Taiim mazmunini belgilash va shakllantirish bir nechta
bosqich orqali amalga oshiriladi. Bular:
- ta’lim mazmuni yaxlit holda, o'rganiladigan ijtimoiy tajriba
elementlari, strukturasi va ijtimoiy funksiyalari umumlashgan
holda pedagogik talqinda berilib davlat taiim standartlarida aks
etgan nazariy bosqich;
- maxsus bosqich, bunda alohida о‘quv predmetlarining
mazmuni belgilanib o‘quv dasturlarida o‘z aksini topadi;
- ta’lim mazmunini shakllantiruvchi alohida o‘quv
predmetiga xos o‘quv elementlardan iborat boigan quyi bosqich
boiib, darslik va qoilanmalarda o‘z aksini topadiboiib, darslik va qoilanmalarda o‘z aksini topadi
“Taiim to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasida taiim mazmunini
belgilash tartibi quyidagicha amalga oshiriladi:
Davlat ta ’lim standartlari umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasbhunar
va oliy ta ’lim mazmuniga hamda sifatiga qo ‘yiladigan
talablami belgilaydi.
Davlat ta ’lim standartlarini bajarish О ‘zbekiston Respublikasining
barcha ta lim muassasalari uchun majburiydir.
DTSning tashkil etuvchilari:
1. o‘quvchilar bilimiga, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan
minimal talablar
2. o‘quv reja
3. o‘quvdastur
4. baholash me’zonlari
Davlat ta'lim standard (DTS) ta'lim mazmuni, shakllari,
vositalari, usullarini, uning sifatini baholash tartibini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |