. Ахлоқнинг учинчи элементи идеалларни эса, шахс ўзида таркиб топтиришни хоҳлаган меъёр ва сифатлар тарзида ажратиб кўрсатиш мумкинМеъёр - бир турдаги хулқ-атвор, такрорланадиган вазият, талаб, стандарт, тақлид учун мисол, ижтимоий фикр, дид, қоида, урф-одат шаклидаги намуна. Меъёрлар аждодларнинг катта ижобий аҳамиятга эга тажрибасини ўзида мужассамлайди, зеро уларда у ёки бу хулқ- атворнинг кўплаб авлодлар тажрибасида синалган мақсадга мувофиқлиги акс этади.Ахлоқ ва маънавият тушунчаси. Ахлоқ ва маънавият чуқур ички ўзаро алоқадорликка эга. Зеро, маънавият индивид мансуб бўлган гуруҳлар ахлоқи таъсирида юзага келади, ахлоқ эса, ўз навбатида, гуруҳ аъзолари бўлган индивидлар маънавиятининг ўзаро туташ оммавий муносабатларида намоён бўлади.Ахлоқ - маънавиятнинг таркибий қисми сифатида шахс камолотининг юқори босқичи саналади. Зеро, ахлоқ, ахлоқий меъёрларсиз шахснинг руҳий ва жисмонан этуклигининг мезони бўлган маънавий камолотга эришиб бўлмайди. Шунинг учун ҳам маънавий-ахлоқий тарбияда узвийлик, алоқадорлик диалектик характерга эга бўлиб, шахснинг маънавий-ахлоқий шаклланишида муҳим саналади.Ахлоқ - ижтимоий онг ва тарбиявий таъсир этиш шакли сифатида. Ахлоқ - маънавиятнинг таркибий қисми сифатида шахс камолотининг юқори босқичи саналади.Ахлоқ (арабча - хулқ-атвор маъносини билдиради) ижтимоий онгшаклларидан бири бўлиб, ижтимоий муносабатлар ҳамда шахс хатти-ҳаракатини тартибга соладиган қонун-қоидалар мажмуидир.Зеро, ахлоқ, ахлоқий меъёрларсиз шахснинг руҳий ва жисмонан этуклигининг мезони бўлган маънавий камолотга эришиб бўлмайди. Ахлоқ - шахс ёки гуруҳ фаолиятини баҳолаш орқали жамиятдаги муносабатларни бошқариш механизми. Ахлоқ шунчаки муносабатларни тартибга келтириш учунгина эмас, балки уларни уйғунлаштириш учун ҳам зарур. Муносабатларни бошқариш икки хил усул билан амалга оширилади: хулқ-атворни рағбатлантириш ва жазолаш. Ахлоқ жамиятдаги муносабатларни тартибга солади ва ижтимоий ривожланиш эҳтиёжлари ифодаланадиган мақсадларни илгари суради.Ахлоқ тушунчалари умумий характерга эга, улар алоҳида муносабатларни эмас, ҳамма соҳасидаги муносабатларни қамраб олади. Бундай тушунчалар ахлоқий категория деб аталади.Езгулик, тартиблилик, ҳаққонийлик, ростгўйлик, адолатлилик, меҳнатсеварлик, жамоавийлик каби сифат ва хусусиятларни ўзида бирлаштирган шахс тавсифи ахлоқий тамойиллар деб аталади.Ҳаётда қоида сифатида қабул қилинган талаблардан кишилар о ъзларига одамлар орасидан намуна танлайди. Бу ахлоқий идеал деб аталади.Ахлоқнинг асосий қирралари (тамойиллари) - бирдамлик (шахсий манфаатларнинг умумийликнинг юқори кўриниши сифатидаги ижтимоийликка бўйсундирилиши) ва инсонпарварлик (шахсга ўз-ўзича қадрият ва якуний мақсад сифатида муносабатда бўлиш). Ахлоқий онгнинг ўзига хос тушунчалари сифатида яхшилик ва ёмонлик, бурч, виждон, шаън, қадр-қиммат кабиларни келтириб ўтиш мумкин. Юқорида айтилганларни эътиборга олиб, ахлоқнинг, жамият аъзоларининг фаолиятига йўналганлиги ва уни бошқарилиши маъносида, фаолиятли тавсифини кўрсатиб ўтиш тўгри бўлади.Ахлоқий меъёрлар ҳар бир инсон ва жамият уйғунликда мавжуд бўла олишига интилган кишилик жамиятининг кўп асрлик тажрибаси натижасидир.Инсоният ҳамиша энг муҳим мақсадлардан бири сифатида кишиларнинг ҳамкорликдаги яшашида уйғунликка интилиб келган. Ахлоқ меъёрлари инсоннинг яхшилик ва ёмонликни чегаралаш, эзгулик нима эканини аниқлашга интилишлари натижасида юзага келган.Ахлоқ меъёр ва қадриятлардан иборат. Ахлоқнинг учинчи элементи идеалларни эса, шахс ўзида таркиб топтиришни хоҳлаган меъёр ва сифатлар тарзида ажратиб кўрсатиш мумкин.Меъёр - бир турдаги хулқ-атвор, такрорланадиган вазият, талаб, стандарт, тақлид учун мисол, ижтимоий фикр, дид, қоида, урф-одат шаклидаги намуна. Меъёрлар аждодларнинг катта ижобий аҳамиятга эга тажрибасини ўзида мужассамлайди, зеро уларда у ёки бу хулқ- атворнинг кўплаб авлодлар тажрибасида синалган мақсадга мувофиқлиги акс этади.
5. Korreksion pedagogika pedagogik fanlarning tarmog‘isifatida.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli salmoqli element sifatida fanni o‘z ichiga oladi, bu sohada: tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to‘g‘risidagi yangi fundamental va amaliy bilimlar shakllanadi,kadrlar tayyorlash tizimida ommalashtirish,o‘rganish va foydalanish uchun kerakli ilmiy natijalar jamlanadi;oliy malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi;kadrlar tayyorlash jarayoini ilmiy-tadkikot jihatidan taominlash infrastrukturasi vujudga keltiriladi,ta’limning soxalari bo‘yicha axborot bazasi shakllantiriladi;mamlakatimiz ilm-fanining jahon ilm-faniga integrasiyasi sodir bo‘ladi,zamonaviy ilm-fan va texnologiyalarning eng muxim muammolarini hal etish uchun ilmiy yutuqlar va kadrlarni xalqaro miqyosda almashinuv amalga oshiriladi. KADRLAR TAYYORLASH TIZIMIDA ISHLAB CHIQARISH. Ishlab chiqarishning talab-extiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining yo‘nalishi, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari so‘radi, ta’limning muvoziy texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo etadi. Ishlab chiqarish pirovard natijadakadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi. Ishlab chiqarishning kadrlar tayyorlash tizimidagi vazifalari quyidagilar bilan belgilanadi, chunonchi u: turli saviya va malakadagi mutaxassislarga bo‘lgan talab extiyojni shakllantiriladi; o‘z ixtiyoridagi moddiy-texnika, moliya, kadr resurslari hamda kadrlarni o‘qitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash uchun zarur boshqa resurslarni berish bilan uzluksiz ta’lim tizimiga ko‘maklashadi; muassis, vasiy, donor, homiy tariqasida ayrim mutaxassislarni va guruhlarni maqsadli tayyorlashni, shuningdek turli tip va darajadagi o‘quv yurtlarini moliyalashda qatnashadi: ta’lim va ilm-fanning turli shakllardagi integrasiyasini (muvaqqat ijodiy jamoalar, o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmualari, markazlari, texnoparklar, texnopolislar) rivojlantiradi.
5-variant
1. Ta’lim sohasida amalga oshirilgan yangi islohatlar.
yillik majburiy ta’limga o‘tish natijalarini har tomonlama tahlil qilish hozirgi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi bugungi kun talablariga javob bermasligini va tubdan isloh qilishga muhtoj ekanligini ko‘rsatdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga sharhda so‘z boradi.Hujjatda tizimdagi muammolar nimalarga olib kelgani alohida sanab o‘tiladi. Jumladan, 12 yillik ta’lim tizimi:kasb-hunar kollejlarini hududlarda joylashtirishga tizimli yondashish mavjud emasligi, mintaqalarda yo‘l-transport infratuzilmasining yetarlicha rivojlanmaganligi o‘quvchilarning vaqti-vaqti bilan mashg‘ulotlarga ommaviy qatnashmasligiga sabab bo‘ldi;kasb-hunar kollejlari va ularning o‘quv ustaxonalari o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan ta’minlanganligi ilm-fan, ishlab chiqarish texnologiyalari va texnikaning rivojlanishi sur’atlaridan orqada qoldi, kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnik jihozlanishi darajasi o‘rtacha 56 foizni tashkil etdi;darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash va nashr etish bo‘yicha ishlar samarasiz va o‘z vaqtida moliyalashtirilmasligi kasb-hunar ta’limi tizimini yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlashda jiddiy ravishda orqada qolishga olib keldi;kasb-hunar kollejlaridagi mintaqalarda iqtisodiyot tarmoqlarining real ehtiyojlarini ta’minlamaydigan kadrlar tayyorlashning mavjud tizimi, mehnat bozori kon’yunkturasi va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish uchun imkoniyatlar mavjudligi hisobga olinmasdan belgilanadigan kasb-hunar kollejlariga qabul qilish kvotalari bitiruvchilarni ishga joylashtirish ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi;kasb-hunar kollejlaridagi amalga oshiriladigan o‘quv jarayoni, qo‘llaniladigan o‘quv-normativ hujjatlarning kamchiliklari, kasblarning murakkabligi darajasi hisobga olinmasdan ta’limning yagona muddatlari belgilanishi, ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishdagi kamchiliklar olinadigan bilimlar darajasi pasayishiga va bir qancha yo‘nalishlar bo‘yicha bitiruvchilarga talab pastligiga, o‘qish tugallangandan keyin ish joylarida ularni qo‘shimcha ravishda o‘qitish zarurligiga olib keldi;aholi turli toifalarini «Hayot davomida ta’lim olish» prinsipi bo‘yicha kasbga tayyorlash tizimining zaif rivojlanganligi katta yoshdagi aholining salmoqli qismi, shu jumladan, ishga joylashishga muhtoj bo‘lgan yoshlar va nogiron shaxslar mehnat bozorida talab etilmasligiga olib keldi
2.O‘qituvchining darsga tayyorlanishi.O’quvchilarning muhim tarkibga ega bo’lgan va sinf deb atalgan guruhi
aniq maqsadni ko’zlab belgilangan vaqtda o’qituvchi rahbarligida o’quv
jarayonining tashkil etilishi dars deb ataladi.Dars jarayoni samaradorligi o’qituvchining darsga puxta tayyorlanishib bilan belgilanadi.E’tiborsizlik bilan rejalashtirilgan va puxta tayyorlanmagan,
o’quvchilar imkoniyatlari bilan uyg’unlashmagan dars samarasiz bo’lishi
mumkin. Shuning uchun birinchi navbatda har qanday o’qituvchi darsga puxta
tayyorgarlik ko’rishi lozim.Darsga tayyorlanish bu - bir butun dars loyihasini tizimli ketma-ketliginiishlab chiqish bo’lib, ayni paytda pirovard natijasini ta’minlaydigan o’quvtarbiya jarayonidir.
O’qituvchining darsga tayyorgarligi quyidagicha olib boriladi:1. O’qituvchining o’z fani yuzasidan umumiy tayyorgarligi.2. O’qituvchining har bir darsga kundalik tayyorgarligi.
O’qituvchining umumiy tayyorgarligi o’quv yili boshlanishi oldidan va
yillar davomida amalga oshiriladi. Tayyorgarlik ko’rishda quyidagilarga e’tibor
qaratiladi:o’quv yili boshlanishiga qadar o’quv dasturini o’rganish, mavzu bo’yicha
qo’yilgai Davlat ta’lim standart talablarini o’rganib chiqish, o’quvchilar
o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni aniqlash kabi
vazifalarini belgilab olish;fanga oid ilmiy, metodik va ilmiy-ommabop adabiyotlarning mazmuni bilan tanishish;fanga oid yangi nashr qilingan ko’rgazma materiallarni, o’quv tajriba
jihozlarni o’rganish;ilg’or o’qituvchilarning ish tajribalarini o’rganish, tahlil qilish va o’z
ustida ishlash orqali bilimini kengaytirish;o’z fani sohasida ma’lumotlarni to’plash, muammoli masala va topshiriqlarni, test materiallarini jamlashdan iboratdir.O’qituvchining umumiy tayyorgarligi uning fan bo’yicha tuzgan taqvimmavzu rejasida aks etadi. Taqvim-mavzu reja fan o’qituvchisi tomonidan tuzilib, metod birlashma yig’ilishida muhokama qilinadi, ma’qullangandan so’ng ma’muriyat tomonidan tasdiqlanadi.O’qituvchiiing har bir darsga kundalik tayyorgarligi. O’qituvchining har bir darsga sifatli tayyorlanishi darsni tashkil etish, o’quvchilarga beriladigan bilim, ko’nikma va malakalarni qay darajada o’zlashtirilishini ta’minlaydi.Darsga tayyorlanish algoritmi, barcha omillar, holatlarni hisobga olish va
kafolatlaydigan izchil tadbir bo’lishi zarur.Shuning uchun har bir darsga tayyorlanishda quyidagi tavsiyalarga rioya qilishi lozim:Darsda o’quvchi shaxsini rivojlantirish uchun avvalo, uning idrokini,xotirasini kuchaytirish asosida o’quv materialining xotirada saqlanishini
taьminlash zarur. Darsning maqsadiga erishish uchun o’quv materiallarini to’g’ri tanlash, bunda - o’quvchilarning bilim saviyasini hisobga olish va darsni jihozlashga jiddiy e’tibor berish, o’quv materiallar o’quvchilarga tushunarli bo’lishi uchun ta’limning metod va usullarini o’rinli qo’llash ham muhimdir. Dars o’qituvchiga juda katta mas’uliyat yuklaydi.Shunga ko’ra, atroflicha tayyorlanish tajribali o’qituvchi uchun ham yosh o’qituvchi uchun ham zarur. O’qituvchi o’z vazifasini sifatli bajara olishi uchun o’quvchilar shaxsini har
tomonlama o’rganishi shart. O’quvchi shaxsini o’rganish oddiygiia tadbir emas,
balki ta’lim-tarbiyadan ko’zlangan maqsadga erishishning eng muhim yo’lidir. Shuning uchun birinchi navbatda sinf jamoasining o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish lozim:o’quvchilarning bilimi va o’zlashtirish saviyasi;o’quvchilarning fanga bo’lgan munosabati;sinfning ishlash tezligi;bilim, ko’nikma va malakalarning shakllanganligi;har xil turdagi o’quv jarayoniga munosabati;o’quvchilarning intizomi.Ikkinchi navbatda esa har bir o’quvchining individual xususiyatlarini e’tiborga olish zarur:nerv tizimi turlarining shakllanganlik darajasi;o’zaro fikr almashuvi;hissiyotga beriluvchanlik;materialni o’quvchilar tomonidan qabul qilishini boshqarish;yomon kayfiyatni tarqatish yo’llarini bilish;o’zining bilim va qobiliyatiga ishonish;xar xil ta’lim vositalaridan foydalanishni bilish.O’qituvchi oldida turgan vazifalardan biri o’quvchilarga beriladigan ta’lim va tarbiya sifatini oshirish, uni yanada rivojlantirish va yuqori bosqichga ko’tarish talab qilinadi. Demak, o’qituvchi har bir darsni rejalashtirganda darsni puxta o’tkazilishini ta’minlash uchun talab darajasida dars ishlanmasini batafsil tuzishi, aniq vaziyatni e’tiborga olib darslarni turli xil shaklda o’tkazishi
lozim.
3.Jamoa haqida tushuncha Guruh va jamoa haqida tushuncha
Pedagog yoki tarbiyachi o`z ishida faqat birgina o`quvchining o`zi bilan emas, balki turli guruh va jamoalar bilan munosabatda bo`ladi. SHuning uchun dastlab u o`zi bilan bolalar o`rtasida guruh yoki jamoa tuzib olishi kerak.Guruh deb, ikki yoki undan ortiq kishilar uyushmasiga aytiladi.Masalan, o`quvchilar guruhi, sinfda qandaydir boshliq atrofiga to`plangan bolalar guruhi.Har bir kishi qaerda yashamasin, baribir qandaydir guruh yoki jamoa orasida yashaydi, ular bilan muloqot qiladi. Guruh va jamoalar doimo o`zgarib turadi. Shaxs ana shu guruh yoki jamoaga moslashib yashashi kerak. Guruh va jamoadagi munosabatlarni ijtimoiy psixologiya o`rganadi. Guruhning eng yuksak shakli jamoadir.Har qanday jamoa umumiy maqsad asosida tarkib topadi. Har qanday uyushgan guruh jamoa bo`la olmaydi. Masalan, banditlar shaykasi, jinoyatchilar to`dasini jamoa deb bo`lmaydi. CHunki ularning maqsadi faqat o`zlarining ehtiyojini qondirish, shaxsiy boylik orttirishdir.Ular ichki manfaatidan tashqariga chiqa olmaydi.Haqiqiy jamoa a`zolari jamiyat rivoji, o`z xalqining moddiy hayot farovonligini oshirish maqsadida harakat qiladilar. Masalan, oila, o`qituvchilar jamoasi, tadbirkorlar uyushmasi, olimalar va psixologlar uyushmasi kabilarni jamoa deyish mumkin. Jamoadagi kishilar umuminsoniy maqsad yo`lida xizmat qiladilar. Demak, jamoa deb umumiy maqsadlari asosida birlashgan, jamiyatning bir qismi hisoblangan va ana shu jamiyat maqsadlariga to`la buysungan kishilar guruhiga aytiladi. Ushinskiy K. D. , Leont`ev A.N, Anan’ev B. G, Kovalev A. G. kabilarning ishlari shaxs va jamoaning tarkib topishiga qaratilgan.Har qanday jamoaning maqsadlari shu jamoaning o`z ichida cheklanmay, jamoa doirasidan chetga chiqishi kerak.Sнunda jamoa a`zolarining javobgarlik hissi ortadi.Har bir jamoa o`zidan katta bir jamoaning bir qismidir. Masalan: 1 - kurs talabalar jamoasi fakul’tet jamoasining, fakul’tet jamoasi esa universitet jamoasining bir qismidir. Jamoa va shaxs. Jamoachilik shaxsning xislati sifatida odamning jamiyat taraqqiyoti maqsadlari bilan birdamligining ifodasidir. Bu ijtimoiy birdamlik mehnatda namoyon bo`ladi va mehnatning tarkibiga quyidagilar kiradi: mehnat va ijtimoiy faollik, javobgarlik va burch hissi, butun jamiyat va jamoa maqsadlari manfaati nuqtai nazaridan o`rtoqlarcha o`zaro yordam hamda o`ziga va o`zgalarga nisbatan talabchanlik. Kishi shaxs sifatida tug`ilmaydi, balki boshqa kishilar bilan munosabatlardagina shaxsga aylanadi. Shaxs deb, jamiyatda faoliyatda bo`ladigan, yuksak ongga ega bo`lgan kishiga aytiladi. Agar yasli yoshidagi bolalar kattalar bilan munosabatda bo`lmasalar, ular shaxs sifatida shakllanmaydi. Shaxs ong egasi bo`lgan odamdir, ong esa faqat tabiiy hodisalar olaminigina aks ettirib qolmay, balki shaxs insoniyat tajribasi asosida to`plangan narsalar bilan munosabatda bo`ladigan ijtimoiy ong mahsulotlarini ham aks ettiradi. Maktab o`quvchisi shaxsining tarkib topishi jamoada amalga oshadi.Bola avval o`zi haqida uchinchi shaxs tilidan gapiradi. Masalan: “Sardorni o`ynagisi kelyapti”. Bola jamoadagi bolalar bilan bo`lgan munosabatdagina o`z – o`zini anglash darajasiga ko`tariladi. Kattalar yoki tengdoshlari bolani yaxshi yoki yomonsan deganlarida bola o`z-o`ziga baho berishni o`rganadi. Mana shu tariqa tanqidni tushunishdan o`z - o`zini tanqid qilish yuzaga kela boshlaydi
4.Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni.
Oilada farzandlarni ma’naviy barkamol komil insonlar qilib voyaga etkazishda umuminsoniy qadriyatlardan foydalanish Hozirgi jahon miqyosidagi ziddiyatli taraqqiyotda millatning va xalqning ma’naviy kamolotiga, ma’rifatiga umumdavlat siyosati sifatida qarash lozim. Odamlar ichidagi milliy iftixor tuyg’usi bilan boshqa millatlarning tarixi, madaniyati va qadr-qimmatini hurmat qilishning dialektik uyg’unligini ta’minlash zarur. Jamiyat a’zolari ongida hozirgi dunyoda ro‘y berayotgan barcha hodisalarga daxldor va mas’ullik hissini vujudga keltirish va doimo mustahkamlab borish darkor boshqa resurslarni berish bilan uzluksiz ta’lim tizimiga ko‘maklashadi; muassis, vasiy, donor, homiy tariqasida ayrim mutaxassislarni va guruhlarni maqsadli tayyorlashni, shuningdek turli tip va darajadagi o‘quv yurtlarini moliyalashda qatnashadi: ta’lim va ilm-fanning turli shakllardagi integrasiyasini (muvaqqat ijodiy jamoalar, o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmualari, markazlari, texnoparklar, texnopolislar) rivojlantiradi.
5. Ta’lim muassasasiMetodik Kengashi va uning vazifalari.Metodik kengashning maqsadi umumta’lim muassasasi o‘qituvchilarining malakasini oshirish, ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, kasbiy mahoratini o‘stirish hamda metodik ishlarga tez moslashuvchanligini ta’minlashdan iborat.Metodik kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:umumta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish uchun zarur bo‘lgan metodik faoliyatni muvofiqlashtirish, pedagog xodimlarning faoliyati samaradorligini oshirish;umumta’lim muassasasining o‘quv dasturi, o‘quv rejasi va uning rivojlantirish dasturlarini birlamchi ekspertizadan o‘tkazish hamda tasdiqlash uchun umumta’lim muassasasining pedagogik kengashiga tavsiya etish;umumta’lim muassasasi o‘qituvchilariga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, ta’lim metodlari, shakli va vositalarini izlab topishga ko‘maklashish, dars jarayonida qo‘llashga sharoit yaratish, ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish va ta’lim jarayonida yutuqlarga erishayotgan pedagogik xodimlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalar berish;o‘quvchilar bilimi, ko‘nikma va malakalarining davlat ta’lim standartiga mosligini o‘rganish, tahlil qilish, monitoring qilish va natijalariga ko‘ra aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish;o‘quv yili yakunida o‘quvchilarni keyingi sinfga ko‘chirish yoki sinfda qoldirish masalasini ko‘rib chiqish;pedagog xodimlarning oxirgi uch yildagi ish natijalarini tahlil qilib borish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berish, pedagog xodimlar va uslubiy birlashma rahbarlariga metodik ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha asosiy vazifalarni belgilab berish;pedagog xodimning innovatsion faoliyatini tashkil qilish, ularning ijodiy izlanishlari uchun seminarlar, trening mashg‘ulotlari, pedagogik texnologiyalar bo‘yicha taqdimotlar hamda ochiq darslar tashkil etish;umumta’lim muassasasi pedagog xodimlarining malaka oshirishlarini tashkil etish;pedagog xodimlarning malaka oshirish kursidan keyingi faoliyatlarini tahlil qilish, ularning malaka oshirish kursi davomida olgan bilimlari asosida o‘quv seminarlar tashkil etish, ularning ish rejasi asosida ijodiy hisobotlarini eshitish;fanlar bo‘yicha sinfdan tashqari (fakultativ, to‘garak) ishlarni muvofiqlashtirish;fan olimpiadalari va tanlovlarning maktab bosqichlarini o‘tkazish hamda ularning samarali tashkil etilishini nazorat qilish;pedagogik jamoaning ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantirishga va amaliyotda qo‘llashga yo‘naltirilgan tajriba-sinov, ilmiy-tadqiqot, innovatsion, ijodiy faoliyatiga oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularni rag‘batlantirish choralarini ko‘rish;
pedagogik xodimlarni ilmiy, metodik, didaktik materiallar, o‘quv dasturlari bilan ta’minlash;
ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida dars o‘tishning yangi metodlarini sinovdan o‘tkazish;ta’lim sohasida tajriba almashish maqsadida boshqa ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish;uslubiy birlashmalar hisobotini eshitish, muhokama qilish va ular faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berish;ta’lim mazmunini rivojlantirishga oid masalalarni hal qilish, innovatsion dasturlar tuzish, diagnostik tahlil o‘tkazish, yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish uchun vaqtinchalik ijodiy guruhlar faoliyatini tashkil etish;pedagog xodimlar tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv-metodik qo‘llanmalar va didaktik materiallarni muhokamadan o‘tkazish.
6 -VARIANT.
Kadrlar tayyorlash Milliy modelining tarkibiy qismlariga izoh bering.
Kadrlar tayyorlash Milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir: shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim soxasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi; davlat va jamiyat - ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari; uzluksiz ta’lim - malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muxitini o‘z ichiga oladi; fan - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi; ishlab chiqarish - kadrlarga bo‘lgan extiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.Davlat va jamiyat uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun ochiq bo‘lishini va xayot o‘zgarishlariga moslanuvchanligini ta’minlaydi.ADRLAR TAYYORLASH TIZIMIDA ISHLAB CHIQARISH. Ishlab chiqarishning talab-extiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining yo‘nalishi, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari so‘radi, ta’limning muvoziy texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo etadi. Ishlab chiqarish pirovard natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi. Ishlab chiqarishning kadrlar tayyorlash tizimidagi vazifalari quyidagilar bilan belgilanadi, chunonchi u: turli saviya va malakadagi mutaxassislarga bo‘lgan talab extiyojni shakllantiriladi; o‘z ixtiyoridagi moddiy-texnika, moliya, kadr resurslari hamda kadrlarni o‘qitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash uchun zarur boshqa resurslarni berish bilan uzluksiz ta’lim tizimiga ko‘maklashadi; muassis, vasiy, donor, homiy tariqasida ayrim mutaxassislarni va guruhlarni maqsadli tayyorlashni, shuningdek turli tip va darajadagi o‘quv yurtlarini moliyalashda qatnashadi: ta’lim va ilm-fanning turli shakllardagi integrasiyasini (muvaqqat ijodiy jamoalar, o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmualari, markazlari, texnoparklar, texnopolislar) rivojlantiradi.
2.Sinf-dars tizimining afzalligi va kamchiliklari nimalarda namoyon bo‘ladi?-
3.Faoliyatni rag‘batlash va motivatsiyalash metodlarini yoriting.
4.Ma’naviy-axloqiy tarbiya deganda nima tushuniladi?Axloq - ma‟naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. Zero, axloq, axloqiy me‟yorlarsiz shaxsning ruhiy va jismonan etukligining mezoni bo„lgan ma‟naviy kamolotga erishib bo„lmaydi. SHuning uchun ham ma‟naviy-axloqiy tarbiyada uzviylik, aloqadorlik dialektik xarakterga ega bo„lib, shaxsning ma‟naviy-axloqiy shakllanishida muhim sanaladi. Ma‟naviy-axloqiy tarbiya va unga qo„yiladigan talablar bu jamiyatda ma’lum ijtimoiy-axloqiy talablarga mos axloqiy xislatlarni shakllantirish maqsadida talabalar ongi, hissiyotlari hamda xulqiga muvofiq va tizimli ta’sir etishdir.Ma‟naviy-axloqiy tarbiya vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Talabalarda ma‟naviy-axloqiy ongni shakllantirish.
2. Ularda ma‟naviy-axloqiy his-tuyg„ularni tarbiyalash va
rivojlantirish.
3. Talabalarda ma‟naviy-axloqiy xulq-atvor ko„nikma va
odatlarini tarkib toptirish.
Ma‟naviy-axloqiy tarbiya mohiyatiga ko„ra inson ongining jamiyat bilan aloqadorligi, jamiyat oldida burchli ekanligi, o„z xulq-atvorini jamiyat taraqqiyoti darajasiga bog„liqligini tushunishi, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy me‟yor, ideal hamda talablarni bajarishda mas‟uliyatni his etishi,ma’naviy-axloqiy bilimlarning e‟tiqodga aylanishi va bu etiqodlarning tizimliligi, mustahkam ma‟naviy-axloqiy his-tuyg„u va xislatlarni shakllantirish, talabalar tomonidan ma‟naviy-axloqiy xulq-atvor jamiyat a‟zolariga bo„lgan hurmate‟tiborni namoyon etuvchi mezonlardan ekanligining anglab etilishi, ma‟naviyaxloqiy odatlarning shakllanishi va boshqalardan iborat. Ma‟naviy-axloqiy tarbiya mazmunida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tiklash masalasining kun tartibiga qo’yish zaruriyatining yuzaga kelganligi munosabati bilan tub o’zgarishlar yuz berdi. Eng muhim qadriyat inson omili hisoblanadi. Hayot insonga bir marta beriladi, Shuning uchun ham milliy va umuminsoniy qadriyatlarda uni mazmunli, o’zgalar va o’zining hayoti ma‟nosini anglagan holda o’tkazish kerakligi haqida ko„plab rivoyat, hikmat va pand-nasihatlar mavjud. Bundan tashqari ta‟lim muassasasida talabalarga qadriyat sifatida munosabatda bo„lish ham dolzarb ahamiyatga ega bo„lib bormoqda. Zero, ta‟lim tamoyillarida eng muhim, asosiy tamoyillardan biri ta‟limni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish bo„lib, uning asosiy mohiyati talaba shaxsiga insoniy munosabatda bo„lishni, ta‟lim jarayonini erkinlashtirishni talab etadi. Ma‟naviy-axloqiy tarbiyada yana bir eng qimmatli qadriyaterkinlikdir. Ta‟limni demokratlashtirish bilan birga shaxs erki va huquqini hurmatqilish rivojlanadi. Bu esa o’z navbatida talaba shaxsida mas‟uliyatni his etish, ongliintizomga rioya etish ko’nikmalarini tarbiyalaydi. SHuningdek, vatanparvarlik, xalqlar o’rtasida do’stlik va hamkorlik, ms‟uliyatni his etish, burch, or-nomus, vijdonlilik, tartiblilik, adolatlilik va boshqa xislatlar tarbiyasi katta ahamiyatga ega.
5.Korreksion pedagogikaning maqsad va vazifalari.
Axloq - ma‟naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. Zero, axloq, axloqiy me‟yorlarsiz shaxsning ruhiy vajismonan etukligining mezoni bo„lgan ma‟naviy kamolotga erishib bo„lmaydi.SHuning uchun ham ma‟naviy-axloqiy tarbiyada uzviylik, aloqadorlik dialektik xarakterga ega bo„lib, shaxsning ma‟naviy-axloqiy shakllanishida muhim sanaladi.Ma‟naviy-axloqiy tarbiya va unga qo„yiladigan talablar bu jamiyatda ma’lum ijtimoiy-axloqiy talablarga mos axloqiy xislatlarni shakllantirish maqsadida talabalar ongi, hissiyotlari hamda xulqiga muvofiq va tizimli ta‟sir etishdir.
Ma‟naviy-axloqiy tarbiya vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Talabalarda ma‟naviy-axloqiy ongni shakllantirish.
2. Ularda ma‟naviy-axloqiy his-tuyg„ularni tarbiyalash varivojlantirish.
3. Talabalarda ma‟naviy-axloqiy xulq-atvor ko„nikma va odatlarini tarkib toptirish.
Ma‟naviy-axloqiy tarbiya mohiyatiga ko„ra inson ongining jamiyat bilan aloqadorligi, jamiyat oldida burchli ekanligi, o„z xulq-atvorini jamiyat taraqqiyoti darajasiga bog„liqligini tushunishi, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy me‟yor, ideal hamda talablarni bajarishda mas‟uliyatni his etishi,ma‟naviy-axloqiy bilimlarning e‟tiqodga aylanishi va bu e‟tiqodlarning tizimliligi,mustahkam ma‟naviy-axloqiy his-tuyg„u va xislatlarni shakllantirish, talabalartomonidan ma‟naviy-axloqiy xulq-atvor jamiyat a‟zolariga bo„lgan hurmate‟tiborni namoyon etuvchi mezonlardan ekanligining anglab etilishi, ma‟naviyaxloqiy odatlarning shakllanishi va boshqalardan iborat. Ma‟naviy-axloqiy tarbiya mazmunida milliy va umuminsoniyqadriyatlarni tiklash masalasining kun tartibiga qo„yish zaruriyatining yuzagakelganligi munosabati bilan tub o„zgarishlar yuz berdi. Eng muhim qadriyat inson omili hisoblanadi. Hayot insonga bir marta beriladi, Shuning uchun ham milliy va umuminsoniy qadriyatlarda uni mazmunli, o„zgalar va o„zining hayoti ma‟nosini anglagan holda o„tkazishkerakligi haqida ko„plab rivoyat, hikmat va pand-nasihatlar mavjud.Bundan tashqari ta‟lim muassasasida talabalarga qadriyat sifatida munosabatda bo„lish ham dolzarb ahamiyatga ega bo„lib bormoqda. Zero, ta‟lim tamoyillarida eng muhim, asosiytamoyillardan biri ta‟limni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish bo„lib, uning asosiy mohiyati talaba shaxsiga insoniy munosabatda bo„lishni, ta‟lim jarayonini erkinlashtirishni talab etadi.Ma‟naviy-axloqiy tarbiyada yana bir eng qimmatli qadriyat erkinlikdir. Ta‟limni demokratlashtirish bilan birga shaxs erki va huquqini hurmat qilish rivojlanadi. Bu esa o„z navbatida talaba shaxsida mas‟uliyatni his etish, ongli intizomga rioya etish ko„nikmalarini tarbiyalaydi. SHuningdek, vtanparvarlik, xalqlar o„rtasida do„stlik va hamkorlik, ms‟uliyatni his etish, burch, or-nomus, vijdonlilik, tartiblilik, adolatlilik va boshqa xislatlar tarbiyasi katta ahamiyatga ega
6.VARIANT
1. Ta’lim tizimi va turlari xaqida yoriting.
Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta’lim standartlari asosida,
turli darajalardagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi: maktabgacha ta’lim;
umumiy o‘rta ta’lim; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim;
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
maktabdan tashqari ta’lim. Kadrlar tayyorlash milliy modelining o‘ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to‘qqiz yillik umumiy o‘rta hamda uch yillik o‘rta maxsus,
Kasbhunar ta’limini joriy etishdan iboratdir. Bu esa, umumiy ta’lim dasturlaridan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlariga izchil o‘tilishini ta’minlaydi.
O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi
Umumiy o‘rta ta’lim negizida o‘qish muddati uch yil bo‘lgan majburiy o‘rta
maxsus, kasbhunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil turdir. o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishi akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji o‘quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.
Akademik litsey davlat ta’lim standartlariga muvofiqo‘rta maxsus ta’lim beradi.
o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal
intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga
yo‘naltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydi.
Akademik litseylarda o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha
(gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni
chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko‘nikmalarini o‘zlarida
shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu ko‘nikmalarni o‘qishni muayyan oliy
ta’lim muassasalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida ro‘yobga chiqarishlari
mumkin. Oliy ta’lim
Oliy ta’lim o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanadi hamda ikki
(bakalavriat va magistratura) bosqichga ega. Oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida va pullikshartnomaviy asosda amalga oshiriladi. Bakalavriat mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilim
beradigan, ta’lim muddati kamida to‘rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’limdir.
Bakalavrlik dasturi tugallanganidan so‘ng bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi
yakunlariga binoan kasb bo‘yicha “bakalavr” darajasi beriladi va davlat tomonidan
tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini
beradigan diplom topshiriladi.
4. O‘quvchilar jamoasini shakllanish bosqichlari.
Tarbiya usullarini tanlashda ularni jamoaning rivojlanish darajasiga mosligi
muvaffaqiyatning muhim sharti hisoblanadi. Shuning uchun har bir o`qituvchi
tarbiyaviy ishni sinfdagi jamoa muvaffaqiyatning munosabatlarini rivojlanishi darajasini aniqlashdan boshlaydi. o`qituvchining esa yangi sinf bilan kun marta ish boshlanishiga to`g`ri keladi: o`z mehnat faoliyatining dastlabki yilida, sinfni navbatdagi bitirib chiqish mavsumidan keyin, ba`zan esa maktabda vujudga kelgan vaziyat taqozosi bilan. Tarbiya jarayoni o`zo`zini tarbiyalash jarayoniga o`tganda yuksak darajaga erishiladi. Ayrim o`quvchilar va umuman jamoa o`z faoliyatini mustaqil rejalashtiradi va umuman jamoani tashkil etadi, o`ziga va bir-biriga talablar qo`yadi va o`zo`zini nazorat qiladi. Sinf rahbari va o`quvchilar jamoasi o`z niyatlari va ishlarida birgadirlar. Jamoani shakllantirish yuzasidan olib boriladigan barcha ishlar juda qiziqarli bo`lib, bu ish sinf rahbarining asosiy ishi bo`lib hisoblanadi. O`quvchilarni inoq jamoaga birlashtirgan mohir sinf rahbari qo`lida tarbiyalangan odam baxtlidir. Ulayayotgan kishi, shaxsning hayotdagi mavqeini shakllantirishda, uning hayot yo`lini belgilashda o`z vazifasini anglash siif rahbarining bolalar jamoasini barpo etish yuzasidan olib boradigan faol va qat`iy faoliyatning zarur sharti hisoblanadi. Jamoaning rivojlanish darajasini aniqlashda o`quvchilarning faqat sinfdan tashqari
faoliyatida namoyon bo`ladigan munosabatlarini tahlil etish bilangina cheklanib bo`lmaydi. Sinf rahbarinnng o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, u oddiy bolalarjamoasini emas, balki o`quvchilarjamoasinishakllantiradi.
4 SAVOLJismoniy tarbiya vositalari.
Jismoniy ta'lim bola shaxsini har tomonlama rivojlantirish dasturining eng muhim jihati hisoblanadi. Bu harakat, sodir bo'lishi va jamoa kabi ijobiy xislatlari bir oz odam shakllantirish hissa qo'shadi. Bundan tashqari, jismoniy ta'lim va sog'liqni saqlash maqsadga. Bu oyoq arklar rivojlantirishda, pay-bo'g'im va mushak tizimini mustahkamlash va nafas olish organlari, qon tomirlari va yurak faoliyatini yaxshilash uchun, umurtqa pog'onasi to'g'ri egrilik yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |