1-variant Boshlang‘ich ta`limda o‘quvchi shaxsining mukammal rivojlantirish omillari


– bilet 1.Motivatsiya nima? Motivatsiyaning B.S. o’quvchilari o’qishidagi o’rni



Download 242,79 Kb.
bet23/79
Sana18.02.2022
Hajmi242,79 Kb.
#450822
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   79
Bog'liq
1-24 ona tili metod

5 – bilet 1.Motivatsiya nima? Motivatsiyaning B.S. o’quvchilari o’qishidagi o’rni.O‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo‘zg‘otish asosida maqsadga erishish motivatsiya bo‘lib, bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ichki yaqinlashuvidir. Motivatsiya - bu maqsadga yo'naltirilgan xatti-harakatlarni boshlaydigan, boshqaradigan va saqlaydigan jarayon. Bu chanqovni kamaytirish uchun bir stakan suv olishmi yoki bilim olish uchun kitob o'qish bo'ladimi, sizning harakatingizni keltirib chiqaradigan narsa.Motivatsiya xulq-atvorni faollashtiradigan biologik, hissiy, ijtimoiy va bilim kuchlarini o'z ichiga oladi. Kundalik foydalanishda "motivatsiya" atamasi odamning nima uchun biron bir ish qilishini ta'riflash uchun tez-tez ishlatiladi . Bu inson harakatlarining harakatlantiruvchi kuchidir.Motivatsiya nafaqat xatti-harakatlarni faollashtiradigan omillarni nazarda tutmaydi; shuningdek, ushbu maqsadga yo'naltirilgan harakatlarni boshqaradigan va qo'llab-quvvatlaydigan omillarni o'z ichiga oladi (garchi bunday motivlar kamdan-kam hollarda bevosita kuzatilishi mumkin bo'lsa). Natijada, biz odamlar nima uchun qilayotgan ishlarini kuzatiladigan xatti-harakatlarga asoslanib qilishlari haqida tez-tez xulosa chiqarishimiz kerak.Boshlang‘ich sinfda ta`lim jarayonida o‘quvchilarning o‘qish motivini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Chunki motiv o‘quvchilarni ta`lim jarayoniga qiziqtiradi, darsga faol qatnashishga, bilimlarni egallashga undaydi. Interfaol metodlar o‘qish motivini rivojlantirishga katta yordam beradi.
Boshlang‘ich sinflarda ko‘proq bolalarning yoshini, bilim saviyasini hisobga olish lozimligini unutmaslik kerak. Ularga oddiy, oson va vaqt kam sarflanadigan o‘yin mashqlardan foydalanib, darslar o‘tish yaxshi samara beradi. Ko‘proq atrof-muhit bilan bog‘lab o‘tilgan mashg‘ulotlar bolalar ongini, dunyoqarashini, erkin fikrlash, bayon etish qobiliyatini, mustaqil ishlash ko‘nikmasini rivojlantiradi.
Innovatsion texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning o‘ziga xosligi shundaki, ular o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi. O‘qitish jarayoni o‘qituvchi hamda o‘quvchilar faoliyatini o‘z ichiga oladi. O‘qituvchining faoliyati o‘quv materialini bayon qilish, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini orttirish, fikrini teranlashtirish va e`tiqodini shakllantirish, o‘quvchilarning mustaqil mashg‘ulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat. O‘z ishiga ixlos bilan qaragan o‘qituvchida chinakkam ehtiros bo‘ladi. Darsning oldindan loyihasi, ya`ni texnologik xaritasi tuziladi. Texnologik xarita tuzish uchun o‘qituvchi darsning har bir bosqichida amalga oshiriladigan ishlar, ularda o‘qituvchining pedagogik va o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish va faollashtirish yo‘llari, teskari aloqani amalga oshirish, ularga ajratilgan vaqtni aniq belgilash lozim. Texnologik xaritada albatta tashkiliy qism, yangi mavzuning motivatsiyasi, o‘quvchilar bilimini tekshirish, yangi mavzuni o‘rganish va uni mustahkamlash, erishilgan natijalarni tahlil qilish va yakun yasash kabi bosqichlari bo‘ladi. Bunda o‘qituvchi va o‘quvchining dars davomida bajaradigan ishlari bosqichma-bosqich qayd etiladi.
O‘quv faoliyatining asosida mavjud motivlar:1) ta'lim mazmuni bilan bog‘liq motivlar:o‘quvchini yangi faktlarni bilish-o‘rganishga, bilimlarni egallashga, turli vositalar asosida o‘rganilayotgan jarayonning tub mazmun-mohiyatini bilish, anglab yetishga yo‘naltiradi. 2) o‘quv jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan motivlar: o‘quvchida ta'lim jarayonida turli xarakterdagi topshiriqlarni bajarish paytida intellektual faollik namoyish etishga, tafakkur qilish, mushohada yuritish, shuningdek, ta'lim jarayonida topshiriqlarni bajarish chog‘ida uchraydigan qiyinchiliklarni yengib o‘tish, ya'ni bolani natija bilan emas, balki ta'lim jarayonidagi faoliyatning qiziqarliligi bilan band qilib qo‘yish Ta'lim motivlari o‘quv motivlarining kuchi va ishonchli-mustahkamligi bilan tasniflanadi. Ta'lim motivlari kuchi o‘quvchining bilim olish yo‘lidagi qiyinchiliklarni yengib o‘tishga bo‘lgan intilishilari, motivning ehtiyoji, uning davomiyligi bilan belgilanadi. Motiv kuchi ham fiziologik, ham psixologik omillarga bog‘liq. Fiziologik omillarga motivatsion qo‘zg‘atish kuchi kirsa, psixologik motivlarga o‘quv-anglash faoliyatining natijalari, uning mohiyatini anglab yetish, ma'lum ma'nodagi ijod erkinligi kabilar kiradi. Bundan tashqari, motivlarning kuchini bolalikda kuchliroq namoyon bo‘ladigan emotsiyalar ham belgilab beradi. O‘quv motivlarining mustahkamligi deyilganda butun ta'lim faoliyati jarayonida o‘quvchining turli ta'limiy topshiriqlarni bajarishda namoyon bo‘ladigan iroda kuchi hamda uning o‘quv materiallarini o‘zlashtirish, esda saqlab qolish va amalda ulardan foydalana olish qobiliyatlari nazarda tutiladi



Download 242,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish