Mashg‘ulotning maqsadi: talabalarni 9-sinf o‘quvchilari uchun nutq o‘stirish bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar ishlab chiqish metodikasi bilan amaliy tanishtirish va ularni ishlab chiqishga tayyorlash.
1-topshiriq.9-sinf o‘quvchilari uchun nutq o‘stirish bilan bog‘liq topshiriqlar ishlab chiqing va shu asosida taqdimot tayyorlang.
2-topshiriq. Berilgan iboralar yordamida dialogik matn yaratish uchun ko‘rsatmalar tayyorlang.
1.Burnidan baland gapirib bo‘lmaydi.
2.Tish bergan rizq ham beradi.
3.Tishga bosgulik nima bor?
4.Tishining kovagida saqlab yurgan.
5.Gadoy arazlasa to‘rvasiga zarar.
6.Yo‘q joydan yo‘ndirib.
7.Quyonning rasmini chizdi.
3-topshiriq.“Bobolarimiz o‘gitlari” mavzusida bog‘lanishli nutq talablari asosida matn yaratish uchun ko‘rsatma tayyorlang.