1-variant Boshlang‘ich ta`limda o‘quvchi shaxsining mukammal rivojlantirish omillari


– bilet 1.Boshlang‘ich sinfda ta`lim jarayonida o‘quvchilarning o‘qish motivini rivojlantirish usllari



Download 242,79 Kb.
bet27/79
Sana18.02.2022
Hajmi242,79 Kb.
#450822
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   79
Bog'liq
1-24 ona tili metod

6 – bilet
1.Boshlang‘ich sinfda ta`lim jarayonida o‘quvchilarning o‘qish motivini rivojlantirish usllari.
O‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo‘zg‘otish asosida maqsadga erishish motivatsiya bo‘lib, bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ichki yaqinlashuvidir. Motivatsiya - bu maqsadga yo'naltirilgan xatti-harakatlarni boshlaydigan, boshqaradigan va saqlaydigan jarayon. Bu chanqovni kamaytirish uchun bir stakan suv olishmi yoki bilim olish uchun kitob o'qish bo'ladimi, sizning harakatingizni keltirib chiqaradigan narsa.Motivatsiya xulq-atvorni faollashtiradigan biologik, hissiy, ijtimoiy va bilim kuchlarini o'z ichiga oladi. Kundalik foydalanishda "motivatsiya" atamasi odamning nima uchun biron bir ish qilishini ta'riflash uchun tez-tez ishlatiladi . Bu inson harakatlarining harakatlantiruvchi kuchidir
O‘quv faoliyatining asosida mavjud motivlar:1) ta'lim mazmuni bilan bog‘liq motivlar:o‘quvchini yangi faktlarni bilish-o‘rganishga, bilimlarni egallashga, turli vositalar asosida o‘rganilayotgan jarayonning tub mazmun-mohiyatini bilish, anglab yetishga yo‘naltiradi. 2) o‘quv jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan motivlar: o‘quvchida ta'lim jarayonida turli xarakterdagi topshiriqlarni bajarish paytida intellektual faollik namoyish etishga, tafakkur qilish, mushohada yuritish, shuningdek, ta'lim jarayonida topshiriqlarni bajarish chog‘ida uchraydigan qiyinchiliklarni yengib o‘tish, ya'ni bolani natija bilan emas, balki ta'lim jarayonidagi faoliyatning qiziqarliligi bilan band qilib qo‘yish Ta'lim motivlari o‘quv motivlarining kuchi va ishonchli-mustahkamligi bilan tasniflanadi. Ta'lim motivlari kuchi o‘quvchining bilim olish yo‘lidagi qiyinchiliklarni yengib o‘tishga bo‘lgan intilishilari, motivning ehtiyoji, uning davomiyligi bilan belgilanadi. Motiv kuchi ham fiziologik, ham psixologik omillarga bog‘liq. Fiziologik omillarga motivatsion qo‘zg‘atish kuchi kirsa, psixologik motivlarga o‘quv-anglash faoliyatining natijalari, uning mohiyatini anglab yetish, ma'lum ma'nodagi ijod erkinligi kabilar kiradi. Bundan tashqari, motivlarning kuchini bolalikda kuchliroq namoyon bo‘ladigan emotsiyalar ham belgilab beradi. O‘quv motivlarining mustahkamligi deyilganda butun ta'lim faoliyati jarayonida o‘quvchining turli ta'limiy topshiriqlarni bajarishda namoyon bo‘ladigan iroda kuchi hamda uning o‘quv materiallarini o‘zlashtirish, esda saqlab qolish va amalda ulardan foydalana olish qobiliyatlari nazarda tutiladi. Mohiyatan olib qaraganda, o‘quvchining o‘zini ta'lim olishga ongli yo‘naltira olishi, maqsad va vazifalarni to‘g‘ri belgilay bilishi va ularga amal qilishi anglaniladi. O‘quv motivlarining quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:a) qo‘zg‘atuvchi funksiya o‘quvchi motivlari energetikasi, boshqacha aytganda, motiv o‘quvchining faoliyati va o‘zini tutishidagi faolligini ta'minlab beradi.b) yo‘naltiruvchi funksiya o‘quvchi energiyasi, maqsad va vazifalarining yo‘naltirilgan obektini ko‘rsatadi, chunki o‘quvchi ta'lim jarayonida o‘z faoliyatini konkret bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga yo‘naltiradi. Yo‘naltiruvchi funksiya motiv mustahkamligi bilan chambarchas bog‘liq.
v) tartibga soluvchi funksiya bolaning xulqi va faoliyatini tartibga solish, ularning xarakterini belgilash vazifasini bajaradi. Bunda mazkur funksiya ijtimoiy motivlar bilan xususiy motivlar orasidagi muvozanatni tartibga soladi. Vazifa (funksiya) ning bu shaklida barcha motivlar baravar ishtirok etadi. Tartibga solishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad qay bir motiv aynan qaysi o‘rinda ko‘proq samara berishini belgilab berishdan iborat.Yuqorida e'tirof etilgan funksiyalar bilan bir qatorda motivning rag‘batlantiruvchi, boshqaruvchi hamda tashkillashtiruvchi46, tarkibli, ma'no anglatuvchi, mazmun kasb etuvchi, nazorat qiluvchi, himoyalanuvchi funksiyalari ham mavjud.O‘quv motivatsiyasining muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan qiziqishga tavsif berishda shuni aytish kerakki, “qiziqish” so‘ziga ta'lim sohasi vakillari ta'limning deyarli barcha bosqichlarida motiv so‘zining sinonimi sifatida qaraydilar. Buning isboti sifatida aksariyat hollarda tez-tez eshitib turadigan “uning bilim olishga qiziqishi yo‘q, unda ilm olishga bo‘lgan qiziqishni tug‘dirish lozim”, degan gapni keltirish mumkin. Bu kabi terminlarni aralashtirib yuborishning o‘ziga xos izohi mavjud bo‘lib, u ta'lim motivatsiyalarini o‘rganishda birinchi ob'ekt qiziqish bo‘lganligi bilan xarakterlanadi. Ikkinchidan, qiziqishning o‘zi juda katta va keng ko‘lamdagi tushunchalarni qamrab oladi. Shu bois ham ta'lim jarayonida yuzaga keladigan yoki namoyon bo‘ladigan qiziqishning o‘zini bir necha tarkibiy qism hamda turlarga bo‘lib o‘rganish zarurati mavjud.Bundan tashqari, motivlarni shakllantirishga ta'lim mazmuni, ta'lim jarayonini tashkil etish darajasi, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish, o‘qituvchi shaxsi kabi omillar ham bevosita o‘zining ta'sirini o‘tkazadi (Masalan, bolaning oilasidagi ta'lim-tarbiyaga bo‘lgan munosabat va boshqalar). Bu o‘rinda maktabda mavjud an'analarning o‘rnini alohida ta'kidlash lozim; maktabdagi hayot xarakterining o‘ziga xosligi, o‘qituvchilarning bolalar ta'limi va tarbiyasi hisoblanadigan murakkab jarayoniga bo‘lgan munosabati, qiziqishlari kabilar. Bir o‘qituvchining loqaydligi, ko‘plab o‘qituvchilarning faolligiga nisbatan yuqumliroq ekanligini unutmaslik lozim. O‘quv motivlari nafaqat mazmun, balki jamiyat a'zolari tomonidan nisbatan teran anglanganligi bilan ham ajralib turadi. O‘quvchilar tomonidan esa motivlarning ta'limdagi yaqin istiqbolni ta'minlashga xizmat qiladiganlari ko‘proq namoyon bo‘ladi.Sharoitlardan kelib chiqqan holda o‘quv motivlari yashiringan yoki mohiyatini aniqlash imkoniyati qiyin bo‘lgan ko‘rinishlarga ham ega.Shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari bilan uning motivatsiyasi orasida bog‘liqlik mavjud. Shaxsning mavjud o‘ziga xos xususiyatlari uning motivatsiyalariga bevosita o‘zining ta'sirini o‘tkazadi. Motivatsiyalarning o‘ziga xosligi va qatiyligi esa insonning o‘ziga xos xususiyatiga aylanadi.O‘quv motivatsiyasi har bir shaxsning xususiy motivatsiyasi sifatida e'tirof etiladi va o‘z ichiga shaxs faoliyati faolligi va mazmunini belgilab berishga xizmat qiladigan maqsadlar, bilishga bo‘lgan ehtiyojlar, qiziqishlar, g‘oyalar, intilish, motivatsion ko‘rsatmalarni qamrab oladi. Sanab o‘tilgan motivlar tizimi o‘quvchining bilishga bo‘lgan o‘quv motivining asosini tashkil qiladi va uning darajasini hamda uning dinamikasi va mustahkamligini belgilab beradi.Mutaxassislar o‘quvchi shaxsi faolligining quyidagi ichki, tashqi va xususiy singari uch xil shakli mavjudligini e'tirof etadilar.Nomlari yuqorida sanab o‘tilgan faollik manbalari orasidan mutaxassislar ijtimoiy, bilishga qaratilgan anglash hamda xususiy (shaxsiy )motivlarni alohida e'tirof etishadi.O‘quv motivlarining quyidagi; undovchi (qo‘zg‘atuvchi), yo‘naltiruvchi, tartibga soluvchi funksiyalarini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.O‘quv motivlari har bir shaxsda mavjud ta'lim motivlarining kuchliligi hamda mustahkamligi bilan xarakterlanadi.Demak, barcha darajadagi motiv tiplari o‘zining shakllanish jarayonida quyidagi bosqichlarni bosib o‘tadi: odatiy motivlarning dolzarbligi, mavjud motivlar asosida yangi g‘oyalarning qo‘yilishi, muayyan maqsadlarga erishishda mavjud motivlarning ish berishi natijasida ularning mustahkamlik darajasining ortishi, aynan shu motivlar asosida yangi bir motivlarning yuzaga kelishi, turli motivlarning yagona bir motiv asosida birlashishi, bir qator motivlarda yangi (mustaqillik, ishonchlilik) sifatlarning paydo bo‘lishi va boshqalar. Bu jarayon esa shaxs shakllanishining ko’rinishini ifoda etadi.

Download 242,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish