18-variant
1. Ona tilini o'rgatish bilan bog'liq holda maktablar oldiga qo'yilgan tarbiyaviy vazifalar nimalardan iborat?
O'zbekiston Respublikasi “Davlat tili to'g'risida”gi, “Talim to'g'risida”gi qonunlari, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda “2004-2009-yillarda maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi”ga muvofiq boshlang'ich sinflarda ona tili fanini o'qitish oldiga yangi-yangi vazifalar qo'yilmoqda.
“Ona tili” fanini o'qitishning bosh maqsadi yoshlarimizning ijodiy- mustaqil, o'z fikrini erkin va ta'sirli, mazmunli va mantiqli qilib yozma va og'zaki shaklda ifodalashga, o'zbek tili qonun- qoidalarini ongli o'zlashtirishga o'rgatish, shuningdek, ularning fikr doiralarini kengaytirishga, ona yurtimizga, avlod-ajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviyatimizga, milliy urf-odatlarimizga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan.
Ana shu maqsadlardan kelib chiqqan holda 1-4- sinf ona tili fanini o'qitishning oldiga bir qator vazifalar qo'yiladi:
1. O'quvchilarni erkin fikrlashga o'rgatish;
2. O'z fikrini o'zbek tilining qonun-qoidalariga muvofiq ravishda og'zaki va yozma ifodalay olish;
3. Bir ma'noni turli shakllarda bera olish ko'nikmalarini shakllantirish, so'zlardan o'rinli foydalanish;
4. Dunyoni bilishda ona tilining ahamiyatini singdirish kabi vazifalar shular jumlasidandir.
Shuningdek boshlang'ich sinf ona tili ta'limi o'quvchilarga nutq faoliyatining asosiy turlarini o'stirish bilan bir qatorda, quyidagi muhim masalalarni ham hal etishni ko'zda tutadi.
• Bolalarda ahloqiy va estetik tasavvurlarni shakllantirish;
• Bolalarga atrof- muhit, kishilar, tabiat va jamiyat haqida tushuncha berish;
• Nafosat hissini tarbiyalash;
• Mantiqiy tafakkur yuritishga o'rgatish;
• O'quv mashg'ulotlariga, bilim manbai bo'lgan kitobga qiziqish uyg'otish.
Boshlang'ich sinflarda ona tilini o'qitish grammatika, imlo va unga bog'liq holda nutq o'stirish metodikasinigina emas, balki xat-savod o'rgatish, sinfda va sinfdan tashqari o'qish metodikalarini ham o'z ichiga oladi. Shulardan kelib chiqib, boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fani quyidagi vazifalarni bajaradi: a) boshlang'ich sinflarda ona tili kursining m azm uni, hajmi va mavjud tizimini, ya’ni kursning (xat-savod o'rgatish, o'qish, gram ¬ matika, imlo, nutq o'stirish va h.k.) dasturini belgilash va asoslash; b) o'qish va yozuvdan bilim va ko'nikmalarning shakllanishi jarayonini ham da bu jarayonda o'quvchilar duch keladigan qiyinchiiiklarni o'rganish, xatolarning sababini tahlil qilish, ularning oldini olish va to'g'rilashga yordam beradigan ish turlarini ishlab chiqish; d) ona tilidan beriladigan o'quv materialini o'quvchilar aniq tushunishi va puxta o'zlashtirishiga, ularda olgan bilimlarini amaliyotda tatbiq eta olishga va o'quvchilam ing umumiy taraqqiyotiga, ya’ni ularning zehnini, xotirasini, kuzatuvchanligini, yodda saqlashini, mantiqiy tafakkurini, ijodiy o'ylashini, nutqini o'stirishga yordam beradigan m etod va vositalarni ishlab chiqish; e) ona tilini o'rgatish bilan bog'liq holda maktablar oldiga qo'yilgan tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish, o'quvchilarda axloqiy va estetik sifatlarni shakllantirish. Ona tili o'qitish metodikasi ta’limning turli bosqichlarida o'quvchilarning bilim, ko'nikm a va malakalarini aniqlaydi, o'qishning muvaffaqiyati va kamchiliklarini belgilaydi, sababini izlaydi, xato va kamchiliklam i bartaraf etish usullarini topadi. Ona tili metodikasi ta ’lim tizimining barcha bosqichlirida ona tilini o'qitishning izchillik va uzlnksizligini ta’minlaydi. Maktabgacha tarbiya muassasasida, asosan, bolalaming nutqini o'stirish nazarda tutiladi. Boshlang'ich sinfda o'quvchilar nutqini o'stirishdan tashqari, ona tilidan elem entar nazariy tushunchalarni amaliy o'zlashtirishlari ham nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |